linkedin facebook linkedin facebook nod32

Linux sh stoli tarkibi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-06-01

Linux ish stoli tarkibi

Ko`pchilik ish stollari oddiy komponentlarga ega bo`ladi.bu Windows foydalanuvchilariga tanish ko`rinadi.

Rasm 1. KDE ish stoli

Ish stolida znachoklar bo`ladi, yuqoridagi holda 2 ta. Ma`lum amal bajarish uchun kerakli znachok ustiga 2 marta bosish kerak. Ish stoliga yana znachok qo`shish, yo`qotish, umuman moslash mumkin.
Pastki qismda panel joylashgan bo`lib, uni chapga, o`ngga, tepaga qo`yish mumkin. Va yana bir ortiq panelga ega bo`lish mumkin.
7-rasmning chap qismida bir necha znachoklar bo`lib, ularni ko`paytirish yoki bir nechtasini yo`qotish mumkin. O`ngroqda 4 ta tugmaga ega qism bo`lib, bular bir vertual ish stolidan keyingisiga o`tish imkonini beradi. Undan o`ngroqda aktiv panel bo`lib, u yerda ishlayotgan jarayonlar ko`rsatiladi. Yana o`ngroqda sistema jihozlari znachoklari bo`lib, eng o`ngda soat joylashgan. Bularning hammasini foydalanuvchi o`zgartirishi mumkin.

KDE va GNOME ishchi stollari.

Mashhur 2 ish stollari bu KDE va GNOME. Ular bir-biriga o`xshash bo`lib, Fedora distributivining ish stollari quyida rasmda ko`rsatilgan.

Rasm 2. Fedora da KDE va GNOME ish stollari

Ular juda o`xshash bo`lib, ikkalasida ham Crash va Home znachoklari bor. Gnome da yana ikkita qo`shimcha znachok bor. Panelda bir hil znachoklar. Bularning bir-biriga o`xshash bo`lishiga sabab foydalanuvchiga mos va qulay bo`lgan muhitni yaratib berish hisoblanadi. Quyida Fedora va Mandrake ning KDE ish stoli ko`rsatilgan.

Rasm 3. Fedora va Mandrake dagi KDE ish stollari

Turli LINUX versiyalarida KDE znachoklari turli xil.
Panel.
KDE va GNOME ish stollari panellari quyida ko`rsatilgan.(yuqqorida KDE, pastda GNOME. )

Rasm 4. Fedora da KDE va GNOME ish stollari

Panellar bir xil seksiyadan tashkil topgan:

  • Znachoklar paneli. Chapdagi qism bo`lib, dasturlarning znachoklariga ega. Ularni bosilganda dastur ishga tushadi. Ustiga sichqoncha olib borilganda qo`shimcha ma`lumot chiqadi.
  • Ish stolaridan bir-biriga o`tish xizmati. Bunda 4 ta qism tugmalar bo`lib, virtual ish stollaridan foydalanish imkonini beradi.
  • Vazifalar paneli. Ayni vaqtda foydalanilayotgan dasturlar nomlari. KDE ish stoli bitta ochiq dastur bo`lib, u X Settings nomi bilan ataladi. GNOME 2 ochiq dasturni – OpenOffice va Mozilla brauzerini ko`rsatmoqda. Dasturni aktiv qilish uchun uning ustida sichqonchani bitta bosish kerak.
  • Sitema bildirish qismi. Panelning o`ng qismida moslashishini olib borish mumkin bo`lgan qism bo`lib, ularni bosish orqali paydo bo`ladigan muloqot oynasidan tezda moslashishlarni olib borish mumkin. O`ng burchakda soat joylashgan bo`lib, sichqoncha uning ustiga olib borilganda joriy sana va yil ko`rsatiladi. Agar sichqonchani uning ustiga bossangiz taqvim chiqib, siz unda oylar va yillarni ko`rib chiqishingiz mumkin. Sichqonchaning o`ng tomonini soat ustiga bosganda, maxsus yordamchi oynadan sanani, vaqtni moslash va soat ko`rinishini o`zgartirish imkoniyati beriladi. Bular appletlar deb ataladi.
  • Panelni berkitish tugmasi. Ostki panelning har ikkala yoki bir tomonida strelkasimon tugma bo`lib, uni bosish orqali ostki panelni berkitish mumkin. Bunda panel qayta ochish imkonini beradigan tugma ko`rinishiga o`tadi.

Eng chapdagi tugma bosh panelni ochish uchun imkon beruvchi tugma qizil shlyapa ko`rinishida tasvirlangan.

Ish stoli bilan ishlash.

Ish stoli – bu ba`zi komponentlardan iborat maydon. Unda siz kerakli znachoklarni bosib, dasturni oyna orqali ishlatishingiz mumkin. Ayni vaqtda bir-biriga bog`liq bo`lmagan bir qancha oynalar ochishingiz mumkin.
Ish stoli qulay ishlash uchun bir qancha komponentalar taklif etadi.Windows foydalanuvchilari bularning ko`p qismi bilan tanish.

  • Belgilar. Belgilar ustiga sichqonchani bosish orqali dasturlarni ishga tushirishingiz mumkin. Odatda belgilar sichqoncha tugmasini 2 marta bosish orqali, panel tugmalari esa bir marta bosish orqali ishga tushiriladi. Ammo bularni o`z xohlaganingizcha qo`yishingiz mumkin. Bu keyinroq ko`rsatib o`tiladi.
  • Menyu. LINUX OT 2 turdagi, ya`ni bosh menyu va kontekst menyularni taklif etadi. Siz bu menyularga bo`limlar qo`shish yoki olib tashlash imkoniyatiga egasiz. Odatda yangi dastur o`rnatilganda, uning nomi bosh menyuda chiqadi.
  • Bosh menyu. Bu xuddi Windows dagidek ostki panel chap tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi. Unda mavjud dasturlar va boshqarish utilitalari bo`limlari bor. KDE da bu “K” harfi bilan, gnome da esa panja belgisi orqali tasvirlangan tugmadan iborat. Lekin Linux ning turli versiyalarida o`z maxsus belgisi ham bor. Fedora da qizil shlyapa bo`lsa, SUSE panelida yashil drakon boshi tasvirlangan tugmalar mavjud.
  • Kontekst menyusi. Bbu sichqonchani o`ng tugmasi bosilganda chiqadigan yordamchi oyna bo`lib, u turli vazifalar bajarish imkoniyatini beradi. Masalan, ish stolining bo`sh qismiga bosilganda bir menyu, znachoklarni bosganda boshqa bir menyu, panelga bosilganda ham boshqa bir menyu chiqadi. Menyu belgilangan ob`yekt ustida amal bajarish imkoniyatini beradi.

Ko`p menyularda element nomining bir harfi maxsus belgilangan bo`lib, shu harfni bosish orqali sichqonchani ishlatmay turib bajarish mumkin. Ba`zi menyular maxsus klavishlar kombintsiyasiga ekvivalent bo`lib, shu kombinatsiyalar orqali ham vazifani bajarish mumkin. Masalan, Alt + F9 tugmasi ekvivalent bo`lsa, shu ikkala tugmani bosish orqali vazifa bajarilishi mumkin.

  • Yordamchi (vsplivayushiye) podskazkalar sichqonchani element ustiga olib borganda ko`rsatiladigan u haqida axborot. Foydalanuvchi bularni o`chirishi yoki yoqishi mumkin.
  • Oynalarni manipulyatsiya qilish. Oynalar bir joydan boshqa joyga ko`chirilishi, kattalashtirilishi, kichiklashtirilishi, o`chirilishi yoki berkitilishi mumkin.
  • Ko`chirish. Oynaning ustki qismiga sichqonchani bosib turgan holda bir joydan boshqa joyga olib o`tish. Yoki chap tepa burchagida tugmasini bosib Move bo`limini tanlash kerak.
  • Olchamni o`zgartirish uchun oynaning chegarasiga sichqonchani bosgan holda yurgizishimiz kerak.
  • Kattalashtirish, kichiklashtirish yoki ish stolini ko`rsatishda oyna nomi ustiga sichqoncha chap tugmasi ketma-ket 2 martta bosilganda kattalashgan yoki kichiklashgan holga o`tadi. Bu amalni oyna o`ng ustki qismidagi maxsus tugmalar orqali ham qilish mumkin. Ish stolini ko`rsatish uchun ostki paneldagi Show Desktop tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Agar bu tugma bo`lmasa, uni qo`shish keyinroq aytib o`tiladi.
  • Yopish. Oyna o`ng burchagi tugmasini bosish orqali chiqadigan oynadan Close bo`limini tanalsh orqali amalga oshiriladi.
  • Tashqi ko`rinish. Ish stolini osongina o`zgartirish mumkin. Masalan, Fedora, Mandrake yoki SUSE dan ekran zastavkasi ko`k fon bo`lib, uning rangini o`zgartirish yoki boshqa rasm qo`yish mumkin.

Siz ish stolining barcha elementlarini o`zgartirishingiz mumkin. Ko`pchilik foydalanuvchilar o`z didlariga mos qilib, o`z mavzularini yaratadilar. Ularning ba`zilari Linuxda mavzu ko`rinishida mavjud bo`lib, ular hammasi birgalikda yaxlitlikni tashkil etadi. Ba`zi qo`shimcha mavzularni Linux saytlaridan olishingiz mumkin.
Umuman olganda barchasini moslash mumkin. Foydalanuvchilar o`z xohishlari bo`yicha barchasini o`zgartirib, keyingi foydalanuvchiga boshqa ko`rinishda taqdim etmoqdalar. Keyingi bo`limlarda aytiladigan o`zgartirishlar Sizning Linux ingizda boshqacha bo`lsa, uni siz xohishingizga qarab moslashishingiz mumkin.
KDE va GNOME ish stolini moslashning turlicha usullarini taklif etadi va ular bir-biriga o`xshash. Keyingi bo`limlarda asosiy va odatiy o`zgartirishlar aytib o`tiladi. Ko`rsatib o`tilmagan o`zgartirishlarni o`zingiz qilishingiz mumkin.

KDE ish stolidagi o`zgartirishlar KDE Control Center (KDE boshqaruv markazi) orqali qilinishi mumkin. Buni bevosita bosh menyudan yoki Preferences (parametrlar) yordamchi menyusidan chaqirishimiz mumkin. KDE Control Center yuklanganda quyidagi oynani ko`rish mumkin.

Rasm 5. KDE Control Center (KDE boshqaruv markazi)

Ish stolining ko`rinishlari look and feel bo`limida bajariladi.
GNOME da ish stoli KDE Control Center kabi butun bir tizim bo`lmasdan, moslashishlar dialoglarini chaqirishda alohida menyu elementlari bor. Odatda menyu elementlari bosh menyudagi alohida guruhda mavjud. masalan, Fedorada bu boshqaruv elementlari guruhi Preferences da, Mandrake da esa System Configuration bo`limida olib boriladi. Menyu elementlari boshqaruv tizimi SUSE versiyasida GNOME da ko`rinishi quyidagicha.

Rasm 6. GNOME ish stolini moslash

Desktop Preferences (ish stoli moslanishlari) punktning ost punktida elementlarning moslanish bo`limlari ko`rsatilgan.
Qolgan qismlarda quyidagi asosiy boshqaruv bo`limlari muhokama etiladi.

  • Fon. Ish stoli va paneli fonini o`zgartirish yoki o`rniga rasm qo`yish mumkin.
  • Znachok. Ish stoliga znachoklarni qo`shish yoki olib tashlash mumkin.
  • Shrifftlar. Shriftlar stili va o`lchamini o`zgartirish.
  • Ekran saqlovchisi. Ekran saqlovchisini tanlash va yuklanish vaqtlarini belgilash mumkin.

Sunday qilib KDE va GNOME ish stollarining asosiy qismlari aytib o`tildi.

Ish stolini fonini o`zgartirish

Fonni o`zgartirish uchun ish stolining bo`sh joyiga sichqoncha o`ng tugmasini bosib, undagi Configure Desktop (ish stolini moslash) bo`limi tanlanadi. Chap tomonida ish stoli moslanuvchi panellarga ega oyna chiqadi. Uning Background Bo`limini belgilang.
O`zgartirishlar kiritganingizda o`ng tomondagi monitorga ko`rsatiladi. Kerakli parametrlarni tanlagandan keyin Apply tugmasini bosganingizda oyna yopilmasdan joriy ish stoliga o`zlashtiriladi.
Agar fon sifatida rasm tanlamoqchi bo`lsangiz, Picture qismini belgilab, mavjud rasmlardan birini tanlashingiz yoki Brose ni tanlab fayllardan rasmlarni yuklashingiz mumkin.

Rasm 7. Ish stolini fonini o`zgartirish KDE

Agar fon sifatida rang tanlamoqchi bo`lsangiz, No picture bo`limini tanlab Color qismidan mosini tanlash mumkin. Slide show elementini tanlasangiz Setup tugmasini ko`rasiz. Bu tugmani bosib shablonlar ko`rsatilgan oynani ko`rishingiz mumkin. Oynada Add tugmasi bo`lib, u orqali shablonlar bo`lgan fayl yo`lini ko`rsatish mumkin.

Fon uchun 1 yoki 2 xil rangni tanlash mumkin. 2 xil rang tanlasangiz ular gorizontal yoki vertikal gradiyent chegara ranglari bo`ladi.
Rang tanlash uchun o`ng tomondagi ranglardan birini tanlab yoki RGB rang tashkil etuvchilari orqali berishingiz mumkin. Tanlangan rang pastki turtburchakda ko`rsatiladi.
Panel fonini o`zgartirish uchun panel bo`sh joyiga sichqonchaning o`ng tugmasini bosish kerak va undan Configure Panel tanlanib, chap qismdagi Appearance (tashqi ko`rinish) qismi bosiladi. Agar Appearence ro`yhatda keltirilmagan bo`lsa, uni Layout elementi ichidan tanlash mumkin. U quyidagi ko`rinishga ega.

Rasm 8. Panel fonini moslash

Siz har bir element fonini alohida o`zgartirishingiz mumkin. Masalan, bosh menyu va dastur znachoklari uchun. Panel foni sifatida rasmni qullash uchun Enable Background Image belgisini tanlash kerak va kerakli rasmni papkaning rasmi bo`lgan tugma orqali tanlash mumkin. Har qanday grafik rasmlardan foydalanish mumkin.

Shriftlarni moslash.

Siz KDE Control Center orqali qo`llanadigan shriftlar kattaligi va ko`rinishini tanlashingiz mumkin. Bunda Look and Feel qismiga kelib Fonts tanlanishi kerak. Dialog quyidagi ko`rinishga keladi. Kerakli shriftni belgilab Choose tugmasi orqali moslash mumkin.
GNOME ish stolida bosh menyudan Preferences - Fonts tanlanadi. Bunda quyidagi oyna ochiladi.
Biror element shriftini o`zgartirish uchun kerakli bo`limni tanlanganda moslash olib borish mumkin bo`lgan oyna chiqadi. Kerakli parametrlar tanlanganidan keyin ularni sinab ko`rish imkoniyati tug`iladi. OK tugmasini bosib qilingan o`zgartirishlarni o`zlashtirishingiz mumkin.
Kerakli ko`rinishga kelgan bo`lsa, Close tugmasi orqali chiqib ketiladi.

Rasm 9. Shriftlarni moslash oyinasi

Ekran saqlovchisini moslash.

Linux OT ekran saqlovchisini tanlash imkoniyatini beradi. Ekran saqlovchisi – bu foydalanuvchi hech narsa kiritmaganda va sichqonchada ham ishlamaganda ekranda ko`rinib turadigan rasm yoki animatsiya. Tugma bosilishi yoki sichqoncha harakatga kelishi kompyuterni ishchi holatga qaytaradi. Shuningdek kompyuterning necha daqiqadan keyin ekran saqlovchisini ishga tushirilishini ham ko`rsatish mumkin.
KDE ish stolining bo`sh qismiga sichqonchaning o`ng tomoni bosilganda Configure Desktop bosilganda, chap tomonida znachoklarga ega oyna chiqadi. Screen Saver znachogini tanlash orqali quyidagini ko`rish mumkin.
Ekran saqlovchisini ro`yhatdan tanlab, uni kompyuter terminalida qayta ko`rish mumkin. Ba`zi ekran saqlovchilarini o`zgartirish mumkin. Masalan, Blank Screen (bo`sh ekran) rangini o`zgartirish mumkin. O`z ekran saqlovchingizni o`rnatish uchun Setup tugmasini bosib, ekran saqlovchisiga yo`lni ko`rsatish mumkin. Test tugmasini bosish orqali buni sinovda ko`rish mumkin. Joriy ekran saqlovchisini saqlash uchun OK tugmasi bosiladi.

Rasm 10. Ekran saqlovchisini moslash.

Umuman olganda ekran saqlovchisini qo`yish yoki qo`ymaslikni tanlash mumkin. Dialogning o`ng tomondagi qismida Settings (parametrlar) elementlari guruhidan Start Screen Saver Automatically yoki After da necha daqiqadan keyin ishga tushishini berishimiz mumkin.
GNOME ish stolida bosh menyudan Prederences - Select Screen Saver (parametrlar - ekran saqlovchisini tanlash) paneli orqali KDE ish stolidagiga o`xshash oynani yuklash mumkin. Bunda bir necha ketma-ket ko`rsatiladigan ekran saqlovchilarini tanlash va ularning har biri qancha vaqt oralig`ida ko`rsatilishini tanlash mumkin.
Ish stolini tashkil etish.

Foydalanuvchi o`ziga qulay bo`lgan ish stolini tanlashi mumkin. Ayniqsa ko`p ishlatiliniladigan dastur znachoklarini ish stoliga qo`yish, soatning panelda ko`rinishi va barcha oynalarning ekrandan olinish tugmasining panelda joylashishi qulay.
Bundan tashqari ba`zi znachoklarni panelga qo`shish mumkin. Buning uchun sichqoncha o`ng tugmasi panelga bosilib, Add to Panek yoki Add bo`limi tanlanishi kerak. Xuddi shunday bosh menyu dasturlari ham panelga olib qo`yilishi mumkin.

Znachoklarni xohlagan joyga va tartibda qo`yish mumkin. Buning uchun ish stoliga sichqonchaning o`ng tugmasi bosilganda chiqadigan kontekst menyusidan Clean by Name alfavit bo`yicha tartiblash mumkin. Znachoklarni nomi, hajmi, tipi yoki gorizontal va vertikal tartibda joylashtirish uchun KDE bosh menyusidan Icons ni tanlash kerak.

Rasm 11. KDE ish stoli seksiyasi

Rasmda ko`rsatilgan panelning o`ng va chap burchaklaridagi tugmalar orqali panelni berkitish mumkin. Agar u mavjud bo`lmasa, KDE da uni qo`shish uchun panel bo`sh joyida sichqoncha o`ng tugmasi bosillib, Configure Panel tanlanadi va Hiding qismiga kelinadi. Undan so`ng Show Left Panel-hiding Button va Show Right Panel-hiding Button tanlanadi. GNOME da esa panelga sichqoncha o`ng tomon tugmasi bosilib, undan Properties bo`limi tanlanadi. Show hide Button va Arrows on hide Buttons tanlanadi.

Panel hajmi va o`rnini o`zgartirish.

Panel o`rni va o`lchami o`zgartirilishi mumkin. KDE paneliga sichqoncha o`ng tugmasi bosilganda quyidagi oyna chiqadi.

Rasm 12. Panelni moslash

Screen qismidagi kompyuter ekranida joriy parametrlar ko`rsatib turiladi. Har qanday parametrlarning o`zgarishi ekrandagi panelda ham o`z aksini topadi. Rasmdagi panel ostki qismda qilib tanlangan xol. Uni o`zgartirish uchun turli o`rinlarga bosib ko`rish mumkin. Length (uzunlik) tugmasini ko`chirish orqali panel uzunligini o`rnatish mumkin. Joriy o`rnatilgani Custom (belgilangan) bo`lib, u 54 pikselga teng. O`lcham uzunllik *****likka qo`llaniladi. O`zingiz belgilashingiz uchun ko`chirgichdan foydalanishingiz mumkin. Yoki mavjud variantlardan birini tanlashingiz mumkin. Masalan, Small yoki Tiny . saqlab chiqib ketish uchun OK tugmasi bosiladi.

GNOME ish stolida sichqoncha o`ng tugmasini panelga bosish orqali Properties elementi tanlanadi. Quyidagi oyna chiqadi.
Orientation tugmasi quyidagi holatlarda birini tanlash imkoniyatini beradi: Top (yuqorida), Bottom (pastda), Left (chap), Right (o`ng). Panel o`lchamini kiritish yoki tanlash mumkin. Barcha o`zgartirishlar kiritilgandan keyin Close tugmasi orqali chiqib ketiladi.

Bir necha ish stolini moslash.

Linux OT bir necha ish stollari bilan ishlash imkoniyatini beradi va ularning har biri alohida o`z parametrlariga ega bo`lishi mumkin. Masalan, biri iqtisod masalalarini ishlatishga moslangan bo`lsa, ikkinchisi san`atga doir ish stoli bo`lishi mumkin.

Bir qancha ish stollari virrtual ish stollari deb ham ataladi. Virtual ish stoliga atalgan panel quyidagi rasmda ko`rsatilgan.

Rasm 13. KDE ish stoli paneli


4 ta kvadratdan tashkil topgan ob`yekt ayni vaqtda mavjud ish stolini ko`rsatadi. Birinchi kvadratning oq rangda ekanligi uning aktiv ekanligini ko`rsatadi. Ikkinchi va to`rtinchi ish stollarida 1 ta oynaning borligi bu ish stollarida 1 tadan dastur aktivligini bildiradi. Vazifalar panelidagi 2 dasturlar aktiv ekanligini bildiradi. Boshqa ish stoliga o`tish uchun unga mos kvadratni tanlash kerak. Vazifalar panelidagi dasturni bosganimizda bu dastur qaysi virtual ish stolida bo`lishidan qat`iy nazar ish stoli bilan ishga tushiriladi.
Dasturlar bir ish stolidan boshqasiga osonlik bilan olib o`tilishi mumkin. Buning uchun oyna yuqori qismidagi strelkaga sichqonchani bosish kerak. Unda quyidagi menyu chiqadi.

Rasm 14.

Kerakli punkt orqali belgilangan ish stoliga o`tkazish mumkin yoki hamma ish stollariga ham o`tkazish mumkin.

Panelda 4 ta virtual ish stoli ko`rsatilgani bilan uni bir nechtagacha ochish mumkin. Buning uchun ish stoliga sichqoncha o`ng tugmasi bosilib, Configure Desctop bo`limi topiladi. Rasmda ko`rsatilganidek, chap qismidan Multiple Windows punkti tanlanadi.

Rasm 15. Ish stolini moslash oyinasi


Rasmda 5 ta virtual ish stoli bo`lib, ulardan birinchisi aktivdir. Unda 1 ta aktiv dastur bor.
Number of Desktops maydonida ish stollari sonini berish mumkin. Qulaylik uchun ularga nom ham berish mumkin. Sichqoncha ish stoli ustiga olib borilganda uniing nomi ko`rsatiladi.

2231 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Agent_007
Qo`shilgan sana: 2014-06-10

Eng faol foydalanuvchilari – bular... Inson nima uchun ijtimoiy tarmoqlarga kiradi? Hammaning maqsadi har xil – kimdir shunchaki gaplashish niyatida bo‘lsa, boshqasi qalloblikni kasb qilgan bo‘ladi. Xo‘p, tarmoqlardagi «kunda-shunda»lar kimlar? Avvalo, bular – qaysidir sababga ko‘ra real hayotda muloqotga to‘ymagan shaxslardir. Do‘stlari ko‘p bo‘lmagan yosh yigit yoki qiz, uy bekasi va boshqalar. Ayniqsa o‘ziga mos muhitdan boshqa muhitga tushib qolgan kishilar ijtimoiy tarmoqqa ko‘p murojaat qiladilar. Masalan, boshqa shaharga ko‘chib o‘tganlar, o‘qish, ish uchun chet elga ketganlar – ular hayotdagi yolg‘izlikni mana shu tariqa «yengish»ga harakat qiladilar. O‘ziga ishonmaslik ham ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolishga olib keladi. Bu ayniqsa o‘smirlarga xos. Real hayotda o‘zining u yoki bu holatidan, ko‘rinishidan iymanib, tanish, do‘st orttira olmaganlar o‘zlarini Internetga uradilar. Chunki bu yerda istagan qiyofangda namoyon bo‘lishing mumkin, kim bilib o‘tiribdi? Aynan ana shuning uchun, tarmoqda tanish topishga juda ehtiyot bo‘lish kerakligini aytadilar – Internetdagi siz ko‘rgan qiyofa, siz tasavvur qilgan odam hayotda butunlay boshqacha bo‘lib chiqishi mumkin! Kattalarga esa, ijtimoiy tarmoqlar kundalik tashvishlardan, ish-ro‘zg‘or-ish yo‘nalishi bo‘ylab tinimsiz qatnovdan chalg‘ish uchun bahonadir. Tarmoqlar xayolparastlar uchun ham juda qulay. Boyib ketish, «Mers» sotib olish, dam olgani uzoq o‘lkalarga jo‘nash... Bunday orzularning chek-chegarasi bormi? Lekin, yumshoqqina o‘rindan turib, niyatiga erishish uchun peshonasini terlatish o‘rniga, ba’zi odamlar ijtimoiy tarmoqda o‘zlariga o‘xshagan «orzumand»larni topib oladilar-da, birgalikda xayol suradilar. «Qaniydi hozir dengiz bo‘yida bo‘lib qolsam...», «Xazina topib olsam bormi...» – bunday xayollar bilan qancha vaqt o‘tib ketadi. Bu vaqtning ichida uddaburo odam ishiniyam bitkazib, niyatiga ham erishib bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda kunini o‘tkazadigan toifalardan biri – qalloblardir. Ular tarmoqlar ichida «izg‘ib» yurib, foydalanuvchilarni suhbatlarga, turli hamjamiyatlarga jalb etadilar. Bu orqali ulardan kerakli ma’lumotlarni olishga harakat qiladilar. Bu ma’lumotlar turli maqsadlarda ishlatiladi – birovning sirini hammaga oshkor qilib, «mag‘zava ag‘darish»dan tortib, o‘g‘rilikkacha borishi mumkin. Ularning eng yaxshi quroli – yurakka «jiz» etib sanchiladigan mavzu ochadilar-da, dardingizni doston qilishga undaydilar. O‘zlari esa, siyqasi chiqqan, umumiy gaplar bilan kifoyalanib qo‘yadilar. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda suhbatdoshlarga juda talabchan bo‘lish kerak, bir gap aytishdan oldin yaxshilab o‘ylash lozim. Ayniqsa, hayajonlanib turganda, g‘azab kelganda, xafa bo‘lganda, umuman nimadandir qattiq ta‘sirlanganda, yaxshisi, ijtimoiy tarmoqqa kirmaslik kerak. Chunki kuchli ta’sir ostida, gapdan gap chiqib, nimalardir yozib qo‘ygan, keyin esa afsuslanib yurganlarni juda, juda ko‘p ko‘rdik. Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqlarni bir so‘z bilan yaxshi yoki yomon deb bo‘lmaydi. Menga qolsa, ularning yomoni yaxshisidan ko‘p derdim. Shu sababli, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning oltin qoidasi – «hamma narsada me’yorni bilish»ga amal qilish kerak.

Foydalanuvchi ismi: Agent_007
Qo`shilgan sana: 2014-06-10

Ijtimoiy tarmoqlar nima uchun kerak? Internet deganda bugungi kunda ko‘pchilik aynan ijtimoiy tarmoqlarni tushunadigan bo‘lib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlar huddi magnit kabi odamlarni o‘ziga tortib, ularning butun bo‘sh vaqtlarini egallab oladigan bo‘lib qoldi. Xo‘sh, bu saytlarni kim, nima uchun ishlatadi? Aksariyat kishilar bu yerda o‘zlariga do‘st qidiradilar, eski tanishlarini topishga, do‘stlik munosabatlarini o‘rnatishga/tiklashga harakat qiladilar. Bu yerdagi «tenglik» tufayli siz real hayotda yaqiniga ham yo‘lay olmaydigan mashhur yulduz bilan yoki yana boshqa kimlardir bilan suhbatlashib, do‘stlashishingiz mumkin. Lekin, yuqorida aytganimizdek, yulduz deb o‘ylaganingiz, aslida, birovning nomidan kirgan qo‘shni bola bo‘lib chiqishi ham hech gap emas. Boshqa foydalanuvchilar ko‘proq tarmoq ichidagi hamjamiyatlardan foydalanadi. Hamjamiyatlarning turlari shunchalik ko‘pki, sizni qiziqtirgan mavzuga oidini albatta topasiz. Agar topa olmasangiz... o‘zingiz tuzib qo‘ya qolasiz. Tarmoqlarda ish bo‘yicha ham aloqalar o‘rnatish, suhbatlar yuritish keng avj olgan. Ko‘pchilik birlashib biror loyiha ustida ishlashi, keyin uni hayotga birgalikda tatbiq etish uchun ijtimoiy tarmoqlar juda qo‘l keladi. Bundan tashqari, ish bo‘yicha professional maslahatlar olish mumkin. O‘yinlar, kliplar, suratlar va video ham odamlarni jalb qiluvchi vositalardir. Ayniqsa yoshlar ijtimoiy tarmoqlarga ulardagi o‘yinlar uchun kiradilar. Aynan ana shu jozibali va aqlni chalg‘itib qo‘yadigan darajada qiziqarli bo‘lgani uchun ham psixologlar ijtimoiy tarmoqlarni nomaqbul, xatto xavfli deb baholaydilar. Me’yorni bilmasa, mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, foydalanuvchining ruhiyatiga bunday saytlar salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydilar.

Foydalanuvchi ismi: Jo`rayev Mamarajab 202-guruh
Qo`shilgan sana: 2015-04-21

123456789

Foydalanuvchi ismi: Sudoer
Qo`shilgan sana: 2015-11-06

shuni terminalda xam qila olasizmi?

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений