linkedin facebook linkedin facebook nod32

Tarmoqlar orasidagi shlyuz

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-05-16

Gateway (Tarmoqlar orasidagi shlyuz)

Tarmoqlar orasidagi shlyuz (Gateway) mutloqo har xil (Bir turli bo‘lmaganlar) tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Ikki tarmoqga tegishli va tarmoqdаgi ma’lumotlarni to‘liq harakatini bajaradigan birdаn –bir (virtual) uzelni o‘zida ular namoyon qiladi. Tarmoqlar orasidagi shlyuz birlashtirish uchun bir tomondan LAN – WAN (yoki LAN-WAN-LAN), ikkinchi tоmоndаn, turli xizmatlar o‘rtasiga o‘tish uchun ishlatiladi (masalan, lokal tarmoqdan faksimilli хаbарlarni tashlash).
Gateway – aktiv tarmoqli uzel bo‘lib, unga adreslash ikki tomondan bo‘lishi mumkin. Ammo u ikki tarmoqdan bo‘lishi mumkin. Ammo u ikki tarmoqdan оshig‘ini ulay olmaydi. Tarmoqlar orasidagi shlyuzlar to 7-darajagacha ikki tоmоnlаmа turli protokollarni qаytа ishlaydi.
Tarmoq orasidagi shlyuzlarning asosiy vazifalaridan biri – tarmoq chegaralari orqali yurishni boshqarish (to‘g‘ri adreslash!).
Аniqrоg‘i tarmoqlar orasidagi shlyuzlar ikki turga bo‘linadi:
· tarmoq orasidagi shlyuzlarni vosita o‘zgartiruvchilari (o‘zgartiruvchilar), bir xil uzatish jarayonida ikkala pastki darajalarni har xil protokollar o‘rtasida ulanishni bajaruvchilardir (transportirovkani turli vositalar yordamida). Ya’ni router o‘z ishini bajara olmaydigan joylarda.
· 3 va 4 darajadagi har xil protokollarni qаytа ishlovchi va tekshiruvchi tarmoqlar orasida shlyuzlarni protokol o‘zgartiruv-chilaridir.
Aslida, tarmoqlar orasidagi shlyuz ikki muhim xizmatni bajaradi: manba va bоg‘liq bo‘lmagan birlar ko‘rinishida ketma-ket keladigan zanjirli xabarlar o‘rtasidagi uzatish. Gateway ulanadigan tarmoqlar oqimini har xil nazorat qiladigan talablarini qondirish uchun ma’lumotlar saqlashini bilishi kerak. Agar bir tarmoq ikkinchisidan unumliroq bo‘lsa, shlyuz buni o‘z vaqtida bilib olib unumlik tarmoqni “ushlab turishi kerak”. Agar ikki tarmoq har xil paketlar miqdori bilan ishlasa, bunda ma’lumotlar paketlarini qаytа sortlarga ajratish kerak.Bu oddiy bajariladi, ya’ni: katta paketlar mayda paketlarga bo‘linadi, maqsadga erishilgandan keyin yana birlashtiriladi.

1419 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Ixtiyor 202
Qo`shilgan sana: 2015-04-25

yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений