linkedin facebook linkedin facebook nod32

MathCad ikki o‘lchamli grafik qurish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-04-10

Ikki o‘lchamli grafik qurish


Ikki o‘lchamli funksiya grafigini qurish uchun quyidagi protseduralarni bajarish kerak.
1.Qaysi joyga grafik qurish kerak bo‘lsa, shu joyga krestli kursor qo‘yiladi.
2.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o‘lchovli grafik) tugmasi bosiladi.
3.Hosil bo‘lgan ikki o‘lchamli grafik shabloniga abssiss o‘qi argumenti nomi, ordinata o‘qiga funksiya nomi kiritiladi.
4.Argumentning berilgan o‘zgarish diapazonida grafikni qurish uchun grafik shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi.  Agar argumentning diapazon qiymati berilmasa, u holda avtomatik holda argument diapazon qiymati 10 dan 10 gacha bo‘ladi va shu diapazonda grafik quriladi (Masalan, rasm 5). Grafik formatini qayta o‘zgartirish uchun grafik maydonini ikki marta tez-tez sichqonchani ko‘rsatib bosish va ochilgan muloqot oynasidan kerakli o‘zgarishlarni qilish kerak.Agar bir necha funksiyalar grafigini qurish kerak bo‘lsa va ular argumentlari har xil bo‘lsa, u holda grafikda funksiyalar va argumentlar nomlari ketma-ket vergul qo‘yilib kiritiladi. Bunda birinchi grafik birinchi argument bo‘yicha birinchi funksiya grafigini va ikkinchisi esa mos ravishda ikkinchi argument bo‘yicha ikkinchi funksiya grafigini tasvirlaydi va hakozo.

rasm 1.

Quyida grafik formati muloqot oynasi qo‘yilmalarini beramiz:

    • X-Y Axes – koordinata o‘qini formatlash. Koordinata o‘qiga setka, sonli qiymatlarni grafikga belgilarni qo‘yish va quyidagilarni o‘rnatish mumkin:
    • LogScale – logarifmik masshtabda o‘qga sonli qiymatlarni tasvirlash;
    • Grid Lines – chiziqqa setkalar qo‘yish;
    • Numbered – koordinata o‘qi bo‘yicha sonlarni qo‘yish;
    • Auto Scale – son qiymatlar chegarasini o‘qda avtomatik tanlash;
    • Show Markers – grafikka belgi kiritish;
    • Autogrid – chiziq setkasi sonini avtomatik tanlash.
    • Trace – funksiya grafiklarini formatlash. Har bir funksiya grafigini alohida o‘zgartish mumkin:
    • chiziq ko‘rinishi (Solid – uzliksiz, Dot – punktir, Dash – shtrixli, Dadot – shtrixli punktir);
    • chiziq rangi (Color);
    • grafik tipi (Type) (Lines – chiziq, Points – nuqtali, Bar yoki SolidBar – ustunli, Step – pog‘onali grafik va boshqa);
    • chiziq qalinligi (Weight);
    • simvol (Symbol) -  grafikda hisoblangan qiymatlar uchun (aylana, krestik, to‘g‘ri burchak, romb).   
    • Label – grafik maydoni sarlovhasi. Title (Sarlovha) maydoniga sarlovha matni kiritiladi.
    • Defaults – bu qo‘yilma yordamida grafik ko‘rinishga qaytish mumkin.

    6727 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений