linkedin facebook linkedin facebook nod32

Murakkab shaxmat boshqotirmasini yechish uchun million dollar taklif etilmoqda

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2019-04-16

Murakkab shaxmat boshqotirmasini yechish uchun million dollar taklif etilmoqda

Buyuk Britaniyadagi Sent-Endryus universiteti tadqiqotchilari XIX asrdan buyon ma’lum bo`lgan murakkab shaxmat masalasini yechgan insonga million dollar to`lanishni va’da qilmoqda. “Sakkiz farzin haqida”gi masala 1850 yildan buyon ma’lum. Ushbu masalaning mohiyati shundan iborat: 64 katakli shaxmat taxtasiga sakkizta farzinni shunday joylashtirish lozimki, ulardan hech biri boshqasiga hujum qilmasin. Oddiy shaxmat doskasida ushbu masalani har bir kishi yechish imkoniyatiga ega. Masala shartlari murakkablashishi bilan, masalan, figuralar yoki shaxmat taxtasi kataklar soni ortib borishi bilan bu masalani faqat kompyuter yecha oladi. Ammo, shaxmat taxtasi o`lchamidagi kataklar soni 1000 katakka 1000 katak bo`lgan holda kompyuter dasturi ham ishlamasdan qoladi (dastur osilib qoladi-avariyali to`xtash sodir bo`ladi).

Universitet olimlari ushbu murakkab masalani yechishni hohlovchilar o`zlarini sinav ko`rishlari yoki yechim mavjud emasligini isbotlashlari lozim. Tadqiqotchilar fikriga ko`ra muvaffaqiyatli tuzilgan dasturni boshqa muhim masalalarni yechishga moslashtirish mumkin.

4493 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений