linkedin facebook linkedin facebook nod32

Algoritmik jarayonlarning asosiy tushunchalari

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-07

Algoritmik jarayonlarning asosiy tushunchalari

Algoritmning matematik ensiklopediyadagi ta’rifiga ko‘ra, algoritm bu hisoblanuvchi funksiyaning berilgan arguentlari bo‘yicha qiyatini topuvchi jaryonni aniqlovchi ko‘rsatmalar to‘plamidir. Algoritmik jarayon qandaydir bajaruvchining berilgan algoritm bo‘yicha aalga oshiradigan xarakatlar ketma-ketligidir. Algoritmik jarayonga yaqqol misol qilib berilgan alfavitdan olingan so‘zlarni ma’lum qoidalar bo‘yicha o‘zgartirish jarayonlarini olish mumkin. Ammo agar alfavit termini ma’nosi sifatida qandaydir material va ideal(abstrakt) ob’ektlarning simvollarini tushunish mumkin bo‘lsa, algoritmik jarayon deganda ixtiyoriy tabiatdagi ob’ektlar ustida aniq ko‘rsatmalar asosida bajariluvchi amallar ketma-ketligi tushuniladi. SHuning uchun algoritmlar va algoritmik jarayonlarning amaliy ahamiyati faqat hisoblash masalalari bilangina chegaralanmaydi. Algoritmlarning matematik qat’iyligi va aniqligi inson faoliyatining turli sohalariga taalluqli algoritmik jarayonlarni avtomatlashtirish  imkoniyatini beradi. Algoritmik jarayonlarni imitatsiya qiluvchi mashinalarning nazariy modellari sifatida odatda Tyuring, fon-Neyman mashinalari va chekli avtomatlar qaraladi. Algoritmlar va  algoritmik jarayonlar orasidagi bog‘lanish quyidagi tasvirda keltirilgan (1-rasm).

Algoritm va algoritmik jarayon orasidagi bog‘lanish
Ushbu tasvirda algoritm realizatsiyasi natijasida olingan ixtiyoriy algoritmik jarayon qandaydir real jarayonning modeli ekanligi ko‘rinadi. Algoritmik jarayonning real jarayonga moslik darajasi adekvatlik deb ataladi.
SHunday qilib, algoritm potensial bajaruvchi uchun tushunarli tilda yozilgan  statik informatsion ob’ekt (ko‘rsatmalar) bo‘lib,  algoritmik jarayon esa qandaydir bajaruvchining berilgan algoritm bo‘yicha bajaradigan amallari ketma-ketligidan iborat dinamik real ob’ektdir. Ixtiyoriy algoritmik jarayon quyidagi xossalar bilan xarakterlanadi:

natijaviylik;

umumiylik;

diskretlik;

o‘z-o‘zini boshqaruvchanlik;

al`ternativlik va ekvivalentlik;

murakkablik;

adekvatlik;

resurstalablik.

Natijaviylik – xossasi algoritmik jarayonning ma’lum X → Y maqsad funksiyasini chekli qadamda yoki chekli vaqt oralig‘ida  realizatsiya qilishini bildiradi. Bunda X –boshlang‘ich ma’luotlar to‘plami,  Y – natijalar to‘plami.
Umumiylik – xossasi {x1…xn} boshlang‘ich ma’lumotlar to‘plami mavjud bo‘lib, algoritmik jarayon initsializatsiyasi uchun undan xt boshlang‘ich ma’lumotlar olinishi mumkinligini bildirib, har bir xi  boshlang‘ich ma’lumotlar nabori uchun yj natija mos keladi.
Diskretlik – algoritmik jarayonning o‘zaro bog‘liq alohida olingan xarakat, protsedura yoki amallardan iborat ekanligini bildiradi.
Adekvatlik algoritmik jarayonning real boshlang‘ich jarayonga moslik darajasini bildiradi.Algoritik jarayondagi barcha aallar va bog‘lanishlar majmuasini aniqlovchi xarakteristika uning strukturasi deyiladi.    D to‘plam algoritmik jarayondagi barcha amallarni o‘z ichida saqlasin. U holda  bir qiymatli D → D  munosabat algoritmik jarayonning strukturasini tashkil qiladi. S  struktura algoritmik jarayon mohiyatining asosiy xarakteristikasi bo‘lib hisoblanadi. Har bir algoritmik jarayon o‘z strukturasiga ega bo‘ladi.

O‘z-o‘zini boshqaruvchanlik xossasi algoritmik jarayon ichida maxsus  funksional df→D  xarakatlarning (hisoblovchi, mexanik, informatsion va b. ) ketma-ketligini boshqaruvchi  X → Y maqsad funksiyasini realizatsiya qiluvchi du → D amallar mavjudligini xarakterlaydi.  du amallarikki tipga bo‘linadi: shartli o‘tishlar (Pe  aniqlovchi shartlar rostligini tekshiruvchi) va sharsiz o‘tishlar. SHarsiz o‘tishlar  algoritmik sxemalarda strelka bilan ifodalanadi (→).  D→D yozuv D amallar to‘plamiga tegishli d→D amallari bir-biri bilan shartli va sharsiz o‘tishlar vositasida bog‘langanligini bildiradi.  Umuman olganda , sharsiz o‘tishlarni shartli o‘tishlarning xususiy holi sifatida qarash mumkin.
Alьternativlik – xossasi  X → Y funksiya bir nechta turlicha algoritmik jarayonlar vositasida realizatsiya qilinishi mumkinligini bidiradi. Bitta funksiyani realizatsiya qiluvchi ikki algoritmik jarayon ekvivalent bo‘lib hisoblanadi. Algoritmik jarayonning ekvivalentligidan ularga mos keluvchi struktura va algoritmning ekvivalentligi kelib chiqadi. Berilgan X → Y funksiyani realizatsiya qiluvchi algoritmik jarayonlarni ishlab chiqishda barcha ekvivalent algoritmik jarayonlardan eng soddasi va effektivini tanlashga xarakat qilinadi.
Murakkablik xossasi algoritmik jarayonnga kiruvchi va uni tashkil qiluvchi aallar va bog‘lanishlarning tuzilishini xarakterlaydi.
Resurstalablik xossasi algoritmik jarayonning  X→ Y  maqsad funksiyasini realizatsiya qilishga sarflaydigan vaqti, resurslari (xotira, maxsus qurilmalar, matematik ta’minot va b.)xajmi bilan baholanadi.

1391 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений