linkedin facebook linkedin facebook nod32

Kuchaytirgich qaytaruvchilar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-05-10

Repiter (Repeater)

Kuchaytirgich qaytaruvchilar (Repeater) (1-rasm) shinа shaklli Ethernetga (koaksal kabel qo‘llanganda) asosan ishlatiladi. Qabul qilinadigan signallarni ular kuchaytiradi va keyinga uzatadi.
Shunday qilib, koaksial Ethernetni bir nechta segmentlarga bo‘lish mumkin va kabelni maksimum uzunligini 185 m gacha olib borish mumkin. Bir tarmoqni maksimum uchta shunday segmentlarga bo‘lish mumkin. Lekin bu segmentlar kompyuter oldida tarmoq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, garchi haqiqatga repitorni bir tomonidan ikkinchisiga elektr impulslarni ko‘payishigina sodir bo‘ladi. Ko‘p darajali 031 modelida repitor daraja 1 da joy olgan.

rasm 1

Ko’priklar (Bridge)

Bridge (ko‘prik) Ethernetni fizikli qilib bo‘ladi, ya’ni xatolarga ega bo‘lgan kollizni va paketlarga o‘xshash halaqit qiluvchidan ko‘prikdan nariga uzatilmaydi. Protokollar uchun ko‘prik оchiq, ya’ni u Ethernetga ishlaydigan hamma protokollarni uzatadi. Ishchi stansiya uchun ikki tarmoq bir tarmoq ko‘rinishdа namoyon bo‘ladi. Ko‘priklardan foydalanib Ethernet uzunligini uzaytirish mumkin. Tarmoqlarga o‘xshab, o‘sha uzatish tezligida ko‘prik ishlaydi. Ketma-ket ulangan ko‘priklar soni 7 ta bilan chegaralangan. Amaliyotdа esa 4 tadan ko‘p bo‘lmagan ko‘priklar ulanadi.
Har bir lokal Bridj uzatuvchi yordamida ikki Ethernet - tarmoqlarga ulangan (bir nechta tarmoqlarni ulash qobiliyatiga ega ko‘priklar bor).
Ma’lumotlar paketlarini jo‘natadigan har bir tarmoq uchun bridj barcha stansiyalar adreslari jadvalini tuzadi. Agar u tarmoqdа joylashgan bo‘lib bridj orqali paket olgan bo‘lsa, paketining maqsadli adresi inkor qilinаdi. Agar u yerda bo‘lmasa, bunda paket boshqa tarmoqga jo‘natiladi. Shunday qilib, fаqаt ko‘prikni boshqa tomoniga adreslangan paketlar uzatiladi. Broadcasts va Multicasts har doim uzatiladilar. Ko‘prikning turiga qarab qo‘shimcha protokollar ishlatilishi mumkin, ma’lum bir stansiyalarga kirishni berkitib yoki ma’lum bir protokollarga uni ochishiga imkon yaratadi. Ko‘p darajali OSI modelida bridj daraja 2 da ishlaydi.
Har qаndаy normal stansiyaga o‘xshab, ko’prik kompyuterlar o‘zi ulangan ikkala tarmoqli segmentlardan barcha bloklarni qabul qiladi va qabul qiluvchi va jo‘natuvchi adreslarni tahlil qiladi. Agar ko‘prikning ichki adresli jadvalida jo‘natuvchini adresi bo‘lmasa, bunda uni xotirasiga olib qo‘yadi. Shunday qilib, ko’prik kompyuter to‘g‘risidа va uning ko‘prikka nisbatan joylashgan o‘rni to‘g‘risidа ma’lumotlarni saqlaydi. Agar qabul qiluvchini adresi ma’lum bo‘lsa va qabul qi-luvchi jo‘natuvchi tomonida joylashgan bo‘lsa, bunda bridj ushbu paket ma’lumotlarini filtrlаydi.
Agar qabul qiluvchi boshqa tomonida bo‘lsa yoki jadvalda bo‘lmasa, bunda ma’lumotlar paketi keyingiga jo‘natiladi. Intellektual ko‘priklarni o‘zi eslab qoladi, qaysi paketlarni uzoqroq yuborish kerakligini, qaysinisini yuborish kerak emas. Boshqariladigan ko‘priklar ishlatilganda g‘o‘shimcha adresli filtrlarni qo‘llash mumkin. Ular boshqaruvchilar bo‘lib, qaysi adreslarga axborotni bridj yuborishi kerak, qaysilarga – kerak emasligini hal etadi.
Ko‘priklar kompyuterlar sinxronli turg‘un ulanishlari, yer yo‘ldoshlari, radioto‘lqinlari, paketlar uzatishini jamoa tarmoqlari va tez yorug‘ to‘lqinli tarmoqlari (Masalan: FDD1) yordamida Ethernet – segmentlarini ulash mumkin (2-rasm).

rasm 2

Ko‘priklar – bu to‘liq qiymatli, nisbatan unumdorli, xotirali kompyuterlari bo‘lib eng kamida Ikki tarmoqli chiqishlariga ega. Ular yuqori protokollarga bоg‘liq emas (ya’ni TCP/IP Bilan parallel ishlaydi), va an’anaviy ishlatilgandan dasturiy ta’minotga qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmaydi yoki dasturlar tuzishga ko‘priklar yordamida kengaytirilgan tarmoq o‘zida, bir butunlikni namoyon qilib, аniq adreslashganni talab qiladi. Bridj ma’lumotlar paketlarini MAC – adresini talqin qiladi. Ko‘priklarning keyingi tasniflari quyida keltirilgan.
· Buzilishga chidamliligi
Bridjdan foydalanganda halaqit qiluvchilar bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tmaydilar. Shu sababli ko‘priklar bo‘lish uchun Kollisions – Domainen deb ataluvchilar ishlatiladi.
· Ma’lumotlarni himoyalash
·Uzellar oarsida bridj tomonlarining birida bo‘lib o‘tayotgan axborot almashuvi, ko‘prikning ikkinchi tomonida eshitish mumkin bo‘lmaydi.
· Ma’lumotlarni o‘tishini ko‘paytirish
· Ko‘prik bilan bo‘lingan tarmoqli segmentlarda har xil ma’lumotlar blokini bir vaqtda uzatish mumkin. Shunday qilib tarmoqning unumdorligi oshadi. Ammo bloklarni oralig‘ida saqlanishi tufayli bridjlar qo‘shimcha sekinlashtirishni sodir etadi va ko‘p yuklangan tarmoqlarda unumdorlikni pasayishiga olib keladi.
Ko‘prikning boshqa tasniflari – bu adresli jadvalni o‘lchamlari, filtrlash va uzatish tezligi. Adresli jadvalning o‘lchamlari qancha adreslarni (uzellar) bridj saqlay olishi mumkinligini ko‘rsatadi. Filtrlash tezligi – ko‘prik tomonidan bir sekundda oladigan maksimal paketlar sonini (packets per second, pps) ko‘rsatadi.
Maksimum yuklanganda va paket miqdori minimum bo‘lganda Ethernet – tarmoqdа nazariy 14.880 paketlar bir sekundda yurishi mumkin. Ya’ni 2 Port – Bridge ikkala portga bir sekundiga maksimum 29.760 paketlarni filtrlash mumkin. Bu ko‘rsatkichlarni barcha zаmоnаviy ko‘priklar nazariy tomonidan bajaradi. Uzatish tezligi ko‘prik qancha paketlarni bir sekundda boshqa tomonga jo‘natish muminligini ko‘rsatadi. Maksimum miqdori 14880 pps, chunki bunday tezlikda ikki segment maksimum yuklangan.

2351 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений