linkedin facebook linkedin facebook nod32

Simmetriyali kriptotizim asoslari

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-08-09

Simmetriyali kriptotizim asoslari

Kriptografiya nuqtai – nazaridan shifr – bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to‘plamini yopiq (shifrlangan) ma’lumotlarga o‘zgartirish kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi.
Kalit – kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi – bir parametrlarining maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, kriptomustahkamlik hisoblanadi.
Kriptografiya himoyasida shirlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • yetrali darajada kriptomustahkamlik;
  • shifrlar va qaytarish jarayonining oddiyligi;
  • axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmini ortib ketmasligi;
  • shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi;

Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi:

  • o‘rinlarini almashtirish;
  • almashtiirish;
  • gammalashtirish;
  • analitik o‘zgartirish.

O‘rinlarni almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilarining matnli ma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o‘rinlari almashtiriladi.
Almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi.
Gammalashtirish usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari shifrlash gammasi belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi.
Tahliliy o‘zgartirish usuli bo‘icha boshlang‘ich matn belgilari analitik formulalar yordamida o‘zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko‘paytirish yordamida. Bu erda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bo‘lsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat qiladi.

2521 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений