linkedin facebook linkedin facebook nod32

MathCad da dasturlash

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-05

MathCad da dasturlash

Dasturlash Mathcadda asosiy o‘rin tutadi. Mathcad ko‘plab masalalarni dastursiz echish imkoninii beradi. Lekin shunday sinf masalalari borki ularni dastursiz echib bo‘lmaydi. Mathcad har qanday murakkab dasturni kiritish imkonini beradi. Mathcadda dasturlash juda aniq va tushunarli, unda dastur bir necha ketma-ket formulalarni ifodalaydi. Dasturlashning asosiy operatorlari Programming (Dasturlash) panelida joylashgan.
Dastur qatorini kiritish. Dasturni tuzish uchun uning qatorlarini kiritish kerak bo‘ladi. Bu quyidagi keltirilgan protsedurada bajariladi:

    • Dastur ifodasi nomini kiritish.
    • YUborish operatorini (:=) kiritish.
    • Dasturlash panelidan Add Program Line (Dastur qatorini qo‘shish) tugmasini bosish.

    1-rasm. Oddiy chiziqli dasturlar tuzish.

    • Paydo bo‘lgan kiritish joyiga kerakli operatorlarni kiritish, ortiqcha kiritish joyini olib tashlash.

    Kerakli kiritish qatorini ochish uchun ko‘k burchakli kursorni qator oxiriga keltirib, bo‘shlik tugmasini bosgan holda Add Program Line tugmasini bosish kerak. Agar kiritish qatorini qator oldidan ochish kerak bo‘lsa ko‘k burchakli kursorni qator boshiga keltirib, bo‘shlik tugmasini bosgan holda Add Program Line tugmasini bosish kerak bo‘ladi (1-rasm).  
    Ayrim hollarda, masalan ikki ichma ich joylashganssikllar orasigi qator qo‘shishda bu usul qo‘l kelmay qoladi. Bu holda boshqa usulni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bu usul quyidagicha bajariladi:
    1.Sikl ichi qora rangga ajratiladi.
    2.Standart vositalar panelidan kesib olish (Cut) tugmasi bosiladi.
    3.Add Progrm Line (dasturga qator qo‘shish) dasturlash paneli tugmasi bosiladi.
    4.Qator kiritish joyiga kursor qo‘yilib, standart vositalar panelidan qo‘yish (Paste) tugmasi bosiladi.
    5.Paydo bo‘lgan kiritish joyi to‘ldiriladi.
    Bu usul barcha hollarda ham qator kiritishda qulaylikni beradi.

             Dasturda qiymatlarni lokal yuborish. Dasturda o‘zgarmaslar va o‘zgaruvchilarga qiymatlari berish yuborish operatori yordamida amalga oshiriladi. Bu operator dasturlash panel vositasida (Local Definition) lokal aniqlash tugmasiga birlashtirilgan. Dastur tuzish davomida ko‘p hollarda bu belgini klaviaturadan { belgisini bosish bilan ham bajarish mumkin.
    Lokal o‘zgaruvchi qiymatini dastur tashqarisida ishlatish mumkin emas. Agar tashqarida ishlatish juda kerak bo‘lsa, uning uchun dasturning eng oxirgi operatoridan keyin kursorni bo‘sh joyga qo‘yib, keyin o‘zgaruvchini yozish kerak bo‘ladi.
    Agar o‘zgaruvchining unga mos bitta qiymatini chiqarish kerak  bo‘lsa, shu o‘zgaruvchining nomini yozish kerak. Agar vektor yoki massivni chiqarish kerak bo‘lsa uning nomini kiritish kerak.
             if shartli operatori.  
    if shartli operatori ikki bosqichda ta’sir etadi. Birinchi if opreatoridan o‘ngda yozilgan shart tekshiriladi. Agar u rost bo‘lsa, undan chapdagi ifoda bajariladi, aks holda dasturning keyingi qatoriga o‘tiladi.
    Dasturda if shartli operatorini qo‘yish uchun quyida keltirilgan protseduralarni bajaring.
    1.Tuziladigan dasturda shartli operator kiritiladigan joyga kursor qo‘yiladi.
    2.Dasturlash panelidan if operatori tugmasi bosiladi. Dasturda ikkita kiritishga ega operator shablani paydo bo‘ladi.
    3.O‘ng kiritish joyiga shart kiritiladi. Bunda mantiqiy operatorlardan foydalanish mumkin. Buning uchun (Boolean) mantiqiy operatorlar panelidan foydalanish birmuncha qulayliklarni beradi.
    4.if operatori chap tamoniga shart rost bo‘lganda bajariladigan ifoda kiritiladi.
    Agar shartning bajarilishida bir necha ifodalar bajariladitgan bo‘lsa, u holda bir necha kiritish joylariga ega bo‘lish kerak. Buning uchun kursorni if operatorining chap tamondagi kiritish joyiga qo‘yib, keyin dasturlash panelidagi Add Program Line (Dastur qatoriga qo‘shish) tugmachasini necha qator kiritish kerak bo‘lsa shuncha bosish kerak bo‘ladi. Bunda shunga e’tibor berish kerakki, shartli operator ko‘rinishi o‘zgaradi. YAngi vertikal chiziq kiritish joyi bilan chap tamonda emas, pastda va if  operatordan o‘ngda paydo bo‘ladi. Agar shart yolg‘on bo‘lsa, o‘tish dasturning keyingi qatoriga bo‘ladi.
    Mathcadda shartni yozishning uchta usuli bor:

    • dasturlashning if shartli operatori yordamida;
    • bul operatorlari yordamida;
    • if funksiyasi yordamida.

    Quyidagi 1-rasmda shartni yozishning uchta usuli ko‘rsatilgan.

    2-rasm. SHartli funksiyani uch usulda hisoblash.

    Sikl opreratori.
    Mathcadda ikkitassikl operatori mavjud: FOR va WHILE.

    • Agarssiklda takrorlanish soni oldindan ma’lum bo‘lsa, u holda FOR operatori ishlatiladi.
    • Agarssikl ma’lum shartning bajarilishi ichida takrorlanishi lozim bo‘lsa, u holda WHILE operatori ishlatiladi.

    WHILE operatori.
    Whilessikl operatori takrorlanishlar soni oldindan aniq bo‘lmagan hollarda takrorlanishni biror bir shartning rost bo‘lishida bajaradi. Berilgan shart oldin tekshirilib, keyin shartning bajarilishiga qarab uning tarkibidagi operatorlar bajariladi.
    Whilessikl operatorini yozish uchun quyidagi ketma ketliklarni bajarish lozim:
    1. Kursorni dastur kiritish kerak bo‘lgan bo‘sh joyga qo‘yiladi.
    2. Dasturlash panelidan While Loop (Sikl While) tugmasi bosiladi.
    3. While operatorining o‘ng tamonidan shart (mantiqiy ifoda) kiritiladi.  
    4. While operatori pastidanssikl hisoblashi lozim bo‘lgan ifodalar kiritiladi. Agarssiklda bir necha ifodalarni hisoblash kerak bo‘lsa, oldin kursorni kiritish joyiga qo‘yib, keyin Add Program Line (Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi o‘rta qavs) tugmasinissikl nechta qatorni o‘z tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish kerak bo‘ladi. Keyin kiritish joylarini kerakli ifodalar bilan to‘ldirib, ortiq kiritish joyi olib tashlanadi. Quyidagi 3-rasmda misol tariqasida berilgan qiymatdan biron vektorning birinchi katta qiymatini aniqlash keltirilgan.

     

    3-rasm. Dasturlashda Whilessikl operatorini qo‘llash.

    FOR operatori.
    Forssikl operatorini takrorlanishlar soni oldindan aniq bo‘lganda ishlatish maqsadga muvofiqdir. For operatorining takrorlanishini, undan oldin berilgan o‘zgaruvchi aniqlaydi. 
    Forssikl operatorini yozish uchun quyidagi ketma ketliklarni bajarish lozim:
    1. Kursorni dastur kiritish kerak bo‘lgan bo‘sh joyga qo‘yiladi.
    2. Dasturlash panelidan For Loop (Sikl For) tugmasi bosiladi.
    3. For operatorining o‘ng tamonidan o‘zgaruvchi nomi kiritilib, ungan keyin o‘zgaruvchining o‘zgarish diapazoni beriladi.ssikl o‘zgaruvchisi sonlar qatori yoki vektor bo‘lishi mumkin. Masalan rasmda o‘zgaruvchi qiymatlari verul bilan ajratilgan vektor qilib berilgan.    
    4. For operatori pastidanssikl hisoblashi lozim bo‘lgan ifodalar kiritiladi. Agarssiklda bir necha ifodalarni hisoblash kerak bo‘lsa, oldin kursorni kiritish joyiga qo‘yib, keyin Add Program Line (Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi o‘rta qavs) tugmasinissikl nechta qatorni o‘z tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish kerak bo‘ladi. Keyin kiritish joylarini kerakli ifodalar bilan to‘ldirib, ortiq kiritish joyi olib tashlanadi. Quyidagi 4-rasmda keltirilgan misolda berilgan qiymatdan biron vektorning birinchi katta qiymatini aniqlash berilgan.

    4-rasm. Dasturlashda Forssikl operatorini qo‘llash.

    1234 marta o`qildi.

    Foydalanuvchi ismi: Rivoj 203
    Qo`shilgan sana: 2015-04-17

    ajoyib

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений