linkedin facebook linkedin facebook nod32

Linux Operatsion tizimi tarixi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-05-31

Linux Operatsion tizimi tarixi

Dunyoda shaxsiy kompyuterlarni unumli ishlatish uchun yangi tizimlar paydo bo'lmoqda. Masalan, 2001 yilda chiqqan barchaga taniqli, mashhur "Maykrosoft" firmasining Windows XP operatsion tizimi o'rniga Windows Vista tizimi kirib kelishi, hamda yangi Windows 7 tizimining yaratilishi haqidagi ma'lumotlar hammani qoyil qoldiryapti. Lekin "Maykrosoft" kompaniya tizimlaridan tashqari, boshqa tizimlarning borligi va ulardan Linuks nomli tizimning rivojlanib kelishi ham ma'lum. O'zbekiston diyorida Linuks operatsion tizimi haqida eshitmagan kompyuter foydalanuvchilari bo'lmasa kerak, biroq ko'pchilik uchun bu mavzu notanish va qandaydir hijolatli bo'lishi mumkin. Dunyoda esa Linuks - eng tez taraqqiy etayotgan operatsion tizimiga aylanganli hech kimga sir emas. Hozirda, xatto yiliga ikki marta yangilanib chiqayotgan Linuksning turli tizimlari ham mavjud. Shu qatorda, ajoyib Farangiston o'lkada chiqayotgan "Mandriva" nomli operatsion tizimni tarqatish to'plami (distributivi) Linuks turdagi opertsion tizim bo'lib, 2003 yildan boshlab [1], o'zbek tiliga o'girilib kelmoqda. "Mandriva" asosida "Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo'llab-quvvatlash markaz"-ida yangi operatsion tizim "DOPPIX" tuzilishi, milliy axborot texnologiyalar mutaxassislarini qiziqtirib, shod etmoqda. Lekin milliy operatsion tizim yaratilayotgan va Ommaviy axborot vositalarda bu haqida habarlar tarqatilayotgan bir vaqtda Linuks operatsion tizimining tarixi o'zbek tilida yetarli ravishda yoritilgan emas. Ushbu maqolada Linuks tarixi haqida ma'lumotlar ketma-ket, izchillik bilan to'planib, yetishmagan manbalarni tuldirishda xizmat qilishiga umid qilamiz.
Tarixda Linuksning ikki o'tmishdoshi ma'lum, bu Yuniks(Unix) -ko'p foydalanuvchilarga mo'ljallangan operatsion tizim, hamda GNU(GNU) loyihasi. Shuning uchun bayonimizni Yuniks tizimining tarixidan boshlaymiz.

Hammasi o'yindan boshlangan ekan

Siz ishonmaysiz, jiddiy va mustahkam Yuniks tarixi Ken Tompson (Ken Thompson) tomonidan yozilgan, kichik bir o'yindan boshlangan ekan. Bu fikrni tushunish uchun o'tmishga nazar tashlash kerak.
Uzoq 1964 yilda GE-645 rusumli kompyuter uchun yangi "Multiks" ( Multics) nomli operatsion tizimni yaratish ustida ishlar boshlangan ekan [2]. Loyihaning tashabbuschisi "Bell laboratories" kompaniyasi bo'lib, unga yordamchi "Jeneral Elektrik" mashhur kompaniyasi va Massachuset Texnologik Intstituti(MTI) bo'lgan.
Demak, "Multiks" operatsion tizimidan nimalar kutilgan? Ge-645 ulkan va qimmatbaho kompyuter, uning ishlash vaqti juda qimmatga tushganligi sababli, protsessor vaqtini bo'lib, ko'p foydalanuvchilar birgalikda ishlatishni ta'minlaydigan tizim kerak bo'lgan.

Multiks" tizimi 1969 yili ishga tushirilgan, lekin bu dasturiy ta'minotga qo'yilgan umidlar o'zini oqlamagan. Shu bois ko'p o'tmay "Bell Laboratories" ushbu loyihani rivojlantirishga bir necha yil sarflaganiga qaramay, uni to'xtatishga qaror qiladi. O'sha payt kompaniyaning to'rt xodimi: Rud Kenedey(Rudd Canaday), Dag Makilroy(Doug McIlroy), Denis Richi(Dennis Ritchie) va Ken Tomson(Ken Tompson) loyihaning berkitilishiga ko'nikmasdan "Multiks" tizimini kuchaytirmoqchi bo'lishadi. Ular yangi dasturlar hamda yangi fayl tizimini yaratishadi. Qo'shimcha ravishda, hordiq chiqarish maqsadida Ge-645 uchun Tomson tarafidan "Koinotga sayohat" nomli o'yin yaratilgan, lekin loyiha berkitilgach, hamkasblar uni o'ynalmay qolishadi. Burchakda, kam ishlatiladigan PDP-7 kompyuter topilgach, Tomson va Richi o'yinni shu kompyuterga o'tkazishga qaror qilishadi. PDP-7 k omyuteri uchun fayl tizimi va buyruqlar qobig'ini ishlab chiqarishganda yangi operatsion tizim paydo bo'ladi va unga Brayn Kernigan (Brian Kernighan) Multiksga o'xshash nom - Yuniks (UNICS - Uniplexed Information and Computing Service - keyinchalik UNIX) beradi.

Kompyuter tarixining boshlanish davrida barcha dasturiy ta'minot assembler tilida muayyan hisoblash mashina uchun yozilib, boshqa kompyuterlarda ishlamagan. Bunday muammoni bartaraf qilish uchun Tomson turli kompyuterlarda ishlaydigan operatsion tizimni tuzish maqsadida yangi Bi ("B") nomli dasturlash tilini yaratishga urinadi. Bu ishni Richi oxirigacha yetkazadi va yangi, universal dasturlash tilga Si("S") nomini beradi. Keyinchalik bu til ko'p yillarga asosiy dasturlash tiliga aylanib, juda katta hurmatga ega bo'ladi va "dasturlash tillarining Qiroli" nomini oladi.

"Bell Labs" kompaniyasiga Tomson va Richi yaratgan operatsion tizim yoqib, 1971 yili loyihani davom yettirish uchun yangi PDP-11 kompyuter sotib oladi. Bu kompyuter uchun Yuniks operatsion tizim to'liq Si tilida qayta yozilganda, boshqa kompyuterlarga ham Yuniks -ni ko'chirib, o'rnatish imkoniyati paydo bo'ladi.

1974 yili Tomson va Richi "Communications of the ACM" jurnalida Yuniks operatsion tizimi haqida birinchi maqolani nashr etishadi.
Ular Yuniksning umumiy tuzilishi haqida ma'lumotlar berishadi. 1974 yil iyul oyi holatiga 600-ta kompyuterga o'rnatilgan deb yozishadi. Bu raqamlarni tasavvur qilish uchun yana o'tmishni eslash kerak. U davrlarda kompyuter katta boylik hisoblangan va uni faqat katta tashkilotlar sotib olgan. Kompyuter matn terish, yohud musiqa eshitish emas, balki muayyan sanoat masalalarini hal qilish uchun xarid qilingan.

Bu maqoladan so'ng Yuniks tizimi bilan ko'p ilmiy-tadqiqot tashkilotlar qiziqib qoladi. Qiziqqanlarga Tomson operatsion tizimning disklar to'plamini bepul tarqatadi. Natijada Yuniks tizimi uchun yangi rivojlanish to'lqinlari sodir bo'ladi. Masalan, Yel universitet talabalari buyruqlar qobig'i (shell) -ni ishlab chiqishadi, boshqa universitet talabalari Yuniks asosida birinchi kompyuterlar tarmog'ini yaratishadi. Berkli universitet talabalari juda ko'p dasturlar va yangi buyruqlar kiritish qobig'ini yaratishadi. O'sha vaqtda mash'ur bir dastur yaratilib, hozirgacha faol ishlatilmoqda, bu - "vi" matn tahrirlovchisi. Berkli universitetida operatsion tizimning o'zgargan shakli BSD (Berkeley Software Distribution) nomini olib, hozirgi FreeBSD nomli dongdor operatsion tizimning boshlanishi bo'lgan. 1980 yili DARPA agentligiga ARPANET (Internet ajdodi)tarmog'ini rivojlantirish uchun quvvatli kompyuterlar kerak bo'lgan. Yangi kompyuterlarga TCP/IP bayonnomasini amalga oshiradigan operatsion tizim kerak bo'lganligi uchun DARPA agentligi BSD tizimini tanlagan. Bo'lgan voqea Yuniks rivojlanishiga ijobiy ta'sirini o'tkazgan va u Internetning asosiy tizimiga aylanib qolgan. Shunday qilib, 80 yillarda Yuniks tizimi rivojlanib, uning juda ko'p turlari yaratilgan. Tarixda hatto "Yuniks urushlari" degan termin vujudga kelgan.

Barcha ma'lumot erkin va ochiq bo'lishi kerak

Linuksning ikkinchi poydevori - GNU loyihasidir. Vaqt o'tib, Yuniks XX asrning 80-yillarida qimmatbaho tijorat mahsulotga aylanib qolgan yedi. Dasturchilar mahfiy guruhlarga bo'linib, bir-birlaridan yangiliklarni sir tutishgan. Bu holatga qarshi chiqqan Massachusets Texnologik Institutining talabasi va xakeri Richard Stolmen (Richard Stallman) erkin va ochiq operatsion tizimni yaratishga kirishadi.

Xakerlarning "Barcha ma'lumot erkin va ochiq bo'lishi kerak" degan ma'lum ta'limotining tarafdori Stolmen o'zining loyihasiga GNU nomini beradi. GNU - rekursiv: "GNU - Not UNIX", o'zbekcha ma'nosi: "GNU - Yuniks Emas" qisqartmasi demakdir. Rekursiv degani - GNU nomi ochilsa, "GNU - Not UNIX" chiqadi, GNU qisqartmasi qayta ochilsa yana o'sha "GNU - Not UNIX" degan ma'no chiqaveradi. Bu esa - xaker dasturchilarning nom berishda qandaydir hazil, original usuli bo'ladi. Yangi tizim uchun Yuniks asos qilinib olingan bo'lsa ham, Stolmen loyiha nomi bilan Yuniksdan jiddiy ravishda farqlanishini ta'kidlamoqchi bo'lgan. U loyihani 1983 yil 27 sentyabrda butun dunyoga e'lon qilgan [6]. E'lonning to'liq matnini quyidagi manzil bo'yicha ko'rish mumkin: http://www.gnu.org/gnu/initial-announcement.html.

GNU loyihasining emblemasi
Loyihaning birinchi bosqichida Stolmen o'z oldiga ko'p tizimlarda ishlaydigan kompilyator (dastur yig'uvchi) yaratish masalasini qo'yyadi. Kompilyator - insoniy tilda yozilgan dasturni kompyuter tiliga o'giruvchi dasturdir. Lekin hammaga ayon: kompyuterda oddiy matnni yozish uchun ham muharrir dasturi zarur. Shunday qilib, loyihaning ichida birinchi yaratilgan dastur - Emacs matn muharriri bo'lgan. Emacs muharriri bilan boshqa dasturchilar ham qiziqqanlarida, Stolmen xohlovchilarga pochta orqali dasturni 150 dollar pul evaziga jo'natgan.
1985 yili Stolmen loyiha mablag'ini boshqarish uchun Yerkin dasturiy Ta'minot Fondini (Free Software Foundation - FSF) tashqil qiladi. Bu jamg'arma orqali yaratilayotgan dasturlar sotilib, hayr-ehsonlar qabul qilinadi va to'plangan mablag'lar loyihani qo'llab-quvvatlashda sarflanadi. Shu yerda aytib o'tish lozim: "erkin va ochiq" degani bu - dasturnining kodi ochiq va u bilan erkin foydalansa bo'ladi, lekin tarqatilinishi pulli bo'lishi mumkin. FSF yaratilganidan so'ng, loyihaga bir narsa yetishmagan bu - huquqiy himoya.

1989 yil fevral oyida GNU -ning mahsulotlarini huquqiy himoyalash maqsadida Umumiy ommabop litsenziyasi (GNU General Public License, yoki GPL)e'lon qilingan. Bu litsenziyanining mohiyatini tushunish uchun uni standart mualliflik huquqlari bilan solishtirish mumkin. Oddiy mualliflik huquqlarida yaratilgan mahsulotni o'zgartirish, nusxa olish, sotish kabi amallarni faqat egador hal qilishi, uning roziligi bo'lishi kafolatlangan. Bunday holat yana COPYRIGHT nomi bilan mashhur.

GPL litsenziyasining mohiyati oddiy mualliflik huquqlariga teskari bo'lib, hujjat bilan himoyalangan mahsulotlarni kerakligicha o'zgartirish, nusxa olish, o'zga shaxslarga tarqatish yoki o'zgartirilgan turlarini GPL litsenziya asosida sotish uchun barchaga ruhsat berilgan. Uni yana "GPL - Guaranteed Public For Life" ("Hayot uchun ommabopligi kafolatlangan") deb tushintirishadi. Ommabop litsenziya bilan himoyalangan dasturiy ta'minotdan nusxa olish erkin yoki COPYLEFT nomi bilan ham ma'lum.

1990 yillarga kelib, GNU loyihasi ichida erkin operatsion tizim hosil qilinishi uchun asosiy qismlar yaratilgan edi. Emacs tahrirlovchisidan tashqari, Stolmen yangi dasturlarni yaratuvchi "gcc" (GNU C Compiler) kompilyator va dasturlarni to'g'rilovchi "gdb" sozlovchini ishlab chiqdi. GNU asoschisi mashhur dasturchi bo'lib, bir o'zi tijorat dasturlash guruhlaridan o'tib, haqiqatdan takomillashtirilgan va ishonchli kompilyator yaratdi. Hattoki hozirgi kunda ham gcc kompilyatori deyarli barcha operatsion tizimlarga moslashtirilib, amalda faol ishlatilmoqda.
Bu davrda GNU loyihaga qo'shilgan boshqa dasturchilar ham juda ko'p foydali dasturlar ishlab chiqishgan. Ulardan ikkitasini alohida qayd qilish mumkin: Si kutubxonasi va "shell" qobig'i. Si tilining amaliy kutubxonasining GNU hodimi Roland Makgras hosil qilgan. yana bir dasturchi Brayyan Foks kompyuterni boshqarish uchun foydalanuvchini operatsion tizim bilan bog'lovchi, o'zaro muloqotini ta'minlovchi mashhur BASH (Bourne Again Shell) qobig'ini yaratgan.
Demak, 90 yillarda GNU tizimini yakunlash uchun faqat bitta asosiy qismi - yadro yetishmagan edi. Yuta shtati universitetida "Hurd" nomli yadro ishlab chiqarilishi kutilgan. Lekin tasoddifiy inqilobchi, yosh fin talaba Linus Torvalds saxnaga chiqadi.

Tasodifiy inqilob

1980 yillarda paydo bo'lgan Microsoft operatsion tizimi bilan qurollangan shaxsiy kompyuterlar 1990 yillarga kelib, kompyuter bozorida ustunlikka erishdi. Shaxsiy kompyuterlarning texnik imkoniyatlari yetarli quvvatga ega bo'lmay Yuniks turli tizimlarini bunday kompyuterlarda qo'llab bo'lmas edi. Modomiki, shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari shiddatli ravishda o'sar ekan, bunday kompyuterlar uchun Yuniks turli tizimlari paydo bo'lishi tabiiy xol bo'lgan.

1987 yili Linuks tizimining yaratilishiga o'ziga xos hissasini qo'shgan, gollandiyalik professor Andryu Tanenbaum Yuniks turli tizimini yaratadi. Tizimga muallif Miniks (Minix) nomini berib, uni shaxsiy kompyuterlarda o'quv quroli sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Albatta, Miniks mukammal va benuqson operatsion tizim bo'lmagan, lekin uning dastlabki kodi ochiq bo'lib, Tanenbaumning "Operatsion tizimlar" kitobida tizimning ishlash jarayonlari batafsil yoritilgan. Bu esa operatsion tizimni o'rganishni xohlovchilar uchun bebaho o'quv qo'llanma bo'lgan, shuning uchun Yevropa oliygohlarining talabalari bosh ko'tarmay Miniks tizimining 12 000 keltirilgan satr kodini astoydil o'rganishgan. Shunday talabalar qatori Linus Torvalds bo'lgan.

Linus Benedikt Torvalds (Linus Benedict Torvalds - 1969 y. tug'ilgan) Finlyandiya poytaxti Xelsinki universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo'lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. "Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi" xotiranomasida Linus: "Kirish qismini o'qiganimdayoq, Yuniks mohiyatiga tushunib, uni qudratli, mustahkam va go'zal operatsion tizim ekanligiga iqror bo'lganman, hamda o'sha zahotiyoq Yuniks ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan," - deb yozadi.

1991 yili Linus bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan Intel 80386 protsessori asosida yangi kompyuter sotib oladi. Kompyuterga Miniks operatsion tizimini o'rnatib, miriqib bir oy o'rganadi, lekin foydalanish jarayonida unda tizimning ishlashiga juda ko'p shikoyatlar paydo bo'ladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab ma'lumot kirituvchi terminal qismidir. Bu qism yordamida Linus uyidan universitet kompyuteriga ulanib, yangiliklar o'qimoqchi bo'lgan. Bu muammoni yechish uchun yosh xaker o'zining terminali, shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U Miniks tizimiga tayanmagan holda, kompyuterning apparat qismlariga muvofiq yangi, mustaqil dastur yaratadi. Modomiki, yana, fayllarni universitetdan uyga tortib olmoqchi bolganligi sababli, yo'l-yo'lakay yangi fayl tizimini yaratadi.
Miniks tizimida nafaqat masofadan kiritish qismi yomon ishlar, balki ishlayotgan dasturni vaqtincha foydalanmasdan, boshqa dasturni ishga tushirish imkoniyati ham yo'q yedi. Tizimning bu kamchiligini to'g'irlash uchun Linusga boshqa, haqiqatdan yangi operatsion tizim tuzish kerak bo'ladi. Dastlab, u sistemali chaqiruvlarini (yangi tizim qismlarini) ketma-ket dasturlashga urinadi. Lekin ma'lumot yetishmaganli va chaqiruvlarni ko'pligi sababli Linus ishni uddalay olmay, o'zining operatsion tizimining yadrosi bilan Internetda erkin tarqatilayotgan bash - buyruqlar qobiq dasturini ishga tushirmoqchi bo'ladi. Qobiq dastur ishga tushayotgan vaqtda tizimning kerakli qismiga murojaat qilinganda to'xtab qolish sodir bo'lgan. Bu holda yosh xaker o'zi yaratgan tizimning yetishmovchi qismini aniqlab, yasagan. Natijada, ish juda qiziqarli jarayonda olib borilib, 1991 yilning avgust oyi oxirlarida qobiq dasturi ishga tushadi. Bu natija juda katta ahamiyatga ega bo'ladi, chunki Linus murakkab qobiq dasturini ishga tushirgach, yana bir necha kerakli dasturlarni yasashga muvofiq bo'ladi. Shunday qilib, yangi operatsion tizimning asoslari tayyor bo'ladi.
1991 yil 25 avgustida Torvalds o'zining tajribalari haqida comp.os.minix konferentsiyaga xabar beradi:
Hello everybody out there using minix -
I'm doing a (free) operating system (just a hobby, won't be big and professional like gnu) for 386(486) AT clones. This has been brewing since april, and is starting to get ready. I'd like any feedback on things people like/dislike in minix, as my OS resembles it somewhat (same physical layout of the file-system (due to practical reasons) among other things).
I've currently ported bash(1.08) and gcc(1.40), and things seem to work. This implies that I'll get something practical within a few months, and I'd like to know what features most people would want. Any suggestions are welcome, but I won't promise I'll implement them 
Linus (torvalds@kruuna.helsinki.fi)
PS. Yes - it's free of any minix code, and it has a multi-threaded fs. It is NOT protable (uses 386 task switching etc), and it probably never will support anything other than AT-harddisks, as that's all I have :-(.
Xabarda Linus bepul operatsion tizimni yaratgani, qanday dasturlar tayyorlaganligi va yana qanday dasturlar kerak bo'lishi haqida maslahat so'rab yozadi. 17 sentyabr kuni esa serverga erkin ko'chirish uchun yangi tizimning 0.01 raqamli naqlini qo'yyadi. Linus operatsion tizimga FREAX nomini bermoqchi bo'lganda, Ari Lemke ftp serverida boshqalar ko'chirishlari uchun qo'yilgan tizimning fayllar jildiga pub/OS/Linux deb nom beradi. Keyinchalik ayni shu tizimni Linux(Linuks) nomi bilan atashadi.
1992 yilning fevral oyida Linus, qiziqishga, Linuks tizimni ishlatgan ishlatayotgan foydalanuvchilarga pochta orqali ochiq xat jo'natishlarini so'raydi. Natijada, dunening har tomonidan yuzlab ochiq xat keladi. Linuksning ishqibozlari Yangi Zellandiya, Yaponiya, Gollandiya, AQSh mamlakatlarida borligi ayon bo'ladi. Linuks yadrosi barcha xohlovchilarga GNU GPL litsenziyasi ostida tarqatilgani sababli, tizimning muhlislari keskin ravishda ko'payib boraveradi. Loyihaning boshida Linusga yuzlab, keyin minglab, keyinroq yesa yuz minglab ko'ngilli yordamchilar tizimni yaxshilashga qo'mak bera boshlaydi. Linuks GNU loyihasining doirasiga kirib, juda ko'p dasturlar bilan to'ldiriladi va xakerlar o'yinchog'idan amalda qo'llaniladigan jiddiy operatsion tizimga aylanadi. Hozirgi kunlarda yangi operatsion tizimning nomi "GNU/Linux" deb ham atalmoqda.

1996 yil Internetda bir necha Linuks foydalanuvchilari yangi operatsion tizimning emblemasini (tamg'asini) tanlashni taklif qilishadi. Maslahatlashish jarayonida Torvalds pingvinlarni yoqtirishini bildirganida bahslashuv to'xtatalib, faqat pingvin hayvonining tasvirlari tanlovda qoldiriladi. Linus xohishi bo'yicha emblemada pingvincha qorni to'q va baxtli qo'rinishda bo'lishi kerak. Texas shtati universitetining ilmiy xodimi Larri Ivingning (Larry Ewing) grafikasi tanlov g'olibi deb topilgan. Tasvir yaratilishi haqida batafsil ma'lumot olish uchun Internetning quyidagi sahifasini tafsiya qilishadi: http://www.sjbaker.org/tux/.

Shunday qilib, rasman Linuks operatsion tizimning emblemasi bo'lib "Tuks" (Tux) nomli pingvincha qabul qilingan. Pingvinglar huddi nimcha, jilet kiyganday bo'lganliklari uchun emblemadagi tasvirga Tuks - tuxedo (inglizchadan - "jilet") nomi berilgan. Lekin boshqa tushuntiruvi ham mavjud: (T)orvalds (U)ni(X) -> TUX!

Linux Operatsion tizimi

Linux bu zamonaviy UNIX ga o’xshash, POSIX standartini hondiruvchi shaxsiy kompyutеrlar va ishchi stantsiyalar uchun yaratilgan Operatsion tizimdir. Linux bu erkin tarhatiladigan UNIX – tizimi vеrsiyasidir. Bu tizimni Linus Torvald ishlab chiqgan bo’lib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif hildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi kodday foydalanishi va o’zgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning modullariga kiritgan kodini ochiq holdirishi shart. Tizimning hamma komponеntalari (hatto bеrilgan matnlar ham) erkin nusha olish va chеgaralanmagan sonli foydalanuvchilarga o’rnatish sharti bilan, litsеnziyali tarhatiladi.

Shunday qilib, Linux  tizimi ko’p sonli dasturchilar va intеrnеt orhali bir-biri bilan muloqot hiluvchi UNIX tizimi fidoyilari yordamida yaratildi.

Boshida Linux tizimi, “ho’lbola” UNIX ga o’xshash tizimi sifatida i80 386 protsеssorli IBM PC tipidagi mashinalarga mo’ljallangan edi. Ammo kеyinchalik Linux – shu darajada ommaviylashib kеtdiki, ularni shu darajada ko’p komaniyalar qo’llab-huvvatladiki, hozirgi vaqtda bu opеratsion tizimning amaldagi vеrsiyalari dеyarli hamma tipdagi protsеssor va kompyutеrlar uchun ishlab chiqildi. Linux asosida supеrkompyutеrlar ham yaratilayapti. Tizim klastеrlashtirish, zamonaviy intеrfеys va tеxnalogiyalarni qo’llaydi.

Linux – ko’p masalali, ko’p foydalanuvchili to’la honli opеratsion tizimdir (xuddi UNIX boshqa vеrsiyalari kabi). Bu, bir vaqtning o’zida, bitta mashinada, ko’p foydalanuvchilar, parallеl holda, ko’pgina dasturlarni bajargan holda ishlashi dеgan so’zdir.

 

Linux tizimi. UNIX uchun qator standartlar bilan bеrilgan matnlar darajasida mutanosibdir (sovmеstim). UNIX uchun intеrnеt orhalierkin tarhatiladigan datsurlar, Linux  uchun, amalda kam o’zgartirishlarsiz kompilyatsiya qilinishi mumkin. Bundan tashqari, Linux uchun hamma bеrilgan matnlar, ya'ni yadro, qurilmalar drayvеrlari, kutubxonalar, foydalanuvchi dasturlari va instrumеntal vositalar erkin tarhatiladi.

Linux, ma'lumotlarni saqlash uchun turli tipdagi fayl tizimlarini qo’llaydi. EXT2FS kabi fayl tizimi Linux uchun maxsus yaratilgan. M-n, Minix-1 va Xinix kabi fayl tizimlari ham qo’llaniladi. Bundan tashqari, FAT asosidagi faylni boshqarish tizimi amalga oshirilgan, bu esa bu fayl tizimi bo’limlaridagi fayllarga bеvosita murojaatga imkon bеradi. HPFS, NTFS va FAT32 larga murojaat va fayllarni boshqarish tizimi variantlari yaratilgan.

An'anaviy UNIX tizimlaridagi kabi, Linux bizga ma'lum 3 ta tizimni o’z ichiga olgan mikroyadroga ega.

Free BSD Operatsion tizimi. Linux Operatsion tizimdan tashqari erkin tarzda tarhatiladigan opеratsion tizimlar oilasiga kiruvchi Free BSD ni ham aytish mumkin. Bu Operatsion tizimlar orasidagi printsipial va eng muhim farq shundaki, kеlishuvga ko’ra, Linux tizimiga har kim o’z o’zgartirishlarini kiritishi mumkin, ammo bu holda u o’zini kodini ochiq holda koldirishi kеrak. Ammo hamma kompaniyalar bunga rozi emas. Ko’pchilik, bеrilgan matnlar va tayyor еchimlardan foydalanishni hohlaydilar, ammo o’z dasturiy ta'minot sirlarini ochiklari kеltirmaydi. Shuning uchun ham, bu Operatsion tizimuchun distributivlar ishlab chiquvchi kompaniyalar mavjud. har bir kompaniya o’z Operatsion tizimdan tashqari unga  o’z installyatorini, utilitalarni, shu bilan birga dasturlar pakеtini, konfiguratorlarni va nihoyat amaliy dasturlar pakеtining katta to’plamini ho’shadi. Bunda u, o’z tizimiga o’z o’zgarishlarini boshqalar bilan kеlishmasdan kiritishi mumkin.

Linux ga harama-harshi ravishda, Free BSD Operatsion tizimi o’z koordinatoriga egadir, bu koliforniya Bеrkli univеrsitеtidir. hohlagan odam bu Operatsion tizim kod matnlarini o’rganishi va unga o’z o’zgartirishlarini kiritishni taklif etishi mumkin, ammo bu o’zgarishlar kiritiladigan so’z emas, hatto o’zgarishlar foydali bo’lsa ham. Bunga faqat kordinator xuquqi bor.

Shunday qilib, Free BSD – bu UNIX ga o’xshash Operatsion tizim, u ham ochiq kodli, uning yadrosi mikroyadro printsipida hurilgan.

8858 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Zukhurov
Qo`shilgan sana: 2014-11-24

Matnni yozgan kishining savodxonligi past ekan. Жавоб Узинг бирон кишига бирон марта ёрдам берганмисан. Кулингдан келса ёрдам бер гапириш осон бажариш кийин. Мен хозир сайтни узим бошкараётибман факат зарарга ишлайман сен-чи?

Foydalanuvchi ismi: Talaba
Qo`shilgan sana: 2015-01-28

Zor malumot Raxmat :-)

Foydalanuvchi ismi: ok
Qo`shilgan sana: 2015-05-26

yaxshi chidasa buladi

Foydalanuvchi ismi: love
Qo`shilgan sana: 2015-09-03

Kotta raxmat

Foydalanuvchi ismi: nargiza
Qo`shilgan sana: 2015-10-22

Kottakon raxmat

Foydalanuvchi ismi: Baxti
Qo`shilgan sana: 2015-11-01

raxmat

Foydalanuvchi ismi: Feruz
Qo`shilgan sana: 2015-11-17

RAXMAT

Foydalanuvchi ismi: shoxrux
Qo`shilgan sana: 2016-01-09

raxmat

Foydalanuvchi ismi: hgfhhtrrthrhr
Qo`shilgan sana: 2016-02-01

fvsdvdsvsd

Foydalanuvchi ismi: Action
Qo`shilgan sana: 2016-07-04

jklmnopqrts

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений