linkedin facebook linkedin facebook nod32

PQ-2042-sonli qaror ijrosi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-18

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXONOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING

Qarori

Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy restri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-son, 701-modda) [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 26 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2541] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi PQ-2042-sonli «Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 39-son, 508-modda) 8-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:

1. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy restri to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. MIRZAXIDOV Toshkent sh., 2013 yil 28 noyabrь, 62-mh-son Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA Toshkent sh., 2013 yil 28 noyabrь, 52-son Moliya vaziri R. AZIMOV Toshkent sh., 2013 yil 28 noyabrь, 109-son O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013 yil 28 noyabrdagi 62-mh, 52 va 109-son qaroriga ILOVA Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy restri to‘g‘risidagi nizom Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 y., 1-2-son, 10-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi PQ-2042-son «Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 39-son, 508-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrdagi 355-son «O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012 y., 52-son, 589-modda)ga muvofiq Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy restrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalar

1. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy restrini yuritishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilar: mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron bankini yaratish va istiqbolli loyihalarni hamda innovatsion kompьyuter texnologiyalarini yaratish bilan mashg‘ul bo‘lgan iste’dodli yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash; milliy dasturiy mahsulotlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorining holati va salohiyati to‘g‘risida axborot berish; ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan, sifatli milliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish; iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining real ehtiyojlarini hisobga olgan holda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; mamlakatimiz dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifodalash, ularga o‘z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ildam siljitishda ko‘mak berish.

2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy restri (bundan buyon matnda Milliy reestr deb yuritiladi) — mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi axborotning yagona elektron banki; dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi — o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish (ishlab chiqish), kuzatish (xizmat ko‘rsatish), joriy qilish va sotish bilan bog‘liq faoliyatni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti; dasturiy ta’minot vositalari — algoritm tilida taqdim etilgan operatsiyalar, komandalar va ma’lumotlarning mantiqiy tashkil etilgan yig‘indisidan iborat va muayyan natijaga erishish maqsadida kompьyuterda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan intellektual mulk ob’ekti. Dasturiy ta’minot vositalari deganda ularni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallari ham nazarda tutiladi.

3. Mazkur Nizom maqsadlarida o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotish deganda:

a) kompyuterda dasturlash va dasturiy ta’minot vositalarini yozish, modifikatsiya qilish, testlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlash, hujjatlashtirishga doir (shu jumladan tijorat yoki erkin tarqalgan modullardan foydalangan holda) faoliyatning barcha turlari, shu jumladan tizim va mazmunni ishlab chiqish va yoki tizimli dasturiy ta’minot vositalari (shu jumladan tiklash), amaliy dasturlar (shu jumladan tiklash), ma’lumotlar bazalari, veb-saytlarni (shu jumladan ularning audiovizual elementlarini) yaratish va bajarish uchun zarur bo‘lgan komandalar tizimini yozish, dasturiy ta’minot vositalarini sozlash, ya’ni mavjud ilova mijozning axborot tizimi doirasida ishlashi uchun kerakli bo‘lgan tarzda uni modifikatsiya qilish va konfiguratsiyalash, yakka tartibdagi dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish (buyurtma asosida) va dasturlar paketini foydalanuvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish, foydalanuvchilar uchun dasturiy ilova qilingan yo‘riqnomalarni yozish;

b) o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarining ma’lumotlarni qayta ishlash va ma’lumotlar bazalariga ma’lumotlarni kiritish, sotilgan yoki foydalanish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va kiritish vositalarining uzoq muddatli (doimiy) asosda ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha faoliyat;

v) o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarini ko‘paytirish, joriy qilish, shuningdek kuzatish (xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha faoliyat, shu jumladan o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarini sotish, foydalanishga berish, ularni joriy qilish, dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish va texnik kuzatish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish, ishlab chiquvchining o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalari xaridorlari va foydalanuvchilarini o‘qitish hamda ularga maslahatlar berish tushuniladi.

II bob. Milliy reestrga kiritish

4. Milliy reestrga ixtiyoriy va bepul asosda yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab, uch oydan kam bo‘lmagan muddatda, yuridik shaxs sifatida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan va so‘nggi uch oyda o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, tatbiq etish va sotishdan olgan daromadlari sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etuvchi dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari kiritiladi.

5. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini Milliy reestrga kiritish yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (bundan buyon matnda Davlat qo‘mitasi deb yuritiladi)ga tegishli arizalari asosida amalga oshiriladi.

6. Davlat qo‘mitasi Milliy reestrni shakllantirish, yuritish va yanada rivojlantirish bo‘yicha funksiyalarni amalga oshiradi.

7. YUridik shaxslar Milliy reestrga kirish uchun Davlat qo‘mitasiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha ariza taqdim etadilar (shaxsan kelib, pochta aloqasi vositasida yoki Internet tarmog‘i orqali).

8. Davlat qo‘mitasi arizani olgan kundan boshlab uni uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi. Har bir arizani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reestrga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risidagi asoslangan qarorni qabul qiladi, bu haqda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisiga xabarnoma yuboriladi (pochta, shu jumladan elektron pochta orqali).

9. Mazkur Nizomning 3-bandidagi talablarga javob bermaydigan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini Milliy reestrga kiritishda rad etilishi mumkin.

10. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reestrga kiritishda asossiz rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi tomonidan ariza ilgari ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf qilingan holda takroran taqdim etilganda, yangi asoslarga ko‘ra Milliy reestrga kiritilishda rad etish taqiqlanadi.

11. Milliy reestrga kiritilishi rad etilgan holda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi faqat Milliy reestrga kiritilishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etgan holdagina Davlat qo‘mitasiga ariza bilan takroran murojaat qilishga haqlidir. Davlat qo‘mitasi Milliy reestrga kiritish to‘g‘risida ariza bilan takroran qilingan murojaatni mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqishi shart.

12. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reestrga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan holda, Davlat qo‘mitasi: qaror qabul qilingan kundan keyin bir kun muddat ichida mazkur Nizomning 16-bandida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni Milliy reestrga kiritadi; dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reestrga kiritgan kunda dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini uning Milliy reestrga kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi Milliy reestrga kiritilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuridik shaxsning to‘liq nomlanishi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami va Milliy reestrga kiritilgan sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart.

13. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi quyidagi asoslarda Milliy reestrdan chiqariladi: chiqish to‘g‘risidagi o‘z arizasi; tegishli vakolatli organlarning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi mazkur Nizomda belgilangan yuridik shaxslarni Milliy reestrga kiritish mezonlarga nomuvofiq ekanligi to‘g‘risidagi asoslangan ma’lumoti.

14. Milliy reestrdan chiqarish to‘g‘risidagi masala Milliy reestrdan chiqarish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun tegishli materiallar olingan kundan boshlab uch kun muddat ichida Davlat qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reestrdan chiqarish to‘g‘risida asoslangan qaror qabul qiladi. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisini Milliy reestrdan chiqarish bu haqda qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddat ichida amalga oshiriladi.

15. Milliy reestrdan chiqarilgan yuridik shaxslar, Milliy reestrga agarda o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotishdan olgan daromadlari o‘tgan yilga nisbatan sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etsa, Milliy reestrdan chiqarilgan yildan keyingi kalendarь yilida qayta kiritilishi mumkin.

III bob. Milliy reestrni shakllantirish va yuritish

16. Milliy reestr on-layn rejimida software.uz Internet-portalida elektron shaklda yuritiladi. Milliy reestr dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: yuridik shaxs to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili) telefoni va boshqalar); ishlab chiqilgan, joriy qilingan va sotilgan dasturiy ta’minot vositalari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar (loyihalar va dasturiy ta’minot vositalari nomi, vazifasi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Dasturiy mahsulotlar davlat restrida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa)); Milliy reestrga kiritilgan sana va raqami; Milliy reestrga kiritish va yoki chiqarish uchun asoslar va sanalari; balans hisoboti va xo‘jalik faoliyatining asosiy parametrlari, shu jumladan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish, joriy qilish va sotishdan olinadigan daromadlar miqdori va boshqalar.

17. Milliy reestrdagi ma’lumotlar umumfoydalanadigan ma’lumotlar hisoblanadi, dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining moliyaviy ko‘rsatkichlari bundan mustasno.

18. Milliy reestr Internet tarmog‘idagi on-layn do‘konlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, bu do‘konlar vositasida Milliy reestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari eksport shartnomasi mavjud bo‘lmasdan dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish va kuzatish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning xorijiy valyutada eksport qilinishini amalga oshiradilar.

IV bob. Milliy reestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarining qo‘llanilishi

19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi PQ-2042-son «Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Milliy reestrga kiritilgan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari 2017 yilning 1 yanvariga qadar muddatda quyidagi to‘lovlardan ozod etiladi: barcha turdagi soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l fondiga hamda byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga boj to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari). Milliy reestrga kiritilgan yuridik shaxslar − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilari uchun mazkur band bilan nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilishi 2 yilga (2019 yilning 1 yanvarigacha) uzaytiriladi, agarda ularning o‘zlari ishlab chiqargan dasturiy ta’minot vositalarini eksport qilish hajmi 2016 yil yakunlari bo‘yicha ular sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining kamida 50 foizini tashkil etsa.

20. Mazkur Nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar Milliy reestrga kiritilgan yuridik shaxslar − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

21. Imtiyozlar berilishi natijasida bo‘shagan mablag‘lardan maqsadga muvofiq ishlatilmagan taqdirda, ushbu mablag‘lar to‘liq hajmda, belgilangan tartibda penya hisoblangan holda Davlat byudjetiga undiriladi.

22. Imtiyozdan foydalanib olib kelingan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalari erkin muomalaga chiqarish sanasidan 5 yil mobaynida o‘z ehtiyojlari uchun bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish faktlari aniqlangan holda soliq to‘lovchini moliyaviy-xo‘jalik tekshiruvlarini o‘tkazish davomida (reviziya) davlat soliq xizmati organlari aniqlangan faktlar to‘g‘risidagi hujjatlarni tuzadi va uch ish kuni ichida hududiy davlat bojxona xizmati organlariga yuboradi. O‘z ehtiyojlari uchun bo‘lmagan maqsadlarda foydalanilgan, olib kelingan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalariga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar summasi penya hisoblangan holda, o‘rnatilgan tartibda Davlat byudjetiga undiriladi. 23. Mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar: soliq va majburiy ajratmalar bo‘yicha − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar Milliy reestrga kiritilgan oyning keyingi oyi 1-sanasidan; bojxona to‘lovlari bo‘yicha − dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar Milliy reestrga kiritilgan sanadan boshlab qo‘llaniladi.

24. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl bo‘yicha hududiy davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan ariza asosida beriladi. Ariza davlat bojxona xizmati organlariga ikki nusxada taqdim etiladi, bir nusxasi vakolatli organ belgisi bilan arizachiga qaytariladi. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologiya hujjatlari, dasturiy ta’minot vositalarini erkin muomalaga chiqarish bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim qilinadi.

25. O‘rnatilgan mezonlarga mosligini tasdiqlash uchun (o‘z dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish, joriy qilish va amalga oshirish daromadlari mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) umumiy hajmining 50 foizidan kam bo‘lmagan qismini tashkil etadi yoki 2017 yildan boshlab xususiy dasturiy ta’minot vositalari hajmi umumiy mahsulotlarning (ishlar, xizmatlar) hajmining 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etadi), imtiyozlardan foydalangan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar yil yakuni bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-hisobotni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi.

26. Taqdim etilgan ma’lumotnoma-hisobotga ko‘ra hisobot yili yakuni bo‘yicha tashkilot imtiyoz berish bo‘yicha mazkur Nizom bilan o‘rnatilgan mezonga mos kelmasa, mazkur Nizomning 19-bandida keltirilgan imtiyozlar, o‘rnatilgan tartibda penya hisoblangan xolda Davlat byudjetiga to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.

27. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilar imtiyoz berish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga mos emasligi aniqlangan hollarda, davlat soliq xizmati organlari 10 kun muddatda aniqlangan faktlar haqida: davlat bojxona xizmati organlarini bojxona to‘lovlarini o‘rnatilgan tartibda undirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun; Davlat qo‘mitasini mazkur yuridik shaxsni Milliy reestrdan chiqarish uchun xabardor qiladi.

28. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchisi kalendarь yili davomida Milliy reestrdan o‘z xohishiga ko‘ra chiqsa, mazkur Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar, ular o‘rnatilgan mezonlarga mos kelgan avvalgi hisobot davri (chorak, yarim yil, 9 oy) uchun saqlanib qoladi. V bob. Milliy reestr ishlashiga doir tashkiliy-texnik masalalar

29. Milliy reestrning ishlashiga, uni on-layn rejimida yuritishga doir tashkiliy-texnik ishlarni amalga oshirish uchun Davlat qo‘mitasi Milliy reestrning vakolatli operatorini tayinlaydi. Vakolatli operator vazifasini ijro etish doirasida qabul qilib oladigan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi. Vakolatli operatorning faoliyati notijorat asosda amalga oshiriladi va quyidagilarga qaratilgan: sifat menejmenti davlat va xalqaro standartlari (ISO-9000)ni ishlab chiqish, qabul qilish va joriy qilish, kompaniyaning dasturiy ta’minot vositalarini (CMMI) ishlab chiqishga qobiliyatini baholash va boshqalar; milliy dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini xalqaro va milliy ko‘rgazmalarda ishtirok etishlarini tashkil qilish yo‘li bilan mamlakatimizda ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalarini ichki va xalqaro bozorlarda ilgari surish; fuqarolik jamiyati salohiyati, axborot texnologiyalari sohasidagi ekspert hamjamiyatini sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mamlakatimiz dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish jarayonlarini rag‘batlantirishga jalb qilish; dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish sohasining o‘zini o‘zi tartibga solish mexanizmlarini faollashtirish, mahalliy dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifoda etish, ularga ichki va tashqi bozorlarda o‘z mahsulotini ilgari surishga yordam berish va boshqalar.

30. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining haqiqiy ehtiyojini hisobga olgan holda dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida vakolatli operator Milliy reestr ma’lumotlarining tahlilini amalga oshiradi, dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida marketing tadqiqotlarini o‘tkazadi va ular asosida dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimining yanada takomillashtirilishini ta’minlash uchun Davlat qo‘mitasi uchun tahliliy hisobotlar, takliflar va tavsiyalar tayyorlaydi. VI bob. YAkuniy qoidalar

31. Mazkur Nizomni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

32. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan. Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV 2013 yil 27 noyabr Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIEV 2013 yil 27 noyabrь Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV 2013 yil 27 noyabr

1453 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: dilmur
Qo`shilgan sana: 2015-01-15

jkmjkjjtjrmjgmjet

Foydalanuvchi ismi: dilmurod
Qo`shilgan sana: 2015-04-10

yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений