linkedin facebook linkedin facebook nod32

PHP Serverlar

Muallif: Mengliyev Shaydulla Abdusalomovich

Qo`shilgan sana: 2020-03-27

PHP Serverlar

PHP tilini qulay va funktsional til deb atab bo‘lmaydi, uni dasturchilarning sevimli tili toifasiga ham kiritib bo‘lmaydi, ammo, PHP tilining bitta muhim jihati mavjudki, bu til haqidagi barcha salbiy e’tirozlardan ustun turadi. Shu sababli, PHP tilini tanlash maqsadga muvofiq. Ushbu muhim jihat quyidagidan iborat: WordPress blok-platformasigi saytlarning internetdagi salmog’i juda katta bo‘lib, WordPress faqat PHP uchun xizmat qiladi. Agarda keltirilgan fakt ham yetarli emas deb hisoblansa, PHP tilining muhimligi haqida boshqa bir faktni keltiramiz. Eng yirik va o‘ta taniqli saytlar o‘z faoliyatini aynan PHP da boshlagan, bunga misol tariqasida FaceBook ni va ommabop dasturlash tili TIOBE ni eslatib o‘tish kifoya. TOP-5 ga eng mashhur dasturlash tillari sifatida quyidagi beshta til kiritilgan: Java, C, C++, Python va Visual Basic.NET. O‘tgan yilda ham yetakchi tillar beshligi deyarli o‘zgarmasdan qoldi, faqatgina Visual Basic.NET o‘rnini C# tili egalladi. 2017 yilda yetakchi tillar beshligini JavaScript yakunlagan bo‘lsa, 2018 yilda PHP egalladi. 2019 yilda PHP7 da ish samaradorligi ikki-uch marta ortdi. PHP tili ekotizimining hozirgi holatini baholashda PHP uchun asosiy paketlar majmuasi – Packagist ni qarash yetarli, u eksponensial ravishda o‘smoqda. Ushbu paketlarning kuniga 25 milliontagacha yuklab oliniyotganligi, PHP tilining ekotizim ekanligidan dalolat beradi. PHP7 tilida ishonchli, yaxshi xizmat ko‘rsatuvchi va sifatli dasturiy ta’minot yaratish mumkin.

Hozirda information bozorda turli ishlab chiqaruvchilarning bir nechta yechimlari (saytlari) mavjud:
Apache server (sayt - apache.org) – bu tarmoqda eng keng tarqalgan va ommabop bepul foydalaniladigan serverdir. U o‘ta ishonchli va moslashuvchan bo‘lib, prosessor resurslariga qat’iy talab qo‘ymaydi va ko‘plab saytlarga xizmat qilish qobiliyatiga ega. Ushbu saytning ilovalari keng spektrdagi operatsion tizimlar uchun yaroqli, ularga misol tariqasida Unix, Linux, Solaris, Mac OS X, Micrasoft Windows va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.Hozirda Apachedan foydalanish ko‘rsatkichi 71% ni tashkil etadi. Ammo, Apache o‘ta murakkab dastur bo‘lib, undan har bir foydalanuvchi erkin foydalanish imkoniyatiga ega emas.
Denver server (sayt – denwer.ru) saytlar, veb – ilovalar yoki Internet sahifalar bilan ishlashga mo‘ljallangan bepul foydalanadigan serverdir. Ushbu mahsulot soddalashtirilgan ishlash uchun zaruriy distributivlarga ega. Masalan, unga veb – server Apache, berilganlar bazasi va boshqa dasturlar bilan ishlashga mo‘ljallangan PhpMyAdmin va MySql paketlar kiradi. Afsuski, Denver server faqat Windows operatsion sistemasida ishlaydi.
XAMPP server (sayt – www.apachefriends.org/en/xampp.html) – Apachening do‘stlari tomonidan to‘plangan serverlarning maxsus jamlanmasidan iborat. Zaruriy distributivlarning mavjudligi to‘laqonli veb serverni ishga tushirishni ta’minlaydi. Ushbu dastur Windows, Solarif, Mac OC X va Linux tizimlarida ishlaydi. Unda quyidagi afzalliklar mavjud: server foydalanuvchilar uchun sodda interfeysga egaligi bilan mashhur va ko‘pgina dasturchilarning sevimli serveriga aylangan, uning yaratilgan versiyalari tez-tez paydo bo‘ladi, yangilash jarayoni foydalanuvchi uchun sodda va qo‘lay tarzda amalga oshiriladi, qo‘shimcha modullari ham mavjud.
AppServ serveri (sayt – www.appservnetwork.com) – juda yaxshi server bo‘lib, uni osongina o‘rnatish va barcha distributivlarini bir daqiqa ichida ishchi holatga keltirish mumkin. Ushbu serverning birinchi qo‘llanilishi 2001 yilga to‘g‘ri keladi va shundan keyin undan foydalanuvchilar soni har doim ortib bormoqda. AppServning o‘rnatilishi oson, u ayrim va maxsus relizlarga nisbatan turg‘un (stabil) holatda ishlaydi, hamda uning ishonchli ish samaradorligi foydalanuvchi kompyuterida to‘laqonli veb server yaratish imkoniyatini beradi.
VertigoServ serveri (sayt – www.vertrigo.sourceforge.net) – yana bir unchalik yomon bo‘lmagan va local serverga sodda o‘rnatiladigan serverdir. Serverni yig‘ish o‘ta nozik ish bo‘lib, uning ish samaradorligi yaxshi va diskda kam joy egallaydi. Afsuski, u hozircha faqatgina Windows OS da ishlaydi.
Zend Server Community Edition serveri (sayt – www.zend.com) – bu Zend kompaniyasidan bepul server bo‘lib, u veb – ilovalar bilan ishlashga mo‘ljallangan. Foydalanuvchi kompyuterida local serverni tez ishga tushirish uchun barcha zaruriy elementlarga ega.
OpenServer serveri (sayt – www.open-server.ru) bu portative local server bo‘lib, u saytlarni hamda boshqa veb loyihalarni ishlab chiqish va yaratish uchun yuqori funktsionallikka ega. U ko‘p tilli interfeysga ega (jumladan, rus tilida ham) va windows OS da ishlashga mo‘ljallangan. Olinuvchi informatsiya bilan uni tashuvchilar o‘rtasida muloqot o‘rnatilgan. Bu server juda ham yaxshi va Denver serverga muqobil bo‘lgan yomon bovlmagan server.
WampServer server (sayt – www.wampserver.com) – bu ruscha interfeysga (xuddi shuningdek, boshqa tillarga) mo‘ljallangan server. U sodda va tushunarli menyuga ega, hamda qulay o‘rnatiladi va uni ishchi holatga keltirish deyarli qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Serverni ishchi holatga keltirishni konfiguratsiya fayllariga ta’sir ko‘rsatmasdan amalga oshirish mumkin. Bu o‘z navbatida ishni endi boshlayotgan veb – ustalar uchun juda foydalidir. Server bepul tarqatiladi va faqat windows platformasida ishlaydi. Afsuski, uning portative versiyasi mavjud emas.
EasyPHP serveri (sayt – www.easyphp.org) – bu ruscha interfeysga ega bo‘lmagan yaxshi jamlanma. Uni jamlash oson, yirik funktsionalga ega emas va asosan unchalik yirik bo‘lmagan loyihalarni testlashtirishga mo‘ljallangan. Unda olinuvchi portativ ma’lumot tashuvchilar bilan ish ko‘rish mumkin. Ushbu server Denver serverga muqobil server bo‘lib, xizmat qiladi.

Shunday qilib, yuqorida ko‘rib o‘tilgan eng mashhur veb – serverlar bo‘lib, ular veb ustalar orasida alohida e’tiborga ega. Ko‘rinib turibdiki, bunda tanlash imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi o‘ziga yoqqan serverni yuklab olish va jamlanma tarkibini maxsus saytlardan bilishi mumkin. Server jamlanmasi ma’lumotlarini faqat maxsus saytlardan olish tavsiya etiladi, chunki boshqa maydonlarda ishlamaydigan distributivlar yoki biror – bir viruslar bo‘lishi mumkin.

Php ning mashhurligi nimada?

PHP tili dastlab foydalanuvchilar uchun sodda va tushunarli bo‘lishidan qat’iy nazar, tajribali dasturchilarga ko‘pgina qo‘shimcha imkoniyatlarni taklif etadi.

PHP – kod maxsus boshlang‘ich va oxirgi teglardan iborat bo‘lib, ular “PHP rejimiga” kirish/chiqishga imkon beradi, bular o‘z navbatida HTML – hujjatlar ichida ko‘rsatmalarni bajarishni ta’minlaydi.

PHP – kod veb – serverda amalga oshadi (ya’ni server tomonidan), bundan farqli ravishda JavaScript-kodda esa ishga tushirilayotgan brauzer (ya’ni, mijoz) tomonidan amalga oshiriladi. Mijoz stsenariyning amalga oshishi natijasini oladi, bunda mijoz qanday boshlang‘ich koddan foydalanganilganligini bilmaydi. So‘nggi yillarda server tomonidan amalga oshiriladigan qayta ishlash vaqti “bulut” deb atala boshladi.

831 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений