linkedin facebook linkedin facebook nod32

Diagnostik utilitlar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-24

Diagnostik utilitlar


Diagnostik dasturlar, kompyuterni tekshirishga moljallangan. Uning yordamida, vaqtida bartaraf etilmagan muammolarni yechish mumkin
Lekin bu panatseya emas. diagnostik utilitni ishga tushirish uchun kompyuter disketadan yoki qattiq diskdan yuklanish lozim. Agarda, yoqib/o‘chirish tugmachani bosgandan so‘ng jimjidlik bo‘lsa siz (самостоятельно), shu kitob yordamida, nima bo‘lganini aniqlashingiz kerak.
Ba’zi bir diagnostik dasturlar DOS yoki Windows ish nusxasi mavjudligiga bog‘liq, boshqa dasturlar esa DOSdagi chegarali funksional analogi bilan birga etkizib beriladi yoki o‘rnatish jarayonida yuklanish disketani yaratadi.
Yana bitta manfiy tarafi shundaki, eng yetakshi (самой совершенной) diagnostik dasturga, diagnostik natijalarni interpretatsiya qiloladigan superkompyuter kerak. Bu superkompyuter- sizning miyangiz..
Diagnostik dasturlar qanchalik yaxshi bo‘lmasin, ulardan hech biri kompyuterning har bir komponentini sinalolmaydi. Antivirus dasturlarning faoliyat maydoniga tusholmaydigan muammolar quyida keltirilgan.

Elektr ta’minot blokining holati.
Bitta voqiyani keltiramiz. Diagnostik dastur har doyim o‘qish/yozishda hatolar mavjudligini ko‘rsatgandan so‘ng, tajribasiz mutahassiz 4 yoki 5 qattiq disklarni o‘zgartirdi. Yangi qattiq disk, o‘rnatilgandan so‘ng yaxshi ishlardi, lekin , bir kecha davomidagi tekshirish natijalari kamaymasdan oshib boraverar edi. Har gal tekshiruv natijalarini korgach va ularni taxlil kilgach mutaxasis bu qattiq disk ham yaroqsisli deb bilar edi. Va nihoyat kompyuterda bir necha qattiq disklar o‘zgartirilgandan so‘ng hatolarni kelib chiqishi aniqlandi. Muammo elektr ta’minot blokining sfatsizligida. Shuni aytib o‘tish kerakki zamonaviy tizim platalarda yuboriladigan kuchlanishni sinovdan o‘tkazish (testlash) vositalar mavjud.

Uskunalar ishidan kelib chiqgan Нерегулярные muammolar.
Aniq, masalan, kompyuterga o‘rnatilgan plata qizib ketgan hollarda aytib o‘tilgan muammolar kelib chiqadi. Bu muammolarni aniqlash uchun diagnostik dasturni uzoq vaqtga yuritib qo‘yish kerak bo‘ladi, masalan, bir kechaga.

Butun kompyuterni, disklarni va ma’lumotlarni tekshirish va tizim bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish uchun dasturlar.
Hozirgacha mavjud bo‘lgan diagnostik dastirlarni 3 kategoriyaga bo‘lish mumkin:
• butun kompyuterni tekshiruvchi dasturlar. Bu dasturlar butun kompyuterning ish faoliyatini tekshirishga harakat qilishadi. Ular nimtizim xotirasini, mikroprotsessorni, DMA hotirasidan erkin foydalanish yo‘l (kanal)larini, soprotsessorni, diskyurutuvchi va qattiq disklarni, parallel va ketma-ket portlarni, videoadapterni, sichqoncha va klaviaturani tekshirishadi. Ular, shuningdek, tizimning tarkibiy tuzilmasi, tanaffuslar, kiritish/chiqarish portlarni sozlash, hamda har bir qurilma ishlatadigan xotira manzillari to‘g‘risida ham to‘liq ma’lumot berishadi
• disk va ma’lumotlarni tekshiruvchu dasturlar. Bu dasturlar faqatgina disklarni va ulardagi ma’limotlar strukturasini (har bitta sektorida ishkastlangan ma’lumotlar mavjutligini) taxlilaydi. Odatda, shunday dasturlar, ma’lumotlarni tiklash uchun, murakkab vositalarni tavsiya etishadi. Bu bo‘lim (kategiriya)ga kiradigan dasurlar disklarni intensiv tekshirish, shikastlangan sektorlarni blokirovka qilish, fayllarni joyini o‘zgartirish, suningdek, ma’lumotlarni sektor bo‘yicha to‘g‘irlash funksiyalarni bajaradi.
• tizim to‘g‘risida ma’lumotni oluvchi dasturlar. Bu dasturlar, kompyuterda o‘rnatilgan apparat va dasturiy ta’minot bo‘yicha, shuningdek, uskunalar foydalangan tanaffuslar, kiritish/chiqarish portlarni sozlash va bo‘shqa resurslar to‘g‘risida keng ma’lumot beradilar. Lekin, shunday dasturlar hech qanday sinash (testlash) funksiyalarni bajarmaydilar. Yangi platalarni, tarmoq adapterlarni, MIDI-qurilmalarni va nostandart tipdagi adapterlarni o‘rnatishdan oldin qanday tanaffuslar, kiritish/chiqarish portlar va xotira manzillari foydalanilayotganligini bilishingiz kerak. Har bir plataga o‘ziga hos tanaffuslar va kiritish/chiqarish portlar biriktirilishi kerak. Bu kategiriyaga tegishli dasturlarni ko‘pincha tarkibiy tuzilmali (konfiguratsion) utilit deb atashadi.
Diagnostik dasturlar sizga tolig ma’lumot bermaydi, lekin, ular foydalidir. Har bir dastur, aniq tipga tegishli muammoni aniqlashga moljallangani uchun, siz butun kompyuterni uchun va disklarni tekshirish uchun alohida-alohida dasturlarni harid etishingiz kerak. Bu dasturlar, oldindan aytib o‘tkanimizdek foydali, lekin siz bu muammolarni yaxshiroq yechasiz deb o‘ylaymiz. Diagnostik dasturlarni ular bergan rekomendatsiyalarni yaxshilab o‘rganing, lekin ularga o‘ylamasdan
Tasavur qilinki, kompyuteringiz – kasal xonaning mijozi. Diagnostik dasturlar alohida organlarni (ketma-ketlik porti, xotirani kengaytirilgan maydonini yoki klaviaturani va h.k.) tekshirish uchun monjallangan. Lekin mijoz shifokorni barcha savollariga javob berishi shart, aks holda hamma tekshirishlar befoyda bo‘ladi.

Testlash jarayoni uchun hos bo‘lgan cheklanishlar.
Masalan, tekshiruvchi dastur qaysidir qurilmada muammo borligini aniqladi, masalan disk yurutuvchida. Shunday ekanmi? Diagnostika dasturlar ko‘rsatgan muammolar sababi boshqa bo‘lishi mumkin. Bunday dasturlar muammoni kelirib chiqgan qurilmaga emas, balki kompyuter ostki tizimiga ilova qiladi. Malum simptom bir nechta komponentalarga hos bo‘lishi mumkinligi uchunko‘p hollarda moammoli qurilmani aniq ko‘rsatish mumkin emas. Shuning uchun dastur tomonidan tuzilgan hisobotni, ushbu kitobda ta’riflangan usullaridan tizimni tekshirish uchun foydalanishda tayanch nuqda sifatida ishlating.

Xisobot olish uchun tizim utilitlari
Ko‘p hollarda kompyuterni Windows bilan birga ishlatishda kelib chiqadigan muammolarni yechish kaliti operatsion tizim har hil vositalariga turli apparat va dasturiy komponentalarni tekshirishga imkon berishdan iborat.
Ma’lumotlarni diagnostika kilish va tiklash utilitlar.
Qattiq disklarni holatini taxlil etish va tiklash bir biri bilan bo‘g‘lik. Siz shu vazifalarni alohida bajaradigan dasturlardan yoki universal yechumlardan foydalanishingiz mumkin.
Bu bolimda shunday dasturlardan bir nechtasi to‘g‘risida aytib o‘tilgan.
BIOS yoki DOS, diagnostik dasturlardan olimgan hatolar haqidagi ma’lumotlar aniq yollanmalarga asoslangan. Shunday axborotlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlardan foydalaning, lekin unutmanki, ularga 100% ishonib bo‘lmaydi.
AMI BIOS ni ishlab chiqaruvci American Megatrends kompaniyasi bir nechta utilitlar va maxsus uskunalarni tavsiya etadi. Shu yerga Intel, AMD, Cyrix, SGS Thomson va Texas Instruments kompaniyalarning protsessorlarini tekshirishga imkon beradigan, AMIDiag dasturi ham kiradi. Protsessorlardan tashqari shu dastur xotira, disk yurutuvchi, qattiq disklar, CD va DVD – disk yurutuvchilar, videoadapterlar, USB-, parallel va ketma-ket portlar,to‘vushli platalar, tarmoqli adapterlar va h.k. larni tekshiradi. Shu dasturga tegishli ma’lumotlarni www.ami.com Web-saytda topasiz.
Yana bitta tavsiya etiladigan utilit - Smith Micro Software ishlab chiqaruvchi kompaniyaning Checklt utilit. Bu utilitning to‘plamiga yana Computer Associates kompaniya ishlab chiqarilgan Clean & Zip File Management Utility и InoculatelT Antivirus utilitlar. Shu utilitlarga tegishli ma’lumotni www.smithraicro.com/checkit Web-saytida to‘pasiz.
Diagnostik dasturlar o‘z ishini bajarish uchun ish vaqtidagi kompyuterni tekshirish lozim. Shunung uchun kompyuterni tekkis ishlashini tekshirmoqchi bo‘lsangiz, uni 1 sutkaga ishlatib qoying.
Lekin, bu usulda ham kamchiliklar mavjud. Diagnostik dasturlar kompyuterni foydalanuvchiga qaraganda ancha uzoq va chuqur darajada tekshirishi mumkin, lekin, ular uning ishidan foydalanmaydi; asosiy muammo ham shundan iborat. Ko‘p hollarda mutaxassis kompyuterni 72 soat davomida tekshiradi, shundan song hamma narsa sozlangan va to‘g‘ri ishlaydi deb foydalanuzchiga uzatadi. Olliy foydalanishda 5 soniya otmasdan kompyuter osilib qoladi va mutaxassis ahmoqona ko‘rinishga ega bo‘ladi. Diagnostika dasturi normal ishlaydi, mutaxassis hamma o‘z vazifalarini etarli darajada bajargan, foydalauvchi ham tajribali. Hamma gap shundaki u kompyuterni diagnostik dastur hech qachon tekshirmagan operatsiyani bajarishga majbur qilmoqda.
Piter Norton o‘z faoliyatini bimasdan o‘chirilgan fayllarni tiklaydiqan utilitlardan boshladi va o‘z imperiyasini yaratdi. Vaqt o‘tishi bilan juda ko‘p har xil utilitlar va kompyuter diagnostika qiladigan uskunalar yaratildi, lekin Symantec kompaniyasining Norton Utilites utilitlar to‘plabi eng yaxshilardan biri deb hisoblanadi.
Bu to‘plamda Norton Disk Doctor va Norton System Doctor utilitlar asosiy deb hisoblanadi va qattiq disk, hamda butun tizim ishini tekshiradi. System Watch dastur Windows (среда) tizim resurslarni nazorat qiladi va kelib chiqadigan muammolar to‘g‘risiga ogohlantiradi.
Shu to‘plamga tegishli yana bitta utilit, bu Norton Uninstall Deluxe dasturi.uning vazifasi – Windows tizimida kerak bo‘lmagan dasturlarni olib tashlash. Norton CrashGuard Deluxe dasturi esa, kompyuter ishidagi nosozliklarni bartaraf etadi, hamda tizim fayllarni va parametrlarni tekshiradi. Bu utilit to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun www.symantec.com Web-saytiga murojat eting.
Utilit to‘plamlaridan yana biri Cyber Media kompaniyas yaratgan McAfee Utilities to‘plamidir. U to‘grisida to‘liq ma’lumot www.mcafee.com Web saytida berilgan.

 

5950 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений