linkedin facebook linkedin facebook nod32

Markazlashtirilgan va markazlashmagan tizimlar

Muallif: Mengliyev S.h

Qo`shilgan sana: 2014-05-09

Markazlashtirilgan va markazlashmagan tizimlar

Ma’lumotlarni uzatish uchun monokanaldan (monochannel - bir vaqtning o‘zida bir nechta abonentlar ishlatadigan aloqa kanali, masalan, shinali va ilmoqli topologiyali tarmoqlarda) foydalanadigan local hisoblash tarmoqlari uchun mijozlarning bu kanalga murojat qilish maslasi juda dolzarb hisoblanadi. Murojat qilishning samarali bo‘lishi uchun maxsus mexanizm – murojat qilish usullari lozim.

Markazlashtirilgan guruh

            Monokanalga samarali murajat qilishni tashkil etish uchun chastotali yoki vaqt bo‘yicha modulyatsiya bosh tamoyillari ishlatiladi. Oddiy tarmoqlarda vaqt bo‘yicha modulyatsiyalash, ya’ni monokanal bo‘yicha uzatilayotgan axborotlarni vaqt bo‘yicha ajratish tamoyili eng ko‘p qo‘llaniladi.
Vaqt bo‘yicha ajratishga asoslangan murojat qilish usullarining bir nechta guruhlari mavjuddir:

  • Markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan;
  • Determinirlangan va tasodifiy;

Markazlashtirilgan murojat qilish tarmoqni boshqarish markazidan, masalan, serverdan boshqariladi.
Markazlashtirilmagan murojat qilish tarmoqning barcha ishchi stansiyalari tomonidan bajarishga qabul qilingan bayonnomalar asosida, markaz tomonidan biror bir boshqaruvchi ta’sirlarisiz ishlaydi.
Determinirlangan murojat qilish monokanalning eng to‘liq ishlatilishini ta’minlaydi va har bir ishchi stansiyaga aniq bir vaqt ichida monokanalga murojat qilishga kafolat beradigan bayonnomalar bilan tasvirlab chiqiladi.
Tasodifiy murojat qilishda stansiyalarning monokanalga murojat qilishi istalgan vaqtda bajarilishi mumkin, lekin har bir shunday murojaat qilishda ma’lumotlarni samarali uzatishini amalga oshirish imkoniyatiga kafolat yo‘qdir.
Markazlashtirilgan murojaat qilishda har bir mijoz monokanalga quyidagi tartibda murojaat qilish huquqiga ega bo‘lishi mumkin:

  • Oldindan tuzilgan jadval bo‘yicha – kanal vaqtini static bo‘lib chiqish;
  • Electron komutator bilan aniqlanadigan vaqt oraliqlari (masalan, har 15 sekundda) orqali qat’iy vaqt bo‘yicha komutatsiyalash – kanal vaqtini dinamik determinirlashgan bo‘lib chiqish;
  • Tarmoq markazidan ishchi stansiyalarning, murojaat qilishning kerakligini aniqlash borasidagi so‘rovini bajarish jarayonidagi amalga oshiriladigan moslashuvchi vaqt bo‘yicha kommutatsiyasi bo‘yicha – kanal vaqtini dinamik soxta tasodifiy bo‘lib chiqish;
  • Maxsus paket – marker ko‘rinishidagi vakolatni olganda.

Birinchi ikki usul kanalning  samarali yuklanishini ta’minlamaydi, negaki murojaat qilish mumkin bo‘lganda ba’zi bir mijozlar qiymatlarni uzatishga tayyor bo‘lmasliklari mumkin va kanal ular uchun ajratilgan vaqt oralig‘ida bo‘sh turib qoladi.
So‘roqlash usuli boshqarish markazi aniq ifodalangan tarmoqlarda va ba’zida ajratilgan abonentlik aloqa kanali tarmoqlarda (masalan, radial topologiyali tarmoqlarda markaziy server resurslariga murojaat qilishni ta’minlash uchun) ishlatiladi.
Vakolatli uzatush usuli markaz deb ataladigan (ba’zida “estofeta tayoqchasi”) paketni ishlatadi.
Marker -  aniq bir formatli xizmat paketi bo‘lib, unga tarmoq mijozlari o‘zlarining ma’lumot paketlarini joylashtirishlari mumkin. Markerning bir ishchi stansiyasidan boshqasiga uzatish ketma-ketligi server (boshqaruvchi stansiya) tomonidan beriladi. Uzatish uchun ma’lumotga ega bo‘lgan ishchi stansiya markerning bo‘shligini taxlil qiladi. Agar marker bo‘sh bo‘lsa, stansiya unga o‘zining ma’lumotlari paketini (paketlarini) joylashtiradi, unda bandlik belgisi o‘rnatiladi va markerni ya’na tarmoq bo‘yicha uzatadi. Axborot yuborilgan stansiya (paketda albatta adresli qism bo‘ladi) uni qabul qiladi, bandlik belgisini tashlab yuboradi va markerni ya’na uzatib yuboradi.

Markazlashtirilmagan determinirlangan usul

Markazlashtirilmagan determinirlangan usullarga quyidagilar kiradi:

  • Aralashib ketadigan segmentlar usuli;
  • Segmentni ulash usuli.

Ikkala usul asosan ilmoqli (xalqali) topologiya tarmoqlarda ishlatiladi va tarmoq bo‘yicha maxsus paketlarni uzatishga asoslanadi.
Aralashib ketadigan segmentlar usuli segment deb ataladigan paketni ishlatadi. Segment – bu tarmoq bo‘yicha erkin aylanib yuradigan paket bo‘lib, u standart vaqt oralig‘ini aniqlaydi.  Segment band yoki bo‘sh bo‘lishi mumkin. Agar segment bo‘sh bo‘lsa segment etib brogan stansiya unga o‘zining ma’lumotlari paketini / paketlarini qo‘yishi mumkin va segmentni band deb belgilaydi va uni uzatib yuboradi. Bu usul kop jihatdan vakolatni uzatish usuliga o‘xshashdir, lekin segment harakatini tarmoq markazidan boshqarilmaydi.
Segmentni ulash usuli ham segment deb ataladign tarmoq bo‘yicha erkin aylanib yuradigan paketni ishlatadi. Segmentni olgan ishchi stansiya, hatto agar kelgan segment band bo‘lsa ham, o‘zining ma’lumotlarini uzatishi mumkin. Keyingi holatda stansiyaga kelgan segmentning harakatini to‘xtatib turadi (uni vaqtincha buferli xotirada eslab qoladi) va uning o‘rniga o‘zining ma’lumotlar paketi ulangan yangi segmentni shakllantiradi. Stansiya tarmoq bo‘yicha oldin o‘zining yangi segmentini, keyin esa oldin kelgan “begona” segmentni yuboradi.
Tasodifiy murojaat qilish usullari tarmoqning barcha stansiyalarini teng huquqliligiga va ularning istalgan vaqtda monokanalga ma’lumotlarni uzatish maqsadida murojaat qilish imkoniyatiga asoslangan. Bir nechta stansiyalar tomonidan bir vaqtning o‘zida ma’lumotlarni uzatishga urunishlar mumkin bo‘lganligi tufayli ular o‘rtasida ko‘pincha janjallar (to‘qnashuvlar) paydo bo‘ladi, shuning hisobiga tasodifiy murojaat qilish usulini ko‘pincha “tortishuvlar usuli” deb atashadi.
Tortishuvli holatlar sonini kamaytirish ma’lumotlarni uzatishni istagan stansiya tomonidan monokanalning bandligini aniqlash uchun, monokanalni oldindan eshitib ko‘rish yo‘li bilan ta’minlanadi. Agar kanal band bo‘lsa stansiya ma’lumotlarni uzatishga o‘zining urinishini ancha katta bo‘lmagan vaqt oralig‘idan keyin tiklaydi. Agarda ma’lumotlarni uzatishni bir vaqtning o‘zida ikki stansiya boshlasa u holda to‘qnasuv sodir bo‘ladi va ma’lumotlar monokanalda buzilib ketadi. Ikkala to‘qnashgan stansiyalar o‘zlarining ma’lumotlarini qaytadan uzatishga majbur bo‘ladilar.
Tortishuvlar usuli monokanal kam yuklangan abonentlar soni unchalik ko‘p bo‘lmagan tarmoqlarda ishlatish uchun tavsiya etilishi mumkin (tez-tez paydo bo‘ladigan janjalli holatlar tufayli bi usul kanalning yaxshi yuklanganligini ta’minlab bera olmaydi).

2467 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений