linkedin facebook linkedin facebook nod32

Gammalashtirish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-07-22

Gammalashtirish

Gammalashtirish amalda ko‘p qo‘llaniladigan kriptografik akslantirish bo‘lib, yuqorida ko‘rib o‘tilgan Вижинер va cheksiz kalitli shifrlash uslublari kabidir.
Gammalashtirish bilan shifrlash uslubining mohiyati ochiq matnga (yoki shifrmatnga) shu matn alfavit belgilaridan tuzilgan psevdotasodifiy deb ataluvchi matndan ajratib olib tashlash mumkin bo‘lgan ketma - ketlikni, ya’ni gammani qo‘shishdan (qorishtirishdan) iborat. Misol uchun 2 modul bo‘yicha qo‘shishdan foydalanish mumkin:

Ochiq matn:                           0110011100100011…
Gamma:                                 1110110010110101…
Gammalashtirilgan matn:      1000101110010110…
Gamma:                                 1110110010110101…
Ochiq matn:                                     0110011100100011…


Bu misoldan ko‘rinadiki, deshifrlash uchun kalit bo‘yicha (ya’ni gamma bo‘yicha) shifrmatnni 2 modul bo‘yicha qo‘shishdan foydalanib qayta gammalashtirish kifoya.
Agarda gammashifr qaytariluvchi davrga ega bo‘lgan bitlardan ibo­rat bo‘lmasa, olingan shifrmatnni ochish etarli darajada qiyin bo‘ladi. SHuning uchun gammashifr bitlari tasodifiy o‘zgarishi kerak. Amalda gammaning davri butun shifrmatn uzunligidan katta bo‘lib, ochiqmatnning hech bir qismi  ma’lum bo‘lmasa, bunday shifrmatnga mos keluvchi ochiq paketni topish o‘ta mushkul ish. Bunday hollarda shifrni faqat shifrkalitni tavakkaliga tanlash bilan ochiladi.
Agarda raqib tomonga ochiq matnning biror qismi va unga mos keluvchi shifrmatn ma’lum bo‘lib qolsa, u holda shifrlashning gammalashtirish uslubi o‘z kuchini yo‘qotadi. CHunki bunday holda raqib tomon ochiq matnni ma’lum bo‘lgan qismi mazmuniga ko‘ra butun shifrmatnni ochishga harakat qiladi. Misol uchun, ko‘plab maxfiy hujjatlar «Mutlaqo maxfiy» yoki boshqa shu kabi so‘zlar bilan boshlanib, kriptoanalitik uchun tahlil yo‘nalishini aniqlashga yordam beradi. Bunday holatlarni axborot tizimi muhofazasi kriptosistemasining amaldagi qo‘llanishlarida albatta hisobga olish kerak.

2514 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений