linkedin facebook linkedin facebook nod32

Chopset va tizim platasining tarkibiy qism komponentlarini sozlash

Muallif: Menggliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-07-04

Chopset va tizim platasining tarkibiy qism (komponent)larini sozlash


Ushbu bobda chipsetning janubiy va shimoliy ko`priklarini sozlash ko`rib chiqiladi. Shimoliy ko`prik tez ta`sir etuvchi komponentlar: kesh-xotira, operativ xotira va videitizimning ishini ta`minlaydi. Odatda bu parametrlar Advanced Chipset Features (1-rasm. BIOSning ba`zi gorizontal menyuli versiyalarida Advanced)  bo`limida yig`ilgan.

 

1-rasm. Advanced Chipdet Features bo`limi

Maslahat
Ba`zi  Gigabyte ona platalarida Chipset  sozlashlarining bir qismi yashirin, ularga kirish uchun BIOSga kirgandan so`ng Ctrl+F1 klavishlarini bosing.
Zamonaviy tizim platalarida ko`pgina yaxlit moslamalar mavjud: qattiq va egiluvchan disk kontrollerlari, tizimli va ovozli adapterlar, ketma-ket va parallel portlar va boshqalar.Bular hammasi chipsetning janubiy ko`prigi tarkibiga kiradi, sozlashlar esa odatda Integrated Peripherals bo`limida joylashgan.

2-rasm. Integrated Peripherals bo`limi

AGP shinasi
AGP shinasi – bu PCIning tezkor, videoadapter ulash uchun optimallangan varianti. Yangi tizimlarda AGP shinasi yoq, videoadapter esa PCI Express shinasiga ulanadi. Eskiroq tizimlarda bu shinani sozlash uchun bir nechta parametrlarni uchratasiz.
                    
                       AGP Capability (AGP Mode, AGP Transfer Mode)
Parametr AGP shinasida ma`lumot uzatish tezligini belgilaydi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Auto – plata va videoadapter imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tezlikni avtomatik tanlaydi.
*2X, 2X, 4X, 8X – potr ish rejimi qo`lda qoyiladi. Tezlikni qo`lda qoyish videoadapter ishida xatoliklar bo`lganda kerak bo`lishi mumkun. Shuningdek AGP4X Mode yoki AGP2X Mode parametrlari ham uchraydi. Ular 2x yoki 4X ish rejimlari qo`llanilishiga ruhsat beradi yoki taqiqlaydi.

                                      AGP Aperture Size (MB)
Parametr operativ xotiraning maksimsl hajmini o`rnatadi/
Ehtimoliy mohiyatlar – 8, 16, 32, 64, 128, 356.
Taxminan operativ xotiraning yarmiga teng mohiyatni tanlash tavsiya etiladi. Bu ishlatish mumkun bo`lgan operatin xotira hajmini kamaytirmaydi, chunki videoadapter faqat zarur bo`lgandagina mutojaat qiladi.

                                     AGP Fast Write
Parametr protsessorga ma`lumotlar tizim xotirasini chetlab o`tgan holda ma`lumotlarni bevosita videiadapter xotirasiga tezkoe ko`chirish imkoniyatini beradi. Ko`pgina adapterlar uchun Enabled (On)ni o`rnaygan holda ushbu funksiyaga ruhsat berish tavsiya etiladi. Videoadapterni nomuqobil ishlashida Disabled (Off)ni tanlab tezkor ko`chirishni taqiqlagan yaxshi.

                                              AGP Master 1W/S Read
Parametr AGP shinasida ma`lunotlarni o`qish vaqtida kechikish qiymatini belgilaydi. Enabled (On)ni o`rnatganda kechikish 1 taktga teng bo`ladi, bu esa ko`pgina adapterlar uchun tavsiya etikadi. Bu funksiyani videoadapter ishida nosozliklar yuzaga kelganda o`chirish tavsiya etilad.

                                       AGP Master 1W/S Write
Parametr AGP shinasida ma`lumotlarni ko`chirish vaqtida kechikishni belgilaydi, oldingisi bilan bir xil.
                             AGP to DRAM Prefetch (AGP Prefetch)
Ushbu parametr uchun Enabled (ON) AGP-adapterni operativ xotiraga murojaatida oldindan tanlash imkoniyatini beradi. Ushbu rejimda chipset ma`lumotlarni keyingi blogini oldindan taxlaydi, bu esa xotirani ketma-ket zonalarini o`qishni tezlashtiradi.

 

                                PCI Express shinasi Peg Link Mode
Parametr ASUS tizim platalarida qo`llanadi. U PCI Express X16 (PEG-PCI Express Graphics – PCI Express grafik porti)da o`rnatilgan videoadapter ishini tezlashtiradi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Auto – adapterni ishlash parametrlari avtomatik tarzda o`rnatiladi, razgon (tezlekni oshirish) yoq.
*Slow, Normal, Fast, Faster – mohiyatlardan biri videoadapter tezikni oshirish darajasini belgilaydi. Slow tanlanganda tezlashib ketish yoq, Faster o`rnatilganda esa adapter maksimal tezlikda ishlaydi.
ASUS tizim platalarida PCI Express grafik adapterini sozlash uchun yana bir nechta parametrlar mavjud bo`lishi mumkun:
*PEG Root Controll - PCI Express ildiz portini boshqaradi;
*Link Latency – PCI Express X1 kanalida kechikish qiymatini boshqaradi;
*PEG Buffer Length – PCI Express interfeysli grafik karta uchun bufer qiy,atini belgilaydi;
*Slot Power – PCI Express slotida quvvatlanish manbayini o`zgartirish imkoniyatini beradi;
*High Priority Port Select – tanlangan port uchun yuqori ustunlik o`rnatish imkoniyatini beradi.
PCI Express shinasi normal ishlashi uchun bu parametrlarda Auto mohiyatini o`rnatish tavsiya qilinadi.   
                                                      Peg Port
Parametr videoadapter o`rnatiladigan PCI Express X16 grafik portini boshqaradi, bu vaziyatda u yoqilgan bo`lishi shart.
 Ehtimoliy mohiyatlar:
*Enabled (On) - PCI Express X16 porti yoqilgan;
*Disablrd (Off) – PCI Express porti o`chirilgan.
BIPSning ba`zi varsiyalarida PCI Express slotlarini o`chirish uchun o`xshash parametrlar mavjud. Nomlari quyidagicha bo`lishi mumkun: PCI Express Slot1, PCI Express Slot2, PCI Express Slot3.

 

                                                   Peg Forse X1
Parametr PCI Ecpress X16 grafik portini X1 portiga  moslashish rejimiga o`tqazadi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Disabled (Off) – port X16 rejimini qo`llaydi;
*Tnabled (On) – port X1 rejimiga o`tkazilgan.

                             Active State Power Managment, ASPM
Parametr PCI Express shinasiga ulangan moslamalar quvvatlanishi dinamik boshqaruv rejimini yoqadi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Enabled (On) – ACPM rejimi yoqilgan. pCI Express 2.0 standarti moslamalariga tavsiya etiladi.
*Disabled (Ogg) – ACPM rejimi o`chirilgan. PCI Express 1.0 standarti moslamalariga yoki kompyuter ishlashida muommo tug`ilsa tavsiya etiladi.

 

                          Chipsetni boshqa sozlashlari. HPE Support
Parametr yuqori aniqlikdagi HPET (High Precise Event Timer) taymerini boshqaradi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Enabled (ON) – taymer yoqilgan (Windows Vista uchun).
*Disabled (Off) – taymer o`chirilgan.
Shunungdek taymerni 32, 64 bitlik rejimda ishlashiga mo`ljallangan HPET Mode parametrini uchratishingiz mumkun.

 

                 Memory Remap Feature (DRAM Over 4G Remapping)
Parametr PCI moslamalari uchun 4Gbaytdan boshqa bo`sh joyga ko`chirish imkoniyatini beradi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Enabled (On) – PCI shinasiga mo`ljallangan xotira sigmenti boshqa joyga ko`chiriladi;
*Disabled (Off) – xotira sigmenti ko`chirilmaydi.

                                            System BIOS Cacheable
Parametr BIOS tizim keshlarni yoqadi, bu esa unga kirishni tezlashtiradi. Zamonaviy tizimlarda BIOS kodi flesh xotiradan operativ xotiraga ko`chiriladi va operatsion sistema yuklamganidan so`ng deyarli ishlatilmaydi, shuning uchun Disabled (Off)ni tanlab bu funksiyani o`chirish tavsiya etiladi.

                                               Video BIOS Cacheable
Parametr BIOS videoadapterini keshlashni boshqaradi va yuqorida ko`rib chiqilgan System BIOS Cacheable bilan bir turli. Zamonaviy tizimlarda videoadapterga drayver orqali kiriladi, video-BIOS tsa faqat POSTdan o`tayotganda ishlatiladi.

                                        Memory Hole At 15M-16M
Parametr manzil maydonodan ba`zi juda eski ISA-platalari ishlashi uchun 15 va 16Mbayt o`rtasidagi 1Mbaytni band qiladi. Bunday platalar hozirda kanuchraganligi sababli Disabled (Off)ni tanlagan yaxhsi.

                        PCI Delay Transaction (Delayed Transaction)
Parametr PCI shinasi tranzaksiyasini sekinlatish maxsus mexanizmini  yoqadi, bu shina ishlashini tezlashtiradi. Zamonaviy moslamalar uchun ushbu parametrni yoqing (Enabled; On).

                                               DVMT Mode Select
Parametr yaxlit videoadapter uchun operativ xotirani belgilash rejimini tanlash imkoniyatini beradi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*DVMT – xotira dasturlar talabiga ko`ra dinamik belgilanadi, unga ehtiyoj bo`lmaganda bo`shatiladi;
*Fixed – yaxlit videoadapter uchun aniq qayd etilgan xotira xajmini belgilaydi;
*Bosh – ko`rib chiqilgan rejimlar kombinatsiyasi. Xotirani bir qismi muntazam foydalanish uchun band qilinadi, zarur bo`lganda qo`shimcha xotira maydoni ajratiladi.
Operativ xotirani maksimal sig`imini sozlash uchun qo`shimcha DVMT/Fixed Memory parametri bo`lishi mumkun.

                                                       IDE kontrolleri 
Ide kontroller tizim platasini majburiy qismi va bir qancha parametrlarga ega. Nisbatan yangi platalarda parametrlar soni minimumga keltirilgan, chunki IDE-kontrollerlarni Serial ATA (SATA) interfeysli moslamalar surib chiqarayapti.

                      OnChip IDE Channel (On Chip Primary PCI IDE)
Parametr birinchi IDE-kanalini boshqaradi. U o`chirilgandan so`ng PU va UDM rejimlari, hamda Standart CMOS Features bo`limidagi parametrlarni sozlash imkoniyati bo`lmaydi.
Ehtimoliy mohiyatlar:
*Enabled (On) – birinchi IDE kanali yoqilgan;
*Disabled (Off) – Birinchi IDE-kanal o`chirilgan va tizim resurslaridan foydalanmaydi.
Kanal yoqilganidan so`ng qo`shimcha sozlash parametrlari paydo bo`lishi mumkun:
*IDE Primary/Secondary Master PIO – dasturiy kiritish-chiqarish rejimlarini o`rnatish;
*IDE Primary/Secondary Master UDMA – Ultra DMA rejimini yoqish va o`chirish.
Ushbu parametrlar uchun doim Auto mohiyatini o`ranatish kerak.

                     OnChip Id6 Channel (On Chip Secondary PCI/IDT)
Parametr bundan oldingisi  kabi, faqat ikkinchi IDE-kanalni o`ciradi yoki yoqadi.

                                        IDE DMA Transfer Access
Parametr xotirani (DMA) barcha IDA qattiq disklarga kirish rejimini taqiqlaydi yoki ruhsat beradi.

                                             IDE HDD Block Mode
Parametr IDE-kontrollerning blokli ish rejimini boshqaradi, bunda ma`lumot almashish tezligi bir vaqtni o`zida bir nechta ma`lumot sektorlarini uzatish hisobiga oshadi.

1563 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: ASADULLAYEV. MAMUR
Qo`shilgan sana: 2015-04-11

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: ASADULLAYEV. MAMUR
Qo`shilgan sana: 2015-04-11

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: ASADULLAYEV. MAMUR
Qo`shilgan sana: 2015-04-11

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: ASADULLAYEV. MAMUR
Qo`shilgan sana: 2015-04-11

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: AMANOV SANJAR
Qo`shilgan sana: 2015-04-14

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: Farrux
Qo`shilgan sana: 2015-04-16

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 203 Abdullayev Farrux
Qo`shilgan sana: 2015-04-20

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: Asliddin
Qo`shilgan sana: 2016-02-05

yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama

testing

masalalar.zn.uz/

Turli xil mavzuda, internet mavzular, faqat masalalar.zn.uz saytda.


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений