linkedin facebook linkedin facebook nod32

Рисование-Chizish asboblar paneli

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-08-04

Рисование - Chizish asboblar paneli

«Рисование» - Chizish asboblar paneli bevosita chizish, yozish, jadval tuzish kabi ishlarni amalga oshiriladi.

«Отрезоk» - Kesma tugmasi.

«Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi.

«Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi.

«Многоугольник» - Ko’pburchak chizish tugmasi.

«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak  chizish tugmasi.

«Дуга» - Yoy chizish tugmasi.

«Круг» - Aylana chizish tugmasi.

«Облако» - Bulut chizish tugmasi.

«Сплайн» - Lekalo egri chiziqlar chizish tugmasi.

«Эллипс» - Ellips chizish tugmasi.

«Эллиптическая дуга» - Ellips yoy chizish tugmasi.

«Блок» - Qism tugmasi.

«Создать блок» - Qism yaratish tugmasi.

«Точка» - Nuqta qo’yish tugmasi.

«Штриховка…» - Strixlash tugmasi.

«Переход…» - Rang berish tugmasi.

«Область» - Hudud tanlash tugmasi.

«Таблица…» - Jadvalz… tuzish tugmasi.

«Многострочный…» - Ko’pqatorli… matn yozish tugmasi.

«Отрезок» - Kesma tugmasi.

Tugma bosilganda sichqoncha kursori kesmaning dastlabki nuqtasini, tanlangandan so’ng esa keyingi nuqtani joyini so’raydi. Ikki nuqta tutashtirilib kesma hosil qilinadi.
Bundan tashqari kesmani belgilangan uzunlikda berish ham mumkin. Buning uchun ikkinchi nuqtaninig yo’nalishi ko’rsatilib sichqoncha tugmasi bosilmasdan, klaviaturadan sonli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Kesmani yana davom ettirish uchun sichqoncha kursori keyingi nuqtalar vaziyatini kutib turadi. Ushbu buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi

«Прямая» - To’g’ri nur o’tkazish tugmasi.

Tugma bosilganda sichqoncha kursori nur o’tkazilishi lozim bo’lgan nuqtani so’raydi. Nuqta tanlangach, ikkinchi yo’naltiruvchi nuqta so’raladi. Ikkinchi nuqta tanlangandan so’ng yo’nalish bo’yicha har ikki tomonga yo’nalgan cheksiz nur o’tkaziladi va sichqoncha kursori birinchi tanlangan nuqtani asos qilib ikkinchi yo’nalish nuqtani vaziyatini so’raydi.
Bundan tashqari, nurni bevosita gorizontal, vertikal, burchak kattaligida, bissektrisa, ma’lum uzoqlikda bajarish mumkin. Buning uchun to’g’ri nur buyrug’i tanlanganda klaviaturadagi  - ko’rsatkichi bosiladi va ekranda yordamchi menu oynasi chiqariladi. Unda «Гор» - Gorizontal, «Вер» - Vertikal, «Угол» - Burchak, «Биссект» - Bissektrisa va «Отступ» - Ma’lum uzoqlikda bandlari mavjud. Kerakli band sichqoncha yordamida tanlanadi.
«Угол» - Burchak tanlansa, klaviatura yordamida sonli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Биссект» - Bissektrisa tanlansa, sichqoncha ko’rsatkichi bissektrisa o’tkaziladigan burchakning uchiga keltirilib bosiladi, so’ng burchakning har ikkala tomoni ketma-ket tanlanadi.
«Отступ» - Ma’lum uzoqlikda nur o’tkazish tanlansa dastlab, klaviaturadan uzoqlashish masofasi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Keyin to’g’ri chiziqli ob’ekt tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi ushbu ob’ektning qaysi tomoni tanlanishini so’raydi (chap yoki o’ng, yuqori yoki pastidan va h.). Tomon sichqoncha yordamida tanlanishi bilan tanlangan ob’ektga parallel va belgilangan masofa uzoqligida cheksiz nur o’tkaziladi. Buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan “Esc” tugmasi bosiladi.
Izoh:Tahrirlash panelidan foydalanib nur to’g’ri chizig’ining kerakli qismi saqlanib, keraksiz qismi o’chirilishi mumkin

«Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi.

Bu buyruq ancha murakkab xususiyatlarga ega bo’lgan chiziqlarni bajarish uchun qo’llaniladi. Aytaylik, chizqning yoyga o’tib ketishi, chiziqning trapesiyasimon qiymatlarda yo’g’onlashuvi yoki ingichkalashib borishi nazarda tutiladi. Qisqa qilib aytganda murakkab parametrlarga ega bo’lgan xususiyatli chiziqlarni bitta ob’ekt deb qabul qiladi.
Izoh:Keyinchalik tahrirlash panelidan foydalanib xususiyatli chiziqni  tahrirlash mumkin.
Dastlab buyruq tugmasi tanlanganda «Отрезок» - Kesma buyrug’i singari ketma ket to’g’ri chiziqlarni chizish mumkin.  Agarda, boshlang’ich nuqta tanlanib, so’ngra klaviaturadagi - ko’rsatkichi bosilsa ekranga yordamchi menu oynasi chiqariladi. Ushbu yordamchi menudan «Дуга» - Yoy tanlanganda Bevosita turli radiuslarga ega bo’lgan yoylarni bajarish mumkin.
Aniq qiymatlarga ega bo’lgan yoylarni bajarish uchun esa yana klaviaturadagi - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu chaqiriladi.
Ushbu yordamchi menu «Угол» - Burchak, «Центр» - Markaz, «Направление» -  Yo’nalish, «Полуширина» - Yarim enli, «Линейный» - To’g’ri, «Радиус» - Radius, «Вторая» - Ikkinchi, «Отменить» - Rad etish, «Ширина» - Kengligi kabi buyruqlarga ega-ki ularning har biri bilan bevosita mashg’ulotlar jarayonida tanishib, o’qituvchi yordamida o’rganib boriladi.
Izoh:Mashg’ulotlar davomida axborot menu oynasidagi barcha bandlarni o’rganib chiqish kerak.

«Многоугольник» - Ko’pburchak chizish tugmasi.

Aniq parametrlarga ega ko’p burchakni bajarish tartibi quyidagicha:
«Многоугольник» - Ko’pburchak chizish tugmasi tanlanadi.
Ekranga «Число сторон» - Tomonlar soni degan axborot chiqadi. Odatda ushbu qiymat eng kam parametr – 3 ni ko’rsatib turadi. Klaviaturadan tomonlar soni qiymat bilan beriladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So’ng ko’p burchakning markazi joylashadigan nuqta so’raladi. Sichqoncha yordamida markaz tanlangach, ekranga «Задайте опцию размещения» - Joylashtirish shartini bering degan axborot chiqadi. «Вписанный в окружности» – Doira ichida yoki «Описанный вокруг окружности» - Doira tashqarisida shartlari mavjud bo’lib, shartlardan biri tanlanadi. Ekranga «Радиус окружности» - Aylana radiusi degan axborot chiqadi.
Aylana radiusi klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi va “Enter” tugmasi yordamida tasdiqlanadi.
Izoh:Keyinchalik tahrirlash panelidan foydalanib ko’pburchakning tomonlari vaziyati o’zgartirilishi yoki tahrirlanishi mumkin.

«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak  chizish tugmasi.

Odatda usbu tugma tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi ikkita parametrni – to’g’ri to’rtburchakning bosh nuqtasi va diagonali bo’yicha to’g’ri to’rtburchak tugatiladigan nuqtasini belgilab berishni so’raydi.
To’gri to’rtburchakni qo’shimcha o’lcham parametrlari – faska, tutashma burchaklar asosida bajarish ham mumkin. Buning uchun buyruq tugma tanlangandan so’ng klaviaturadagi - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi.
Yordamchi menuda «Фаска» - Faska, «Уровень» - Nisbat, «Сопряжение» - Tutashma, «Высота» - Balandlik, «Ширина» - Kenglik buyruqlari mavjud.
Sichqoncha ko’rsatkichi yordamida «Фаска» - Faska bandi tanlansa ekranda «Длина первой фаски прямоугольника» - To’gri to’rtburchak birinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda klaviaturadan kerakli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Song «Длина второй фаски прямоугольника» - To’g’ri to’rtburchak ikkinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda ham kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Har safar to’g’ri to’rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to’g’ri to’rtburchak chizilaveradi.
«Уровень» - Nisbat bandi tanlansa biron bir ob’ektga nisbatan ma’lum bir balandlikda to’g’ri to’rtburchak yasash nazarda tutiladi va ushbu parametr faoliyati uch o’lchamli chizma yaratishda, izometriada yaqqol ko’rinadi. Qiymatlar klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Сопряжение» - Tutasma bandi tanlansa ekranda «Радиус сопряжения прямоугольников» - To’g’ri to’rtburchak tutashma radiusi degan axborot chiqadi.
Klaviaturadan tutashma radiusi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Har safar to’g’ri to’rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to’g’ri to’rtburchak chizilaveradi.
«Высота» - Balandlik bandi tanlansa to’g’ri to’rtburchakka hajm berish maqsadida uning eni va bo’yidan tashqari balandligini berish nazarda tutiladi va ushbu parametrning faoliyati ham uch o’lchamli chizma yaratishda, izometriada yaqqol ko’rinadi, aks holda ikki o’lchamli plan holidagi chizmalarda ushbu parametr ko’rinmaydi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Ширина» - Kenglik bandi tanlanganda to’g’ri to’rtburchakning chiziqlari kengligi yoki qalinligi tushuniladi. Bunda kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
To’gri to’rtburchakning aniq o’lchamlarini, ya’ni  eni va bo’yi  yoki yuza kattaligida berish uchun, «Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak  chizish tugmasi bosilib dastlabki bosh nuqtasi tanlangandan so’ng, ekranga «Второй угол или » - Ikkinchi burchak yoki degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi.
Unda «Площадь» - Yuza, «Размеры» - O’lchamlar, «Поворот» - Burilish buyruq bandlari mavjud.
«Площадь» - Yuza bandi tanlansa yuza qiymati klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. So’ng «Вычислять размеры прямоугольника на основе параметра» - Quyidagi parametrlarda to’g’ri to’rtburchakni hisoblash axborot oynasi chiqariladi. Unda «Длина» - Uzunlik va «Ширина» - Kenglik buyruq bandlari mavjud. Kerakli band tanlanadi va qiymat klaviatura orqali kiritilib, “Enter” tugmasi yordamida tasdiqlanadi. Ekranda berilgan qiymat parametrlarga ega bo’lgan to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi.
«Размеры» - O’lchamlar bandi tanlansa ekranda «Длина прямоугольника» -  To’g’ri to’rtburchak uzunligi degan axborot chiqadi. Klaviaturadan kerakli qiymat kiritilib, “Enter” tugmasi bosilganda, keyingi parametr «Ширина прямоугольника» - To’g’ri to’rtburchak kengligi so’raladi. Unda ham kerakli qiymat klaviatura yordamida kiritilib, “Enter” tugmasi bosilganda ekranda berilgan qiymatlar asosida to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi.
«Поворот» - Burilish bandi tanlanganda to’g’ri to’rtburchakni gradus burchak asosiba bajarish nazarda tutiladi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi bosiladi. Yana klaviaturadagi - ko’rsatkichi bosilib yordamchi menu oyna chaqiriladi. Undagi «Размеры» - O’lchamlar bandi tanlanib yuqorida aytib o’tilgan tartibda to’g’ri to’rtburchak bajariladi. Shuni aytib o’tish joizki, burchak gradusini kiritayotganda soat strelkasiga teskari yo’nalishda va soatning 3 raqami ko’rsatkichini 0o ekanligini yodda tutish lozim.

«Дуга» - Yoy chizish tugmasi.

Usbu buyruq tugmasi radiusli yoylarni bajarishni nazarda tutadi. Tugma tanlanga ekranga «Начальная точка дуги или » - Yoyning boshlanish nuqtasi yoki axboroti chiqadi. Klaviaturadagi ko’rsatkichi bosilsa qo’shimcha axborot oynasi ekranga chiqadi. Unda bitta band «Центр» - Markaz mavjud bo’lib, dastlab yoy markazini ko’rsatish nazarda tutiladi. Markaz bandi tanlangandan so’ng sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ekranda yoy markazi belgilanadi. Burchak yo’nalishi ko’rsatilgan holda radiusning qiymati klaviaturadan kiritiladi. “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanib, yoyning tugash nuqtasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida belgilanadi va yoy hosil qilinadi. Yoy bajarishda yo’nalish soat strelkasiga teskari bo’lishi lozim.
Dastlab yoyning boshlanish nuqtasi so’ng radiusi va keyin tugash nuqtasini belgilab ham bajarish mumkin. Buning uchun «Дуга» - Yoy chizish buyruq tugmasi tanlangandan so’ng, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida yoyning boshlanish nuqtasi tanlanadi. Ekranda «Вторая точка дуги или ↓» - Yoyning ikkinchi nuqtasi yoki axboroti chiqariladi. Klaviaturadan ko’rsatkichi bosilganda qo’shimcha axborot oynasi chiqariladi. Unda ikkita band – «Центр» - Markaz va «Конец» - Oxiri mavjud bo’lib, «Центр» - Markaz bandi tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi yordamida markaz tanlanadi va yoyning tugash nuqtasi ko’rsatiladi.

«Круг» - Aylana chizish tugmasi.

Ushbu buyruq tugmasi aylanani turli parametrlarga asoslanib chizishni nazarda tutadi. Tugma tanlanganda ekranda «Центр круга или↓ - Aylana markazi yoki degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi ko’rsatkich yordamida qo’shimcha axborot oynasi chaqiriladi. Unda «3Т» - 3N (3 nuqta asosida), «2Т» - 2N (2 nuqta asosida) va «ККР» - UUR (urinma, urinma, radius) bandlari mavjud bo’lib, «3Т» - 3N (uch nuqta asosida) bandi tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi yordamida uchta nuqta ketma ket belgilanishi kerak. Shu uch nuqtadan o’tuvchi aylana hosil qilinadi.
«2Т» - 2N (ikki nuqta asosida) bandi tanlansa, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ikkita nuqta ketma ket belgilanishi kerak. Shu ikkita nuqtadan o’tuvchi aylana hosil qilinadi.
«ККР» - UUR (urinma, urinma, radius) bandi tanlansa, ikkita to’g’ri chiziq yoki ob’ekt sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ketma ket tanlanadi va klaviaturadan radius qiymati kiritiladi. Aylana kiritilgan radius qiymatida va tanlangan ob’ektlarga urinma asosida hosil qilinadi.
Shuningdek aylanani diametr asosida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun «Круг» - Aylana buyruq tugmasi tanlangandan so’ng, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida aylana markazi belgilanadi. Ekranda «Радиус круга или » - Aylana radiusi yoki axboroti chiqadi. Klaviaturadan qiymat kiritilsa radius qiymati deb qabul qilinadi. Agar klaviaturadagi ko’rsatkichi bosilsa, ekranga qo’shimcha axborot oynasi chiqariladi. Udagi «Диаметр» - Diametr bandi tanlanib, klaviaturadan qiymat kiritiladi. Ekranda belgilangan markazda kiritilgan diametr qiymati asosida aylana hosil qilinadi.

«Облако» - Bulut chizish tugmasi.

Ushbu buyruq tugmasi chizmalarda izohlarni belgilash ucun qo’llaniladi. Buyruq tugmasi tanlangandan so’ng boshlang’ich nuqta sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanadi. Sichqonchani kerakli yo’nalishlarda siljitish bilan ekranda bulutga o’xshash uzluksiz yoylar ketma ketligi hosil qilinadi. Harakatlar qaytib bosh nuqtaga kelganida uzluksiz yoylar hosil qilinishi tugatiladi va ushbu yoylarning barchasi bitta ob’ekt sifatida qabul qilinadi.

«Сплайн» - Lekal egri chiziqlar chizish tugmasi.

Ushbu buyruq tugmasi lekalo egri chiziqlar yasashni nazarda tutadi. Tugma tanlangandan so’ng sichqoncha ko’rsatkichi yordamida nuqtalar tanlansa, shu nuqtalardan silliq va ravon o’tuvchi egri lekalo yoylari yasaladi. Uch marta ketma ket “Enter” tugmasi bosilgandan so’ng shakl saqlanib qolinadi.

«Эллипс» - Ellips chizish tugmasi.

Ma’lumki ellips yasash ellipsning katta va kichik o’qlari asosida bajariladi.
Buyruq tugmasi tanlanganda ekranda «Конечная точка оси еллипса или » - Ellipsning oxirgi nuqtasi yoki axboroti chiqadi. Klaviaturadan ko’rsatkichi tanlanib qo’shimcha axborot oynasi chaqiriladi.
Unda «Дуга» - Yoy va «Центр» - Markaz bandlari mavjud bo’lib, «Дуга» - Yoy bandi ellips yoy chizishni nazarda tutadi. «Центр» - Markaz bandi tanlanganda, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida markaz belgilanadi. Sichqoncha yordamida ellips o’qlaridan birining yo’nalishi ko’rsatilib klaviaturadan yarim o’q qiymati kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So’ng yana klaviaturadan ikkinchi yarim o’qning qiymatlari kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Ekranda berilgan qiymat parametrlari asosida ellips hosil qilinadi.

«Эллиптическая дуга» - Ellips yoy chizish tugmasi.

Ushbu faol tugma funksiasi dastlab ellipsning katta va kichik o’qlari bo’yicha ellips yasashni, so’ng ellipsning ma’lum bir qismida yoy o’tkazishni nazarda tutadi.
«Эллиптическая дуга» - Ellips yoy tugmasi tanlanganda ekranda «Конечная точка оси еллипса или » - Ellipsning oxirgi nuqtasi yoki axboroti chiqadi. Klaviaturadanko’rsatkichi tanlanib qo’shimcha axborot oynasi chaqiri-ladi. Unda «Центр» - Mar-kaz bandli mavjud bo’lib, «Центр» - Markaz bandi tanlanganda, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida markaz belgilanadi. Sichqoncha yordamida ellips o’qlaridan birining yo’nalishi ko’rsatilib klaviaturadan yarim o’q qiymati kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. So’ng yana klaviaturadan ikkinchi yarim o’qning qiymatlari kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Endi yoyning bosh nuqtasi vaziyati gradus o’lchovida klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi, so’ng yoyning tugash nuqtasi ham klaviaturadan qiymat asosida kiritiladi. Ekranda ellips yoyi hosil qilinadi.

«Блок» - Bo’lim tugmasi.

Usbu buyruq tugmasi oldin yaratilgan biron bir fayl (DWG formatidagi) chizmani ekranga chiqarish va bajarilayotgan chizmaga bo’lim sifatida qo’shishni nazarda tutadi.
«Блок» - Bo’lim tugmasi tanlanganda ekranga «Вставка блока» - Bo’lim qo’yish axborot oynasi chiqariladi.
Unda «Имя» - Nomi ko’rsatkichli oynacha, «Обзор» - Namoish (fayllar ro’yxati nazarda tutiladi) interfaol tugmasi, «Точка вставки» - Qo’yish nuqtasi, «Масштаб» - Masshtab va «Угол поворота» -  Aylantirish burchagi bandlari mavjud.
«Точка вставки» - Qo’yish nuqtasi, «Масштаб» - Masshtab va «Угол поворота» -  Aylantirish burchagi bandlarida «Указать на экране» - Ekranda tanlash belgilagich bo’limlari mavjud bo’lib, agarda ular belgilansa X, Y, Z o’qlar bo’yicha koordinatalar qiymatini berishga hojat qolmaydi va bu qiymatlar ekranda bevosita sichqoncha ko’rsatkichi yordamida qo’yiladi. Aks holda,  X, Y, Z o’qlarining qiymatlarini berish lozim bo’ladi.
Chizmaga biron – bir  blok ya’ni bo’lim qo’yish uchun «Обзор» - Namoish interfaol tugmasi tanlanadi. Ekranga «Выбор файла рисунка» - Chizma faylini tanlash interfaol axborot oynasi chiqariladi. Odatda «Мои документы» - Mening hujjatlarim papkasida saqlanib kelinayotgan fayllar ro’yxati ko’rsatiladi.

Fayllar ro’yxatidan kerakli fayl sichqoncha yordamida tanlansa, interfaol oynaning «Образец» - Namuna hududida fayldagi chizma ko’rsatib turiladi. Kerakli fayl nomi tanlangandan so’ng «Открыть» - Ochish tugmasi tanlanadi. Interfaol oyna yopilib, qaytib «Вставка блока» - Bo’lim qo’yish axborot oynasi chiqariladi. Endilikda ushbu oynaning «Имя» - Nomi ko’rsatkichli oynachasida tanlangan fayl nomi ko’rsatib turiladi.
Izoh:  Ko’rilayotgan misolimizda Mashq – 1 faylining nomi ko’rinib turadi.

«Вставка блока» - Bo’lim qo’yish axborot oynasidagi “OK” tugmasi tanlanganda interfaol oyna yopilib, ekranga «Точка вставки блока» - Bo’lim qo’yish nuqtasi  axboroti chiqariladi. Sichqoncha yordamida qo’yish nuqtasi tanlanadi va bo’lim o’rnatiladi.

«Создать блок» - Bo’lim yaratish tugmasi.

O’z nomlanishidan ma’-lumki, ushbu buyruq tugmasi chizmani yoki uning ma’lum bir qismini blokka – bo’limga aylantiradi.
«Создать блок» - Bo’lim yaratish tugmasi tanlanganda ekranga «Описание блока» - Bo’limning tavsifi oynasi ochiladi.
Oynaning «Имя» - Nomi bandida yaratiladigan bo’lim (blok)ga nom beriladi.
«Базовая точка» - Bazaviy nuqta bo’limida «Указать» - Ko’rsatish interfaol tugmasi bo’lib, u tanlanganda bo’limga aylanti-riladigan chizmaning biron bir nuqtasi asos sifatida tanlanishi lozim.
«Объекты» - Ob’ektlar bo’limidagi «Выбрать объек-ты» - Ob’ektlarni tanlash interfaol tugmasi bo’lib u tanlanganda chizma yoki uning qismlari tanlanishi lozim. Ob’ektlar tanlangandan so’ng “Enter” tugmasi bosiladi.
Kerakli tavsiflar o’rnatilgandan so’ng oynadagi “OK” tugmasi bosiladi. Natijada tanlangan chizma yoki uning qismlari bo’lim (blok)ga aylantiriladi. Keyinchalik  «Блок» - Bo’lim tugmasi orqali tanlangan bo’limni o’rnatish mumkin.

«Точка» - Nuqta qo’yish tugmasi.

«Точка» - Nuqta qo’yish tugmasi o’z – o’zidan ma’lumki bazaviy nuqtani yaratadi. Bundan maqsad shu nuqtaga tayanib, bir qancha amallarni bajarishda qulayliklar yaratiladi. Buyruq tanlangandan song, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida yoki klaviaturadan “X” va “Y” o’qlar bo’yicha qiymat kiritish yo’li bilan nuqta qo’yish mumkin.
“X” va “Y” o’qlar bo’yicha qiymat kiritishda “,” tinish belgisi “X” va “Y” o’qlar qiymatlarini bir biridan ajratadi.

 

«Штриховка…» - Strixlash tugmasi.

Ushbu buyruq tugmasi chizmadagi ma’lum bir hududlarni shtrixlash, qirqimlardagi kesim yuzasini ko’rsatish uchun qo’llaniladi.
Buyruq tugmasi tanlanganda ekranda «Штриховка и градиент» - Shtrixlash va ranglash oynasi ochiladi. Ushbu oynadan dastlab «Тип и массив» - Massiv va turi bo’limi ko’rib chiqiladi. Ushbu bo’limdagi «Образец» - Namuna oynachasidagi (v) ko’rsatkich bosilganda shtrixlash namunalarining ro’yxati chiqadi. Biron bir nom tanlansa «Структура» - Tuzilishi oynachasida uning tuzilishi ko’rinib turadi. Bundan tashqari «Образец» - Namuna oynachasidagi () bosilsa, «Палитра образцов штриховки» - Shtrixlash namunalari palitrasi oynasi ochiladi. Ushbu oyna juda sodda bo’lib, unda shtrilashning nomi ham tuzilishi ham ko’rinib turadi. Keraklisi sichqoncha yordamida tanlanib, “OK” tugmasi bosiladi.
Bo’limning «Тип» - Turi bandidagi «Стандартный» - Standart oynachasidagi (v) ko’rsatkichi yordamida strixlash turini o’rnatish mumkin.
«Штриховка и градиент» - Shtrixlash va ranglash oynasidagi keyingi bo’lim «Угол и масштаб» - Burchak va masshtab bo’lib, «Угол» - Burchak va «Масштаб» - Masshtab oynachasida kerakli qiymatlar kiritiladi.
«Исходная точка штриховки» - Shtrixlashning boshlang’ich nuqtasi bo’limi ob’ektning qaysi nuqtasidan shtrixlash lozimligi haqida axborot beradi. «Указанная исходная точка» - Belgilangan boshlang’ich nuqta bandi tanlansa, boshlang’ich nuqtani ko’rsatish lozim bo’ladi.

Keyingi bo’lim «Контуры» - Konturlar bo’limi bo’lib, unda asosan ikkita band aktiv. Bular «Добавить: точки выбора» - Kiritish: nuqta tanlash asosida va «Добавить: Выбрать объекты» - Kiritish: Obekt tanlash asosida. Keyingi bandlar bevosita shtrixlash amalga oshirilgandan keyin faollashadi va shtrixovkani taxrirlashda qo’llaniladi.
«Добавить: точки выбора» - Kiritish: nuqta tanlash asosida buyrugi chizilgan obektning biron bir bo’sh hududini sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlashni nazarda tutsa, «Добавить: Выбрать объекты» - Kiritish: Obekt tanlash asosida buyrug’i poliliniya lardan iborat obektlar (to’g’ri to’rtburchak, aylana, ellips)ni o’zini tanlashni nazarda tutadi. Har ikkala holatda ham «Штриховка и градиент» - Shtrixlash va ranglash oynasi avtomatik tarzda yopilib chizmaga o’tiladi. Obektdagi bo’sh hududlar yoki obektlarni o’zi tanlab bo’lingach (tanlangan buyruqga asosan) klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi va avtomatik tarzda «Штриховка и градиент» - Shtrixlash va ranglash oynasi ochiladi. Undan “OK” tugmasi tanlanadi yoki klaviaturadagi “Enter” tugmasi bosiladi. Shtrixlash amalga oshiriladi.
Izoh:Mashg’ulotlar jarayonida shtrixlashning barcha usullari o’qituvchi ishtirokida ko’rib chiqilishi lozim. Dastlab turli mashqlarni bajarib ko’rish foydadan xoli emas.

«Переход…» - Rang berish tugmasi.

Buyruq tugmasi obektlarni ranglashni nazarda tutadi. Tugma tanlanganda ekranda «Штриховка и градиент» - Shtrixlash va ranglash oynasi ochiladi.
Oyna asosan uchta asosiy bo’limlardan iborat.
«Цвет» - Rang bo’limi ikkita bandga ega bo’lib bular «Один цвет» - Bitta rang va «Два цвета» - Ikkita rang asosida bo’yashni nazarda tutadi.
«Один цвет» - Bitta rang bandi bilan ishlashda kerakli rangni tanlash uchun rang oynachasidagi (...) tugmasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanadi va «Выбор цвета» - Rang tanlash oynasi chaqiriladi.
 Unda uchta bo’lim «Номер цветов» - Rang nomeri, «Вся палитра» - Jami ranglar majmuasi va «Альбомы цветов» - Ranglar albomi mavjud. Har uchta bo’lim ham kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Odatda «Вся палитра» - Jami ranglar majmuasi bo’limi ko’rsatib turiladi. Kerakli rangni tanlash uchun sichqoncha ko’rsatkichini spektr ranglar ustida bosilsa o’ng tomonda joylashgan shkala va pastki o’ng burchakda joylashgan to’rtburchak namuna rangi o’zgaradi. Shkala yuritkichini sichqoncha yordamida siljitish bilan rang tiniqligiga erishish mumkin. Rang tanlab bo’lingach, “OK” tugmasi bosiladi.
Izoh:  «Номерцветов» - Rang nomeri va «Альбомыцветов» - Ranglar albomi bo’limlari bilan mashgulotlar jarayonida tanishib chiqish lozim.

Keyingi etapda «Выбор цвета» - Rang tanlash oynasi yopilib yana «Штриховка и градиент» - Shtrixlash va ranglash oynasiga qaytamiz. «Цвет» - Rang bo’limidagi ikkinchi oynacha bandida (<) va (>) siljitish dastaklari bo’lib, ular yordamida soya va yorug’lik darajasini o’rnatish mumkin. Barcha o’zgarishlar pastda joylashgan to’qqizta to’rtburchak namunalarda ko’rsatib boriladi.
Agarda  «Цвет» - Rang bo’limidagi «Два цвета» - Ikkita rang asosida bo’yash bandi tanlansa u holda ikkinchi oynacha bandidagi (<) va (>) siljitish dastaklari o’rniga birinchi oynachadagi singari rang oynachasi paydo bo’lib, uning o’ng tomonida joylashgan (...) tugmasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlanib ikkinchi rangni ham yuqoridagi «Выбор цвета» - Rang tanlash oynasidagi ketma-ketlik singari o’rnatish mumkin.
«Ориентация» - Yo’nalganlik bo’limi ikkita banddan iborat bo’lib, bular «По центру» - Markazli va «Уол» - Burchak bandlaridir.
«По центру» - Markazli bandidagi belgi olib tashlanib rang soya va yorug’ligini burchakli berish mumkin. Burchak gradusini esa ikkinchi «Уол» - Burchak bandidagi (v) ko’rsatkichini bosib, kerakli qiymatni tanlash bilan kiritiladi. Barcha o’zgarishlar to’qqizta namuna oynalarida ko’rsatib boriladi.
Keyingi etapda to’qqizta namuna oynalaridan biri tanlanib, «Контуры» - Konturlar bo’limiga o’tiladi. Ushbu bo’lim funksiyalari shtrixlash buyrug’idan bizga ma’lum.

 
«Область» - Hudud tanlash tugmasi.

Ushbu buyruq tugmasi asosan turli chiziq va yoylardan iborat bo’lgan, ikki o’lchamli yopiq ob’ektlarni bir butun hududga aylantirish uchun xizmat qiladi. Bundan maqsad shuki hududga aylantirilgan ob’ektlarni yuzasi, perimetri, hudud markazi kabi qiymatlar dastur tomonidan avtomatik hisoblanib boriladi va ularni hisoblashga hojat qolmaydi.
Misol uchun «Отрезоk» - Kesma buyruq tugmasi yordamida ixtiyoriy tuzilgan olti burchakning har bir tomoni, aniqrog’i har bir to’g’ri chizig’i alohida bir ob’ekt sifatida qaraladi va aynan shu tanlangan ob’ektga nisbatan turli tahrirlash ishlarini olib borish mumkin. Agarda «Область» - Hudud buyruq tugmasi tanlansa sichqoncha ko’rsatkichi ob’ektlarni tanlash rejimiga o’tadi va sichqoncha yordamida har bir chiziq ketma-ket tanlanib “Enter” tugmasi bosilsa hudud hosil qilinadi.
Agar sichqoncha ko’rsatkichi bilan yangi hosil qilingan ob’ektning biron bir tomoni tanlansa, to’liq ob’ekt tanlanadi. Hudud to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish uchun ob’ekt tanlangandan so’ng sichqoncha o’ng tugmasi bosilib kontekst menu chaqiriladi. Undagi «Свойства» - Xususiyatlar bandi tanlansa tanlangan ob’ekt – hudud to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar AutoCAD ish stolining chap tomonida chiqariladi.
Ushbu axborot oynansining «Общие» - Umumiy bo’limida hudud ob’ektining nimadan tashkil topganligi, ya’ni – rangi, chiziq turi, masshtabi, chiziq qalinligi kabi ma’lumotlar ko’rsatilsa, «Геометрия» - Geometriya bo’limida hudud ob’ektining maydoni va perimetri haqidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Axborot oynani yopish uchun oyna yuqori o’ng burchagidagi (x) tugmasi tanlanadi.

«Таблица…» - Jadval tuzish tugmasi.

O’z nomidan ma’lumki ushbu buyruq tugmasi bevosita jadval tuzish uchun xizmat qiladi. Windows qobig’I ostida yaratilgan Microsoft Office Word dasturida jadval yaratishdagi aynan o’xshash talablar ushbu buyruqda ham mujassam. Demak Microsoft Office Word dasturi bilan tanish bo’lsangiz ushbu buyruq funksiyalari muammo emas. Shunga qaramay ushbu buyruq tugma funksiyalari bilan tanishib chiqsak.
Buyruq tugmasi tanlanganda ekranga «Вставка таблицы» - Jadval o’rnatish axborot oynasi chiqariladi. Ushbu oyna uch bo’limdan iborat.
«Настройка стиля таблицы» - Jadval uslubini sozlash bo’limida «Имя стиля» - Uslub nomi bandi mavjud bo’lib uning ko’rsatkich oynachasida Standart yozuvi ko’rinib turadi. Bu AutoCAD dasturning o’zi  avtomatik tarzda taqdim etadigan uslubidir.

 

Boshqa bir uslubni tanlamoqshi bo’lsak u holda ushbu uslubni ko’rsatkich oynachasining o’ng tomonidagi (v) ko’rsatkichi yordamida tanlashimiz mumkin.
Izoh:Standart uslubidan tashqari boshqa uslublar yaratilgan bo’lsa (v) ko’rsatkichi tanlanganda barcha mavjud uslublar ro’yxati chiqariladi. Aks holda faqat Standart usuli ko’rsatib turiladi.

Shuni aytib o’tish joizki jadval uslublari deganda tuziladigan jadvalning chiziq turlari, qalinligi, rangi, shrift turi, o’lchami, shuningdek uning rangi kabi parametrlar nazarda tutiladi.
Ko’rsatkich oynachaning (v) ko’rsatkichi o’ng tomonidagi () tugmasi bosilsa «Стили таблиц» - Jadval uslublari oynasi ochiladi.
Unda asosan oltita interfaol tugmalar mavjud. Bular:

«Установить» - O’rnatish tugmasi. «Стили:» - Uslublar: bo’lim oynasidan kerakli uslub tanlangandan so’ng ushbu uslubni faollashtiradi.

 Izoh:  Yangi uslublar o’rnatilgandan so’ng barcha uslublar ro’yxati «Стили:» - Uslublar bo’lim oynasida namoyon bo’ladi. «Образец:…» - Namuna bo’lim oynasida esa tanlangan uslub namunasi ko’rsatiladi.

«Создать» - Yaratish tugmasi. Yangi uslub yaratish nazarda tutiladi.

«Изменить» - O’zgartirish tugmasi. Biron bir uslub «Стили:» - Uslublar: bo’lim oynasidagi ro’yxatdan tanlanib, unga o’zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

«Удалить» - Yo’qotish tugmasi. Biron bir uslub «Стили:» - Uslublar: bo’lim oynasidagi ro’yxatdan tanlangandan so’ng uni yo’qotishni nazarda tutadi.

Izoh:  AutoCAD dasturi taklif etadigan Standart uslubida ushbu interfaol tugma faol emas.

«Закрыть» - Yopish tugmasi oynani yopadi.

«Справка» - Ma’lumot tugmasi jadval o’rnatish tartibi haqida Rus tilidagi axborot oynasini chiqaradi.

Demak ushbu interfaol tugmalardan «Создать» - Yaratish tugmasi bilan tanishib chiqsak. «Создать» - Yaratish tugmasi tanlanganda ekranga «Создание нового стиля» - Yangi uslubni yaratish axborot oynasi chiqariladi. Undagi «Имя нового стиля:» - Yangi uslub nomi: bandining matn kiritish oynachasida Копия Standart yozuvi ko’k fonda ko’rsatib turiladi. Uni o’zgartirib yangi uslubga nom berish mumkin. Yani klaviaturadan matn teriladi.
«На основе:» - Asosida: bandida Standart yozuvli ko’rsatkich oynacha mavjud bo’lib undan biron bir uslub yangi yaratiladigan uslub uchun asos qilib olinishi nazarda tutiladi.
«Далее» - So’ng tugmasi tanlansa «Новый стиль таблиц: Копия Standart» - Yangi jadval uslubi: Копия Standart axborot oynasi chiqariladi. Ushbu oyna uchta vkladish ya’ni zarvaraq – sarlavxa bo’limlagichdan iboratdir. Bular: «Данные» - Berilganlar, «Заголовки столбцов» - Ustunlar so’z boshisi, «Заголовок таблицы» - Jadval so’zboshisi bo’lib, ulardan qaysi biri tanlansa yaratiladigan jadvalning o’sha qismlariga o’zgartirish kiritilishi mumkinligini nazarda tutadi. Har uchchala vkladish – zarvaraqda oyna ko’rinishi bir xil bo’lib, ushbu oynadagi bo’lim va bandlarni «Данные» - Berilganlar zarvaraq oynasi misolida ko’rib chiqamiz. Usbu oyna yaratiladigan jadvalning asosy qismini taxrirlashni nazarda tutadi. Oyna to’rt bo’limdan iborat.
«Свойства ячеек» - Kataklar xususiyati bo’limi bir qancha bandlarga ega bo’lib, «Текстовый стиль:» - Matn uslubi: bandida matn turi o’rnatiladi. Buning uchun () tugmasi tanlanib «Текстовые стили» - Matn uslublari oynasi chaqiriladi. Ushbu oyna funksiyalari «Текст» - Matn taxrirlash panelidagi «Текстовые стили» - Matn uslublari tugmasi faoliyati bilan aynan bir xil.
«Высота текста:» - Matn balandligi: kiritish oynachasiga son bilan qiymat berilsa shrift o’lchami o’zgaradi.
«Цвет текста:» - Matn rangi: va «Цвет фона:» - Fon rangi: bandlaridagi (v) ko’rsatkichi yordamida ranglarni o’zgartirish mumkin.
«Выравнивание:» - Tekislash: bandidagi (v) ko’rsatkichi bilan jadval katagidagi matnlarni joylashuvini tahrirlash mumkin.
«Свойства границ» - Chegara xususiyatlari bo’limi tuziladigan jadvalning chiziqlarini tahrirlashni nazarda tutadi. Undagi beshta faol tugmalar jadvalga chegaralarni qay tartibda o’rnatishni belgilab beradi. Ularning faoliyatini tugmalarda aks ettirilgan shakllardan ham tushunish mumkin. Ya’ni 1 – chisi  barcha chegara chiziqlari mavjudligini, 2 – chisi faqat perimeter chegaralarini o’rnatishni, 3 – chisi faqat jadval o’rta qismida chegaralarni ko’rsatishni, 4 – chisi umuman barcha chegaralarni olib tashlashni va 5 – chisi faqat qatorlar ostida chegarani ko’rsatishni belgilaydi.
«Вес линий границ:» - Chegera chiziqlari qalinligi: bandidagi (v) ko’rsatkich yordamida chegara chiziqlariga yo’g’onlik mm hisobida beriladi.
«Цвет линий границ:» - Chegara chiziqlari rangi: bandidagi (v) ko’rsatkich yordamida chegara chiziqlariga rang tanlanadi.
Izoh:Barcha o’zgartirishlar namuna oynasida ko’rsatib boriladi.
«Общие» - Umumiy bo’limida «Направление построения:» - Qurish yo’nalishi bandi bo’lib, uning o’ng tomonida ko’rsatkich oynachasi va (v) ko’rsatkichi mavjud. U orqali ikkita parametrdan biri: «Вниз» - Pastga va «Вверх» - Yuqoriga tanlanadi. Ular ekranda sichqoncha ko’rsatkichi yordamida jadvalni o’rnatishda jadval qatorlarining yo’nalishi yuqoriga yoki pastga yo’nalganligini bildiradi.
«Отступ в ячейках» - Kataklardagi cheklashlar bo’limi ikkita bandga ega. Bular «По горизонтали:» - Gorizontaliga: va «По вертикали:» - Vertikaliga: bandlaridir. Ulardagi kiritish oynachalaridagi raqamlar klaviaturadan tahrirlanib qiymat beriladi. Ushbu qiymatlar katakda matnning gorizontal va vertical chegaralarga nisbatan cheklanishini bildiradi.

1703 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Сарвар
Qo`shilgan sana: 2015-04-23

зур

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений