linkedin facebook linkedin facebook nod32

HTML tili operatorlari

Muallif: Zaripova M.J.

Qo`shilgan sana: 2014-03-13

HTML tili operatorlari (Teglar)
<!---….---> - izoh. Shu belgi orasiga joylashtirilgan ixtiyoriy matn izoh deb qaraladi.

<A>…</A> - hujjatga giperaloqani o`rnatish. Ushbu giperaloqaga olib boruvchi URL ta'riflovchisi, HRIF atributiga HREF=http://www.goantipast.html>. A</> ko`rinishidagi giperaloqa sifatida tasvirlanuvchi ixtiyoriy so`zlar.

<ABBR>…</ABBR> - o`z matnini abbreviatura (qisqartma) sifatida aniqlaydi.

<ACRONYM>…</ACRONYM> - abbreviaturalarni belgilash uchun ishlatiladi. U orqali akronimlarni (abbreviaturalardan iborat so`zlarni) belgilash tavsiya etiladi.

<ADDRESS>…</ADDRESS> - hujjat muallifini belgilash va adresini ko`rsatish uchun ishlatiladi.

<B>…</B> - matnni qalinlashtirilgan shrift bilan tasvirlaydi.

<BASEFONT>…</BASEFONT> - hujjatda avvaldan qabul qilingan shriftni o`lchami, turi va rangini ko`rsatish.

<BIG>…</BIG> - katta o`lchamdagi matnni ko`rsatadi.

<BLINK>…</BLINK> - o`chib-yonib turuvchi matnni tasvirlaydi.

<BODY>…</BODY> - Web varaqni to`ldiruvchi matn, deskriptorlar va boshqa ma'lumotlarni aniqlaydi.

<CAPTION ALIGN=(TOP yoki BOTTOM)>…<CAPTION> - jadval sarlavhasi tegi.

<CITE>…</CITE> - kitob nomlari yoki sitatalar va maqolalarda boshqa manbalarga murojaat va h.z.larni belgilash uchun ishlatiladi.

<CODE>…</CODE> - o`z matnini programma kodining katta bo`lmagan qismi sifatida aniqlaydi.

<DEL>…</DEL> - o`z matnini o`chirilgan sifatida aniqlaydi.

<DFN>…</DFN> - o`z matn qismini ta'rif sifatida aniqlaydi.

<DL>…</DL> - ta'riflar ro`yxatini ko`rsatadi. Ichida <DT> teg orqali aniqlanayotgan termin, <DD> teg bilan esa abzats o`z ta'rifi bilan aniqlanadi.

<EM>…</EM> - matnning zarur qismlarini ajratish uchun ishlatiladi. Odatda bu qo`lyozmali ko`rinishlardir.
<FONT>…</FONT> - shrift parametrlarini ko`rsatadi. Parametrlar: FACE (shrift turi), SIZE (shrift o`lchami) va COLOR (shrift rangi).

<H1>…</H1> - birinchi pog`ona sarlavhalari. Eng kattalari.

<H2>…</H2> - ikkinchi pog`ona sarlavhalari. Umuman, olti xil sarlavhalar mavjuddir. Ularning qolgan to`rttasi quyida berilgan.

<H3>…</H3> - uchinchi pog`ona sarlavhalari.

<H4>…</H4> - to`rtinchi pog`ona sarlavhalari.

<H5>…</H5> - beshinchi pog`ona sarlavhalari.

<H6>…</H6> - oltinchi pog`ona sarlavhalari.

<HEAD>…</HEAD> - sarlavhani aniqlaydi, hujjat haqidagi ma'lumotni ko`rsatadi.

<HR> - gorizontal chiziq (chizg`ich) qo`yadi.

<HTML>…</HTML> - sizning hujjatingizni kodlashtirishda ishlatish uchun tilni aniqlaydi. Ochuvchi hujjatni boshida, yopuvchi esa oxirida joylashtiriladi.

<I>…</I> - matnni qo`lyozma shrift bilan tasvirlaydi.

<IMG> - rasm joylashtiradi. Masalan: <IMG SRC=”MUST.JPG”>, bu erda Must – sizning Web varag`ingizdagi fayl bilan bitta katalogda turgan rasm nomi.

<INS>…</INS> - o`z matnini orasiga joylashtirish kabi aniqlaydi.

<KBD>…</KBD> - matnni foydalanuvchi tomonidan klaviatura orqali kiritilgan kabi aniqlaydi. Odatda monoshirin shrift bilan tasvirlanadi.

<LI>…(</LI>) – ro`yxatdagi har bir element boshlanishini aniqlaydi.

<OL>…</OL> - to`liq tartiblangan ro`yxatni aniqlaydi. LI – uning elementlari.

<P>…(</P>) – bitta abzatsning boshlanishini aniqlaydi.

<PRE>…</PRE> - oldindan formatlangan matnni aniqlaydi.

<Q>…</Q> - qisqa sitatalarni matn satrida belgilaydi. Odatda qo`lyozma shaklida tasvirlanadi.

<SAMP>…</SAMP> - matnni namuna sifatida belgilaydi.
<SMALL>…</SMALL> - kichik o`lchamdagi matnni ko`rsatadi.

<SPAN>…</SPAN> - matn qismining xossalarini bekor qilish zarur bo`lganda ishlatiladi (<DIV> ga qarang).

<STRONG>…</STRONG> - matnning muhim qismlarini ajratish uchun odatda qalinroq shrift ko`rinishida bo`ladi.

<TABLE BORDER = - ramka qalinligi.

<CELLSPACING = - qo`shni yacheykalar orasidagi masofa.

</TABLE> - jadvalni aniqlaydi (<TR>, <TD>, <TH> ga qarang).

<TD>…</TD> - jadval satrida alohida yacheykani ramkaga oladi.

<TH>…</TH> - jadval sarlavha yacheykasi uchun ishlatiladi.

<TITLE>…</TITLE> - sarlavhani tashkil etadi.

<HEAD>…</HEAD> - disklar ichida joylashadi.

<TR>…</TR> - jadvalda satrning boshi va oxiri.

<U>…</U> - matnni ostki qismi chizilgan holda tasvirlaydi.

<UL>…</UL> - to`la tartiblanmagan ro`yxatni aniqlaydi.

<VAR>…</VAR> - programma o`zgaruvchilari nomlarini belgilaydi. Odatda ko`rsiv ko`rinishda bo`ladi.

Hujjat asosiy qismining atributlari.

<body bgcolor=?> RRGGBB ko’rinishida rang qiymatini qo’llab hujjat foni rangini o’rnatadi. Misol: FF0000 – qizil rang.

<body text=?> Rang qiymatini RRGGBB ko’rinishida qo’llab hujjatdagi matn rangini o’rnatadi. Misol: 000000 – qora rang.

<body link=?> Rang qiymatini RRGGBB ko’rinishida qo’llab hujjatdagi gipermurojaat rangini o’rnatadi. Misol: 00FF00 - yashil rang.

<body vlink=?> Rang qiymatini RRGGBB ko’rinishida qo’llab hujjatdagi foydalanilgan gipermurojaat rangini o’rnatadi.
Misol: 333333 – kulrang rang.

<body alink=?> Gipermurojaatning bosilayotgandagi rangini o’rnatadi.

Matnni formatlashda ishlatiladigan teglar.

<pre></pre> Oldindan formatlangan matnni tasvirlaydi.

<h1></h1> ENG KATTA sarlavha hosil qiladi.

<h6></h6> Eng kichik sarlavha hosil qiladi.

<b></b> Qalin shrift hosil qiladi.

<i></i> Qiya shrift hosil qiladi.

<tt></tt> Yozuv mashinkasinikiga o’xshash shrift hosil qiladi.

<cite></cite> Sitata uchun ishlatiladigan shrift hosil qiladi. Odatda qiya yozilgan shrift ishlatiladi.

<em></em> matndagi so’zni alohida ajratib ko’rsatadi. (qiya yoki qalin matn)

<strong></strong> matnning muhim qismlarini belgilashda ishlatiladi. (qiya yoki qalin matn).

<font size=?></font> 0 dan 7 gacha bo’lgan oraliqda matn o’lchamini o’rnatadi.

<font color=?></font> Rang qiymatini RRGGBB ko’rinishida qo’llab hujjatdagi matn rangini o’rnatadi.

Gipermurojaatlar.

<a href="URL"></a> Boshqa bir Web hujjatga yoki joriy hujjatning biror bir qismiga gipermurojaat hosil qiladi.

<a href="mailto:EMAIL"></a> Elektron xat yozish uchun ishlatiladigan dasturga murojaatni hosil qiladi.

<a name="NAME"></a> Hujjatdagi matn qismini gipermurojaat qilish maqsadida belgilaydi.

<a href="#NAME"></a> Joriy hujjatning qismiga gipermurojaat hosil qilish.

Formatlash

<p> Yangi abzats hosil qiladi.

<p align=?> left, right, yoki center qiymatlarni qo’llab abzatsni tekislash.

<br> Yangi satrdan boshlash.

<blockquote></blockquote> Matnning ikkala tomonidan bo’sh joy ajratadi.

<dl></dl> Aniqlovchi ro’yxat hosil qiladi.

<dt> Ro’yxatdagi har bir terminni aniqlaydi.

<dd> Ro’yxat bandiga izoh berish.

<ol></ol> Raqamli ro’yxat hosil qiladi.

<li> Ro’yxatdagi har bir elementni aniqlaydi va tartib raqam beradi.

<ul></ul> Raqamlanmagan ro’yxat beradi.

<li> Ro’yxatdagi har bir elementni aniqlaydi.

<div align=?> HTML hujjatlarda matnli bloklarni formatlash.

Grafik elementlar.

<img src="name"> HTML hujjatga grafik tasvir qo’shish.

<img src="name" align=?> left, right, center; bottom, top, middle qiymatlarini qo’llab tasvirni hujjatning biror tomoniga tekislash.

<img src="name" border=?> Tasvir atrofi ramkasi qalinligini o’rnatadi.

<hr> HTML hujjatga gorizontal chiziq qo’shish.

<hr size=?> Chiziqning qalinligini o’rnatish.

<hr width=?> Chiziq enini piksel yoki protsentlarda o’rnatish.

<hr noshade> Chiziq soyasini yo’qotish.

<hr color=?> Chiziqga ma'lum bir rang berish. Qiymati RRGGBB.

Jadvallar.

<table></table> Jadval hosil qilish.

<tr></tr> Jadvaldagi satrlarni aniqlash.

<td></td> Jadvaldagi alohida yacheykani aniqlash.

<th></th> Jadval sarlavhasini aniqlash.

Jadval atributlari

<table border=#> Jadval ramkasi qalinligini berish.

<table cellspacing=#> Jadval yacheykalari orasidagi masofani berish.

<table cellpadding=#> Jadval qiymatlari va ramkasi orasidagi masofani berish.

<table width=#> Jadval enini piksellarda yoki hujjat eniga nisbatan foizlarda berish.

<tr align=?> yoki <td align=?> left, center, yoki right qiymatlarini qo’llab jadvalda yacheykalarni tekislash.

<tr valign=?> yoki <td valign=?> top, middle, yoki bottom qiymatlarini qo’llab jadval yacheykalarini vertikal bo’yicha tekislash.

<td colspan=#> Bitta yacheykaga birlashgan ustunlar sonini ko’rsatish. (Qo’zg’almaslik bo’yicha =1)

<td rowspan=#> Bitta yacheykaga birlashgan satrlar sonini ko’rsatish. (Qo’zg’almaslik bo’yicha =1)

<td nowrap> Brauzerga jadval yacheykasidagi satrni ko’chirishni taqiqlaydi.

Freymlar.

<frameset></frameset> Hujjatda freym yaratish.

<frameset rows="value,value"> Freymning gorizontal bo’yicha o’lchamlar nisbati.

<frameset cols="value,value"> Freymning vertikal bo’yicha o’lchamlar nisbati.

<frame> Freymda hosil qilinadigan ob'ektni aniqlaydi.

<noframes></noframes> Bu teglar orasida yozilgan ma'lumot brauzer tomonidan freym texnologiyasi tushunilmagan holatda ekranda paydo bo’ladi.

Freym atributlari.

<frame src="URL"> Freymda tasvirlanishi kerak bo’lgan HTML hujjatni aniqlash.

<frame name="name"> Freym nomini aniqlash.

<frame marginwidth=#> Freymning o’ng va chap tomonlaridan bo’sh joy qoldirish.

<frame marginheight=#> Freymning yuqori va quyi tomonlaridan bo’sh joy qoldirish.

<frame scrolling=VALUE> Foydalanuchiga freymdagi o’tkazish yo’lakchasi (lineyka prokrutki)ni boshqarish imkonini berish.

<frame noresize> Freym o’lchamlarining o’zgarmasligini ta'minlash.

2121 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений