linkedin facebook linkedin facebook nod32

HTML HUJJATLARNI BIR-BIRIGA BOG'LASH

Muallif: Zaripova M.J.

Qo`shilgan sana: 2014-03-12

HTML HUJJATLARNI BIR-BIRIGA BOG'LASH

Havolalar (murojaatlar) tufayli internet hozirgi mavqiyga erishdi. Havolalar yordamida ikki va undan ortiq (cheksiz) web sahaifalarni bir-biriga bo'glashingiz mumkin. Havola rus tilida "silka" deb ataladi. Havolaga bosish orqali siz ikkinchi sahifani ochishingiz mumkin. Havolalar yordamida web sahifangiz uchun menyu tuzishingiz mumkin. Havolalar yordamida foydalanuvchilar sizning web sahifangizda sahifa bo'ylab tom ma'noda sayohat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Siz yaratgan web sahifani ko'p qavatli katta binoga, har bir sahifani shu binoning xonalariga taqqoslash mumkin. Bino bo'ylab sayohat qilayotgan "o'quvchi" har bir xonani ko'zdan kechirib chiqadi. Uni bino ichida adashib ketmasligi va kirgan xonalariga qaytib kirmasligi va buni yodda tutishi uchun unga bino xaritasi lozim. Havolalar ana shu "bino xaritasi" vazifasini o'taydi. Xarita aniq va ustalik bilan tuzilgan bo'lsa undan foydalanuvchi siz chizib bergan marshrut bo'yicha harakatlanadi hamda har bir sahifa bilan tanishib chiqadi.
Quyida ba`zi bir HTML hujjatlarni bir-biriga bog'lashda ishlatiladigan atamalarning tasnifini keltiramiz:
Gipermatn hujjat – bu boshqa hujjatlarga o’tish uchun aloqa bog’lovchi (silka)ni o’zida saqlaydigan hujjat. U sichqoncha tugmasini bosish orqali bir hujjatdan ikkinchi hujjatga tezlik bilan o’tishni ta'minlaydi. Bunday aloqalarni zamonaviy mahsulotlar dasturlari fayllarida ko’plab uchratish mumkin. Gipermatnga asos qilib, ko’p maqolalarida boshqasiga havola (silka) qilinadigan entsiklopedik slovarlarni tashkil etish printsipi olingan.
Web–sahifalarga joylashtirish mumkin bo’lgan ko’plab multimedia ob'ektlari mavjud. Zamonaviy gipermatn hujjatlarida matnning o’ziga qo’shimcha qilib ko’pincha har xil grafika, video va audio ob'ektlardan foydalaniladi. Aloqa (silka) sifatida esa, tasvir ishlatiladi.
Giperaloqa (гипeрsilka) – bu maxsus HTML tegi bo’lib, unda parametr sifatida zaruriy hujjat adresi saqlanadi. Giperaloqa aktivlashganda (zamonaviy grafik brauzerlarda bu ish sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi) zaruriy Web–serverga HTTP–talab (kerakli hujjat nomi bilan) yuboriladi.
Web sahifalarga gipermurojaat WWW ning asosiy xususiyatlaridan biridir. Istalgan bir hujjatdan boshqa bir WWW hujjatga HTML ning maxsus tegi yordamida murojaat bo’lishi mumkin. Web ga sayohat paytida siz Web sahifalarda gipermatnli murojaatlarga to’qnashgan bo’lsangiz kerak. Bu matn fragmentlari ko’k shriftda va tagi chizilgan bo’ladi. Shu tariqa tasvirlangan matnlar murojaat matnlari deyiladi. Agar siz uni sichqoncha bilan turtsangiz u avtomat ravishda boshqa Web – sahifaga murojaat qiladi.
Har qanday URL manzilida 3 qism mavjud: protokol, internet uzeli, fayl nomi (o’nga yo’l ko’rsatiladi, shart bo’lsa).
Protokol – bu 2 ta kompterning bir-biri bilan aloqasining qoidasi, biz WWW ning standart protokoli http (Hyper Text Transfer protocol) haqida gaplashamiz. Yana siz internet uzeli va fayl nomini ham ko’rsatishingiz kerak.
Masalan:
http://www.tersu.uz/create
Buni tushuntiradigan bo’lsak, brauzer ko’rsatilgan tersu.uz manzilini (http) aniq bir ulanish usuli yordamida internetga ulaydi va create direktoriyasidagi Web-sahifani topadi. Har bir internetdagi hujjat va fayl alohida resurslarning universal ko’rsatkichi deb nomlanuvchi manzilga ega (uinform resource locator - URL). URL elektron pochta manzilini eslatib turadi. Internet – kompyuterlar URL ni qanday jo’natishni, uni qanday topishni va nima bilan ulashni o’zlari tushunadi. Web-sahifa qaerda joylashishidan qat'iy nazar xox u Yangi Zellandiyada bo’lsin yoki Yaponiyada bo’lsin WWW ular bilan bir xil ishlaydi. Brauzer har bir URL ni ishga solib sizga internetdagi hujjatni topib beradi va avtomatik ravishda taqdim qiladi.
Dunyo bo’ylab Web uzellarni ko’rib chiqmoqchi bo’lgan shaxsga URL haqida va kerakli domen kalitni qanday topishni o’ylashga zarracha ehtiyoj yo’q.
Navbatdagi oldimizda turgan vazifa yuqorida aytganimizdek "bino xaritasini" tuzishdan iborat. Buning uchun biz eng birinchi navbatda havola (silka) tushunchasining tub ma'nosiga yetishimiz lozim.

Murojaatlar anatomiyasi va maxalliy Web-sahifalarga murojaat.

Web sahifaga murojaatlarni joylashtirish ikki turda bo’ladi (bir-biriga o’xshash). Dastlab mahalliy hujjatlarga murojaat qilishni ko’rib chiqamiz. Mahalliy hujjat bu shunday hujjatki sizning uy sahifangiz internetning qaysi joyida joylashgan bo’lsa u ham shu erda joylashgan bo’ladi. Mahalliy hujjatlarga murojaat qilish oson va bunda siz to’liq URL ni bilishingiz shart emas, faqat faylga yo’l va uning nomini bersangiz kifoya. So’ngra siz WWW ning xohlagan joyidagi hujjatlarga murojaat qilishni o’rganasiz. Bu turdagi murojaatda sizdan to’liq URL talab qilinadi.
Faraz qilaylik sizda bitta hujjat uchun ma'lumot ko’p va siz uni bir necha HTML fayllarga bo’lishga qaror qildingiz. U holda asosiy Web-sahifada bu hujjatning har biriga to’liq va oson o’tuvchi murojaatlarni joylashtirish kerak bo’ladi.
Hatto siz asosiy Web-sahifangizni mundarija ko’rinishida qilishingiz mumkin va bunda alohida sahifalarga murojaat qilinadi.
Dastlab <a href> tegi kiritiladi. <a> teg o’zag teg deb nomlanadi. U Web-sahifalarga murojaat uchun ishlatiladi. href kalit so’zi brauzerga siz murojaat qilayotganingiz haqida xabar beradi. </a> yopiluvchi tegini esdan chiqarmay yozib ketish kerak. misol.htm fayliga murojaatlarni yaratish uchun quyidagi kodni kiritishingiz kerak:
<a href=”misol.htm”> Misolni ko’rish </a>
Shunday qilib «Misolni ko’rish» iborasi ekranda murojaat matni ko’rinishida paydo bo’ladi.
Bu matnga sichqoncha bilan turtsangiz, misol.htm fayli ochiladi.

rasm 1.

Uchta sahifani bir-biriga bog’lash

Birinchi bosqich
<!DOCTYPE html PUBLIC “-//W3C//DTD HTML 4.01 Transitional//EN”>
<html>
<head>
<title>Sahifani bog’lash</title> </head>
<body>
<H5><A HREF=“1.html”>1-qism</A></H5>
<H5><A HREF=“2.html”>2-qism</A></H5>
</body>
</html>

Ikkinchi bosqich
<!DOCTYPE html PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01 Transitional//EN">
<html>
<head>
<title>Rasm va matn</title>
</head>
<body>
<p> Bu rasm matnlar orasida joylashadi. <A HREF="Gipermurojaat.html"><IMG SRC=rasm1.GIF></A> Bu rasm matnlar orasida joylashadi. </p>
</body>
</html>

Uchinchi bosqich
<!DOCTYPE html PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01 Transitional//EN">
<html>
<head>
<title>Rasm va matn</title>
</head>
<body>
<p>Bu rasm matndan chapda joylashadi. <A HREF="Gipermurojaat.html"><img src=rasm1.gif align=left ></A> Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. </p>
</body>
</html>

WWW ning xohlagan joyiga murojaat.
Boshqa bir Web uzelga murojaat qilish uchun hujjatning to’liq URLi talab qilinadi. Lekin murojaatning bu turi ham shunday tarzda, ya'ni <a href> va </a> kabi bo’ladi. URL hamisha http:// bilan boshlanadi. Shu tarzda brauzer hujjatni sizning Web uzelingizdan emas WWW dan qidirib boshlaydi. URL ning qolgan qismlari siz izlayotgan hujjatning nomi va internetdagi yo’li, uzelidan iborat bo’ladi:
<a href=“http://www.yahoo.com/arts/performinarts/circuses/”> yahoo olami ro’yxati</a>

Murojaat rangi.
World Wide Web dagi murojaat matnining rangini o’zgartirishingiz mumkin. Sizning Web sahifangizning matnini rangini body tegi yordamida o’rnatish mumkin:
<body next=red>
Shu tarzda gipermurojaat matnining rangini ham boshqarish mumkin. Quyida 3 ta yangi kalit so’z keltirilgan:
link - link kalit so’zi Text kabi ishlatiladi. link=blue o’rnatilgan bo’lsa (yoki boshqa bir rang), foydalanuvchi hali ishlatmagan (sichqoncha bilan turtmagan) murojaatlar ko’k rangda bo’ladi.
<body text=red link=blue>
vlink - ayrim hollarda bir necha murojaatlarning rangi boshqalaridan ajralib turganini sezgan bo’lishingiz mumkin. Bu murojaat siz tomoningizdan faollashti-rilganligidan dalolat beradi. Foydalanuvchi murojaat qilgan murojaatlarning rangini (Visited line) vlink kalit so’zi bilan o’zgartirish mumkin. Murojaatning rangini ochiq ko’k rangga o’zgartirish uchun quyidagi kodda yozish kerak:
<body text= line link=aqua vlink=silver>
alink - murojaatga sichqoncha bilan turtgan paytdagi rangni o’zgartirish mumkin. Murojaatning faol rangi alink kalit so’zi yordamida beriladi. Kimdir sizning sahifangizga kirganida murojaat rangi link bilan berilgan rangda bo’ladi. Lekin qachonki siz uni sichqoncha bilan turtsangiz qisqa vaqtgacha tlink bilan berilgan rangga o’tadi.
Quyida faol murojaatning rangini ochiq sariq rangga o’zgartiramiz:
<body text= line link=aqua vlink=silver alink=yellow>

Tasvirlarni murojaat sifatida ishlatish.
WWW-sahifalarda murojaat vositasi bo’lib faqat matn emas, balki tasvirlar ham ishlatiladi. Bu shuni bildiradiki, qachonki siz tasvirlarni sichqoncha bilan turtsangiz ekranda boshqa Web-hujjat paydo bo’ladi.
Boshqa HTML - hujjatga tasvir yordamida murojaat qilish uchun xuddi matn singari bo’ladi. Faqat bunda matn o’rniga tasvirni berishingiz kerak. Jimlik xolatida Web-brauzerlar tasvir murojaatni ko’k ramka bilan o’rab oladi. Tasvirning hoxlagan joyiga sichqoncha bilan turtish orqali mos hujjatga o’tiladi. Murojaat sifatida tasvirlarning hoxlagan turi, rasmlar va piktogrammalardan foydalanish mumkin. (fon bezaklaridan tashqari).
Maslahat tasvirlar murojaat sifatida tez-tez ishlatiladi. Iloji boricha tushunarli tasvirlardan foydalaning, shunda foydalanuvchilar murojaat ularni qanday manzilga olib borishni tushunadilar.
Masalan, agar siz uy sahifangizda sevimli qo’shiqlaringiz ro’yxatiga murojaat qilmoqchi bo’lsangiz, musiqaga doir piktogrammadan foydalaning. Tasvir murojaatlaridan foydalanganda alternativ matn berish zarur. Tasvir ko’rinmay qolganda foydalanuvchilar shu orqali murojaatdan foydalanishlari mumkin. Ayrim foydalanuvchilarda tasvirni yuklash ko’p vaqtni talab qiladi. Ular uchun alternativ matn juda zarur, ana shunda ular nima ko’rishlarini bilib oladilar. Ixtiyoriy bir tasvirga murojaat chiqarish uchun quyidagicha kodni kiritamiz:
<a href=“http://www.mep.com/que/”>
<img src=“qifs/quelogo.gif” align=left> </a>
yoki, yuqoridagi misolda keltirilgan edi
<A HREF="Gipermurojaat.html"><IMG SRC=rasm1.GIF></A>

Bu matn o’rniga <img> tegini kiritganimizga e'tiboringizni qarating. Shu tariqa grafik murojaat berish mumkin.

1738 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Javlonbek
Qo`shilgan sana: 2015-08-28

Mening web-sahifam tayyor. Uni internet orqali ko‘rish uchun nima qilaman. Uni internetga ulashning iloji bormi.Javob: nimada tayyorlandi shuni bilmoqchiman shundan so`ng video darslik yuboraman

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений