linkedin facebook linkedin facebook nod32

Elektron imzo

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-07-22

Elektron imzo

        Qabul qilib olingan ma’lumotlarni haqiqiyligini yoki haqiqiy emasligini aniqlash masalasini, ya’ni ma’lumotlarni autentifikatsiyasi masalasining mohiyati xaqida to‘xtalamiz.
Har qanday yozma xat yoki hujjatning oxirida shu hujjatni bajaruvchisi yoki bajarilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsning imzosi bo‘lishi tabiiy holdir. Bunday holat odatda quyida ikkita maqsaddan kelib chiqildi. Birinchidan, ma’lumotni olgan tomon o‘zida bor bo‘lgan imzo namunasiga olingan ma’lumotdaga imzoni solishtirgan holda shu ma’lumotning haqiqiyligiga ishonch hosil qiladi. Ikkinchidan, shaxsiy imzo ma’lumot hujjatiga yuridik jihatdan avtorlikni kafolatlaydi. Bunday kafolat esa savdo-sotiq, ishonchnoma, majburiyat va shu kabi bitmlarda alohida muhimdir.
Hujjatlardagi qo‘yilgan shaxsiy imzolarni soxtalashtirish nisbatan murakkab bo‘lib, shaxsiy imzolarniig avtorlarini hozirgi zamonaviy ilg‘or kriminalistika uslublaridan foydalanish bilan aniqlash mumkin. Ammo elektron imzo xususiyatlari bundan farqli bo‘lib, ikkilik sanoq sistemasi xususiyatlari bilan belgilanadigan xotira registrlari bitlariga bog‘liq. Xotira bitlarining ma’lum bir ketma -ketligidan iborat bo‘lgan elektron imzoni ko‘chirib biror joyga qo‘shish yoki o‘zgartirish kompьyuterlar bog‘lami sistemasi asosidagi aloqa tizimlarida murakkablik tug‘dirmaydi.
Bugungi yuqori darajada rivojlangan butun dunyo sivilizatsiyasida hujjatlarni, jumladan, maxfiy hujjatlarni ham, elektron ko‘rinishda ishlatilishi va aloqa tizimlarida uzatilishi keng tarmoqli qo‘llanilib borilayotganligi, elektron hujjatlar va elektron imzolarning haqiqiyligni aniqlash masalalarining muhimligini keltirib chiqarmoqda.
Ochiq kalitli kriptografik sistemalar bo‘limida ta’kidlab o‘tganimizdek, bunday kriptosistemalar qanchalik qulay va kriptobardoshli bo‘lmasin, autentifikatsiya masalasini to‘la echilishiga javob bera olmaydi. SHuning uchun autentifikatsiya uslub va vositalari kriptografik altritmlar bilan birgalikda kompleks holda qo‘llanilishi talab etiladi.
quyida ikkita (A) va (B) foydalanuvchilarning aloqa munosabatlarida autentifikatsiya sistemasi raqib tomonning o‘z maqsadi yo‘lidagi qanday hatti-harakatlaridan va kriptosistema foydalanuvchilarining foydalanish protokolini o‘zaro buzishlaridan saqlashi kerakligini ko‘rsatuvchi holatlarni ko‘rib chiqamiz.

Rad etish (renegatstvo)

Foydalanuvchi (A) foydalanuvchi (B) ga xaqiqtan ham ma’lumot jo‘natgan bo‘lib, uzatilgan ma’lumotni rad etish mumkin.
Bunday qoida buzilishini (tartibsizlikni) oldini olish maqsadida elektron (raqamli) imzodan foydalaniladi.

Modifikatsiyalash (o‘zgartirish)

Foydalanuvchi (B) qabul qilib olingan ma’lumotni o‘zgartirib, shu o‘zgartirilgan ma’lumotni foydalanuvchi (A) yubordi, deb ta’kidlaydi (da’vo qiladi).

Sohtalashtirish

Foydalanuvchi (B)ning o‘zi ma’lumot tayyorlab, bu sohta ma’lumotni foydalanuvchi (A) yubordi deb da’vo qiladi.

 

Faol modifikatsiyalash (o‘zgartirish)

(A) va (B) foydalanuvilarning o‘zaro aloqa tarmog‘iga uchinchi bir (V) foydalanuvchi noqonuniy holatda bog‘lanib, ularning o‘zaro uzatayotgan ma’lumotlarini o‘zgartirgan holda deyarli uzlisiz uzatib turadi.

 

Niqoblash (imitatsiyalash)

Uchinchi foydalanuvchi (V) foydalanuvchi (B)ga foydalanuvchi (A) tomonidan ma’lumot jo‘natadi.
YUqorida sanab o‘tilgan: modifikatsiyalash, sohtalashtirish, faol modifikatsiyalash, niqoblash kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishini oldini olish maqsadida raqamli signaturdan – raqamli imzo va uzatiladigan ma’lumotni biror qismini to‘la o‘z ichiga oluvchi raqamli shifrmatndan iborat bo‘lgan ma’lumotdan foydalaniladi.

 

Takrorlash

Foydalanuvchi (V) foydalanuvchi (A) tomonidan foydalanuvchi (B)ga jo‘natilgan ma’lumotni takroran (B)ga jo‘natadi. Bunday noqonuniy xatti-harakat aloqa usulidan banklar tarmoqlarida elektron hisob-kitob tizimidan foydalanishda noqonuniylik bilan o‘zgalar pullarini talon-taroj qilishda foydalaniladi. Ana shunday noqonunny usullardan muhofazalanish uchun:

  1. imitatsiyalashga bardoshlilik - imitabardoshlilik;
  2. kriptosistemaga kirayotgan ma’lumotlarni muhofaza maqsadlaridan kelib chiqib tartiblash;

chora tadbirlari ko‘riladi.

2387 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений