linkedin facebook linkedin facebook nod32

Freymlar

Muallif: Zaripova M.J.

Qo`shilgan sana: 2014-03-13

Freymlar

Freymlar haqida umumiy ma'lumot.

Bizga ma'lumki bir vaqtning o’zida brauzer oynasiga ikkita HTML hujjatni yuklay olmaymiz. Agar biz ishlatayotgan Web sahifalarimizning barchasida bir xil menyu bandlari mavjud bo’lsa har safar Web sahifani yuklaganimizda bir xil ma'lumotni qayta-qayta yuklashga to’g’ri keladi. Bu ma'lumotlar uncha katta bo’lmasligi mumkin, lekin uni yuklash ma'lum bir sekundlarni oladi. Shuning uchun Web sahifalarning o’zgarmaydigan elmentlarini har safar yuklamasdan o’zgarishsiz qoldirish kerak. Bu muammolarni echish imkoniyatlari bor.
Biz bitta oynani bir nechta to’g’ri to’rtburchaklarga bo’lib ularning har biriga bitta HTML hujjat yuklashimiz mumkin. Bu to’g’ri to’rtburchak sohalarni biz freymlar deb ataymiz.
Demak, “freymlar” brаuzerni kuzatuv oynasini yonma-yon joylashgan bir nechta to’g’ri burchakli sohalarga bo’lish imkonini beradi. Mazkur bo’laklardan har biriga alohida HTML-fayl, ya'ni boshqalardan mustaqil ravishda ko’zdan kechiriluvchi fayllarni yuklash mumkin. Zaruriyat tug’ulganda freymlar orasida o’zaro bog’liqlikni tashkil etish mumkin. O’zaro bog’liqlik tashkil etilganda freymlardan birida sso`lka tanlansa, boshqa freym oynasida kerakli hujjatning yuklanishiga olib keladi.
Garchi HTML-hujjatlarda foydalanuvchiga axborot aks ettirilishining turli usullari havola etilsada, axborotni ifodalashning freym tizimi ham o’zining afzalliklariga ega. Quyidagi xollarda aynan freym tizimi qo’l keladi:

  • Bir soxada ishlayotganda boshqa bir soxaga hujjatlarni yuklash orqali boshqarishni tashkil etish zarurati tug’ilganda;
  • Ekranning boshqa hududlarida nima bo’lishidan qat'iy nazar ekranda doimo ko’rinib turishi kerak bo’lgan axborotni ko’zdan kechirish darchasining ma'lum qismiga joylashtirish lozim bo’lganda;
  • Darchaning xar biri mustaqil ravishda ko’rib chiqilishi mumkin bo’lgan yonma-yon bir necha sohalarida joylashtirish qo’lay bo’lgan axborotni taqdim etish zarurati tug’ilganda.

Freymlar tizimini tasvirlash uchun <FRAMESET>, <FRAME> yoki <NOFRAME> teglaridan foydalaniladi.
Freymlardan tashkil topgan Web-sahifalar <BODY> bo’linmasiga ega bo’lishi mumkin emas.
<FRAMESET> va </FRAMESET> konteynerlari xar bir freymni belgilash blokini o’rab turadi. Bunday konteynerning ichida faqat <FRAME> teglari yoki kiritilgan <FRAMESET> teglari mavjud bo’ladi.
HTML da freymlarning ikki xil ko’rinishi mavjud bo’lib bular oddiy va suriluvchi freymlardir.
Demak, freymli strukturaga ega bo’lgan hujjatlar <frameset> va </frameset> teglari yordamida yaratiladi.
Bu ikki teg orasida hosil qilinayotgan alohida freymlarga oid ma'lumotlar e'lon qilinadi. Alohida freymlar <frame> va </frame> teglar yordamida yaratiladi. Agar sizning brauzeringiz freymlarni tushunmasa u holda ekranda <noframes> va </noframes> teglari orasida yozilgan ma'lumot tasvirlanadi.
Garchi freymlar tizimi HTML 4.0 da standart bilan mustaxkamlangan bo’lsada, <NOFRAMES> tegi freymlarni qo’llab-quvvatlamaydigan brauzerlar yordamida ko’zdan kechirishda asqotadi. Demak, freymlarga bog’lanmagan brauzerlar uchun <NOFRAMES> va </NOFRAMES> teglari juftligidan foydalaniladi. Masalan:
<NOFRAMES> butun HTML-hujjat </NOFRAMES>
Mazkur teglar orasiga joylashtirilgan barcha ma'lumotlar freymlarni qo’llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo’lmagan brauzerlar yordamida aks ettiriladi. Freymlarga bog’langan brauzerlar esa <NOFRAMES> va </NOFRAMES> orasidagi barcha axborotga bog’liq emas.
<FRAMESET> tegi freymlarni belgilaydi. <frameset> tegining asosiy vazifasi brauzer oynasini bir nechta bo’laklarga bo’lish. Buning uchun asosan vertikal va gorizantal bo’yicha freymlar o’lchami va soninii ko’rsatib turuvchi ishlatiladi.

  • cols parametri brauzer oynasida gorizantal bo’yicha freymlar soni va o’lchamini ko’rsatadi. Parametr qiymati sifatida vergullar bilan ajratilgan freymlar o’lchamlari ro’yxati keltiriladi. O’lchamlar odatdagidek sonlarda yoki protsentlarda beriladi. Jimlik bo’yicha 100% qiymat ishlatiladi.
  • rows parametri brauzer oynasida vertikal bo’yicha freymlar soni va o’lchamini ko’rsatadi. Parametrga qiymat berish cols parametri bilan bir xil bo’ladi.

<FRAMESET> tegining atributlari:
ROWS, COLS.
Ushbu parametrlar qiymatlari piksellarda, foizlarda yoki nisbiy birliklarda berilishi mumkin. Qator yoki ustunlar soni mos ro’yxatdagi qiymatlar soni bilan aniqlanadi. Masalan:
<FRAMESET ROWS = “100, 240, 140”> - uchta freymdan iborat to’plamni belgilaydi. Qiymatlar piksellarda berilgan. Birinchi freym 100 piksel, ikkinchisi 240 piksel va nihoyat so’nggi freym 140 piksel balandlikka ega.
<FRAMESET ROWS = “25%, 50%, 25%”> - ekranning maqbul balandligidan yuqori qatorning qiymati 25 foiz, o’rta qatorniki 50 foiz, quyi qatorniki 25 foiz ekanligini bildiradi.
<FRAMESET COLS = “*, 2*, 3*”> - qiymatlar nisbiy birliklarda. “Yulduzcha” “*” fazoni proportsional taqsimlash uchun ishlatiladi. Har bir yulduzcha butunning bir qismini bildiradi. Hisoblab topish uchun yulduzchalar oldidagi sonlarni qo’shish va hosil bo’lgan sondan kasrning maxraji sifatida foydalaniladi. Yuqoridagi misolda birinchi ustun darcha umumiy kengligining 1/6, ikkinchi ustun 2/6, uchinchi ustun 3/6 qismini egallaydi.
<FRAMESET COLS = “100, 25%, *, 2*”>.
<FRAME> tegi alohida fayllarni belgilaydi, bu teg <FRAMESET> va </FRAMESET> teglari juftligining ichida joylashishi lozim. Masalan:
<FRAMESET ROWS = “*, 2*”>
<FRAME>         
</FRAME>
</FRAMESET>
<FRAMESET> tegi berilganida qancha alohida freymlar belgilangan bo’lsa, shuncha freym teglarini yozish lozim.
Yuqorida keltirilgan parametrlar ishlatilgan misollarni ko’rib chiqamiz.

Misol 1.
<html>
<head>
<title>Freymlar </title>
</head>
<frameset cols="150,*">
<frame src="1.html">
<frame src="2.html">
<frame src="3.html">
<noframes><p>Afsuski sizning brauzeringiz freymlarni tushunmaydi. Brauzerning yangi versiyalaridan foydalaning </p>
</noframes>
</frameset>

</html>

Rasm 1.

Diqqat bilan HTML kodni va uning ekranda chiqargan natijasini tahlil qilish natijasidan ko’rinadiki, bu erda <body> va </body> teglari ishlatilmagan. Bu teglar orasida ekranda hosil qilinishi kerak bo’lgan barcha asosiy ma'lumotlar yoziladi, <frameset> tegi bo’lsa brauzerga oynani freymlarga ajratish haqida ma'lumot beradi. Yuqoridagi misolda biz cols parametrini ikkita qiymati bilan ishlatdik. Bu qiymatda birinchi freym uchun 150 piksel joy ikkinchi freym uchun esa qolgan joyning hammasi ishlatilishi ko’rsatilgan. Misolda ko’rganimizdek <frame> teglari har bir freymni alohida e'lon qiladi va ularning xossalarini ko’rsatadi. Misolimizda biz qiymat sifatida html hujjatning manzilini qabul qiluvchi src parametrini ishlatdik. Bundan tashqari biz <noframes> va </noframes> teglaridan ham foydalandik. Bu teglar orasida yozilgan ma'lumot brauzer tomonidan freym texnologiyasi tushunilmagan holatda ekranda paydo bo’ladi. Berilgan o’lchamda bo’lingan freymlar chegarasini foydalanuchi tomonidan o’zgartirish imkoniyati mavjud. Buning uchun splitter deb nomlanuvchi chegara chizig’idan sichqoncha ko’rsatkichi bilan ushlab surish kifoya. Asosiy brauzer oynasini bitta ustunda joylashgan ikkita freym va qolgan joyni egallovchi uchinchi freym ko’rinishida bo’lishimiz uchun quyidagi html kodni yozishimiz kerak.
Misol 2.
<html>
<head><title>uchta freym</title></head>
<frameset cols="20%,*">
<frameset rows="*,*">
<frame src="1.html">
<frame src="2.html">
</frameset>
<frame src="3.html">
</frameset>

</html>

Rasm 2.

Frame tegi va uning parametrlari (atributlari).

  • NAME
  • PAME
  • SRC
  • FRAMEBORDER=YES/NO (Faqat IE lar uchun)
  • MARGINWIDTH
  • MARGINHEIGHT
  • NORESIZE
  • SCROLLING

<frame> tegi alohida freymlar xossalarini o’rnatish uchun ishlatiladi. Endi biz <frame> tegida ishlatiladigan parametrlar (atributlar) bilan tanishib chiqamiz.

  • name parametri freymning nomini ko’rsatishda ishlatiladi, buni id parametri bilan almashtirmaslik kerak. NAME parametri berilgan freymga gipermurojaat sifatida ishlatish mumkin bo’lgan freymning nomini belgilaydi. Masalan:

<FRAME SRC=“sample.html” NAME=“frame1”>
frame1 deb nomlangan ushbu freymga gipermurojaat qilinishi mumkin. Masalan:
<A HREF=“other.html” TARGET=“frame1”>
frame1 </A> freymiga other.html faylini yuklash uchun shu erga sichqoncha kursori bosiladi.

  • pame parametri yordamida berilgan nom o’zak freymdan tashqarida joylashgan boshqa bir hujjatni yuklaganda teglarda gipermurojaat sifatida ishlatiladi.
  • src parametri freymda tasvirlanishi kerak bo’lgan HTML hujjatning URL manzilini berishda ishlatiladi. Odatda bunday manzil sifatida asosiy hujjat qaysi katalogda bo’lsa, usha erda joylashgan HTML - faylning nomidan foydalaniladi. Masalan:

<FRAMESET SRC=“sample.html”>
Zero, freymni tasvirlashda berilgan HTML fayl to’liq HTML hujjat bo’lishi kerak, ya'ni u HTML, HEAD, BODY va boshqalarga ega bo’lishi lozim. Agar freymdan tasvirni aks ettirishda foydalanilsa, unda:
<FRAME SRC=“http://www.bhv.ru/exampl.gif”>

  • frameborder parametri freym chegara hoshiyalarining bo’lish yoki bo’lmasligini ko’rsatadi. Parametr qiymati 0 yoki 1 sonlari bo’lishi mumkin. Jimlik bo’yicha parametr 1 qiymat qabul qiladi va freym chegara hoshiyasi ko’rinuvchi bo’ladi. Agar qiymat 0 freym chegarasi hoshiyasi ko’rinmaydi.

MARGINWIDTH va MARGINHEIGHT parametrlari (atributlari)
MARGINWIDTH va MARGINHEIGHT atributi freym xoshiya (chegara) kengligini belgilaydi. Atributlar qiymatlari piksellarda beriladi. Masalan:
<FRAME MARGINWIDTH = “5” MARGINHEIGHT = “7”>
Bu erda freym yuqori va pastda 5 piksel, o’ng va chap tomonlaridan esa 7 piksel chegaraga ega. Ishlatilishi mumkin bo’lgan eng kichik qiymat 1 pikseldir. Demak,

  • marginwidth parametri freymning gorizontal bo’yicha o’lchamini piksellarda beradi.
  • marginheight parametri freymning vertikal bo’yicha o’lchamini piksellarda beradi.
  • noresize parametri freym o’lchamlarining o’zgarmasligini ta'minlaydi. Ya`ni, NORESIZE parametri (atributi) foydalanuvchi tomonidan freym o’lchami o’zgartirilishining oldini olishda ishlatiladi. Agar biz bu parametrni qo’llasak foydalanuvchi tomonidan freym chegaralarini o’zgartirish imkoni bo’lmaydi. Bu parametrda qiymat yo’q. Masalan:

<FRAME NORESIZE>

  • Tabiiyki NORESIZE atributining bitta freymga nisbatan qo’llanilishi boshqa freymlar o’lchami o’zgartirilishining ham oldi olinishiga sabab bo’ladi
  • scrolling parametri foydalanuvchiga freymdagi o’tkazish yo’lakchasi (lineyka prokrutki)ni boshqarish imkonini beradi. Uning sintaksisi:

<FRAME SCROLLING= “YES/ NO/ AVTO”> ko’rinishga ega.
Qiymat sifatida quyidagi auto, yes, no kalit so’zlaridan bittasini qabul qiladi. Jimlik bo’yicha auto qiymati qabul qilingan bo’ladi, bu esa freymdagi ma'lumotlar tasvirlanish sohasiga joylashmagan vaqtda utkazish yulakchasi paydo bo’lishini bildiradi. yes qiymati esa freymdagi ma'lumot tasvirlanish sohasiga sig’ishi yoki sig’masligidan qat'iy nazar o’tkazish yo’lakchasi doimo chiqib turishini bildiradi. no qiymati esa freymda o’tkazish yo’lakchasining chiqishini umuman taqiqlaydi.
Biz yuqoridagi misollarimizda freymlar brauzer oynasini alohida bo’laklarga to’liq bo’lganini ko’rdik. Lekin freymlarning shunday turi ham mavjudki, ularni HTML hujjatga xuddi grafik tasvir joylashtirganday joylashtirish mumkin. Bunday turdagi freymlarni HTML hujjatga joylash uchun <iframe> tegi ishlatiladi. Grafik ob'ekt joylashtirish tegidan farqli ravishda bu teg o’zining yopiluvchi </iframe> tegiga ega.

Misol 3.
<html>
<head>
<title>Freymlar </title>
</head>
<body>
<p>Matn va <iframe src=“3.htm”></iframe>freym</p>
</body>

</html>

Rasm 3.

Freymlar orasidagi ozaro ta'sir
Freymlar bilan ishlayotganda foydalanuvchi uchun qo’lay bo’lgan hujjat yuklash sxemasini yaratish mumkin. Freymlar orasidagi o’zaro aloqa hujjatlarni boshqa freymdagi buyruqlar yordamida aynan tanlangan freymga yuklash imkonini berishidadir. Bu maqsadda <A> tegining TARGET atributidan foydalaniladi. TARGET atributi ushbu gipermurojaat ko’rsatayotgan hujjat yuklanuvchi freym yoki brauzer oynasi nomini belgilaydi. O’zgartirilmagan holda ushbu parametr yo’q bo’lganda hujjat joriy freym yoki oynada yuklanadi. Freym nomi sifatida mavjud darcha yoki freym nomi berilishi yoki bo’lmasa yangi oyna ochish uchun yangi nom berilishi mumkin. 4 ta zaxiradagi nomlar bor. Ular:
_blank, _self, _top, _parent. Bulardan tashqari “_” belgisi bilan boshlanuvchi har qanday nomdan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
TARGET=“_blank – hujjatning yangi oynaga yuklanishini ta'minlaydi. Bu oyna nomga ega bo’lmasligi tufayli unga boshqa hujjatni yuklashning iloji bo’lmaydi.
TARGET=“_self dan foydalanilganda hujjat joriy freymga yuklanadi.
TARGET=“_top” hujjatning butun darchaga yuklanishiga sabab bo’ladi.
TARGET=“_parent” hujjatning joriy freymning freym-ota-onasi tomonidan egallangan sohasiga yuklanishiga olib keladi.

Tarkibi “A” freymiga yuklangan frame_a.html faylining bittagina test.html fayliga TARGET parametrining turli qiymatlariga ega 6 ta gipermurojaat mavjud

2024 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Yosh web master
Qo`shilgan sana: 2016-01-29

Mavzuni yoritgan insonga katta rahmat

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений