linkedin facebook linkedin facebook nod32

SAHIFADA GRAFIKA VA MULTIMEDIA

Muallif: Zaripova M.J.

Qo`shilgan sana: 2014-03-12

WEB SAHIFADA GRAFIKA VA MULTIMEDIA

Grafik tasvirlar


Tarmoqda tasvirlar haqida gapirilganda aniqlangan ma'lum bir turdagi fayllar haqida gap ketadi. U «цифровой» kamera yoki skaner yordamida olingan rasm, tasvir, hattoki, grafik formatda ifodalangan matn bo’lishi ham mumkin. Bu yerda faylning aniqlangan formati muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik matn muharrirlari (Notepad, SimpleText) grafik fayllarni o’zlarida tasvirlay (ko’ra, ifodalay) olmaydilar. Buning uchun maxsus tasvirlarni ko’rish programmasi, grafik muharrirlar mavjud.
Tasvirlarni web-sahifaga joylashtirish juda oddiy. Buning uchun <img/> elementi kerak bo’ladi. Shuni tushunish kerakki, rasm sahifaga joylashtirilmaydi, balki rasmga sahifadan turib murojaat (rasmga yo’l) ko’rsatiladi. Rasm fayli esa kompyuterning qattiq diskida yoki tarmoqda joylashgan bo’lishi mumkin.
Tarmoqda tasvirlarning asosan JPEG (Joint Phorographic Experts Group «Dji-peg» deb o’qiladi), GIF (Graphics Interchange Format «gif» deb o’qiladi) va PNG (Portable Network Graphics) kabi formatlari qo’llaniladi. Bundan tashqari PCX, TIFF va PICT kabi formatlar ham internetda uchraydi. Agar foydalanuvchida boshqa formatdagi tasvirlar bo’lib, uni web-sahifaga joylashtirmoqchi bo’lsa, u holda uni yuqoridagi formatlardan birida ifodalab olishi maqsadga muvofiqdir.
Web-sahifa uchun tasvirni qo’yayotganda quyidagi qoidalarga e'tibor berish lozim: birinchidan, «tushlik uchun yaxshi qoshiq»ki tanlagan kabi, ya'ni tasvir o’z joyida qollanilishi kerak; ikkinchidan, tasvir faylini yuklash ko’p vaqtni olmasligi kerak.
Tasvirlar, jadvallar, grafiklar web-sahifani bezaydi, uning ko’rinishi va informativlik xususiyatini oshiradi. Faqat matndan iborat Web-sahifa foydalanuvchini zeriktirib qo’yishi mumkin.
Web-sahifaga tasvirlarni qoyish oddiy vazifa. Murakkabi, yaxshi tasvirni hosil qilish hisoblanadi. U ko’plab xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: qiziqarli, foydali, o’ziga tortuvchi va juda ham katta hajmli bo’lmasligi lozim. Tasvirlarni yaratishing ba'zi bir qoidalari:

  • Tasvirlar va grafikalar berilayotgan informatsiyaga tegishli bo’lishi lozim. Sahifaning o’lchamini oshirish uchungina tasvirlarni qo’yish kerakmas. Foydalanuvchilar Internetdan ma'lumot qidiradi va faqat keraklisini o’qiydi, sizning yaxshi ko’rgan rasmingizni ko’rish u uchun qiziq emas.
  • Tasvirlar tez yuklanishi kerak, bu yutuqqa olib keladi. Buning uchun esa fayl katta xajmda bo’lmasligi kerak. Shuning uchun sahifani rasmlar bilan «to’ldirib» tashlamaslik kerak.
  • Oxirgi yillarda ishlab chiqarilayotgan yuqori sifatli raqamli fotoapparatlar xizmatidan foydalaning. Bu sizga kerakli format va o’lchamni tanlashda qulaylik tug’diradi.

Agar siz sahifangizga tasvir qo’yishga qaror qilgan bo’lsangiz tasvirlarni yaratishga mo’ljallangan grafik muxarrirlar xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Ular: Paint Shop Pro, Graphic Converter, Adobe Photoshop, Adobe Image Ready, Corel Draw, Corel Xara …
Grafik ob'ektlar yuqorida aytib o’tganimizdek Web sahifani bezashda juda muhim o’rin tutadi. Grafik ob'ekt deganda biz har xil tipdagi rasmlar, fotorasmlar, tovushli fayllar va videokliplarni tushinishimiz kerak. Brauzer GIF, JPEG va PNG formatdagi grafik fayllarni tasvirlaydi. GIF formatidagi fayllar animatsion tasvirlarni yaratish imkonini beradi. JPEG fayllar fototasvirlarni saqlash uchun ishlatiladi. PNG formati esa tasvirning yuqori sifati va grafik faylning kichik hajmda bo’lishini ta'minlaydi. Web sahifada grafik fayllarni tasvirlash uchun <img> tegi o’zining bir qancha parametrlari bilan qo’llaniladi. Bu teg o’zining yopiluvchi tegigi ega emas, ya'ni biror soha uchun emas balki ko’rsatilgan joyga grafik ob'ekt joylashtirilishini bildiradi. <img> tegining asosiy va majburiy parametrlaridan biri src parametridir. Bu parametr qiymati sifatida tasvirlanishi kerak bo’lgan ob'ekt manzili yoki aniqroq qilib aytganda uning URL manzili ko’rsatiladi.
Masalan: Web sahifaning HTML fayllari joylashgan IMAGES papkasi o’zining grafik fayllari bilan joylashgan bo’lsa bu papkadagi rasm1.gif faylini tasvirlash uchun quyidagi yozuvni yozishimiz kerak:
<img src=”images/rasm1.gif”>
Hozirgi kunda grafik ob'ektlarni tasvirlay olmaydigan brauzerlar umuman ishlatilmaydi, lekin brauzerlarda grafik ob'ektlarni ekranga chiqarmaslik imkoniyati mavjud. Shuning uchun grafik ob'ekt chiqarilmagan vaqtda uning o’rnida shu ob'ekt haqida paydo bo’luvchi alternativ matnli ma'lumot bo’lishi zarur. Bu alternativ matnli ma'lumot <img> tegiga alt parametri yordamida qo’shiladi va matnli qiymat qabul qiladi.
Misol:
<img src = “images/rasm1.gif” alt=“Studentlik oltin davrim”>
Agar grafik tasvir brauzer tomonidan ekranga chiqarilsa u holda alternativ matn sichqoncha ko’rsatkichi tasvir ustiga olib borilganda ko’ratkich yonida paydo bo’ladi. Grafik tasvir haqidagi to’liq ma'lumotni beruvchi internet manba manzilini ko’rsatuvchi longdesc parametri ham sichqoncha ko’rsatkichi yonida paydo bo’luvchi matnli ma'lumotni yaratishda ishlatiladi. Bu parametr qiymati sifatida tasvirning URL manzili ko’rsatiladi.

Jimlik holati bo’yicha grafik tasvir saqlangan paytda qanday gorizontal va vertikal o’lchamlarda saqlangan bo’lsa ekranda ham xuddi shunday tasvirlanadi. Grafik tasvirni foydalanuvchi o’zi xohlagan o’lchamda tasvirlash imkoniyatiga ega, buning uchun height va width parametrlaridan foydalaniladi. Web sahifada grafik tasvirni boshqa ob'ektlardan bo’sh joy bilan ajratib turuvchi hspace va vspace parametrlari ham mavjud. hspace parametri bo’sh joyni gorizantal bo’yicha piksellarda o’rnatsa, vspace parametri esa vertikal bo’yicha o’rnatadi. Bu parametrlar qiymati faqat sonlarda beriladi. Border parametri bilan tasvir atrofidagi chegara qalinligi o’rnatiladi. Parametr qiymati sifatida pikselda o’lchangan son beriladi. Jimlik bo’yicha bu parametr 0 qiymat qabul qiladi va chegara xoshiyasi ko’rinmaydi. Tasvirni o’ziing atrofidagi matnga nisbatan tekislashni ko’rib chiqamiz. Buning uchun align parametri ishlatiladi. Bu parametr qiymati sifatida quyidagi so’zlar ishlatiladi: buttom, middle, top, left, right. Endi yuqoridagi parametrlar qo’llanilgan quyidagi misollarni ko’ramiz:

rasm 1.

Endi shu misolda <img> tegiga gorizontal bo’yicha tekislash parametrini qo’shib ko’raylik.

Rasm 2.

Misol 1.
<!DOCTYPE html PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01 Transitional//EN">
<html>
<head> <title>Rasm va matn</title> </head>
<body>
<p> Bu rasm matnlar orasida joylashadi. <IMG SRC=rasm1.GIF> Bu rasm matnlar orasida joylashadi. </p>
</body>
</html>

Izoh: Rasm 1ga mos holda Misol 1 ni, Rasm 2ga mos holda Misol 2ni .... ko’rish mumkin.

Misol 2.
<!DOCTYPE html PUBLIC "-//W3C//DTD HTML 4.01 Transitional//EN">
<html><head> <title>Rasm va matn</title> </head>
<body>
<p>Bu rasm matndan chapda joylashadi. <img src=rasm1.gif align=left > Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. Bu rasm matndan chapda joylashadi. </p>
</body>
</html>

Endi xuddi shu misolni vertikal bo’yicha tekislashga o’tkazamiz.

Rasm 3.

Misol 3.
<html>
<head><title>Rasm va matn</title></head>
<body>
<p> Matn rasmning o’rtasi bilan tenglashtirib yoziladi. <img src=“images/rasm1.gif” align=middle> Matn rasmning o’rtasi bilan tenglashtirib yoziladi. Matn rasmning o’rtasi bilan tenglashtirib yoziladi. </p>
</body> </html>
2.3.2.Videofayllar
Bizda Web sahifani bezash uchun unga videoroliklar joylashtirish imkoniyati ham mavjud. Foydalanuvchi o’z brauzerida videoma'lumotni ko’rishi uchun videoma'lumot yozilgan faylni o’z kompyuteriga to’liq yuklab olishi lozim. Video fayllar katta hajm egallaganligi sababli uni tarmoq orqali kompyuterga yuklash uchun ko’proq vaqt sarflanadi.
Brauzerlar odatda AVI, Real Video va Windows Media formatlaridagi videofayllarni tasvirlash imkoniyatiga ega. Ularni Web sahifa tarkibiga qo’shish uchun ham <img> tegi ishlatiladi. Videofayl joylashgan manzilni ko’rsatish uchun esa dynsrc parametri ishlatiladi. Jimlik bo’yicha Web sahifa tarkibiga kiritilgan videoma'lumot Web sahifa yuklangandan keyin avtomatik ravishda bir marta tasvirlanadi, lekin bizda tasvirlanish jarayonini boshqarish yoki bu jarayonni foydalanuvchi tomonidan boshqariladigan qilish imkoniyati mavjud. <img> tegiga <start> parametrini qo’shish orqali biz yuklangan fideoklipni tasvirlash jarayonini bemalol boshqarishimiz mumkin. <start> parametrining qiymatlari sifatida mouseover va fileopenkalit so’zlari ishlatiladi. mouseover parametri foydalanuvchi sichqoncha ko’rsatkichini videotasvir joylashgan soha ustiga olib kelishi bilan videotasvirning tasvirlanish jarayoni boshlanishini bildirsa, fileopen parametri esa Web sahifa kompyuterga to’liq yuklanib bo’lgandan keyin darhol tasvirlanish jarayoni boshlanishini bildiradi.
Misol:
<img dynsrc=”movie.avi” start=”mouseover”>

Biz loop parametri orqali videorolikning necha marta tasvirlanishini boshqarishimiz mumkin. Buning uchun tasvirlanishlar sonini loop parametriga qiymat sifatida berishimiz zarur. Agar biz videorolikning takroriy tasvirlanishini doimiy ravishda takrorlanuvchi qilib qo’ymoqchi bo’lsak u holda loop parametriga infinite qiymatini berishimiz kerak bo’ladi. Loopdelay parametri takroriy tasvirlanish jarayonida tasvirlanishlar orasidagi vaqtni belgilaydi va qiymati millisekundlarda beriladi.
Misol:
<img dynsrc=“movie.avi” loop=“2” loopdelay=“5000” >

Yuqoridagi misolda Web sahifa to’liq yuklanishi bilan videoklip ikki marta orasida 5 sekundlik tanaffus bilan tasvirlanadi.
<img> tegiga controls parametrini qo’yish orqali biz videofaylni to’liq o’zimiz boshqarishimiz mumkin, ya'ni Web sahifada videoklip bilan birgalikda uni boshqarish elementlari ham paydo bo’ladi. Boshqarish elementlariga tasvirni ishga tushirish, orqaga qaytarish, oldinga o’tkazish yoki to’xtatish kabi ishlarni bajaruvchi tugmalar kiradi.

Misol: 4.
<html>
<head><title>Video</title></head>
<body>
<p>Oddiy matn. <img dynsrc=“movie.avi” start=“mouseover” loop=“2” loopdelay=“5000” > </p>
</body>
</html>

Videotasvirlarni Web sahifaga joylashtirish bu grafik ob'ektlarni joylashtirishning bir qismi bo’lganligi uchun <img> tegining barcha parametrlarini videotasvirlar uchun ham qo’llash mumkin.

Tovushli fayllar
Web sahifaga tovushli fayllarni joylashtirish ham HTML ning multimedia imkoniyatlari doirasiga kiradi. Tovushli fayllar Web sahifada fon hisobida qatnashadi. Tovushli fayl Web sahifa to’liq yuklangandan keyin bajariladi. Foydalanuvchi kompyuteriga Web sahifa yuklanganda birinchi navbatda uning HTML tilida yozilgan fayli, keyin esa shu sahifada ishlatilgan grafik, video va audiofayllar yuklanadi.
Demak Web sahifaga tovushli fayl qo’yishimiz uchun biz sahifaning sarlavhasiga, ya'ni <head> va </head> teglari orasiga <bgsound> tegini joylashtirishimiz kerak bo’ladi. Bu tegning src parametri qiymat sifatida tovushli faylning URL manzilini qabul qiladi.
Brauzerlar MIDI va WAV formatdagi audiofayllarni taniydi va bemalol ayttirish imkoniga ega.Boshqa formatdagi, ya'ni MP3, Real Audio kabi audiofayllarni ayttirish uchun brauzerlarga qo’shimcha modullar qo’shish kerak bo’ladi. Xuddi videokliplar bilan ishlaganimizdek audiofayllar bilan ishlaganimizda ham faylning necha marta takrorlanishini loop parametri bilan boshqarishimiz mumkin. Qiymat sifatida esa takrorlanishlar soni beriladi. Agar audiofaylning to’xtovsiz takrorlanishi zarur bo’lsa loop parametriga “-1” qiymat berish kerak.
Misol: <bgsound src=“song.mid” loop=”-1”>

3231 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений