linkedin facebook linkedin facebook nod32

Web saytlarni yaratish

Muallif: Zaripova M.J.

Qo`shilgan sana: 2014-03-02

Web saytlarni yaratish

1. Dastlab veb sahifa uchun kerak bo`ladigan materiallar yig`ib olinadi. Veb sahifaning mazmunini tashkil etuvchi materiallar uning kontenti (content - mazmun degan ma'noni bildiradi) deb ataladi. Kontent ixtiyoriy ko`rinishda bo`lishi mumkin. Oilaviy fotoalbomdagi rasmlar, she'riy mashqlar, biron muammo haqidagi shaxsiy fikrlar, sayroqi qushlarning xonishi, kichkintoyning birinchi qadam bosishi tushirilgan videolavha va boshqa narsalar sayt kontenti tarkibiga kirishi mumkin. Matn ixtiyoriy muharrirda, masalan MS Word da tayyorlanishi mumkin.

2. Yaxshi tanlangan bir necha tasvir veb sahifani jonlantirib yuboradi. Masalan, oilaviy sahifada oila a'zolarining birgalikda tushgan suratlari yaxshi ko`rinadi. Rangli navigatsiya tugmalari bir tomondan sahifada chiroyli ko`rinsa, ikkinchi tomondan foydalanuvchiga saytda adashib qolmaslik imkonini yaratadi. Internetda tasvir muharrirlari juda ko`p bo`lib, ularning ba'zilari bepul, ba'zilarini ma'lum vaqtgacha bepul ishlatish mumkin.
3. Bir qator dasturlar ham HTML kodini yozmasdan, matn, tasvir va boshqa ko`rinishdagi ma'lumotlardan veb sahifa yaratishga mo`ljallangan. Bunday dasturlarga misol sifatida Microsoft kompaniyasining Front Page dasturini keltirish mumkin. Lekin bunday dasturlar bilan ishlaganda ham HTML kodini bilish zarar qilmaydi.
Yangi sahifani internetda chop etishdan oldin uni brauzerda ko`rib va kamchiliklarini to`g`rilab chiqish kerak. Iloji bo`lsa, yangi veb sahifani turli brauzerlarda ko`rib chiqishdan erinmaslik kerak, chunki turli brauzerlar, umuman olganda, sahifalarni turlicha ko`rsatadi.
4. Agar sahifaga ovoz yoki video materiallarni joylash mo`ljallangan bo`lsa, ularni avval raqamli ko`rinishga o`tkazib olish yoki raqamli materiallardan foydalanish kerak. Bunday materiallarning hajmi ancha katta bo`lib, ularni yuklash uchun ko`proq vaqt kerak bo`ladi. Ba'zan foydalanuvchilar bunday fayllarning yuklanishini kutmay, sahifadan chiqib ketadilar. Shu sababli, bunday materiallardan foydalanishda chegarani bilish kerak. Bundan tashqari, bunday materiallarni internet uchun mo`ljallangan formatlarga o`tkazib, iloji boricha ularning hajmini qisqartirish kerak.
5. Tayyor veb sahifa xosting xizmatini taklif qiluvchi kompaniyalarning serverlariga joylashtiriladi. Odatda bunday xizmat pulli bo`lib, bepul xizmatlar ham uchraydi. Bepul xizmatlar kompaniya saytida sizning veb sahifanagiz bu sayt nomi bilan birgalikda joylashtiriladi.

1411 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Xaydarov Islom
Qo`shilgan sana: 2015-04-10

A`lo

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений