linkedin facebook linkedin facebook nod32

Vizual komponentalar bibliotekasi

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-16

Vizual komponentalar bibliotekasi

Delphi sinflari murakkab irarxik strukturaga ega bo‘lgan vizual komponentalar bibliotekasini (Visual Component Library -VCL) tashkil qiladi. VCL tarkibiga kiruvchi yuzlab sinflar mavjud. Hamma boshqa sinfga ajdod sinf bo‘livchi asosiy sinflarga quyidagilar kiradi.

Komponentalar - sinflarning nusxalari bo‘lib, TSomponent sinfining davomchilaridir (avlodidir). Boshqa hamma sinf nusxalari ob’ektlar deyiladi. Komponentalar bilan ob’ektlar olasida farq shundaki, formada komponentalar bilan (manipulyasiya qilish) ish ko‘rish mumkin, lekin ob’ekt bilan ish ko‘rish mumkin emas. Masalan, komponenta bo‘lmagan TFont sinf ob’ektini qaraydigan bo‘lsak uni  formaga joylashtirib bo‘lmaydi. Komponentalar Label yoki Edit larni formaga joylashtirish mumkin va ularni joylashtirishda TFont sinf turiga kiruvchi Font xossasidan foydalaniladi.
         VCLga kiruvchi sinf TObject boshqa hamma sinflarning eng yuqorisi bo‘lib, ob’ektlarni tuzish va boshqarish imkonini beradi. Bu sinfga bir necha usullar birlashtirilgan.
         VCLga kiruvchi TPersistent sinfi TObject sinfidan kelib chiqadi va u ob’ektlarni tashkil qilish uchun o‘zida bir necha usullarni saqlaydi.        
         VCLga kiruvchi TComponent sinfi barcha komponentalar irarxiyasining eng yuqorisida joylashadi.  TComponent sinfi davomchilari vizual bo‘lmagan komponentalar bo‘lib hisoblanadi. Vizual bo‘lmagan komponentalar dasturni loyihalash boskichida tashqi ko‘rinishi dasturning bajarilishi boskichidagi ko‘rinishidan mutloq farq qiladi. Ayrimlari dasturning bajarilishi vaqtida umuman ko‘rinmaydi. TComponent sinfi vizual komponentalar uchun asos sinf bo‘lib hisoblanadi.
VCLga kiruvchi TControl sinfi katta qismdagi xossalar, usullar va vizual komponentalar hodisalarini ta’minlab beradi. Bular yordamida klaviaturadan va sichqonchadan foydalangan holda ma’lumotlarni ekranga chiqarish va dasturga kiritish mumkin.
TWinControl sinfi TControl sinfining davomchisi bo‘lib oyna elementlarini boshqarishni yaratish uchun ishlatiladi.
TGraphicControl sinfi TControl sinfining davomchisi bo‘lib grafik elementlarini boshqarish uchun ishlatiladi. TGraphicControl sinfi asosiy a’zolari quyidagilardir: Shape - geometrik figura; PaintBox - rasm chizish uchun panel; Image - tasvir; Bevel - uch o‘lchovli ramka. TGraphicControl sinfi bitta usul va bitta xossaga ega.
Procedure Paint; virtual; - grafik elementlarni boshqarish uchun tasvirlarni chizadi.
Property Canvas; TConvas; - grafik elementlarni boshqarishni ekranda tasvirlash uchun xizmat qiladi.

2871 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений