linkedin facebook linkedin facebook nod32

Additiv usullarga asoslangan shifrlashga misol

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-08-05

Additiv usullarga asoslangan shifrlashga misol


SHifrlashning additiv usullariga binoan dastlabki axborot simvollariga mos keluvchi raqam kodlarini ketma-ketligi gamma deb ataluvchi qandaydir simvollar ketma-ketligiga mos keluvchi kodlar ketma-ketligi bilan ketma-ket jamlanadi. SHu sababli, shifrlashinng additiv usullari gammalash deb ham ataladi.
Ushbu usullar uchun kalit sifatida gamma ishlatiladi. Additiv usullarning kriptoturg‘unligi kalit uzunligiga va uning statistik xarakteristkalarining tekisligiga bog‘liq. Agar kalit shifrlanuvchi simvollar ketma-ketligidan qisqa bo‘lsa, shifrmatn kriptoanalitik tomonidan statistik usullar yordamida rasshifrovka qilinishi mumkin. Kalit va dastlabki axborot uzunliklari qanchalik farqlansa, shifr- matnga muvaffaqiyatli xujum ehtimolligi shunchalik ortadi. Agar kalit uzunligi shifrlanuvchi axborot uzunligidan katta bo‘lgan tasodifiy sonlarning davriy bo‘lmagan ketma-ketligidan iborat bo‘lsa, kalitni bilmasdan turib shifrmatnni rasshifrovka qilish amaliy jihatdan mumkin emas. Almashtirish usullaridagidek gammalashda kalit sifatida raqamlarning takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilishi mumkin.
Amaliyotda asosini psevdotasodifiy sonlar generatorlari (datchiklari) tashkil etgan additiv usullar eng ko‘p     tarqalgan va samarali hisoblanadi. Generator psevdotasodifiy sonlarning cheksiz ketma-ketligini shakllantirishda nisbatan qisqa uzunlikdagi dastlabki axborotdan foydalanadi.
Psevdotasodifiy sonlar ketma-ketligini shakllantirishda kongruent generatorlardan ham foydalaniladi. Bu sinf generatorlari sonlarning shunday psevdotasodifiy ketma-ketliklarini shakllantiradiki, ular uchun generatorlarning davriyligi va chiqish yo‘li ketma-ketliklarining tasodifiyligi kabi asosiy xarakteristkalarini qat’iy matematik tarzda ifodalash mumkin.

Gamma shifri bu ochiq matnni shifrlash va shifrni ochish uchun ishlab chiqilgan ixtiyoriy psevdo ketma-ketligidagi algoritimdir. SHifrlash jarayonida gamma shifri ishlab chiqiladi va keluvchi ochiq matnni teskari ko‘rinishda ikkilik modul bo‘yicha qo‘shiladi. SHifrlash uchun ochiq ko‘rinishdagi T0 bo‘laklar ishlab chiqiladi(odatda 64-bitli bo‘ladi). Gamma shifri quyidagi ko‘rinishdagi ketma-ketlikda olinadi

G(i)sh

SHifrlashni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin.

Bu erda:
T(i)sh i-shifrlangan matn;
G(i)sh i-gamma shifri bo‘ladi;
T(i)0 i-ochiq matn bo‘ladi;
M-(ochiq) matnni sifat darajas.
SHifrni ochishda qayta gamma shifridan foydalaniladi:

Bu usul bilan shifrlangan matnni ochishda etarli qiyinchiliklar tug‘diradi , endi k-kalit bir-necha marotaba o‘zgaradi. Gamma shifri ixtiyoriy ko‘rinishda xar bir shifrlanayotgan bo‘lakni o‘zgartiradi. Bunda dushman xar bir matn bo‘lagini qanday qilib ochishni bilmaydi. CHunki dushman xar bir turdagi kalitni topishi uchun ancha vaqt ketadi. Bu holatda shifrlangan matn bardoshliligi ko‘pligiga bog‘liq bo‘ladi.
Kongruent generatorlar ichida o‘zining soddaligi va samaraliligi bilan chiziqli generator ajralib turadi. Bu generator quyidagi munosabat bo‘yicha sonlarning psevdotasodifiy ketma-ketliklarini shakllantiradi.

bu erda a va c – o‘zgarmaslar, T(0) –tug‘diruvchi (sabab bo‘luvchi) son sifatida tanlangan dastlabki kattalik.
Bunday datchikning takrorlanish davri a va c kattaliklariga bog‘liq. m qiymati odatda 2s ga teng qilib olinadi, bu erda s-EXMdagi so‘zning bitlardagi uzunligi. SHakllantiruvchi son ketma-ketliklarining takrorlanish davri c-toq son va a (mod4)=1 bo‘lgandagina maksimal bo‘ladi. Bunday generatorlarni apparat yoki programm vositalari orqali osongina yaratish mumkin.

2979 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений