linkedin facebook linkedin facebook nod32

Internet ijtimoiy tarmoq xizmatlari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-06-04

Internet ijtimoiy tarmoq xizmatlari

Ijtimoiy tarmoq tushunchasi. Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqatni o‘rnatuvchi, ko‘p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi. Mazmuniga ko‘ra  ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli bo‘ladi:
1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqatni o‘rnatib beruvchi dasturiy - apparatli kompleks;
2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi muloqat internet tarmog‘i orqali bajarilishi.
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o‘zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O‘zaro aloqa ichki pochta yoki  xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri – do‘stlar va guruxlar tizimi. Uni quyidagi chizma yordamida tavsiflash mumkin.

Foydalanuvchilarining soni bo‘yicha hozirda Facebook ijtimoiy tarmog‘i 500 000 000 foydalanuvchisi bilan etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda  MySpace (255 000 000 foydalanuvchi), Twitter (200 000 000 foydalanuvchi), Windows Live Spaces (120 000 000 foydalanuvchi), Habbo Hotel (120 000 000 foydalanuvchi),  V Kontakte (110 000 000 foydalanuvchi),  Friendster (90 000 000 foydalanuvchi), Hi5(80 000 000 foydalanuvchi), Tagged.com (70 000 000) .
Odnoklassniki (odnoklasniki.ru) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. Bunday veb saytlarda odatda o‘zingiz xaqingizdagi ma’lumotlarni joylashtirasiz (Tug‘ilgan kun, maktab, sevimli mashg‘ulot va boshqalar). O‘z navbatida siz xam qidiryotgan qatnashchingizni shu turdagi ma’lumotlarini olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarning internetdagi g‘alabali yurishi 1995 yilda amerikaliklarning  Classmatec.com (Odnaklassniki uning ruscha analogi xisoblanadi) ijtimoiy tarmog‘i yaratilishi bilan boshlandi.  Bu ijtimoiy tarmoqning maqsadi sinfdoshlarni internet tarmog‘i orqali qidirish, topish va muloqat o‘rnatish hisoblanadi. Vazifalari esa o‘zaro qiziqish to‘rlarini hosil qilish va muloqatni saqlab qolishdan iboratdir.
Albatta, bu veb sahifalarni yaratishdan asosiy ko‘zlangan maqsad bir tomondan mablag‘ ishlash bo‘lsa, ikkinchi tamondan sahifani ommalashtirish hamda bir xil dunyoqarashga ega bo‘lganlar shaxslar guruhlarini shakllantirish hisoblanadi. Salbiy tomoni, esa shakllangan guruhlarni boshqarib bo‘lmaydi.
Sinfdosh (sinfdosh.uz) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. Ushbu veb sahifa Odnoklassniki (odnoklasniki.ru) ijtimoiy tarmog‘i yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo‘lib, faqatgina O‘zbekistonliklar fuqoralar uchun yaratilgan va moslashtirilgan.
O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlar. O‘zbekistondagi ijtimoiy  tarmoq saytlarini tiliga qarab quydagilarga ajratish mumkin. O‘zbek tilini xam qo‘llay oladigan ijtimoiy tarmoqlar. www.sinfdosh.uz  www.vsetut.uz
Feysbuk (facebook.com) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. Ushbu veb sahifa ham Odnoklassniki (odnoklasniki.ru), www.sinfdosh.uz ijtimoiy tarmog‘lari yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo‘lib, faqatgina ingliz tilida so‘zlashuvchilar uchun yaratilgan va moslashtirilgan

Bundan tashqari qiziquvchilar quyidagi veb sahifalarni ham ko‘rishlari mumkin: Last.fm, Linjedln, MySpace.
Bularning yaratilish maqsad va vazifalari ham yuqorida keltirilgan veb sahifalar bilan o‘xshash.
Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati. E’tibor berib, keltirilgan veb sahifalar tahlil qilinsa quyidagi salbiy holatlar va kamchiliklar uchrab turadi:

  1. Foydalanuvchilarning ayrimlari o‘z nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tishmaydi;
  2. Nomaqbul foto sur’atlar qo‘yishadi;
  3. O‘zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishadi;
  4. Bema’ni gaplar yozadilar, ba’zan noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanadi;
  5. Sahifalar ijtimoiy bo‘lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o‘rnatadilar va hokoza.

Demak,  Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati deganda, yuqorida keltirilgan salbiy holatlar va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik tushuniladi.
Unutmaslik kerakki, ma’lum bir shaxs tomonidan Internet tizimiga qo‘yiladigan ma’lumotlar boshqa shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli maqsadlarda ham foydalaniilishi mumkin. SHu jumladan ma’naviyat va ma’rifatga zid ham bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganda u erdagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga, Sizni aldashmayotganligiga iqror bo‘lib, so‘ngra ma’lum bir qarorga kelish kerak.

3913 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: 102-Jalilova Xurshida
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений