linkedin facebook linkedin facebook nod32

Windows oiladagi Operatsion tizimlarning optimizatsiyasi

Muallif: Mengliyev Sh

Qo`shilgan sana: 2014-04-23

Windows oiladagi Operatsion tizimlarning optimizatsiyasi.


Bu bobda tizim optimizatsiyasining asosiy momentlari bilan tanishib o‘tamiz. Optimizatsiyani boshlash uchun, tizim ishini tezlashtirgan holda, ba’zi bir kerak bo‘lmagan tizim xizmatlarini o‘chirib tashlaymiz. Shuningdek xotira ham bo‘shaydi.
Qorqmasdan o‘chiriladigan xizmatlarni ro‘yxati:

  • Automatic Updates (avtomatik yangilash). Tizimni qo‘l yordamida ham yangilash mumkinligini inobatga olgan holda, bu xizmatni o‘chirish mumkin. Ayniqsa Internet bilan bog‘lanish bo‘lmasa. Shuni sedan chiqazmanki, System Properties ilovasida Automatic Updates o‘chirish esingizdan chiqmasin.
  • Computer Browser. Tarmoqdagi kompyuterlar ro‘yxatini yangilaydi. Tarmoq yo‘qligida bu xizmat kerak emas.
  • Cryptographic Service. Local tarmoqda kalitlar bilan o‘zaro almashtirish va uzatiladigan ma’lumotlarni shifrlashning xavfsizlik xizmati. Agarda larmoq mavjud bo‘lmasa bu xizmatni o‘chirish mumkin.
  • DHCP client. IP- adreslarni avtomatik ravishda tarqatadi. Agarda tarmoq mavjud bo‘lmasa, bu xizmat kerak emas.
  • Event Log. Tizim, dasturiy hodisalarni tizim xavfsizligiga o‘tkazadi. Uni o‘chirsa ham bo‘ladi.
  • Messenger. Administrator orqali ma’lumotlarni olish va jonatishga javob beradigan xizmat. Tarmoq va administrator mavjud bo‘lmasa xizmat umuman kerak emas.
  • Network Connections. Hamma tarmoq ulanishlarni boshqarish. Agarda tarmoq mavjud bo‘lmasa, bu xizmat kerak emas.
  • Print Spooler (Спулер печати). Agarda printer bo‘lmasa, xizmat ham kerak emas.
  • Portable media serial number. Kompyuterga ulanadigan musiqa qurilmani seriya raqamini olishiga javob beradigan xizmat.
  • Protected Storage. Maxsus ma’lumotlarni saqlaydi. Avtorizatsiya qilinmagan ulanishni man etadi.
  • Remote Registry Service. Reestrni masofaviy boshqarish uchun moljallangan. (faqat tarmoq administratorlarga).
  • System Event Notification. Tizim hodisalarni kuzatadi. Agarda hammasi to‘g‘ri sozlangan va normal ishlasa, uni o‘chirishingiz mumkin.
  • SSDP Discovery. UpnP qollaydigan qurilmalarning ishini ta’minlaydi. (kompyuterni uy xizmat tehnika bilan bog‘lovchi Plug & Play universal tizimi).
  • Task Scheduler. Aniq vaqtda ilovalarni yuklash.
  • Telephony. Modem bilan bog‘lanish. Modem mavjud bo‘lmasa, xizmatni o‘chirish mumkin.
  • Telnet. Telnet protokoli bo‘yicha ulanish va masofaviy ishlash imkonini ta’minlaydi. Agarda, bu nimaligini tushunmasangiz, uni o‘chirishingiz mumkin.
  • Uninterruptible power supply. Uzliksiz elektr ta’mirlash (UPS) manbasini ishini boshqaradi.
  • Terminal Service. Tarmoq bo‘yicha kompyuterga ulanish va masofaviy boshqarish uchun xizmat kiladi.
  • Windows time. Likal mashinada va serverda vaqtni sinxronlashtiradi. Agarda time-server bo‘lmasa, xizmat ham kerak emas.
  • Wireless zero configuration. 803.11 va 803.11b standartga tegishli simsiz tarmoqlarni avtomatik sozlash xizmati. Agarda simsiz tarmoq mavjud bo‘lmasa, xizmat ham kerak emas.



Tizimni ishdan chiqazmasligi uchun, uyqori aytib o‘tilgan vazifalarni bajarishdan oldin, tizim xizmatlarini ishga tushish uchun javob beradigan reestrni rezerv nusxasini oling: regedit ni ochib, HKEY_LOCAL_MACHINE \SYSTEM \CurrentControlSet \Serviсes bo‘limiga borib, File menyudan Export Registry Key punktiga o‘tamiz.
Tizim ishini tezlashtiradigan va operativ xotirani ayrim qismini bo‘shatadigan yana bitta usul – bu Dr.Watson'a otladchikni o‘chirish: reesrda HKEY_LOCAL_MACHINE \SOFTWARE \Microsoft \Windows NT \CurrentVersion \AeDebug kalitni topib, Auto parametrni qiymatini 0 ga o‘zgartiring. Shunday reestrning modifikatsiyasida, ilova ishdan chiqsa tizim uni yopishni yoki otladka uchun otladchikga uzatishni tavsiya etadi.
Keyingi bosqich – ishni tezlashtirishini moljallangan interfeys optimallashtirishi. System Properties ga kirib, Advanced ilovasini ochamiz, Performance bo‘limdagi Settings tugmasini bosib, Visual Effects ochilgan ilovasida Adjust for best performance punktni belgilaymiz. Shu bilan hamma effektlarni o‘chiramiz.
Endi esa boshlangich menyuga o‘tamiz. Boshida u kechikish bilan ochiladi (400millisekund), tezlikni esa o‘zgartirish mumkin. Buning uchun: reestrdagi HKEY_CURRENT_USER \ControlPanel \Desktop manzilda joylashgan MenuShowDelay kalitini qiymatini o‘zgartiramiz. Bu parametr uchun qiymatni “0” ga tenglashtirsak menyu kechikmasdan paydo bo‘ladi.
Reestrda yzne bitta, interfeys ishini tezlashtiradigan MinAnimate parametr mavjud. Uning yordamida darchalar ochib yopilishda animatsiya yoqiladi. Buning uchun HKEY_CURRENT_USER \ControlPanel \Desktop \WindowsMetrics manzildagi MinAnimate parametrini qiymatini “0” yoki “1” ga tenglashtiramiz. “0” – animatsiya effekti yoqilgan, “1” -o‘chirilgan. Agarda reestrda bu kalit mavjud bo‘lmasa, uni yarating (tip String). Bu o‘zgarishlar kuchga kirish uchun kompyuterni qayta yuklash zarur.
NTFS bo‘limdagi ko‘p fayllarga ega bo‘lgan papkani ochish uchun ansha vaqt sariflanadi, chunki Windows har gal faylga kirish oxirgi belgisini yangilatadi.
Shu funktsiyani o‘chirish uchun regedit ni yuklash zarur va HKEY_LOCAL_MACHINE \SYSTEM \CurrentControlSet \Control \FileSystem manzilida DWord tipdagi NtfsDisableLastAccessUpdate parametrni yarating. Uni “1” qiymatgai tenglashtiring.
Bundan tashqari tizimni ishini optimallash uchun, shunga moljallangan maxsus dasturladan foydalanish zarur, masalan, Windows XP ni sozlash uchun foydalanadigan 20 tacha utilit fayllardan iborat bo‘lgan Tweak-XP to‘plami.

OT tezlashtirish (ускорение).
“Мой компьютер” papkani ochganda, agarda CD-ROM prividida disk tutgan bo‘lsa, papkani ochilishi sezilarli sekinlashadi. Daskni, faqatgina murojat qilingan vaqtda, aylanishini hosil qilsak, u tizim ishlash tezligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Buning uchun:
HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\CurrentControlSet\Services\CDRom bo‘limda DWORD tipli Autorun parametr yaratiladi, va u “0” qiymatga tenglashtiriladi.
Windows XP, fayllarni qidiruv tezligini oshirish uchun, disklardagi hamma fayllarga indeks yaratadi va ularni qollaydi. Buning teskari tomoni – ochish, yopish va h.k. tipdagi buyruqlarni bajarish tezligini kamaytiradi. Buning uchun quyidagilarni bajaramiz:

  • My Computer ochamiz;
  • Allow indexing service to index this disk for faster searches ortsiyada bayroqchani olib tashlaymiz;
  • Darchada Apply to all folders and subfolders optsiyani tanlaymiz;
  • Kompyuterning qolgan qattiq disklar uchun ketma-ketlikni takrorlaymiz.

Windows 98 ishini tezlashtirish:

  • Wallpapersdan foydalanmang: rasmni katta bo‘lib unda ranglar ko‘p bo‘lsa, Wallpapers kompyuter ishini yanada sekinlashtiradi;
  • Keragidan ortiq ranglarni ishlatmang, agarda professional grafika bilan ishlasangiz – 256 rang yetarlidir;
  • Animatsion kursorlardan foydalanmang, ular tizim ishini sezilarli darajada sekinlashtirmaydi, lekin uni ishlatmasangiz tizimingiz ozgina bo‘lsa ham tezroq ishlaydi;
  • CD-ROM uchun, o‘z talablaringizga ko‘ra, kesh o‘lchivini o‘rnating. CD-ROM uchun kesh sozlashni o‘zgartirish uchun My computer/Control Panel/System oching, Perfomance tanlab, File system tugmasini bosing. CD-ROM ilovasini ochib, kesh uchn hohlagan o‘lchamni o‘rnating.
  • Windows bilan birga sotiladigan tovush effektlardan foydalanmaslikka harakat qiling;
  • autoexec.bat, config.sys, win.ini и system.ini larni yaxshilab o‘rganib chiking. autoexec.bat dan sichqoncha, CD-ROM, Soundblaster, smartdrive draywerlarini o‘chirish mumkin. config.sys dan esa himem.sys yuklanish satrlarni o‘chirish mumkin, windows uni avtomatik ravishda yuklaydi. win.ini da run= va load= satrlarni tekshiring va kerak emaslarni olib tashlang.
  • Programs menyudagi Start-up papkani tekshiring. Ba’zi bir dasturlar (masalan, Microsoft office) u yerga kerak bo‘lmagan dasturlarni yozishadi, u esa resurslarni egallaydi. Sizga kerak bo‘lmagan barcha larini olib tashlang.

BAT – fayllar.
Agarda, siz bir hechta Windows dasturlarni ketma-ket yuklamoqchi bo‘lsangiz, buning uchun .bat fayl yosishingiz mumkin. /W kalit bilan START buyruqdan foydalanind. Masalan:
@START /W /MAX "C:\WINDOWS\SCANDSKW.EXE /A /N"
@START /W /MAX "C:\WINDOWS\DEFRAG.EXE /ALL /F /NOPROMPT"

Uni 1.bat fayl nom bilan saqlang (qo‘shtirnoqlarga ahamiyat bering). Bundan tashqari quyidagi kalitlardan foydalanishingiz mumkin;
/M Minimum ishlatib dasturni yuklaydi;
/MAX Butun ekranga dasturni yoyib yuklaydi;
/R Dasturni darchada yuklaydi (ko‘zda tutgan holda);

Parametrlarni bat-faylga uzatish.
Bat-faylni qanday dir patametr bilan birga yuklamoqchi bo‘lsangiz, parametr qo‘shiladigan joyga: birinchi parametr uchun - %1, ikkinchi parametr uchun - %2 va h.k. qoyishingiz mumkin.

Masalan, fayl test.bat:

/тут идут какие-то /
/подготовительные работы
rar m file%1

Endi esa bu faylni "test.bat 0001"buyruq orqali ishlatsamiz, file0001.rar fayl mavjud bo‘ladi.
Internet bilan ishlash tezligi.
Buning uchun QoS (Quality of Service) xozmatini ochirish lozim. “Quality of Service” xizmati kanalni uzatish imkonini 20% rezervda oladi.
Kanalni o‘chirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  • Group Policy (gpedit.msc) appletni yuklash;
  • Local Сomputer policy topib, Administrative templates (Административные шаблоны) tugmasini bosamiz;
  • Network - QoS Packet Sheduler tanlaymiz;
  • Limit reservable bandwidth ni bosib, Bandwidth limit ni 20% dan 0 ga tushuramiz yoki umuman o‘chirib tashlaymiz.
  • O‘zgarishlar ishga tushishi uchun qayta yuklash zarur.

(Internet Explorer) serverni javobini kutish vaqti
internetda ishlagan vaqtda, juda uzoq, masofaviy va sekin ishlaydigan fayllarga murojat kilish kerak bo‘ladi. Bu hollarda Internet Explorer quyidagi axborotlarni chiqazadi: "Microsoft Internet Explorer error 10060 connection timed out", "Internet Explorer cannot open the internet site. The operation timed out", "The page cannot be displayed. Cannot find server or DNS Error". Bu hollarda kutish vaqtini uzaytirish mumkin, masalam, 8 minutgacha (ko‘zda tutilgan hollarda u 5 minutga boradi).
Buning uchun:
HKCU\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Internet Settings
bo‘limida DWORD tipdagi 00075300 (480000) ga teng bo‘lgan ReceiveTimeout parametrni o‘rnatamiz. Boshqa vaqtni qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, soniya qiymatini 1000 ko‘paytiramiz, masalan, 8 minut uchun - 60 х 8 х 1000 = 480 000.

Ulanish vaqtini saqlash.
Ulangandan so‘ng server bilan ulanish vaqtini saqlashini o‘rnatish mumkin.
Buning uchun:
HKCU\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Internet Settings bo‘limida DWORD tipdagi yangi millisoniyada o‘lchanadigan qiymatga teng bo‘lgan KeepAliveTimeout parametrni o‘rnatang (ko‘zda tutgan holda0x0001D4C0 (120000)).

Antivirus dasturlar.
Norton AntiVirus ni ishlatadiganlar uchun: Windows XP da, NAV ni yuklayotganda, “Планировщик заданий” xizmatni o‘chirib tashlamang. Aks holda, yuklangandan so‘ng, tarkibiy tuzilmani initsializatsiyalaganda NAV ichki hato paydo bo‘ladi.
Maslahat: xizmatni o‘chirmang. Avvalambor, NAV ni yuklagandan so‘ng, “har jumada tekshirishni” olib tashlang va tizimni qayta yuklang. Ana undan keyin, "Планировщика заданий" xizmatni o‘chiring.
DRWEB.EXE antivirus dasturini nomini o‘zgartirish tavsiya etiladi. DRWEB.INI, DRWEB.HL1 va DRWEB.HL2 fayllarni ham nomini o‘zgartirish tavsiya etiladi (kengaytgichli saqlagan holda). (Doctor Web yuklanishini DRWEB.EXE ishini nazorat qiluvchi resident viruslardan berkitish).

Qoshimcha bo‘sh joy.
Agarda hamma uskunalar o‘rnatilgan bo‘lsa, %SystemRoot%\Driver Cache\i386\ (ko‘zda tutilgan holda C:\Windows\Driver Cache\i386\) papkasini o‘chirish mumkin. Lekin, yangi uskunani qo‘shganda Windows CD yuklash diskini soraydi.
Yana bitta papkani o‘chirish mumkin - %SystemRoot%\system32\dllcache\ , unda, originallarni (ishdan chiqqan bo‘lsa) avtomatik tiklash uchun foydalaniladigan, himoyalangan tizim fayllar joylashgan. Bu papkani sig‘imi 400 Mbayt. U HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows NT\CurrentVersion\Winlogon bo‘limdagi SFCQuota (0xFFFFFFFF) parametr orkali o‘zgartiriladi. Lekin, sfc: sfc /cachesize=0 dastur yordamida, uni 0 gacha o‘zgartirish mumkin. (agarda 10 qiymatni o‘rnatsak, papkani sig‘imi 10 Mbayt gacha kamayadi).

3830 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений