linkedin facebook linkedin facebook nod32

Polialfavitli almashtirish algoritmi yordamida shifrlashga misol

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-08-05

Polialfavitli almashtirish algoritmi yordamida shifrlashga misol

Polialfavitli almashtirish usullari aytarlicha yuqori kriptoturg‘unlikka ega. Bu usullar dastlabki matn simvollarini almashtirish uchun bir necha alfavitdan foydalanishga asoslangan. Rasman polialfavitli almashtirishni quyidagicha tasavvur etish mumkin. N-alfavitli almashtirishda dastlabki A0 alfavitdagi s01 simvoli A1 alfavitdagi s11 simvoli bilan almashtiriladi va h. s0N ni sNN simvol bilan almashtirilganidan so‘ng S0(N+1) simvolning o‘rnini A1 alfavitdagi S1(N+1)  simvol oladi va h.
Polialfavitli almashtirish algoritmlari ichida Вижинер jadvali (matritsasi) TB ni ishlatuvchi algoritm eng keng tarqalgan. Вижинер jadvali [RxR] o‘lchamli kvadrat matritsadan iborat bo‘lib, (R-ishlatilayotgan alfavitdagi simvollar soni) birinchi qatorida simvollar alfavit tartibida joylashtiriladi. Ikkinchi qatordan boshlab simvollar chapga bitta o‘ringa siljitilgan holda yoziladi. Siqib chiqarilgan simvollar o‘ng tarafdagi bo‘shagan o‘rinni to‘ldiradi (siklik siljitish). Agar o‘zbek alfaviti ishlatilsa, Vijiner matritsasi [36x36] o‘lchamga ega bo‘ladi ( 2.1. -rasm).

2.1.-rasm. Вижинер matritsasi

SHifrlash takrorlanmaydigan M simvoldan iborat kalit yordamida amalga oshiriladi. Vijinerning to‘liq matritsasidan [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasi T(SH) ajratiladi. Bu matritsa birinchi qatordan va birinchi elementlari kalit simvollariga mos keluvchi qatorlardan iborat bo‘ladi.

Agar kalit sifatida <ҒЎЗА> so‘zi tanlangan bo‘lsa, shifrlash matritsasi beshta qatordan iborat bo‘ladi. (2.2- rasm)

2.2.-rasm. «ҒЎЗА» kaliti uchun shifrlash matritsasi.

Vijiner jadvali yordamida shifrlash algoritmi quyidagi qadamlar ketma-ketligidan iborat.
1-qadam. Uzunligi M simvolli kalit K ni tanlash.
2-qadam. Tanlangan kalit K uchun [(M+1),R] o‘lchamli shifrlash matritsasi Tsh=(bij) ni qurish.
3- qadam. Dastlabki matnning har bir simvoli s0r tagiga kalit simvoli km joylashtiriladi. Kalit keraklicha takrorlanadi.
4-qadam.  Dastlabki matn simvollari shifrlash matritsasi Tsh dan quyidagi qoida bo‘yicha tanlangan simvollar bilan ketma-ket almashtiriladi.

  1. K kalitning almashtiriluvchi s0r simvolga mos km simvoli aniqlanadi;
  2. shifrlash matritsasi Tsh dagi km = bj1 shart bajariluvchi  i qator topiladi.
  3. sor = bi1 shart bajariluvchi j ustun aniqlanadi....
  4. sor  simvoli bij simvoli bilan almashtiriladi.

         5-qadam. SHifrlangan ketma-ketlik ma’lum uzunlikdagi (masalan 4 simvolli) bloklarga ajratiladi. Oxirgi blokning bo‘sh joylari maxsus simvol-to‘ldiruvchilar bilan to‘ldiriladi.
Rasshifrovka qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
1-qadam. SHifrlash algoritmining 3-qadamidagidek shifrmatn tagiga kalit simvollari ketma-ketligi yoziladi.
2-qadam. SHifrmatndan s1r simvollari va mos kalit simvollari km  ketma-ket tanlanadi. Tsh matritsada km = bij shartni qanoatlantiruvchi i qator aniqlanadi. i-qatorda bij= s1r element aniqlanadi. Rasshifrovka qilingan matnda r - o‘rniga bij simvoli joylashtiriladi.
3-qadam. Rasshifrovka qilingan matn ajratilmasdan yoziladi. Xizmatchi simvollar olib tashlanadi.

Misol. K=<ҒЎЗА> kaliti yordamida T=<ПАХТА ҒАРАМИ>  dastlabki matnni shifrlash va rasshifrovka qilish talab etilsin. SHifrlash va rasshifrovka qilish mexanizmi quyida keltirilgan.

Dastlabki matn  ПАХТА_ҒАРАМИ
Kalit                   Ғ ЎЗАҒЎЗАҒЎЗ А
Almashtirilgan
so‘nggi matn      МЎЯТҒЯЕАНЎФИ
    SHifrmatn       МЎЯТҒЯЕАНЎФИ
    Kalit                Ғ ЎЗАҒЎЗАҒЎЗ А

  Rasshifrovka

qilingan matn   ПАХТА_ҒАРАМИ
Dastlabki matn  ПАХТА_ҒАРАМИ

Polialfavitli almashtirish usullarining kriptoturg‘unligi oddiy almashtirish usullariga qaraganda aytarlicha yuqori, chunki ularda dastlabki ketma-ketlikning bir xil simvollari turli simvollar bilan almashtirilishi mumkin. Ammo shifrning statistik usullarga bardoshliligi kalit uzunligiga bog‘liq. 

2893 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений