linkedin facebook linkedin facebook nod32

Diskret o‘zgaruvchilar va sonlarni formatlash

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-01

Diskret o‘zgaruvchilar va sonlarni formatlash


Mathcadda diskret o‘zgaruvchilar deganda sikl operatorini tushunish kerak. Bunday o‘zgaruvchilar ma’lum qadam bilan o‘suvchi yoki kamayuvchi sonlarni ketma-ket qabul qiladi. Masalan:
x:=0..5. Bu shuni bildiradiki bu o‘zgaruvchi qiymati qator bir necha qiymatlardir, ya’ni x=0,1,2,3,4,5.
x:=1,1.1..5. Bunda 1 – birinchi sonni, 1,1 – ikkinchi sonni, 5 - oxirgi sonni bildiradi.
x:=A,A+B..B. Bunda A – birinchi, A+B – ikkinchi, B - oxirgi sonni bildiradi.
Izoh! O‘zgaruvchi diapazonini ko‘rsatishda ikki nuqta o‘rniga klaviaturadan (;) nuqta vergul kiritiladi yoki Matrix (Matritsa) panelidan Range Variable (Diskret o‘zgaruvchi) tugmasi bosiladi. Hisoblangan qiymatni chiqarish uchun esa o‘zgaruvchi va tenglik belgisini kiritish kifoya. Natijada o‘zgaruvchi qiymati ketma-ket jadvalda chiqadi. Masalan, x:=0..5 deb yozib, keyin x= kiritish kerak.
Foydalanuvchi funksiyaning uning argumentiga mos qiymatlarini hisoblab chiqarish va bu qiymatlarni jadval yoki grafik ko‘rinishda tasvirlashda diskret o‘zgaruvchilardan foydalanish qulaylikni keltiradi. Masalan, f(x)=sin(x)×Cos(x) funksiya qiymatlarini x ning 0 dan 5 gacha bo‘lgan qiymatlarida hisoblash kerak bo‘lsa, u holda quyidagi kiritishni amalga oshirish kerak: f(x)=sin(x)×Cos(x)  x:=0..5   f(x)=javob.    
Sonlarni formatlash. Odatda Mathcad 20 belgi aniqligigacha matematik ifodalarni hisoblaydi. Hisoblash natijalarini kerakli formatga o‘zgartirish uchun sichqoncha ko‘rsatgichini sonli hisob chiqadigan joyga keltirib, ikki marta tez-tez bosish kerak. Natijada sonlarni formatlash natijasi Result Format oynasi paydo bo‘ladi. Sonlarni formatlash quyidagilardir:

    • General (Asosiy) – o‘z holida qabul qilish. Son eksponensial ko‘rinishda tasvilanadi.
    • Decimal (O‘nlik) – o‘nlik qo‘zg‘aluvchan nuqta ko‘rinishda tasvirlanuvchi son (masalan, 12.5564).
    • Skientific (Ilmiy) – son faqat darajada tasvirlanadi (masalan, 1.22*105).
    • Engeneering (muxandislik) – sonning darajasi faqat 3 ga karrali qilinib tasvirlanadi (masalan, 1.22*106).

    1.rasm.Sonlarni formatlash va qiymatlarni har xil formada tasvirlash.

    • Fraction (Kasr) – son to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri kasr ko‘rinishida tasvirlanadi. Sonlarning har xil farmatda chiqarilishi quyidagi 1-rasmda keltirilgan.

    1463 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений