linkedin facebook linkedin facebook nod32

Maple 6 ifodalarni qayta ishlash komandalari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-29

Maple 6 ifodalarni qayta ishlash komandalari


O’zgaruvchilar lotin alfavitidagi belgilar ketma-ketligi ko’rinishda tuziladi. Katta va kichik harflar bilan yozilgan nomlar farqlanadi. O’zgaruvchilarning nomida raqam va «» belgisi ham qatnashishi mumkin. Maple 6 tizimida himoyalangan nomlar mavjudki, ularni boshqa maqsadlarda qo’llash kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. O’zgaruvchilarning nomini probel belgisi bilan ajratilgan so’zlar ketma-ketligi tarzida ham ifodalsh mumkin, faqat ular qo’shtirnoq ichiga olinishi kerak. Masalan: ‘oniy burchak tezlik’. Son, o’zgaruvchi, funksiya belgilari va Maple 6 ning boshqa ob’ektlaridan tuzilgan ketma-ketlik ifoda deyiladi. Agar ifodada qiymati noma’lum bo’lgan ob’ekt-lar ishtirok etsa, unga belgilar ifodasi deyiladi va ular ustida analitik amallar bajariladi. Maple 6 tizimi asosan aynan shunday ifodalarni qayta ishlash maqsadida tuzilgan. Ifodalar bilan bog’liq asosiy komanda ta’minlash komandasi hisoblanadi. Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha:
<o’zgaruvchi>:q<ifoda>;
O’zgaruvchilar qiymatining turi butun(integer), kasr(fraction), suzuvchan vergul formadagi haqiqiy(float) va satr(string) bo’lishi mumkin. Bundan tashqari analitik amallar bajarish uchun funksiya(function), indeksli o’zgaruvchi(indexed), to’plam(set), ro’yxat(list), qator(series), ifodalar ketma-ketligi(exprseq) va yana ko’pgina murakkab turdagi ma’lu-motlar ham mavjud. Maple 6 tizimining barcha turlari to’g’risida ? type komandasi yordamida ma’lumot olish mumkin. Jimlik qoidasi bo’yicha ifodalarning turi “symbol” hisoblanadi. Ixtiyoriy o’zgaruvchi va ifodaning turini >whattype(<o’zgaruvchi nomi>); komandasi orqali bilish mumkin. O’zgaruvchiga boshqa turdagi ma’lumot ta’minlansa, uning turi o’zgaradi. Maple 6 tizimining o’ziga xos jihatlaridan biri, uning tarkibida matematikadagi barcha standart va maxsus funksiyalar mavjud. Bu funksiyalarning ro’yxati va ular to’g’risida ma’lumotni ? inifunction komandasi yordamida olish mumkin.
            Maple 6 tizimining ixtiyoriy komandasiga murojaat qilishning standart ko’rinishi quyidagichadir:
komanda(par1, par2, ... , par n); yoki komanda(par1, par2, ... , par n):
komanda – qo’llaniladigan funksiya nomi, par1, par2, ... , par n lar o’zgaruvchi, ifoda, funksiya bo’lishi mumkin va berilgan ifoda turiga mos bo’lishi kerak. Komanda ; bilan tugasa, komanda bajargan natija chiqarish maydoniga yoziladi, : bilan tugasa – yozilmaydi.
Ba’zi bir komandalarning aktiv hamda passiv formasi mavjud. Komanda passiv formasining asl maqsadi, komanda mazmunining matematik ifodasini belgilash uchun ishlatiladi. Lekin uning natijasini value(<o’zgaruvchi>) komandasi orqali ko’rish mumkin.
Maple 6 yadrosida mavjud bo’lgan komandalarga har doim murojaat qilib natijani olish mumkin. YAdroda mavjud bo’lmagan komandalarni qo’llash uchun ular mavjud bo’lgan paket yoki bibliotekaga murojaat qilish kerak:
with (<paket nomi>) – paketga murojaat qilish,
readlib (<biblioteka nomi>) – bibliotekaga murojaat qilish.

Ifodani soddalashtirish komandasining nomi simplify ko’rinishda bo’ladi. Bu komanda tarkibida trigonometrik, teskari trigonometrik, logarifmik, eksponensial va boshqa elementar funksiyalar qatnashgan algebraik ifodani soddalashtirish uchun mo’ljallangan. Komandaning bir necha xil ko’rinishlari mavjud bo’lib, eng sodda ko’rinishi quyidagichadir:

Simplify (<ifoda>)

Komandaning bu ko’rinishi berilgan ifodadagi barcha funksiyalar sinfiga nisbatan sod-dalashtirish algoritmlarini qo’llaydi. Komandaning aynan bir funksiyalar sinfiga nisbatan soddalashtrish variantlari: simplify/sqrt, simplify/exp, simplify/ln, simplify/trig, simplify/radical, simplify/power va h.k. lar to’g’risida ma’lumot olish uchun kerakli variantni yozib, kursorni uning ostiga keltirib, F1 tugmani bosish kerak. Komandani aynan biror soddalashtirish algoritmiga nisbatan qo’llash uchun simplify(<ifoda>, n1, n2, ... ) ko’rinishda ishlatish kerak. Bunda n1, n2, ... soddalashtirish protseduralari: Ei, GAMMA, RootOf, @, hypergeoxn, ln, polar, power, radical, sqrt, trig nomlaridan iborat bo’lishi mumkin. Soddalashtirish protseduralari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi uchun ? simplify[<nom>] komandasini yozish kerak. Bunda <nom> soddalashtirish protsedurasining nomi. Ifodani soddalashtirish jarayonida, o’zgaruvchilarning turini yoki aniqlanish sohasini ko’rsatish mumkin. Buning uchun komanda simplify(<ifoda>, assumeq<xususiyat>) ko’rinishda bo’lib, xususiyat – complex, real, positive, integer, RealRange(a,b) lardan biri bo’lishi mumkin.

Misol:

> f:qln(exp(x));

> simplify(f);

> simplify(f,ln,assumeqreal);

x

Palitralar bilan ishlash

            Maple 6 tizimida ifodalarni kiritishda undagi ba’zi bir standart matematik belgilar yoki lotin alfavitidan boshqa alfavitdagi belgilarni kiritish uchun maxsus oynachada chiqariladigan shablonlardan foydalanish mumkin. Ushbu maxsus oynachadagi shablonlar palitra deb ataladi. Tizim 3 xil ko’rinishdagi palitralardan foydalanish imkonini beradi:

  • Grek alfatidagi belgilarning shabloni(palitrasi)dan foydalanish uchun View opsiyaning Pallets qismiy opsiyasidagi Symbol Palette komandasidan foydala-nish kerak. Bu palitrada shuningdek e, cheksiz, p va mavhum I belgilar mavjud;
  • Standart matematik ifodalarning palitralaridan foydalanish uchun View opsiyaning Pallets qismiy opsiyasidagi Expression Palette ( –shakl) komandasidan foydalanish kerak;
  • (4x4) o’lchamdan katta bo’lmagan matritsalarni kiritish uchun View opsiyaning Pallets qismiy opsiyasidagi Matrix Palette komandasidan foydalanish kerak.

            View opsiyaning Pallets qismiy opsiyasidagi Show All Palettes komandasi bajarilsa, 3 ta palitra paydo bo’ladi, Hide All Palettes komandasi bo’lsa, hamma palitrani yopadi.
            Options menyuning Palette Size qismiy opsiyasidagi Small komandasi palitraning oynasini kichik o’lchamda, Large komandasi katta o’lchamda va Best Choise(jimlik qoidasi) komandasi esa monitor ekranining o’lchamiga nisbatan chiqaradi.
            Maple 6 tizimida kursor yordamida grek alfavitidagi belgilarni kiritish uchun ularning talaffuz nomini ingliz alfavitida yozish kerak. Grek alfaviti palitrasidan foydalanganda, kerakli grekcha harfni sichqoncha ko’rsatkichi bilan bosish kifoya. Masalan, palitradagi a belgini bosish,
>alpha
yozuvini paydo bo’lishiga olib keladi. CHiqarish maydonidagi ixtiyoriy ifodani belgilab, sichqoncha yordamida grek alfaviti palitrasidagi biror belgi faollashtirilsa, chiqarish maydonidagi belgilangan ifoda faollashtirilgan belgi bilan almashtiriladi. Masalan,
>f:qsin(x);
                        f:qsin(x)
belgilanib, grek alfaviti palitrasidagi h belgi faollashtirilsa, kiritish maydonida
>f:qh(x)     ifoda hosil bo’ladi.
Standart matematik ifodalar palitrasidagi belgilardan foydalanish, ularni qanday talqindagi muhitga qo’llashga bog’liq. Masalan, ushbu palitradagi òo belgi ma’lu-motlarning Maple 6 talqinidagi kiritish muhitida faollashtirilsa,
>int(%?,%?);
komandasi paydo bo’ladi, %? shablonlarni belgilab, kerakli ifodalarga almashtirish mumkin. òo belgi ma’lumotlarning matematik talqinda kiritish muhitida faollashtirilsa,
>integral?
ifoda paydo bo’ladi. ? shablonni belgilab, ixtiyoriy ifoda bilan almashtirsa bo’ladi.

1202 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений