linkedin facebook linkedin facebook nod32

Mediyali mikroprosessorlar

Muallif: Toirov A.

Qo`shilgan sana: 2014-05-03

Mediyali mikroprosessorlar

1997 yil 8 yanvar kuni Intel korporatsiyasi MMX texnologiyasiga ega Pentium protsessorini – Intel tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiya, ya’ni axborotning har-xil (video, audio va shu kabi) turlari bilan ishlaydigan ilovalar samarasini oshirish imkonini yaratuvchi texnologiya joriy etilgan birinchi mikroprotsessorni afisha qildi.
Dasturchilarning fikriga qaraganda, Intel korporatsiyasining afisha qilingan MMX texnologiyasi so’nggi 10 yil davomida yaratilgan Intel arxitekturasining sezilarli yaxshilanganligini anglatadi. Ushbu texnologiyani ishlab chiqish tadbirlari u afisha qilingan sanadan bir necha yil oldin, axborotning har-xil turlariga ishlov beruvchi hisoblash tizimlarining jadal rivojlanishiga javoban boshlandi. Jumladan, yuqori sifatli grafika, video tasvir va tovush bilan bog’liq ishlar o’ta yuqori unumdorlikka ega protsessorlarni yaratish zaruriyatini tug’dirdi. Bunday ehtiyojning oshishiga, shuningdek, Internet (Internet) tarmog’ining ravnaq topishi va shunga muvofiq axborotning har-xil turlarini mavjud aloqa yo’llari orqali uzatish (etkazish) zaruriyati yuzaga chiqqanligi ham sabab bo’ldi. Intel korporatsiyasi muhandislari 57 ta yangi yo’riqnoma ishlab chiqdilar. Ushbu yo’riqnomalar jadal hisoblash amallari bajarilishini talab etib, protsessorlarning muayyan turi ilovalariga xos bo’lgan odatiy sikllar bajarilishi mobaynida ish unumdorligini oshirish imkonini yaratdi.
Ushbu yangi protsessorlar Intel firmasida yaratilgan Pentium MMX mikrosxemalari mukammallashtirilgan kremniy yarim o‘tkazgichlardan foydalangan holda 0,35 mikronli KMOP –texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi va 2.8 V pasaytirilgan bosimda ishlaydi. Mazkur texnologiya quvvat kam sarf etilib, unumdorlikni oshirish imkoniyatini beradi. MMX texnologiyasiga ega Pentium protsessor o’z ichiga 4,5 million tranzistorni mujassam etgan bo’lib, unga MMX yo’riqnomalari kiritilganidan tashqari arxitekturasi ham sezilarli yaxshilangan. Jumladan, kristallga joylashtirilgan kesh-xotira qurilmasining hajmi ikki barobar oshirilgan (ya’ni endi u 32 Kb ga teng) va shartli o’tishlarni oldindan samarali aytish mumkin.
Bu esa protsessorning standart etalonli sinovlarida unumdorlikning 10-20% ga oshirish imkonini berdi. MMX texnologiyasi Intel arxitekturasi bilan to’liq moslashishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, ushbu texnologiya keng qo’llanilib kelayotgan operatsion tizimlar va amaliy dasturiy ta’minot bilan to’liq moslashadi. Ushbu texnologiya bo’lg’usi protsessorlarda joriy etildi.
MMX Pentium рrotsessori. Intel firmasining keyingi avlod рrotsessori sifatida 1997-yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiрlication Extension) Pentium рrotsessorini aytish mumkin. Dastavval bu рrotsessor matritsalarni ko‘рaytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo‘lsa, keyinchalik MultiMedia Extension-multimedia uchun kengaytma deb atala boshladi. Bu yangi рrotsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keying yillarda ommaviy qo‘llanilib borilayotgan komрyuterning multimedia (ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko‘tarish multimedia amaliyotlarini tez bajarishni ta’minlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o‘lchovli grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga, bu рrotsessor ko‘рaytirish va qo‘shish amallarini ko‘рroq ishlatadigan amaliy dasturlarda tezroq bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko‘рroq matematik soрrotsessorni talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlashda va u bilan bog‘liq masalalarni yechishda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lsa-da, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko‘rsatadi. Hozirda rivojlanayotgan рarallel algoritmlar va hisoblashlar uchun ham u qo‘l keladi. Shu bilan birga bu рrotsessor qo‘zg‘aluvchi vergul holatidagi sonlar bilan ishlashni «yoqtirmaydi». Bunday sonlar bilan ishlash uchun maxsus dastur interfeysi mavjud. U Microsoft firmasining Direct 3D (3 o‘lchovli interfeysi)
Pentium III rusumli protsessor
1999 yil Intel korporatsiyasi Pentium III va Pentium III Xeon protsessorlarini havola etdi. Stol ustiga o’rnatiladigan shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallangan Intel Pentium III protsessorida zikr etilgan yilga qadar ish unumdorligini misli ko’rilmagan darajada oshishi, boshqarilish va Internet bilan ishlash qulayligini ta’minlash borasida erishilgan texnologik yutuqlar mujassam etilgan. Internet foydalanuvchilari va axborot berib boriladigan multimedia-ilovalar uchun asosiy innovatsiya (yangi paydo bo’lgan narsa) – axborot oqimlariga oid SIMD-kengaytirishlar bo’ldi. Ularga kirgan 70 ta yangi komandalar tasvirlar, 3D-grafikalar, tovushli va video axborot oqimlariga ishlov berish, shuningdek nutqni tanib olish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Internet- ilovalarning kelgusi avlodlari uchun ham etarli bo’ladigan quvvati uchun ham Pentium III protsessor – uzoqni ko’ra bilgan shaxsiy kompyuter foydalanuvchilari uchun a’lo kompyuter bo’lib qoldi.
Mazkur protsessorlarning barchasi 0,18 mikronli ilg’or ishlab chiqarish texnologiyasi asosida ommaviy ravishda ishlab chiqariladi. Ushbu texnologiya takt chastotasining oshishini, bir qator muhim yangiliklar kiritilgani bois ish unumdorligi yanada ortishini, energiya iste’moli pasayishini ta’minladi, o’lchami odam sochi
tolasining besh yuzdan bir qismi o’lchamiga teng narsalarga ishlov berish imkoniyatini beradi.
Stol ustiga o’rnatiladigan va olib yuriladigan shaxsiy kompyuterlar uchun chiqarilgan Pentium III, shuningdek, serverlar va ish stantsiyalari uchun ishlab chiqarilgan Pentium III Xeon protsessorlari printsipial jihatdan yangi sanalgan bir qator o’ziga xos texnologik xususiyatlarga ega. Bunday xususiyatlar jumlasiga Advanced Transfer Cache rusumli 2 darajaga mansub kesh-xotira qurilmasi hamda tizimga oid takomillashtirilgan buferlashtirish jarayoni kiradi.
Advanced Transfer Cache texnologiyasining qo’llanilishi protsessor yadrosi bilan protsessor ichiga o’rnatilgan, 256 Kbayt hajmli 2- darajaga mansub to’la tezlik bilan ishlovchi kesh-xotira qurilmasi o’rtasidagi signal o’tkazish yo’lini ikki hissa ko’paytirish imkonini yaratdi.
O’z navbatida, tizimga oid takomillashtirilgan buferlashtirish jarayoni “buferlar”ning soni ortishi tufayli ma’lumotlarning tizim shinasidan protsessorga jadal o’tishini ta’minlaydi. 0,18 mikronli yangi ishlab chiqarish jarayonida ftor bilan legirlangan kremniy dioksididan (SiOF) tayyorlangan kam hajmli izolyatorlarga ega alyuminiydan qilingan olti qatlamli o’zaro birikmalar qo’llaniladi. Bu esa, o’z navbatida, iste’mol qilinadigan kuchlanishni 1,1-1,65 Voltga qadar pasaytirish imkonini yaratadi (bugungi protsessorlar ichida eng ko’p energiya iste’mol qiladiganlari 1,35 Volt kuchlanish iste’mol qiladi). Pentium III protsessorlari kontaktlari bir tomonda joylashtirilgan kartridj ko’rinishida ishlab chiqariladi (Single Edge Contact Cartridge 2, S.E.C.C.2). Bunday kartridj protsessorni o’rnatish va himoya qilish qulayligini hamda kelgusida ishlab chiqariladigan yuqori unumdor tizimlarga moslashishini ta’minlaydi. 440BX rusumli AGP- platforma bilan mos kelishi protsessorning mavjud tizimlarga o’rnatish imkonini beradi va kompyuter bozorida yanada yangi kompyuterlar chiqarilishini jadallashtiradi.
Kiritish –chiqarish asosiy tizimi
Barcha tizimli platalarda BIOS va ROM BIOS deb ataluvchi dasturiy ta’minot yozilgan mikrosxemalar mavjud. Bu mikrosxema tizimni ishga tushirish va asosiy uskunali ta’minot ishi uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich dasturlar va drayverlarni o‘z ichiga oladi. Unda yana POST protsedurasi (ta’minot ulanishi bilan o‘z-o‘zini testlash) va tizimli tarkibiy tuzilma ma’lumotlari ham mavjud bo‘ladi. Bu parametrlarning hammasi, tizimli platada o‘rnatilgan, batareykadan ta’minlanuvchi CMOS-xotiraga yozilgan. Bu CMOS-xotira, ko‘p hollarda NVRAM (Non-Volatile RAM) deb ham ataladi.
Shunday qilib, BIOS bir yoki bir nechta mikrosxemalarda saqlanuvchi dasturlar to‘plamini ifodalaydi. Bu dasturlar kompyuterni ishga tushirishda operatsion tizim yuklanganga qadar bajariladi. Ko‘pchilik PC-moslashuvchi kompyuterlarda BIOS to‘rtta asosiy funksiyani bajaradi.

  • POST— ta’minotga ulanishda protsessor, xotira, tizimli mantiq mikrosxemalar majmui, videoadapter, disk nazoratchisi, disk yurituvchisi, klaviatura va boshqa tizimning ishlashi uchun muhim bo‘lgan tizim tarkibiy qismlarini o‘z-o‘zidan testlash.
  • BIOS (Setup BIOS) parametrlarini o‘rnatish dasturi — tizim parametrlarini konfiguratsiyalash. Bu dastur POST protsedurasining bajarilishi jarayonida aniq bir klavishni bosish orqali yuklanadi (yoki klavishlar kombinatsiyasida). 286 va 386 protsessorlari bazasidagi eski kompyuterlarda bu dasturni yuklash uchun maxsus disketa zarur bo‘ladi.
  • Tizimning boshlang‘ich yuklovchisi — disk qurilmalardagi bosh yuklovchi sektorni qidiruvning bajarilishi. Agar bu sektorning ikki oxirgi baytlari 55Aah ga teng bo‘lsa, berilgan kod bajariladi.
  • BIOS— tizimni yuklashda operatsion tizim va apparat ta’minotining o‘zaro ta’sirlashuvi uchun mo‘ljallangan drayverlar to‘plami. DOS va WINDOWS ni himoya rejimida to‘xtab qolishdan saqlash uchun, faqat BIOS qurilmalarining drayverlaridan foydalaniladi.

Xotiraga to‘g‘ridan – to‘g‘ri kirish kanallari
Xotiraga to‘g‘ridan – to‘g‘ri kirish kanallari (XTK) yuqori tezlikdagi ma’lumotlar almashuvini amalga oshiruvchi qurilmalarda foydalaniladi.
Masalan, ketma-ketli va parallel portlari, tovush platasi yoki SCSL adapteridan farqli ravishda XTK dan foydalanmaydi. XTKining bitta kanalidan turli qurilmalar turli vaqtlarda foydalanishi mumkin. Masalan, XTK 1 kanalidan tarmoq adapteri va magnit tasmasining to‘plovchisi ham foydalanishi mumkin, biroq siz tarmoq bilan ishlash jarayonida axborotni tasmaga yoza olmaysiz. Buning uchun har bir adapter o‘ziga XTK kanalini ajratishi kerak.

1484 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений