linkedin facebook linkedin facebook nod32

Algoritmlarni ishlab chiqish metodlari

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-07

Algoritmlarni ishlab chiqish metodlari:

Xususiy maqsadlar metodi.

Pastdan yuqoriga metodi.

Orqaga qaytish metodi.

Tarmoq va chegaralar metodi.

Algoritmlarning bajaruvchilari. Bajaruvchi  – bu axborotlarni qayta ishlashga qodir bo‘lgan qandaydir  abstrakt, texnik, biologik, tashkiliy yoki aralash tizimdir.
Avtomat – bu resurslarni (modda, energiya axborot) qandaydir algoritm bo‘yicha avtomatik rejimda  qabul qilish, uzatish, saqlash,  qayta ishlash vazifasini ado etuvchi qurilmadir.
Foydalanuvchi – bu bajaruvchi ishining natijasini  o‘z faoliyatida qo‘llovchi kishidir.

Abstrakt (matematik) avtomatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Emil Post  mashinasi  (1936 yil, AQSH)
Qurilmaning tuzilishi: yacheykalarga bo‘lingan cheksiz  lenta va o‘qish-yozish qurilmasi. Qurilma vaqtning konkret momentida faqat bitta yacheyka bilan muloqot qiladi. Post mashinasi dasturi beshta buyruqdan tuziladi: O‘ngga bir yacheykaga siljish, chapga bir yacheykaga siljish, simvolni yozish, shartli o‘tish, to‘xtash.
Alan Tyuring  mashina (1937 yil, Angliya)
Qurilma Post ashinasi kabi tuzilishga ega. Aniqlangan alfavitga va chekli sonlagi holatlar to‘plamiga ega. Mashina berilgan hisoblanadi, agar uning ish tartibini  aniqlovchi dastur ma’lum bo‘lsa  (o‘qish-yozish qurilmasining xarakati, yacheyka mazmunining o‘zgarishi,  ichki holatning o‘zgarishi). Dastur jadval ko‘rinishida ifodalanib, uning har bir elementi < SH, Tp, Ql > ko‘rinishidagi buyruqni ifodalaydi. Buyruqlarning bajarilishi: joriy yacheykada Si simvol SH simvolga almashtiriladi, o‘qish-yozish qurilmasi xarakatlanadi (Tp) va mashina Qi holatdan  Ql holatga o‘tadi.

Algoritmlar va bajaruvchilar
Algoritm tushunchasi algoritm bajaruvchisi tushunchasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Bu ikki tushuncha orasidagi bog‘lanishni quyidagi tasvir orqali yaqqol ifodalash mumkin:

Algoritm bajaruvchisi amalga oshirish mumkin bo‘lgan buyruqlar majmuasi bajaruvchining buyruqlar sistemasini (BBS)  tashkil etadi. Algoritm BBS buyruqlaridan tashkil topishi kerak. Bajaruvchi  toonidan algoritm bo‘yicha qayta ishlanishi kerak bo‘lgan ob’ektlar bajaruvchi muhitini tashkil etadi. Tasvirda ko‘rsatilgan berilgan va natijalar ushbu muhitga taalluqli ob’ektlardir.
Algoritmlarning asosiy xossalari (diskretlik, aniqlik, tushunarlilik,cheklilik) bajaruvchiga  formal  ishlash imkoniyatini beradi. Bundan bajaruvchi sifatida avtomat qurilmadan foydalanish mumkinligi kelib chiqadi. Algoritm bajaruvchisi hal etishi mumkin bo‘lgan  masalalar sinfi uning buyruqlar sistemasi mazmunidan aniqlanadi.
Algoritmlashni o‘rganish metodikasida bajaruvchilarning ikki guruxi farqlanadi: “muhit” bilan ishlovchi bajaruvchilar va kattaliklar bilan ishlovchi bajaruvchilar. Birinchi kategoriyadagi bajaruvchi uchun muhit  u yaratishi kerak bo‘lgan jadval, tasvir, grafik joylashadigan toza qog‘oz varag‘i yoki monitor ekranidan, bsib o‘tishi  kerak bo‘lgan labirintdan, ma’lum tartibda joylashtirishi kerak bo‘lgan predmetlardan iborat bo‘lishi mumkin. Kattaliklar bilan ishlovchi bajaruvchilar sonli yoki simvolli axborotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallanadi. Buyruqlar sistemasiga arifmetik va mantiqiy amallar kiruvchi bajaruvchilar hisoblash masalalarini hal etishi mumkin. Bunday bajaruvchilar uchun boshlang‘ich ma’lumot va natijalar  sonlardan iborat bo‘ladi.Kattaliklar bilan ishlovchi  uni versal algoritm bajaruvchisi bu- EHMdir.

Kompyuter algoritmlar bajaruvchisi sifatida
Bajaruvchi tushunchasi EHM uchun dasturlashda ha keng ishlatiladi.Kopyuter uchun ixtiyoriy dastur yozish jarayoni algoritmni ishlab chiqishdan boshlanadi.Har qanday algoritm konkret bajaruvchi uchun, uning buyruqlar tizimi doirasida  ishlab chiqiladi.  EHM uchun dasturlashda bajaruvchi kompьyuterdir.Aniqroq qilib aytganda, “kompyuter + dasturlash tizimi”. Dasturchi dasturiy ta’minotni dasturlash tizimi tilida tuzadi. Bunday bajaruvchining buyruqlar sistemasi “kirish tili” deb ataladi. Quyidagi tasvirda ko‘rsatilgan bajaruvchining kirish tili Paskal..Delphi algoritmik tilidir.

1289 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Bahrom & Behzod 208-guruh
Qo`shilgan sana: 2015-01-26

Siz juda noyob istedot egasisiz!Qoyil qolaman Javob: Sizlar ham shunday bo`lishlaringiz mumkin buning yo`li oson faqat intilish kerak

Foydalanuvchi ismi: Eshboyev Quvonchbek
Qo`shilgan sana: 2015-04-17

ajoyib

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений