linkedin facebook linkedin facebook nod32

Mathematica tizim

Muallif: Mengliev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-07-14

Mathematica tizim


Amerika Qo‘shma SHtatlarining Volfram Research. Ink. kompaniyasi tomonidan yaratilgan Mathematica tizimi fizik olim Stefan Volfram tomonidan 1987 yilda taklif etilgan bo‘lsada, 1988 yilda Mathematica tizimining l-lahjasi(versiyasi) jamoatchilik hukmiga havola etildi.Mathematica dasturiy tizimi Amerika jamoatchiligi tomonidan shu yilda, ya’ni 1988 yilda yaratilgan buyuk texnik va matematik kashfiyotlarning 10 tadan bittasi sifatida qayd etilgan. Mathematicaning dastlabki varianti asosan Makintosh turidagi kompyuterlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsada ko‘p o‘tmay (oradan 6 oydan so‘ng) MS-DOS operatsion tizimi muhitida ishlaydigan Mathematica tizimining yangi versiyasi ham paydo bo‘ldi. 1991 yilda tizimning Mathematica 2 versiyasi, 1996 yilda esa Mathematica 3.0 versiyalan taklit etildi. SHundan keyun bu dasturiy tizim 20 dan ortiq operatsion tizimlar, ya’ni Microsoft Windows. Windows NT. OS/2. Linux, Unix va boshqa operatsion tizimlar muhitida ishlash uchun moslashtirildi.
Hozirgi kunda Mathematica 4 (2000 yil) va Mathematica 5 (2003 yil) tizimlari keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Mathematica 4.0 va Mathematica 5.0 tizimlari o‘zlarining qulay va tushunarli interfeysi turli-tuman harakterdagi hisoblash jarayonlariga qo‘llanilish imkoniyatining mavjudligi bilan o‘zlarining oldingi avlodlaridan keskin farq qiladi. SHu kunlarda muhandislar. iqtisodchilar, aniq fanlar mutaxassislari o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida Mathematica dasturiy tizimining imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqdalar. Jahonning etakchi universitetlari o‘zlarining o‘quv jarayonlariga bu tizimni keng ko‘lamda joriy qilganlar.
SHunday tabiiy savol tug‘iladi: «SHuncha ilm ahlini, muhandislarni, qolaversa o‘qituvchi - professorlarni, talabalarni o‘zining imkoniyatlari bilan o‘ziga rom qilgan bu tizimning imkoniyatlari qay darajada? U o‘zining qaysi tomonlari bilan mavjud tizimlar va dasturlash tillaridam farq qiladi?»
Mathematica dasturiy tizimi. avvalo sonli va analitik(simvolli) hisoblashlarni yuqori tezlikda va aniq bajarishga mo‘ljallangan dasturiy tizimdir.
Bu tizim yuqorida sanalgan tizimlar kabi amaliy dasturlar ta’minoti (ADT) yaratuvchi mutaxassislar uchun quyidagi:

  1. matematik amallar: ifodalarni soddalashtirish, ular ustida algebraik shakl almashtirishlar bajarish, turli tenglama va tengsizliklarni sonli va analitik echish, differensiallash, integrallash, matritsalar ustida algebraik amallarni bajarish, optimallash masalalarini hal qilish, turli ko‘rinishdagi (oshkor, oshkormas, parametrik va h.k) funksiyalarni grafiklarini yasash masalalarni tez va aniq amalga oshirish;
  2. hujjatlar va dasturlarni yaratish hamda tanlash imkoniyatini beruvchi matn muharrirlari;
  3. foydalanuvchilar uchun interaktiv rejimda (bevosita muloqot asosida) ishlash imkoniyatini beruvchi ko‘p oynali interfeys;
  4. yuqori saviyada tashkil etilgan ma’lumotnoma tizimi;
  5. analitik va sonli ifodalar ustida amallar bajaruvchi protsessor;
  6. muloqot jarayonidagi noaniqliklarni ko‘rsatuvchi diagnostika tizimi;
  7. tizimning  bevosita  yadrosiga biriktirilgan tayyor dastur va funksiyalar kutubxonas;

vositalardan inumli foydalanish imkonini beradi.
YUqorida sanalgan vositalar amaliy dasturiy ta’minot yaratish jarayonida o‘rganiladigan masalaning matematik modelini qurish, hisoblash usullarini tanlash. Hisoblash eksperimentlarini o‘tkazish va olingan natijalarni tahlil qilish jarayonini to‘liq avtomatlashtirish imkonini beradi. Bu esa ADT ni tashkil etishning protsedurasini va masalalarni EHM da echishning an’anaviy ketma-ketligini tubdan o‘zgartirishga olib keladi.
SHunday qilib, yuqoridagi jadvalga qo‘shimcha ravishda shuni aytish mumkinki. Mathematica 5.0 tizimida barcha bajariladigan ishlar bloknot (hujjat) sifatida tashkil qilinib. muloqot interaktiv rejimda amalga oshiriladi.
YUqoridagi jadvalda tavsiflari keltirilgan dasturiy tizimlardan foydalanishining ommaviylashuviga quyidagi faktorlar:

  1. kompyuterlar odatdagi uy elektr jihozlari qatoridan o‘rin olayotganligi;
  2. hozirgi zamon talabasi. ilmiy xodimi va mutaxassisi hayotida Internet tarmog‘idan foydalanish kundalik ehtiyojga aylanganligi;
  3. o‘quvchi va talabalarga bilim berishda dasturiy tizimlardan o‘qitish vositasi sifatida foydalanish darajasining oshishi:
  4. dasturiy tizimlardan foydalanishga doir maxsus adabiyotlami ko‘payganligi asos - sabab bo‘lmoqda.

Holbuki rivojlangan mamlakatlarda bu tizimlar o‘qitish jarayonining ajralmas qismiga aylanib qolgandir. Masalan, AQSH, Xitoy, YAponiya va Germaniya davlatlarida bu tizimlardan nafaqat o‘qitish jarayonida, balki ilmiy-texnik hisoblashlarda unumli foydalanilmoqda. MDH mamlakatlari orasida bu borada Belorussiya respublikasining professor o‘qituvchilari, muhandislari va olimlari peshqadamlikni qo‘ldan bermay kelmoqdalar.
3.Matchad va uning ishchi oynasi. Umuman olganda Matchad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo‘llashning unikal kolleksiyasidir. U o‘z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig‘ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.
Matchad paketi muxandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo‘lib, u professional matematiklar uchun mo‘ljallangan. Uning yordamida o‘zgaruvchi va o‘zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni echish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Matchad murakkab masalalarni echish uchun o‘z dasturlash tiliga ham ega.
Matchad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o‘xshash. Matchad ishga tushurilgandan so‘ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatning (Formatlash) va Math (Matematika), Matchad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag‘i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Formatning (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo‘yicha bir necha buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular yordamida  simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo‘llaniladi. Quyidagi rasmda Matchadning oynasi va uning matematik panel vositalari ko‘rsatilgan.

4.Maple va uning ishchi oynasi. MAPLE sistemasi - kompyuterda turli yo‘nalishdagi: iqtisodiyot, mexanika, matematika, fizika, muhandislik masalalarining analitik va sonli echimlarini aniq, tez, samarali hal etish uchun mo‘ljallangan sistemadir. Unda 4000 dan ortiq buyruqlar mavjud

bo‘lib, mavjud bo‘lib, bu buyruqlar matematika  fanining  Algebra,  Geometriya,  Matematik  tahlil,  Matematik statistika kabi turli sohalari masalalarini hal etishga mo‘ljallangan.
Maplening ish stoli quyidagi bo‘limlardan iborat:

Sarlavha satri:

Ishchi soha:

Asosiy menyular satri;

Holat satri.

Usknnalar paneli;

CHiza’ich va yurg‘izish yo‘lakchalari

Maplening ishchi maydoni uch qismga bo‘linadi:

  1. Kiritish maydoni - buyruqlar satridan tashkil topgan. Har bir buyruq satri > simvoli bilan boshlanadi;
  2. CHiqarish maydoni-kiritilgan buyruqlarni qayta ishlangandan so‘ng hosil bo‘lgan ma’lumotlar (analitik ifodalar, grafiklar va xabarlar)ni o‘z ichiga oladi;

3.         Matnli izohlar maydoni - ro‘y bergan xatoliklar yoki bajarilgan buyruqlarga izohlar, turli harakterdagi xabarlar.
Buyruqlar satrini matnl rejimiga o‘tkazish uchun uskunalar panelidan sichqoncha yordamida ni tanlaymiz.

Buyruqlar satriga o‘tish uchun esa uskunalar panelidan tanlaymiz.
Matlab dasturi 70-yillar oxirida Moler tomonidan sodda hisoblash jarayonlarini bajarish uchun yaratilgan. U asosan 3 avlod EHM da ishlash uchun mo‘ljallangan edi. 80-yillar o‘rtalariga kelib Little Mathworks kompaniyasi xodimi tomonidan  Matlabning 4-avlod EHM ga mo‘ljallangan PC Matlab versiyasi ishlab chiqildi. Ushbu versiyaning oldingi versiya bilan o‘xshash jihatlari ko‘p bo‘lib, bir nechta matematik paketlargina oldingi versiyadan farqlab turadi. Bugungi kunda zamonaviy kompьyuterlarda Matlabning 4,5,6 va 7 versiyalarni ko‘rish mumkin. 4-versiyada Matlabning dastlabki versiyalarni xususiyatlari saqlanib qolgan. 5-versiya tarkibida ilk bor grafik muhit ishchi stoli yaratilgan. SHu bilan birga Matlabning 5-versiyasida 16 bit va 24 bitli RGB ranglar bilan ishlash, yuqori o‘lchamli matritsalar bilan ishlash, fazoviy figuralarni chizish faqat sonlar bilan emas, balki matematik formulalar bilan ishlash imkoniyatlari kiritilgan. Matlabning 6-versiyasi bu dastur rivojining eng asosiy cho‘qqilardan biri hisoblanadi. 5-versiyaga qo‘shimcha ravishda boshqa dasturlash tillariga eksport va import murakkab bo‘lgan jarayonlar matematik modelni grafika bilan ishlash, boshqa kompьyuter algebrasi dasturlar bilan moslasha olish jarayonlari qo‘shimcha sifatida kiritilgan.

Matlab dasturiy ta’minot o‘rnatish jarayoni boshqa dasturlardan farqlanmaydi. Matlab dasturi ishga tushirilganda unda asosan 3 ta oyna ko‘rinadi:                                                                     
Ishchi        Tarix                 Funksiya             Ayni    Buyruqlar
qism        oynasi             chiqarish satri   paytdagi oynasi       

katalog

1-rasm. Matlab  tizimini ishga tushgandan keyingi ishchi oynasi

1949 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Dilbar
Qo`shilgan sana: 2015-02-17

yaxshijavob: Hursandman

Foydalanuvchi ismi: Suxrob
Qo`shilgan sana: 2015-04-23

Bu tizmni qayerdan olsa buladi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama

testing

masalalar.zn.uz/

Turli xil mavzuda, internet mavzular, faqat masalalar.zn.uz saytda.


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений