linkedin facebook linkedin facebook nod32

MICROSOFT POWER POINT 2013 DASTURI BILAN ISHLASH

Muallif: Memgliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-06-22

MICROSOFT POWER POINT 2013  DASTURI BILAN ISHLASH

            Kundalik  hayotimizda  biz  ko’pchilik  hodisalar  bilan  tanishamiz  bular inson  ongida  turlicha  aks  etishi  bilan  farqlanadi.  Butun  borliq  atrofimizni  o’rab  turgan  olamning  ongimizdagi  aksi   bu  axborot  sanaladi. Inson  hamisha  ko’rganlarini  eslab  qolishga  va  yoddan  chiqarmaslikka  harakat  qiladi. Buning  uchun  esa  u turli  hil  yo’llarni  o’ylab  topdi  va   rivojlantirdi.  Hozirgi   electron  hisoblash  texnikalari  rivojlangan  davirda  buning  yo’li  juda   osonlashib  qolga.  Electron qurilmalar   va   shu  maqsadga  yo’naltirilgan   vositalar bunda  kata  yordam   beradi.  Aynan   shunday  maqsaddagi  ishlar  uchun ham  Microsoft  Office  kompaniyasi   Power Point  dadasturini  ishlab  chiqargan. Bu  dastur  yuqorida  aytib o’tganimizdek  turli  hil  grafik  ko’rinishdagi  axborotlar  bilan,  video  multimediya   fayillari  bilan  ishlash  imkoniyatini  beradi. Aynan  shu  dastur  orqali  biz  ofis  dasturlarining  boshqalarida  uchramaydigan  imkoniyatlarga  ega  bo’lamiz.  Power Point  dadasturi rasm  va  multimediya  fayllari  bilan  ishlash  imkoniyatidan  tashqari  ularni  namoyish  etishda  ham  katta   imkoniyatlarga  ega.  Power Point 2013  dadasturini  ishga  tushirish  uchun  huddi  boshqa   ofis  dasturlari  singari  Windows  8  muhitida  ham   «Пуск» menyusidan    foydalaniladi.

Bundan  tashqari      ish stolining  bo’sh  joyida  sichqoncha  o’ng  tugmasi  bir  marta  bosiladi.  Hosil  bo’lgan  menyudan  «Создат» bo’limi  tanlanadi.

Natijada  Power Point  2013ning   sarlovha  eskisini  tanlash  oynasi  hosil   bo’ladi.  U  boshqa oldingi  ofis  dasturlaridan  farqli  ravishda  quydagicha  ko’rinishda   bo’ladi.

Hosil  bo’lgan  oynaning   chap  tomoniga  e’tibor  bering  bu  yerda      dastlab  yuqorida  dastur  nomi   va  foydalanuvchi   joriy   holatgacha  foydalangan   hujjatlar  ro’yhati  joylashadi. Oynaning   asosiy  qismida  esa  Power  Point  dasturining   foydalanuvchiga  takil  etayotgan  hujjat   yaratiladigan  dizaynlar  eskizlari  namoyon  bo’lgan.  Bulardan  foydalanuvchi  o’ziga  maqul  bo’lgan  dizaynni  tanlaydi  va    natijada  Power  Point  dasturining     quydagi   ishchi  sohasi  namoyon  bo’ladi.

Endi  asosiy  oynadagi  elementlar  bilan  tanishamiz.  Oynaning  eng  yuqori  qismida  dasturning  nomi,  joriy  oyna  raqami   va  oynani  tartibga  solib  turish  elemantlari  joylashadi.

Asosiy  menyu  bu  9ta  funksiyadan  iborat   menyulardan  iborat.

Asosiy  manyuning  yordamida   foydalanuvchi menyu  yordamida  bajariladigan   barcha  funksiyalarni   amalga  oshirish  mumkin.
Ishch  oynasi   asosan  ikki  qisimdan  iborat  bo’ladi.      Oynaning  chap  tomoni  bu  ishlanayotgan  taqdimot  strukturalarining nomayon   bo’lishini   ko’rish  mumkin. O’ng  tomonida  esa   yaratilayotgan  taqdimotning  joriy  slaydi   joylashadi.

Taqdimot  sozlamalarini   foydalanuvchi  o’ziga  moslash  uchun   turli  imkoniyatlarga  ega   buning  uchun   foydalanuvchi   buyruqlar  bo’limidan  bo’limi  tanlanadi.      Hosil bo’lgan  menyudan 

slaydlar    sozlamalari   bo’limi  tanlanadi.   Natijada    quydagi  oyna  hosil  bo’ladi.

Endi  esa   dasturning  asosiy  imkoniyati  bo’lmish   taqdimot  yaratish  bilan   tanishsak.  Taqdimot  yaratishning  asosida   albatta  slaydlardan  foydalaniladi. Ular  tekst,  grafik,  ovozli  va   videa  malumot  ko’rinishida  bo;lishi  mumkin.  Yangi  taqdimot  yaratish  uchun   quydagi  amallar 

ketma  ketligi  bajariladi

Menyuda  dasturning  kerakli  eskisi  tanlanadi  va natijada  uning  maketini  tanlash  mulaqot  ynasi  ochiladi.

Bu  oynaning  chetlaridagi  o’tkazish  tugmalari  yordamida  keying  yoki  oldingi  maketlarni   ko’rish  imkoniyati  bor. Maketnng  pastki  qismi strelkalari  esa  maket  holatini  tanlaydi  va  o’zgartiradi. Misol uchun  yuqoridagi  maketning  bir nechta  shakli  ham  mavjud.

Maketning  rasimli  ko’rinishlari  ham  mavjud  bo’lib  ular  foydalanuvchi hoxishiga  ko’ra  almashtirilishi  mumkin

Natijada  ishchi  sohada  tanlangan  maket  hosil  bo’ladi.  Foydalanuvchi  bu  buyruqni  klaviaturadan  “Ctrl+N”  kombinatsiyasi  orqali ham  hosil  qilishi  mumkin.

             Slaydlar  bilan   turli  amallarni  bajarish  mumkin.  Yaratilayotgan  taqdimot  strukturalarini  o’zgartirish  unga  yangi  slayd  qo’shish  va  mavjud  slaydlarni  olib  tahlash  imkoniyatlari  ham  mavjud.  Bu  amallarni  quydagicha  bajaramiz.  
Taqdimot  strukturasini o’zgartirish  uchun  uning joylashuv  o’rniga  sichqoncha  k’rsatgichi  olib  boriladi  va  chap  tugmasi  bir  marta  bosilib  turgan  holda  struktura  ichidagi  o’zgartirishimiz  kerak  bo’lgan  joyga  olib  boriladi,  kerakli  joyga  olib  kelgach  tugmacha  qo’yib  yuboriladi, natijada   ushbu   slayd o’rni  tanlangan  joyga  almashib  joylashadi.

Strukturalar  qatoriga  yangi   slayd  qo’shish  va  mavjudlarini  olib  tashlash    quydagi  tartibda  amalga  oshiriladi.  Slayd  qo’shish- sichqoncha  kursori  aynan  slayd   qo’shish   kerak  bo’lgan  joyga  olib  boriladi  va  kerakli  slayd ustida  bir marta  bosiladi  natijada  slayd  joriylashadi. So’ngra  sichqoncha  o’ng  tugmasi  bir  marta  bosiladi  va  slayd  hosil  qilish  buyrug’I  tanlanadi. Bundan  tashqari  slaydni  «Вставка» bo’limi  yordamida  ham  qo’shish  mumkin.

Kerakli  eskiz  tanlangach  ekranda  quydagi  ko’rinish  hosil  bo’ladi.

Kerakli  tekst   tanlanadi.  So’ngra  u  slaydda  aks  etadi.
Huddi shunday  tarzda  slaydlarga  diogrammalar   joylashtirish   ha  amalga  oshiriladi.

Endi  esa  e’tiboringizni   taqdimot  ko’rinish  va  chiqishlari,  animasiyalar  joylashtirishga  qaratsak. Buning  uchun  joriy  slayd  tanlanadi  va  menyular  satridan АНИМАЦИЯ bo’limi  tanlanadi.  Natijada  oynada  ushbu  bo’limning  menyulari  paydo  bo’ladi. Slayddagi  effect  berilishi  kerak  bo’lgan   saxifa  tanlanadi  va  belgilab  olinadi,  natijada  “animatsiya”  bo’limi  faollashadi.  Siz   undan  kerakli   animatsiyani  tanlab  joylashtirish  mumkin. 

            

Bularga  qo’shimcha  ravishda  har  bir  effect turiga   qo’shimcha effektlar   kiritish  ham  mumkin.

22475 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений