linkedin facebook linkedin facebook nod32

Internet tarmog‘i video materiallari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-06-04

Internet tarmog‘i video materiallari

Audio va video materiallar. Video so‘zi lotincha video  so‘zidan olingan bo‘lib ko‘ryapman, qarayapman ma’nosini anglatadi. «Video» so‘zi televidenie rivojlanishi bilan o‘zining keng tadbiqini topdi.
Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida video ma’lumotlardan foydalanish keng ko‘lamda qo‘llanmoqda. O‘z davrida Konfutsiy shunday degan edi: «Eshitganlarimni unutaman, ko‘rganlarimni eslab qolaman. Insonda ko‘rish hissiyoti eshitish hissiyotidan yuqori turadi. SHuning uchun video ma’lumotlar eng ko‘rgazmalili ma’lumot hisoblanadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, videota’lim kelajakda keng ko‘lamda qo‘llanilishi mumkin. Videota’limning asosiy maqsadi – o‘qituvchisiz ta’lim olishdan iborat. Ammo, shuni ta’kidlash joizki o‘qituvchi o‘rnini hech qanday videota’lim bosa olmaydi. Ingliz tilidagi saytlarda bunday ta’limdan foydalanish boshlanganiga yigirma yillar bo‘lgan.
Audio so‘zi lotincha audio  so‘zidan olingan bo‘lib – eshitaman ma’nosini bildiradi. Ushbu formatdagi ma’lumotlardan o‘quv jarayonida foydalanish ancha ilgari, ya’ni audio yozuvlar paydo bo‘lgan vaqtdan boshlangan. Audio ma’lumotlardan foydalanish ayniqsa tilarni o‘rganishda juda qulay va yuqori samara berishi mumkin.

Audio video materiallarini on-layn namoyish etish. Internet tarmog‘i rivojlanishi bilan video va audio materiallardan o‘quv jarayonida foydalanishning qulay imkoniyatlari vujudga keldi. Internet tarmoqlarida video va audio materiallarni saqlash uchun maxsus serverlar mavjud. Masalan,  Youtube – bu video almashish uchun veb-sayt, bu saytda tashrif buyuruvchilar videoni yuklash va jo‘natish, tomosha qilishlari mumkin. Youtube saytida turli mavzularda etarli darajadagi video ma’lumotlar to‘plangan. Mazkur saytda ma’lumotlar avi, yoki formatlarida saqlanadi. Flv formatidagi fayllar ixcham va uni yuklash uchun ko‘plab internet resurslari talab etilmaydi.

Video materiallar xostingi. Umuman olganda yaratilgan saytni internet tarmog‘ida joylashtirish uchun serverga yuboriladi. Internet operatorlarining (provayder) serverlarida saytlarni saqlash xizmati – xosting xizmati ko‘rsatish deyiladi. Turli yo‘nalishdagi turli mazmundagi saytlar singari video va audio ma’lumotlar ham serverlarda saqlanadi.

Kino va TV namoyishlar. Odatdagi televideniedan farqli o‘laroq, internet orqali uzatiladigan TV dasturlarda foydalanuvchiga imkoniyatlar beriladi. YAgona formatning qo‘llanilishi ma’lum darajada videosignallarning sifati buzilmasligini ta’minlaydi. Fayl formatidagi materialni yuklash eng tezkor va ishonchlidir. Axborotni fayl formatida uzatishning afzalliklaridan biri tarmoq tezligi bilan baholanadi.  Undan tashqari IP protokollari va xatolikni tekshiruvlar axborotni uzatishning aniqligini kafolatlaydi. Fayllar real vaqtga nisbatan  20-30 marta tezroq uzatilishi mumkin.
Hozirgi paytga kelib telekompaniyalar o‘z saytlari orqali ko‘rsatuvlarni uzatish ishlarini takomillashtirib bormoqda. Masalan, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining saytiga kirish uchun http://www.mtrk.uz manzili muloqot oynacining manzil satriga yoziladi.O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining mtrk.uz sayti bosh sahifasi quyidagicha bo‘lib, undagi tegishli teleradioko‘rsatuvlarni internet orqali on-layn rejimida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

SHuningdek, saytiga kirgandan so‘ng ko‘rsatuvlar haqida ma’lumotlar olish mumkin. Bundan tashqari Internet tarmog‘ida turli-tuman kinolar jamlangan maxsus saytlar ham mavjud. Bu saytlar orqali filьmlarni onlayn rejimida tomosha qilish mumkin.
Musiqa, yangiliklar va animatsiyalar namoyishi. Audio informatsiyaning turkumiga kiruvchi musiqalar to‘plami maxsus saytlarda saqlanadi. Jumladan,  MP3.uz, Melody.uz, saytlari musiqali fayllarni  saqlashga mo‘ljallangan va bu saytlarda yuzlab klassik va zamonaviy qo‘shiqlar mavjud. Bu saytlardan musiqa fayllarini ko‘chirib olish mumkin. Ayniqsa, musiqa fanini  o‘qitishda sof musiqalardan (minusovka) foydalanish yaxshi samara beradi.
YAngiliklar. O‘zbekiston respublikasi Matbuot va axborot agentligi rasmiy veb sayti www.uza.uz, O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali www.gov.uz hamda www.12.uz saytlari eng asosiy yangiliklarni yoritish saytlaridan hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat tashkilotlari, davlat xo‘jalik yuritish va boshqaruv organlari, tahririyatlar va shunga o‘xshash ko‘pgina tashkilotlarning saytlari orqali ham o‘ziga tegishli sohada ro‘y berayotgan yangiliklar yoritilib boradi.
http://www.desk.uz veb saytida esa davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, Musiqa, yangiliklar va animatsiyalar namoyishi xabarlarini topish mumkin.
Animatsiyalar. Animatsiyalar ma’lum vaqt davomida ma’lum sondagi tasvirlarning ketma-ket almashtirilishidan hosil bo‘ladigan resursdir. Animatsion fayllar turli dasturlar yordamida yaratiladi. Eng ixcham fayllar gif kengaytmali fayllardir. Macromedia Flash dasturida animatsion va interaktiv fayllar yaratiladi. Hozirgi paytda animatsion fayllar to‘plangan ko‘plab saytlar mavjud. Animatsiyalarga videofilьmlarni, mulьtfilьmlarni hamda kompьyuter vositasi yordamida modellashtirilgan harakatlanuvchi ob’ektlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
CINEMA.UZ. CINEMA.UZ kompaniyalar guruhi 2007 yilda tashkil qilindi. Guruhning faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar:
O‘zbek va xorijiy audio-videomahsulotlarini sotish hamda ommaviy axborot vositalari – matbuot, televidenie va radioda reklama qilish. O‘rta Osiyo va MDH mamlakatlarida o‘zbek kinosining distributsiyasi, chet ellarda o‘zbek kinematografchilarining manfaatlarini himoya qilish. Raqamli kino mahsulotlarini ishlab chiqarish va namoyish qilish bo‘yicha milliy loyihalarni tashkil qilish. Milliy filьmlarning raqamli filьmlar prokatining xalqaro bozori bilan texnologik jihatdan mos bo‘lishini ta’minlash. O‘zbek kinosiga kino sanoati sohasidagi zamonaviy raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish. Raqamli kinomastering tizimlariga asoslangan raqamli kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish ularda mamlakatimizda suratga olingan filьmlarni imtiyozli namoyish qilinishini ta’minlash. Audio, video va teledasturlar, seriallar va filьmlar ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlarni chop etish va ko‘paytirish (optik disklar replikatsiyasi), prodyuserlik, promoushn.
O‘qitish, ilm-fan va texnika yutuqlari namoyishi. Internet tarmog‘ida o‘qitish uchun mo‘ljallangan portallar keyingi vaqtlarda keskin ko‘paydi. ZiyoNET portali buning yaqqol namunasidir.
ZiyoNET jamoat ta’lim tarmog‘i 2005 yil hukumat qarorlariga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini tadbiq etishdir.
ZiyoNET tarmog‘i Resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Ta’lim muassasalarini ulash monitoringi; Veb-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish; Axborot-ta’lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydonchani tuzish va rivojlantirish. YOshlarni, o‘qituvchilarni ta’lim muassasalari va ta’lim sohasiga bog‘liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o‘zaro birlashtiradigan virtual jamiyatni yaratish.

Ta’lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarning Uznetda qatnashishi maqsadida, ZiyoNET tarmog‘ining resurs markazi tomonidan ta’lim muassasalari va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyixalar uchun bepul xosting xizmati taqdim etiladi.
Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta’lim muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyoNET yagona axborot-ta’lim tarmog‘ida birlashishlari, ya’ni ZiyoNET tarmog‘iga birlashish dasturi doirasida internetga ulanishlari  shart.

2422 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений