linkedin facebook linkedin facebook nod32

Noutbukdagi parollar bilan ishlashning o`ziga xos hususiyatlari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-06-06

       Noutbukdagi parollar bilan ishlashning o`ziga xos hususiyatlari


Ko`chirma kompyuterlar foydalanuvchiga qulaylik beradi, ammo safar vaqtida ularni o`g`irlashlari, ba`zilar yoqotib yoki unutib qo`yishlari mumkun.
Bularni e`tiborga olgan holda noutbuk ishlab chiqaruvchilari moslamalarni begonalardan himoyalas uchun mahsus vositalar qo`llaydi. Deyarli hechqaysi zamonaviy noutbukda BIOSni bekor qilish yoki tizim platasida batareyani chiqarish orqali parolni bekor qilib bo`lmaydi. Shuning uchun noutbukka parol o`rnatayitganda o`ta sinchkov bo`lish, parolni esa murakkab ammo esdan chiqmaydigan qilib tanlash kerak. Ammo shunga qaramay noutbuk paroli yoqotilsa, uni pullik xizmat ko`rsatish markazlarida bekor qilish mumkun. Parolni qayta tiklash mexanizmi noutbuk ishlab chiqaruvchisiga bog`liq.  Masalan Acer, Dell, LG noutbuklarida bir nechta noto`g`ri parol kiritish urunishlaridan so`ng ekranda xato kodi paydo bo`ladi. Ushbu kod asosida xizmat ko`rsatish markazida Setupga kirib parolni bekor qilish uchun vaqtinchalik parol joriy qilinadi.
Ba`zi ishlab chiqaruvchilar, masalan IBM va Sony, murakkabroq himoya tizimlarni qo`llaydi, parolni ochish uchun noutbukni qismlarga bo`lish yoki ba`zi tarkibiy qismlarni  almashtirishga to`g`ri kelishi mumkun.

TPM(Trusted Platform Modul) yordamida axborotni himoyalash
Muhim mahviy axborotni saqlovchi kompyuterlar sanksiyalanmagan kirishdan yuqori himoya vositalariga ega bo`lishi kerak. Kompyuterni BIOSdagi yuklanishiga yoki Windowsda ro`yxatga olingan qaydlarga parol o`rnatish axborotni oddiy foydalanuvchilardan himoyalaydi, ammo professional qo`liga tushsa yordam bermaydi. Fayllarni shifrlash samaraliroq natija beradi, biroq bu variantni ham mutlaqo ishonchli deb bo`lmaydi, chunki g`araz niyatli kishilar shifrlash parolini o`g`irlashi mumkun. Yuqori darajadagi himoya tizimini yaratish uchun ona plataga mahsus xavfsizlik moduli TPM (Trusted Platform Modul)ni o`rnatish mumkun. TPM shifrlash kalitlarini yaratish va saqlash, uskuna konfiguratsiyasi va boshqa parametrlarni nazorat qilish imkonoyatini beradi.
Maxsus dasturiy ta`minotsiz TPM ona platada o`z-o`zidan hech qanday azallik bermaydi. TPMdan foydalanish variantlaridan biri – bu Windows/Vista 7 operatsion sistemasining ba`zi versiyalarida mavjud bo`lgan BitLocker diskini shifrlash. Ushbu holatda operatsion sistema, dasturlar va hatto diskdagi erkin sektor ham shifrlangan bo`ladi.
Maslahat

BitLockerni qo`llash bo`yicha ma`lumotlarni Windows Vista/7ning ma`lumot oynasini ochib BitLocker so`ziga qidiruv bergan holda olishingiz mumkun.
TPMli tizim platalarida odatda TCG/TPM Support, Ttrusted Platform Module yoki Security Chip nomli BIOSda TPMni yoqish va o`chirish parametri mavjud. TPM yoqilganidan so`ng uni sozlash uchun qo`shimcha parametrlar ocholishi mumkun.

2585 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений