linkedin facebook linkedin facebook nod32

Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-08-09

Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari

Kriptografiya – ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining to‘plam bo‘lib, ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan: maxfiylik; yaxlitlik.
Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira olmaslik haqida dalolat beradi.
Kriptografiya tizimini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.

Bu yerda kalit qandaydir himoyalangan kanal orqali jo‘natiladi (chizmada punktir chiziqlar bilan tasvirlangan). Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taluqlidir.
Assimmetriya ikki kalitlik tasvirlash mumkin:
Bu holda himoyalangan kanal bo‘yicha ochiq kalit jo‘natilib, maxfiy kalit jo‘natilmaydi.
Yovuz niyatli shaxslar o‘z maqsadlariga erisha olmasa va kriptotahlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi.
Kriptotizimning mustahkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu ta’rifning asosiy ma’nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga ma’lum tizim hisoblanib, uning o‘zgartirilishi ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi, shu bois ham faqatgina kalitni o‘zgartirib turish bilan axborotni himoyalash talab qilinadi.

  • Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimi. Ushbu tizim foydalanuvchidan olingan ma’lumot bo‘yicha shaxsini tekshirish, haqiqiyligini aniqlash va shundan so‘ng unga tizim bilan ishlashga ruxsat berish lozimligini belgilab beradi.

Bu holda asosan foydalanuvchidan olinadigan ma’lumotni tanlash muammosi mavjud bo‘lib, uning quyidagi turlari mavjud:

    • foydalanuvchiga ma’lum bo‘lgan maxfiy axborot, masalan, parol, maxfiy kalit va boshqalar;
    • shaxsning fiziologik parametrlari, masalan, barmoq izlari, ko‘zning tasviri va boshqalar.

Birinchisi an’anaviy, ikkinchisi esa biometrik identifikatsiyalash tizimi, deyiladi.

    • Disk ma’lumotlarini shifrlash tizimi. Ushbu tizimning asosiy maqsadi diskdagi ma’lumotlarni himoyalashdir. Bu holda mantiiqiy va jismoniy bosqichlar ajratiladi. Mantiiqiy bosqichda fayl asosiy ob’ekt sifatida bo‘lib, faqatgina ba’zi bir fayllar himoyalanadi. Bunga misol qilib, arxivator dasturlarini keltirish mumkin. Jismoniy bosqichda disk to‘laligicha himoyalanadi. Bunga misol sifatida Norton Utilities tarkibidagi Diskreet shifrlovchi dasturni keltirish mumkin.
    • Tarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlash tizimi. Ushbu tizimda ikki yo‘nalishni ajratish mumkin:
    • kanal bo‘yicha, ya’ni aloqa kanallari bo‘yicha jo‘natiladigan barcha ma’lumotlarni shifrlash;
    • abonentlar bo‘yicha, ya’ni aloqa kanallari bo‘yicha jo‘natiladigan ma’lumotlarning faqatgina mazmuniy qismi shifrlanib, qolgan xizmatchi ma’lumotlarni ochiq qoldirish.
    • Elektron ma’lumotlarni autentifikatsiyalash tizimi. Ushbu tizimda tarmoq bo‘yicha bajariladigan elektron ma’lumotlar almashinuvi hujjatni va uning muallifini autentifikatsiyalash muammosi paydo bo‘ladi.
    • Tayanch axborotlarni boshqarish vositalari. Ushbu tizimda tayanch axborotlar sifatida kompyuter sifatida kompyuter tizimi va tarmog‘ida qo‘llaniladigan barcha kriptografik kalitlar tushuniladi. Bu holda kalitlarni generatsiyalash, saqlash va taqsimlash kabi boshqaruv funksiyalarini ajratishadi.

    4281 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений