linkedin facebook linkedin facebook nod32

O‘zgaruvchi sondagi argumentli funksiyalar

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-08-02

O‘zgaruvchi sondagi argumentli funksiyalar

Maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan funksiyalarni yaratishda quyidagi ikki funksiya foydali bo‘lishi mumkin:

  • Nargin -berilgan funksiyadagi kirish parametrlarining sonini qaytaradi;
  • Nargout -berilgan funksiyadagi chiqish parametrlarining sonini qaytaradi.

Aytaylik, beshta x1, x2, x3, x4 va x5 argumentlar kvadratlarining yig‘indisini hisoblaydigan funksiya yaratish zarur bo‘lsin.
Odatdagi yo‘l bilan sum2_5 nomli funksiyani yarataylik.

Function f=sum2_5(x1,x2,x3,x4,x5);
Z=x1^2+x2^2+x3^2+x4^2+x5^2;

Uning ishlashini tekshirib ko‘ramiz:

>> sum2_5(1,2,3,4,5)
ans =    55
>> sum2_5(1,2)
??? Input argument "x3" is undefined.
Error in ==> sum2_5 at 2
f=x1^2+x2^2+x3^2+x4^2+x5^2;

SHunday qilib, beshta argument bo‘lganda funksiya to‘g‘ri ishlaydi. Lekin argumentlar soni beshtadan kam bo‘lsa xatolik to‘g‘risida axborot beradi. Har qanday sondagi kirish argumentlari bo‘lganda (yuqoridagi misol uchun beshtagacha) to‘g‘ri ishlaydigan funksiyani yaratish uchun nargin funksiyasidan foydalanamiz:

Funksiyani ishlashini tekshirib ko‘ramiz:

>> sum2_5(1)
ans =     1
>> sum2_5(1,2)
ans =     5
>> sum2_5(1,2,3)
ans =    14
>> sum2_5(1,2,3,4)
ans =    30
>> 
>> sum2_5(1,2,3,4,5)
ans =    55
>> sum2_5(1,2,3,4,5,6)
??? Error using ==> sum2_5
Too many input arguments.

SHunday qilib, kirish parametrlarining soni 1 dan 5 tagacha bo‘lganda hisoblashlar to‘g‘risida axborot chiqadi. Bu axborotni interpretatorga biriktirilgan xatoliklarni diagnostika qilish tizimi beradi.

1048 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений