linkedin facebook linkedin facebook nod32

Animatsiyani bajarish vositalari

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-08-03

Animatsiyani bajarish vositalari

 Matlabda animatsiya vositalariga doir bir nechta komandalar mavjud.Ulardan biri, nuqtaning tekislikda harakatlanish traektoriyasini aks ettirishini ko‘rsatuvchi  comet komandasidir. Bunda nuqta izga ega bo‘lgan kometaning yadrosini eslatadi. Ushbu komanda quyidagi ko‘rinishlarda qo‘llaniladi:

  • comet(y)- “kometa”ning  y vektor bilan berilgan traektoriya bo‘yicha harakatlanishini aks ettiradi;
  • comet(x,y)- “kometa”ning  y va x vektorlar juftligi bilan berilgan traektoriya bo‘yicha harakatlanishini aks ettiradi;
  • comet(x,y,z)- avvalgi komandaga o‘xshash, faqat kometa izining uzunligini ham ko‘rsatish mumkin. Kometaning izi boshqa ranga bo‘yalgan bo‘ladi, u  p*length(y) ko‘rinishida beriladi (length(y)- y vektorning o‘lchami, p<1, sukut bo‘yicha p=0,1).

Quyidagi comet komandasidan foydalanishga doir misol keltirilgan:

                           

>> t=0:.01:2*pi;
>> comet(y,x,0.3);
>> y=sin(2*t).*(sin(t).^2);
>> x =cos(2*t).*(cos(t).^2);
>> comet(y,x,0.3);

Nuqaning fazoda harakatlanishi
Nuqtaning uch o‘lchovli fazoda harakatlanishini kuzatish uchun quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lgan comet3 komandasidan foydalaniladi:

  • comet3(z)- nuqtaning z vektor bilan berilgan uch o‘lchamli egri chiziq bo‘yicha harakatlanishini aks ettiradi;
  • comet3(x,y,z)- “kometa” ning fazoda [x(i), y(i),z(i)] nuqtalar bilan aniqlanadigan egri chiziq bo‘yicha harakatlanishini aks ettiradi;
  • comet3(x,y,z,p)- avvalgi komandaga o‘xshash, faqat kometa izining uzunligini ham ko‘rsatish mumkin. Kometaning izi p*length(y) ko‘rinishida beriladi (length(y)-y vektorning o‘lchami, p<1, sukut bo‘yicha p=0,1).

Quyida comet3 komandasidan foydalanishga misol keltirilgan:
>> t=-10*pi:pi/250:10*pi;
>> z=[sin(5*t).^5).*cos(t),
>> cos(2*t).^2).*sin(t),t];
>> comet3(z);

Nuqtaning ikki va uch o‘lchamli fazodagi harakati eng sodda animatsiyalardan bo‘lishiga qaramasdan dinamik masalalarni grafik vizuallashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

1212 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений