linkedin facebook linkedin facebook nod32

Schyotchik-registr, Operativ xotira, Operasiya kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash

Muallif: Toirov A.

Qo`shilgan sana: 2014-05-03

Schyotchik-registr, Operativ xotira, Operasiya kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash

Xotira funktsiyasini bajaruvchi texnik vositalar kompleksi xotira qurilmasi deyiladi(XQ). XQ larda buyruq va berilganlar joylashtiriladi. Ular markaziy protsessorning dasturlar va axborotlarga murojaatini ta’minlaydi. XQ lar  quyidagi qismlarga bo’linadi:
asosiy  xotira,
o’ta tezkor xotira (SOZU)
tashqi xotira qurilmalari.
Asosiy xotira ikki turdagi qurilmalarni o’z ichiga oladi: operativ xotira qurilmasi va (OXQ yoki RAM - Random Access Memory) va doimiy xotira qurilmasi (DXQ yoki ROM - Read Only Memory).
OXQ o’zgaruvchan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Operativ xotira protsessorning hisoblash amallarini bajarish jarayonida o’z mazmunini o’zgartirib turadi va yozish, o’qish hamda saqlash rejimlarida ishlaydi. DXQ protsessor tomonidan bajariladigan hisoblashlar  jarayonida o’zgarmasligi kerak bo’lgan, masalan, standart dasturlar va konstantalarni saqlaydi. Ushbu axborotlar DXQga EHMla o’rnatilishidan oldin kiritiladi. Uning bajaradigan asosiy amallari axborot o’qish va saqlashdan iborat. OXQ ning funktsional imkoniyatlari DXQ ga nisbatan keng bo’lishiga qaramay, DXQ da axborotlarning saqlanishi elektr quvvatiga bog’liq emas. Zamonaviy xotira mikrosxemalari  yarim o’tkazgichli texnologiya bo’yicha kremniy kristalidan tayyorlanadi. Mikrosxemaning asosiy qismini saqlagich matritsasiga birlashtirilgan xotira elementlari tashkil etadi. Har bitta xotira elementi o’z adresiga ega va 1 bit axborotni saqlashi mumkin. Ixtiyoriy xotira elementi adresiga ixtiyoriy tartibda murojaat qilish imkonini beradigan xotira qurilmasi to’g’ridan to’g’ri murojaatli xotira qurilmasi deyiladi. Xotirani matritsali tashkil qilishda xotira elementlarini koordinatali adreslash printsipidan foydalaniladi. Bunda adres ikki qismga (koordinataga) bo’linadi: X va Y. Ushbu koordinatlar kesishmasida o’qilishi yoki o’zgartirilishi kerak bo’lgan axborotlarni saqlovchi xotira elementi joylashadi. OXQ mikroprotsessor bilan  sistema magistrali orqali bog’langan. 

OXQ ning Strukturaviy  sxemasi

Boshqaruv shinasi bo’ylab bajarilishi kerak bo’lgan amalni aniqlovchi signal uzatiladi. Berilganlar shinasi bo’ylab xotiraga yoziluvchi yoki undan o’qilishi kerak bo’lgan axborot uzatiladi. Adres shinasi bo’ylab almashinuvdv qatnashuvchi xotira elementlariadreslari uzatiladi. Berilganlar mashina so’zlari ko’rinishida uzatiladi. Bitta xotira elementi 1 bit axborotni saqlaydi. Xotira elementlari bloki n ta xotira elementlari matritsasidan iborat, bunda n mashina so’zidagi razryadlar soni. Xotira maksimal xajmi sistema magistralining adreslar shinasidagi yo’nalishlar soni bilan aniqlanadi. Masalan, IBM PC XT dagi  adres shinasi  20 ta yo’nalishga ega. Shuning uchun OX maksimal xajmi 220=1 Mbayt ga teng. IBM PC Atda  (mikroprotsessor i80286) sistema magistrali 24 yo’nalishga ega, shuning uchun OX xajmi  16 Mbayt gacha kengaytirilishi mumkin.  i80386 mikroprotsessorlaridan boshlab,  adres shinasi  32 yo’nalishga ega. OX maksimal xajmi esa 232=4Gb gacha kengaytirilgan.
Xotira mikrosxemalari statik (SRAM) va dinamik (DRAM) xotira elementlarida qurilishi mumkin. Statik XE sifatida statik triggerdan foydalaniladi. Dinamik XE sifatida kremniy kristali ichida shakllantirilgan elektr kondensatordan foydalaniladi. Statik XE lar o’z holatini (0 yoki 1) chegaralanmagan uzoq vaqt (elektr toki o’chirilmasa)saqlab turishi mumkin. Dinamik XE lar vaqt o’tishi bilan ularga yozilgan axborotni yo’qotadi(kondensatorning zaryadsizlanishi), shuning uchun ular axborotlarni davriy qayta tiklanishiga muxtoj(regeneratsiya). Dinamik XE li OXQ lari  statik XE li OXQ laridan bitta elementdagi  komponentlar soni kamligi bilan farq qiladi. Ammo axborotni regeneratsiya qilish extiyoji tufayli dinamik OXQ lar murakkabroq boshqaruv sxemalariga ega.
OXQ larning asosiy xarakteristikalari xajm va tezkorlikdir. Zamonaviy ShEHMlarda OXQ modulli strukturaga ega. Modullar turli tuzilishga ega bo’lishi mumkin (SIP, ZIP, SIMM, DIMM). OXQ  xajmining oshishi qo’shimchi modullarning o’rnatilishi bilan bog’liq. Ular  30-kontaktli (30-pin) va 72-kontaktli variantlarda  1,4, 8, 16, 32 va 64 Mbayt da chiqariladi. DRAM  modullariga murojaat vaqti  60 - 70 nc ni tashkil etadi. EHM uniumdorligiga murojaat vaqtidan tashqari taktli chastota , sistema magistralining berilganlar shinasi razryadliligi kabi xarakteristikalar ham ta’sir etadi. Berilganlar shinasi razryadliligi  (8, 16, 32 ili 64 bita) bitta murojaatda OXQ bilan almashish mumkin bo’lgan axborot birligini aniqlaydi. OXQ ning chastota va razryadlilikka bog’liq holda unumdorlik integral  xarakteristikasi  uning o’kazish qobiliyati hisoblanadi. O’tkazish qobiliyati sekundiga Mbaytlarda o’lchanadi. 60-70 ns murojaat vaqtiga ega bo’lgan, maksimal 64 bit shina razryadligiga ega, bo’lgan operativ xotiraning 50 MGts taktli chastotadagi o’kazish qobiliyati  400 Mbayt/s, 60 MGts  da - 480 Mbayt/s, 66 MGts - 528 Mbayt/s .
Registrlar – uzunligi turlicha bo’la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo’lgan AXQ uyalaridan farq qiladi);
DXQ Mikrosxemalari matritsali struktura printsipi bo’yicha quriladi. Xotira elementlari funktsiyalarini yarim o’tkazgichli diod yoki tranzistorlar bajaradi. Bunday matritsada peremo’chkaning mavjudligi “I” bilan, uning yo’qligi  “O” bilan belgilanadi. DXQ ga informatsiya kiritish uni programmalash deb ataladi. Axborot kiritish qurilmasi esa programmator deb ataladi. Dasturlash “O” saqlanadigan adreslardagi  peremo’chkalarning yo’qotilishidan iborat. Odatda DXQ sxemalari faqat bir marta programmalanadi. Ammo maxsus qayta programmalanadigan mikrosxemalar ko’p marta yangi axborot kiritilish imkoniyatiga ega. O’ta operativ Xotira qurilmalari katta bo’lmagan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi va asosiy xotiraga nisbatan tezroq ( 2 - 10 marta) ishlaydi. Ular regisr va registrli strukturalardan iborat bo’ladi. Registr unga kiritilgan sonni uzoq (elektr o’chirilmaganda) vaqt saqlab tura oladigan elektron qurilmadan iborat. Statistik triggerlardan iborat registrlar eng ko’p tarqalgan hisoblanadi. Vazifasiga qarab registrlar saqlash va siljish registrlariga bo’linadi. Registrlarga axborot parallel yoki ketma ket  kiritilishi yoki o’qilishi mumkin. Registrga yozilgan axborotni siljitish o’ngga yoki chapga qarab bajariladi. Agar registr axborot siljishini ixtiyoriy yo’nalishda amalga oshirsa, u reversiv deb ataladi. Registrlar yagona strukturaga birlashtirilishi mumkin. Bunday strukturaning imkoniyatlari registrlarga murojaat va ularni adreslash usuli bilan aniqlanadi. Agar ixtiyoriy registrga uning adresi bo’yicha murojaat qilish mumkin bo’lsa, bunday struktura to’g’ridan to’g’ri murojaatli o’ta operativ xotirani tashkil etadi. Adressiz registr strukturalari ikki turdagi xotira qurilmalarini tashkil etadi. Bular: magazin tipidagi   va assoativ xotira qurilmalaridir. Magazin tipidagi xotira ketma ket birlashtirilgan registrlardan tashkil topadi va uning bitta turida registrli strukturaga axborot yozish bir registr bilan, o’qish boshqa registr bilan amalga oshiriladi (FIFO - first input, first output). Agar o’qish va yozish bitta registr orqali amalga oshirilsa, bunday qurilma stekli xotira deb ataladi. (FILO - first input, last output). Stekli xotiraga son kiritilganda stek elementlari oxirgi K registr tomonga suriladi. Bunda stek to’da bo’lsa, K registrdagi son yo’qotiladi, so’ngra son stek boshi bo’lgan 1 registrga kiritiladi. O`qish jarayoni ham 1 registrdan boshlanib, stekdagi sonlar 1 registr tomon suriladi.

Magazin tipidagi Registr strukturasi: a -  FIFO; b -  FILO

Stekli xotira keng tarqalgan bo’lib, uning EHMdagi realizatsiyasi uchun  maxsus mikrosxemalar ishlab chiqilgan. Bunda operatsion sistema dasturlari yordamida stek uchun xotira qismi ajratiladi (IBM PC da bu maqsad uchun 64 Kbayt ). Mikroprtsessorning maxsus registri (stek ko’rsatkichi) doimiy ravishda stek boshi rolini bajaruvchi OX yacheykasi adresini saqlaydi. Sonni o’qish doimi ushbu stek boshidan amalga oshiriladi, keyin stek ko’rsatkichi stekli xotiradagi keyingi yacheykani ko’rsatadi (ya’ni stekning o’zi o’zgarmas bo’lib, faqat uning boshi suriladi). Stekka son yozishda stek ko’rsatkichi navbatdagi bo’sh yacheykaga to’g’irlanib, shu adres bo’yicha yozish amalga oshiriladi.
Mazmun bo’yicha tanlash xotirasi adressiz hisoblanadi. Unga murojaat qidiruv tasvirini saqlovchi maxsus niqob bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu qidiruv obraziga mos keluvchi axborotlar xotiradan o’qiladi. Masalan, bunday tirdagi xotiraga turar joy to’g’risidagi axborot yozilgan bo’lib, qaysidir shaxar aholisi to’g’risida axborot topish kerak bo’lsa, bu shahar nomi niqobga joylashtiriladi va o’qish buyrug’i beriladi.
Assotsiativ XQ lar mikroprtsessorlarda kesh xotira tarkibida ishlatiladi. Ularda bajariluvchi dastur operandlari va buyruqlarining adresli  qismi saqlanadi. Bunda keyingi buyruq yoki zarur operand uchun Operativ xotiraga murojaat qilish shart emas, chunki kerakli adresni niqobga kiritish etarlidir. Agar kerakli adres o’ta operativ xotirada mavjud bo’lsa, u tezda chiqariladi. Operativ xotiraga murojaat kerakli axborot o’ta operativ xotirada mavjud bo’magan holdagina amalga oshiriladi.
Kesh-xotira protsessor kristallida joylashtirilishi mumkin (1 darajali kesh xotira) yoki alohida mikrosxema ko’rinishida berilishi mumkin (tashqi kesh xotira). Ichki kesh-xotira Pentium protsessorlarida 16 Kbaytga yaqin xajmga ega bo’lib, murojaat vaqti 5 - 10 ns,  32-bitli so’zlar bilan ishlaydi va 75-166 MGts chastotada 300 dan 667 Mbayt/s o’tkazish qobiliyatiga ega. Tashqi kesh xotira (P drajali) 256 Kbayt - 1 Mbayt xajmga ega bo’lib, murojaat vaqti - 15 ns,  64-bitli so’zlar bilan ishlaydi va  66 MGts chastotada maksimal 528 Mbayt/s  o’tkazish qobiliyatiga ega. 28-kontaktli  mikrosxema yoki 256 va 512 Kbayt  xajmli kengaytirish moduli ko’rinishida ishlab chiqariladi.
IBM PC  asosiy xotirasida axborotlarning joylashtirilishi
IBM PC  asosiy xotirasidagi adreslanuvchi axborot birligi bayt hisoblanadi. 20-bitli adres shinasidan foydalanganda har bir baytning  absolyut (fizik) adresi beshrazryadli o’n oltilik sanoq sistemasidagi 00000 dan FFFFF gacha bo’lgan  sondan iborat bo’ladi. Kichik adreslarda operatsion sistema bloklari (uzilishlar vektorlari, BIOS  rezervlangan sohasi), qurilmalar drayverlari, DOS va BIOS uzilishlarini qo’shimcha qayta ishlovchilari, operatsion sistema buyruq prtsessori joylashishi mumkin. Keyin foydalanuvchi uchun ajratilgan xotira sohasi joylashadi. Bu soha 9FFFF adresi bilan tugaydi. Bu adres operativ xotiraning fizik chegarasi bo’lib, 640-Kbaytli asosiy xotiraning oxirgi adresi bo’lib hisoblanadi. Qolgan adresli soha  (128 Kbayt  AOOOO adresidan  BFFFF gacha) displey adapterida joylashgan videoxotira uchun ajratilgan. Videoxotiradan keyin BIOS - “Basic Input — Output System kiritish chiqarish baza tizimini saqlovchi DXQning adresli sohasi joylashgan (256Kbayt),  OX ning bu qismi  ROM-BIOS deb ham ataladi. Ajratilgan 256 Kbaytdan bevosita DXQ  64 Kbaytni egallaydi,  qolgan 192 Kbayt DXQni kengaytirish uchun qoldiriladi.
OX ga yozish (o’qish)baytlar bilangina emas, mashina so’zlari bilan ham amalga oshiriladi. OX ning har bir bayti o’z adresiga ega. Ammo mashina so’zi barcha band baytlar adreslari bilan emas,  so’zning kichik bayti adresi bilan xarakterlanadi. Odatda mashina so’zi grafik tasvirlanganda  kichik bayt keyin keladi.

Mashina so’zining stereotipli tasvirlanishi

So’zni yozishda kichik bayt mashina so’zi adresi bo’yicha joylashib, katta bayt operativ xotiraning navbatdagi baytida joylashadi va uning nomeri bittaga oshadi.

Mashina so’zining OX dan o’qilishida baytlarning “aylanishi”

Operativ xotiradan mashina so’zining ikkita ketma ket keluvchi baytlarini o’qishda ularni chapdan o’ngga joylashtirish qabul qilingan: oldin o’qilgan baytlardan birinchisi (kichik adresli), so’ngra keyingisi. Natijada baytlarning «aylanishi» yuz beradi. Bunda alohida baytlarni yozishda har bir bayt OX da o’z adresi bo’yicha joylashadi va hech qanday aylanish yuz bermaydi. OX ga tarkibida bir baytlan ortiq axborotni saqlovchi ma’lumotlarni yozishda esa, axborot adresi sifatida eng kichik bayt adresi qatnashadi. OX ga yozish eng kichik baytdan boshlab baytlab amalga oshiriladi. Har bitta keyingi bayt adresi oldingi baytdan 1 ga katta bo’lgan yacheykada joylashadi. Boshqacha aytganda mashina so’zi yoki ikkilangan so’zni yozish o’ngdan chapga bajariladi. O’qishda esa o’qilgan baytlar chapdan o’ngga qarab joylashadi va baytlar aylanishi yuz beradi.

2888 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Niyozov Anvar
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: Eshniyazov Yoqub
Qo`shilgan sana: 2016-04-21

Turli Operasion tizimlarini urnatish

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений