linkedin facebook linkedin facebook nod32

Qurilmalararo bog’lanishga tasir etuvchi omillar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-04-29

Qurilmalararo bog’lanishga tasir etuvchi omillar


Malumot qanday va qaysi tezlikda uzatilishi ko’p omillarga bog’liq .
Malumot uzatish kanallari bilan tanishgan holda malumot uzatishga ta’sir qiluvchi omillarni ko’rib chiqaylik
Quyidagi asosiy omillarni bilish zarur ;
-Uzatish o’lchovlari ; chastota va eng yuqori – eng past chastotalar farqi ;
-Liniyalarning tuzilishi ; nuqtaga –nuqta (point –to-point ) va ko’p nuqtali
-Parallel va ketma-ket uzatish
-uzatish yunalishlari ; simpleks ,yarim dupleks va to’liq dupleks
-uzatish rejimi ; asinxron va sinxron
-paketlar kommutatsiyasi
-Multepleksirlash
-protokollar
Uzatish parametrlari; chastota va eng yuqori –eng past chastotalar farqi:
Uzatish sifati ikkita uzgaruvchiga bog’liq; chastota va chastotalar farqi. Bular xaqida oldingi mavzuda batafsil to’xtalgan edi.
Buralma juftli telefon
Simi 4000 HZ chastotada bir sekuntda bor yug’i bir kbayt malumotni uzata oladi.100 M HZ chastotali koaksial kabel shu vaqt ichida 10 M bayt. 200trilionHZ chastotali optik tolali kabel 1 G bayt malumotni uzata oladi.
Liniyalarning tuzilishi ; nuqtaga –nuqta va ko’p nuqtali .
Liniyalar tuzilishi , yoki aloqa liniyalari orqali uzatishning ikki turi mavjud; nuqtaga – nuqta va ko’p nuqtali .
-Nuqtaga- nuqta. Bu usulda malumot jo’natuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bevosita bir – biriga ulanadi. Masalan, terminal va markaziy kompyuter shunday ulanadi. Bu xususiy (aloxida foydalanuvchiga tegishli bo’lgan) malumotni saqlagan xolda bitta xususiy bo’lishi mumkin.
-Ko’p nuqtali. Bu yagona liniya bo’lib, bir nechta kommunikatsiya qurilmalarini bitta kompyuterga ulaydi. Bunaqa liniyada , ko’pincha bitta qurima, masalan , terminal , xoxlagan paytda malumotni uzata (qabul qila) oladi.
Ketma- ket va parallel ulash.
Malumot ikki xil usulda uzatiladi; ketma –ket va parallel signallar yig’indisi ko’rinishida .
-Malumotni ketma-ket uzatish . Bu usulda bitlar bitta-bitta biri ikkinchisidan keyin uzatiladi . Ketma –ket uzatish ko’pincha buralma jufil telefon liniyalari orqali amalga oshiriladi. Bu usul ko’pgina liniyalarda, modemlar, sichqonchalarda xam qollaniladi. Kompyuterlarga ulanuvchi modem kartasi (platasi) odatda ketma-ket portga ulanadi .
-Malumotni parallel uzatish. Bunday uzatishda malumot qisimlarga ajratilib, bu qisimlar aloxida liniyalar orqali bir vaqtda uzatiladi.
Parallel liniyalarda ketma-ket linioyalarga nisbatan malumot ancha tez uzatiladi. Ammo bu usulda kabel uzunligi 15 FUT (5 metr ) gacha bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu uslubda malumot , masalan, protsessordan printerga uzatiladi
Malumot oqimi yunalishlari; simpleks, yarim va to’liq dupleks.
Ikkita malumot almashinish uchun ulangan kompyuterlar o’rtasida malumot almashinish uh xil usulda amalga oshiriladi; simpleks ,yarim va to’liq dupleks.
-Simpleks uzatish. Bunday uzatish turida malumot faqat bir tomonga qarab oqadi. Bunga ananaviy televidenieni misol kiritish mumkun; malumot doim uzatish stansiyasidan television antenalarga uzatiladi.
Teskari yo’nalishda xech qanday signallar uzatilmaydi .Bazi kompyuterlashgan malumot yig’uvchi qurilmalar xam shu prensp asosida ishlaydi (masalan, yer qimirlashi parametrlarini ulchaydigan seysmograf ) ,yarim dupleks uzatish dupleks
-Yarim dupleks uzatish. Bu usulda malumot ikkala yo’nalishda xam uzatilishi mumkun ,ammo bir vaqtda bu yo’nalishlardan biri orqaligina malumot uzatish mumkun .Bu usul malumot almashinish uchun eng keng ishlatiladi.
-To’liq dupleks uzatish. Bu usulda malumot bir vaqtda ikkala yo’nalish bo’yicha xam uzatish mumkin . Telefon yordamida gaplashishni bunga o’xshatish mumkun. Bunday malumot almashinish usuli yirik kompyuter tizimlarida qo’llaniladi Bu usuldan bazi yangi modem turlarida va Microsoft Netmeeting kabi programmalar bilan ishlayotganda ham foydalanish mumkun.
Malumot uzatish rejimlari: asinxron va sinxron:
Tasavvur qiling, kompyuteringiz “TABRIKLAYMIZ” sizni bit va baytlar shaklida aloqa uzatayapti. Savol tug’ladi: qabul qiluvchi qurilma qaysi bayt (bitlar ketma – ketligi) qachon boshlangan (yani aynan qaysi bitdan boshlangan) va qayerda tugaganini qanday aniqlaydi? Maslan: ….10001001010010110 010010101101… Bo’lganda qaysi baytlar turibdi. Baytlar nima bilan ajratilgan. Albatta 1-baytning 8-bittan iborat ekanligini bilish ham buni aniqlash uchun yetarli emas. Bayt aynan qaysi bit (0 yoki 1) dan boshlangan va tugaganligini bilish kerak. Sinxron va asinxron uzatish shu narsaga asoslangan. Umuman, xar qanday malumot yo sinxron yoki asinxron usulda uzatiladi.
Asinxron malumot uzatish. Bu usul deyarli barcha shaxsiy kompyuterlarda qo’llaniladi va “boshlash-tugatish (star-stop) uzatish” deb ham yuritiladi. (“Asinxron” sivyazi qadimgi grekcha so’z bo’lib, “vaqti bir xil emas” degan manoni bildiradi). Asinxron uzatishda shar bir vaqt oralig’da bitta bayt (bitlar ketma-ketligi) uzatiladi. Bunda shar bir baytni tashkil etuvchi bitlar ketma-katligi “qavslarga” olingan va maxsus boshqaruvchi bitlar (“qavslar”) ham boshlanish biti (start bit) va to’xtash biti (stop bit) lardan iborat.Boshlanish biti baytni tashkil etuvchi birinchi bittan oldin, to’xtash biti esabaytni tashkil etuvchi oxirgi bitdan keyin “turadi”.
Ko’pgina shaxsiy kompyuterlarda bu usul qo’llaniladi, ammo bunda malumot uzatish tezligi nisbatan past. Qisqa muddat ichida katta hajmdagi malumotni uzatish uchun albatta bu metod ancha noqulay. Bu usulning afzalligi shundaki, malumot jo’natuvchi axborotini hohlagan paytda jo’natishi mumkun.

Sinxron malumot uzatish. Asinxron uzatishdan farqli bo’laroq sinxron uzatishda malumot boshlovchi va tugatuvchi bitlar orqali emas balki malumot bloklari (baytlar yig’indisi)uzatiladi.(“Sinxron” sivyazi qadimgi grekcha so’z bo’lib “bir vaqtda” degan manoni bildiradi. Bunda boshlovchi va tugallovchi bitlar xar bir bayt boshi va oxirida emas, balki shar bir blok (baytlar ketma-ketligi ) boshi va oxirida bo’ladi. Bu bitlarning vazifasi nafaqat bloklarni bir biridan ajratib turish, balki uzatuvchi va qabul qiluvchi qurulmalardagi ichki soatlar vaqtini bir xilligini (sinxron ekanligini) nazorat qilishdan iborat. Bu usul juda murakkab va qimmatga tushushi sababli shaxsiy kompyuterlarda ham qo’llanilgan. Shunga qaramasdan, bazi modemlar kompyuter ketma ket portidan asinxron tarzda uzatilayotgan signallarni liniyaga sinxrons ignallar shaklida uzata oladi.
Paketlar kommutatsiyasi
Paket–bu uzunligi (xajmi) fiksirlangan (qatiy belgilangan) va uzatishga mo’jallangan ma’lumot to’plamidir. Paketlar komutsiyasi-bu keng tarmoqlarda (masalan , Internet) elektron xabarlarni paketlarga ajratib kerakli manzillarga eng qisqa yo’llar (mashrut yoki trafik) orqali jo’natishga asoslangan texnalogiyadir. (Keng tarmoq yoki WAN-bu katta muddadga tarqalgan tarmoqdir). Bu texnologiyalarning afzalligi shundan iboratki u tarmoqdagi katta hajmdagi trafikdan samarali foydalanishga imkon beradi. Bu ko’p sondagi foydalanuvchilarga tarmoqni optimal ishlatishga imkon beradi va ancha manbani ham tejaydi. Bu metod ma’lumotlarni uzoq masofaga ( boshqa davlat va qitalarga) uzatish uchun juda qulay. Xo’sh, paketlar komutsiyasi qanday ro’y beradi?
Uzatuvchi kompyuter, anqrog’i undagi komunikatsion qurulma va programmalar malumotlarni paketlarga ajratadi.Turli paketlar turli yillar orqali, turli tezliklarda va bazan boshqa paketlar bilan birga uzatiladi. Paketlar kerakli manzilga yetganda, qabul qiluvchi kompyuter ularni yana yaxlit malumotga aylantirib oladi. Paketlar komutatsiyasi malumot uzatish uchun qulay, ammo turidan turiga uzatish (masalan, radio TV va video) uchun qulay, hisoblanadi. Umuman olganda paketlar komutatsiyasi ro’y berishi uchun TCP/IP protokoli javobgar. Bu protokol ta’sirida keyinroq to’xtalamiz.
Multipleksirlash: komunikatsiya samaradorligini oshirish.
Komunikatsiya liniyalarni shar qanday kompyuter yoki terminalga nisbatan kattaroq qismga ega .Bu liniyalardan matbuot saqlash uchun foydalanish qimmatga tushishi mumkunligi sababli turli komunikatsiya qurilmalarining bir vaqtda bitta liniyadan foydalana olishlari ayni samaraliroq bo’lardi. Bu jarayon Multipleksirlash deyiladi. Multipleksirlash - bu ko’p signallarni bir vaqtda bitta komunikatsiya kanali orqali uzatishdir.
Multipleksirlashni amalga oshirish uchun uch turdagi qurilmalar kerak:
Multipleksor, konsentrator va FEP.
Multipleksor. Bu turli past tezlikdagi uzatishni yagona yuqori tezlikdagi uzatishga birlashtiruvchi qurimadir . Modemiga qarab , yagona aloqa liniyasi 32 ta yoki ko’proq qurimalarni ulash mumkun.
Multipleksor orqali uzatiladigan malshu tipdagi multipleksor qaul qilishi kerak . Uzatuvchi multipleksor turli qurilmalar uzatayotgan malumotni birlashtirib bitta liniya orqali katta tezlikda uzatadi . Qabul qiluvchi multipleksoresa qabul qilingan xabarni saralaydi va kerakli qurimalarga ajratib uzatadi.
-Konsentrator. Konsentratorlar ham multipleksor kabi bir nechta qurilmalarga bitta komunikatsiya liniyasidan foydalanishga imkon beradi . Ammo multipleksorlardan farqli bo’laroq, konsentrator malumotni vaqtincha saqlash qurilmasiga yig’adi .
Fep (Front – End Prosessor). Bu qurilma katta kompyuter – meynfreymga ulangan mikrokompyuter bo’lib uni kommunikatsiya liniyasiga ulaydi.
U komunikatsiya liniyasiga meynfreym malumotlarni uzatadi , xatolarni tuzatadi va katta kompyuterga asossiy prosessor vaqtini FEP bazan komunikatsiya kontrollyori deb ham ataladi.
Protkollar: malumot tuzatish qoidalari.
Ushbu mavzuda berigan texnik malumotlar oddiy foydalanuvchi uchun juda murakkab tuyulishi mumkin. Aslida esa u kompyuter oldga biriktirib komunikatsiya liniyasi orqali biror xabarni jo’natayotganida uzatishga bog’liq ikir – chikirlar bilan qiziqlaydi . Ammo mutahasislar tarmoqni doimo kuzatib turishadi va protokollar deb ataluvchi mahsus axborot almashinish qoidalari bajarilishini nazorat qilib turishadi . Albatta bu jarayon avtomatlashtirilgan , ammo ko’pincha inson ishtirokisiz hal etib bo’lmaydigan muommalar ro’y berib turadi. Pratakol yoki komunikatsiya pratakoli – bu komunikatsiya tarmoqlarida turli standart va operatsion sistemalar platformasiga mos qurilma va programmalar urtasida malumot almashish va ularni moslashtirish bo’yicha mahsus qoidalar yig’ndisidir. Protokollar kommunitatsion qurilma va programmalar ichiga joylashtirilgan. protokollar malumot qanday qilib manzilga hatosiz yetib borishi ,turli operatsion sistemalar , turli standart va arxitekturadagi qurilmalar orasidagi moslikni va malumot uzatish tezligini taminlab turadi.
O’tmishda hamma qurilma va programmalarning ishlab chiqaruchilari turli standartlar bilan mahsulot ishlab chiqarishardi . Bu mos kelmaslik muommosi keltirib chiqardi . Buning natijasida esa turli standartdagi programma va qurilmalalar o’rtasida malumot almashinish juda murakkab bo’lardi. Yaqin yillarda ko’p ishlab chiqaruvchilar yagona OSI (Open Sistema Interkonnestion) nomli protokollar asosida ishlashga qaror qilishdi. OSI -bu Xalqaro Standartlar Tashkiloti (International Standart Organization) tomonidan qabul qilingan xalqaro standart bo’lib , butn dunyo kompyuter komunikatsiyasi uchun protokollarini ushbu 7 darajasini belgilab qo’ydi :

Fizik protokol . Uzatish muhiti orqali bitlarning uzatilishini boshqaradi

Bog’lovch protokol . Bir uzeldan ikkinchi uzelga malumot uzatilishini taminlaydi .

Tarmoq protokoli . Tarmoqlararo malumot almashishni taminlaydi.

Transport protokoli . Xabarlarini to’liq uzatilishini nazorat qiladi.

Seans pratokoli. Uzatish tartibini boshqaradi : uzatishni boshlash , to’xtatish va hakozoni nazorat qiladi.

Malumotni tasvirlash protokoli . Malumotni kodlash (shifrlash )ni boshqaradi .

Amaliy programmalar protokoli .Komunikatsion amaliyot programmalar o’rtasidagi malumot almashishnishni boshqaradi .

2815 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений