linkedin facebook linkedin facebook nod32

Xab modem

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-05-10

Xab (HUB)

1-rasmda Mini Hub Ethernet 10 Mbit/5x RJ – 45 Ports RJ – 45 ko‘rsatilgan. Shuningdek xabni konsentrator va taqsimlovchi deb atashadi. Yulduz shaklida qurilgan tarmoqlarda u markaziy punkt bo‘ladi. Xabning har bir portidan ishchi stansiyalariga kabel olib boradi, natijada yulduzga o‘xshash hosil bo‘ladi

rasm 1

Kompyuter o‘rniga xabga qo‘shimcha xab ulash mumkin, bu esa tarmoq imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Ethernet <<to‘qilgan juftlik>> uchun 5-24 portli xablar mavjud. Ular 10 yoki 100 Mbps uzatish tezligiga ega bo‘lishi mumkin. Yana Dual-Speed-Hubs (10 yoki 100 Mbps) olinishi mumkin, ular kommutator ko‘rinishida ulanib, ikki xablardan iborat bo‘ladi.
Shuningdek xablar ma’lumotlarni bitta stansiyadan  bоshqаlargа uzatishi mumkin, ya’ni, hamma unga ulangan stansiyalar polosalar enini bo‘lishi kerak. Ular eng past apparatli ta’minlangan darajasida (1031-darajasi) ishlaydilar.
Xab ma’lumotlar paketini olganda, u oddiy ravishda ularni hamma portlar chiqishlariga yuboradi. Ularning bittasida, mantiqga asosan, qabul qiluvchi joylashgan.
(CSMA/CD) uzatish jarayonida, Ethernetda ishlatilishi sababli, Xabni bunday o‘zini tutishi unumdorlik muammolariga olib keladi.Hamma portlarga barcha paketlarni yuborish, uzatish unumdorligini bekorga sarflash bilan bog‘liq. Buning ustiga ma’lumotlar paketlari qidirilayotgan qabul qiluvchi yo‘q kanallarga tushadi. Bu yerda ma’lumotlar paketlari ulangan oxirgi qurilmаlargа ma’lumotlarni uzatishga halaqit beradi va ular bilan kolliziyaga olib kelishi mumkin. Tarmoq kata yuklanganda bunday kelishmovchiliklar aynan ko‘p bo‘lib turadi, bu esa hamma tegishli stansiyalarda ma’lumotlarni qayta uzatishga olib keladi.

rasm 2

Bunday holatda gap domen yoki segmentlar kolliziyalari to‘g‘risida ketadi. Bir segmentga birlashtirilgan hamma kompyuterlar 10-100 Mbit/s (Shared LAN) li polosalar nazariy enini o‘zaro bo‘lib olishadi. Kelishmovchilik chiqib qolganda polosa eni-ning ma’lum bir qiсmi ishlatilib bo‘lmaydi. Faraz qilaylik, 100 Mbit/s polosa enini o‘zaro 100 kompyuter bo‘lib oladi, bunda ma’lumotlar almashuvi juda sekin o‘tadi.
Ekstremal holatda u hatto to‘xtab qoladi, chunki tarmoq yangi paketlarni uzatish o‘rniga retransmissiya bilan ko‘prоq bog‘liq.
Shuning uchun routerlar va svitchalar yordamida kata tarmoqlarni kichik segmentlarga bo‘linadi (2-rasm).
Router yoki svitchlardagi har bir port o‘zini segmentiga ega. Agar har bir kompyuter o‘zini svitch-port, ya’ni o‘zini segmenti, bunda gap mikrosegmentatsiya to‘g‘risida ketadi.
Intellektual xabning har bir portini boshqarish pulti yordamida qiyofalash, nazorat qilish, yopish va o‘chirish mumkin. Intellektual xablardan foydalanganda ko‘p sоnli tarmoq parametrlari to‘g‘risida axborot yig‘ish mumkin bo‘ladi. Qancha paketlar xabga yetib bordi va uning har bir portlari, qaysi paketlar to‘g‘risida gap ketayapti, xatoli paketlar bo‘lganmi, qancha kollizitlar paydo bo‘ladi va h.k. to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin.
Xabarlarni ishlab chiqaruvchilar qurilmalar bilan birga menej-ment – paketlarni taklif qilishadi. Agar yig‘ilishi mumkin bo‘lgan, axborotlar soni bo‘yicha, shuningdek foydalanadigan komandalar bilan va axborot qanday ko‘rinishda tarmoq adminstratoriga taqdim etilish bilan farqlanadi.

10 yoki 100 Mbit li xablar qatorida ko‘plab ishlab chiqaruvchilar bir vaqtda ikki tezlikni ushlab turuvchi qurilmalar taklif qilmoqda. Nazariy nuqta tomonidan bu shubhali: bir segmentdagi barcha qurilmalar ma’lumotlarni bir xil tezlikda jo‘natish va qabul qilishligi kerak.
Bunday qurilmalar quyidаgicha xiyla ishlatiladi: ular ichida ikki segmentlarni boshqaradi – bittasi 10 li qurilmalar uchun, ikkinchisi – 100 Mbit/c uchun. Ular orasida vositachi bo‘lib mini-svitch joylashgan, u ma’lumotlar paketlarining tezligiga moslashib segmentlarga yo‘naltiradi. Bu svitch faqat ikki segmentlarni boshqarish sababli, bunda u, MAC – adreslar va ma’lumotlar paketlari uchun yana minimal (eng kam) xotiraga ham ega.
Unumdorligiga kelsak, xab ko‘rsatkichlari, svitchlar borligiga qaramasdan, ancha sust. Sababi: agar tarmoqli oqim ikki stansiya   oralig‘ida bir xil uzatish tezligida oqadigan bo‘lsa, svitch ishga tushmaydi. Faqat har xil tezlik bilan stansiyalar orasida uzatish bo‘lganda svitch aktivlashadi.
Umuman, agar tarmoqga faqat 10 Mbit/s dan ishlay oladigan ancha eski qurilmalar ulanadigan bo‘lsa, Dualspeed – Hubs ishlatiladi. 2794 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений