linkedin facebook linkedin facebook nod32

Global tarmoqqa uzatish uskunalari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2017-12-08

Global tarmoqqa uzatish uskunalari

Global tarmoq qurilmalari Umumiy kommutatsiya telefon tarmoqlari (Public Switched Telephone Networks – PSTN) va T-karer yoki Xizmatlar integratsiyalashgan raqamli tarmoqlar (Integrated Services Digital Network ISDN) kabi ijaraga olinadigan liniyalarda ishlash uchun mo‘ljallangan. ISDN – telefon tarmoqlari orqali raqamli ma’lumot xizmatlarini berish standartidir.
Global tarmoqqa ulanish qurilmasi modem kabi analog tashkil etuvchisi bo‘lishi mumkin yoki ISDN aloыa kabi to‘liq raqamli bщlishi mumkin. Ko‘p global tarmoq qurilmalari o‘zoq masofalarga uzatish uchun signalni o‘zgartiradi yoki yuqori o‘tkazish imkolniyatlarini yaratish uchun yagona uzatish tarmog‘ida ko‘p kanalli ulanishlarni yaratadi. Bunday qurilmalarning barchasini muhokama qilish shart emas, biroq kundalik tajribada ko‘proq uchraydigan quyidagi bir qator qurilmalarni ko‘rib chiqamiz:

1. Analog telefon modemlari;
2. ISDN adapterlari;
3. Kabel televideniesi modemlari;
4. DSL modemlari va marshrutizatorlari;
5. Ulanish serverlari;
6. Uzoqda joylashgan marshrutizatorlar.

Analog telefon modemlari

Zamonaviy modemlar modulyasiya/demodulyasiya funksiyalarini, xatolardan saqlanish funksiyalarini bajaradilar, start-stop sinxron o‘zgartiruvchi, takt va sikllar buyicha sinxronizatsiyalovchi, birlik elementlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ma’lumotlarni chiqarish funksiyalarini bajaradi. Yuqoridagilar bilan bir vaqtda modemlar raqamli yozish, tovush chiqarish, shartli qo‘ng‘iroqlarni tanib olish (ajratish), chaqirayotgan abonent raqamini aniqlash, masofadan konfiguratsiyalash, ruhsat etilmagan kirishdan himoyalash, uzatish sharoitlariga adaptatsiyalash va h.k. larni ta’minlaydi.
Modem – bu signallarni o‘zgartirgich hisoblanib, kompyuter bilan ulash liniyasi orasidagi oraliq zveno sanaladi. Modem so‘zi “modulyasiya/demodulyasiya” terminining qisqartirilgan ko‘rinishidir.
Modem – bu oxirgi abonent qurilmasi. U hamma mumkin bo‘lgan korporativ tarmoqlar bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish klassik apparaturasi funksiyasini bajaradi. Bundan tashqari uy kompyuterlarini internet tarmog‘iga ulanishining kerakli shartlarini yaratuvchi qurilma rolini bajaradi.
Agar kompyuter axborot almashinuvi uchun telefon tarmog‘i (analog va raqamli, lekin signalizatsiyasi mos tushmagan) ishlatilsa, kompyuter va tarmoq orasida o‘zgartirgich (analog-raqamli, unga mos tushuvchi signalizatsiyasi bilan va aksincha) o‘rnatilishi kerak, shuning uchun modem (qurilma chiqishida modulyasiya, kirishida demodulyasiya) ishlatiladi. Modem bir kurinishdagi signalni boshqa ko‘rinishdagi signalga aylantirish va aksincha vazifasini bajaruvchi qurilma tushuniladi. Modem kompyuterdan kelayotgan raqamli signal (nollar va birlar birikmasini) telefon liniyasi diapazoniga mos tushuvchi chastotali elektr signalga aylantiradi. Bu aylantirish fazali modulyasiya asosida amalga oshiriladi. Modem telefon liniya akustik kanalini past va yuqori chastotali polosaga ajratadi. Past chastotalar polosasi uzatishga, yuqorisi qabul qilishga ishlatiladi. Konstruksiyasi, ishlatilish joyiga va sohasi, uzatish usuli, uzatish tezligi intellektual imkoniyatlari va qo‘llanish bayonnomasiga bog‘liq ravishda juda kup turli-tuman modemlar bor.
Modemning bajaradigan asosiy ishi, raqamli signallar ko‘rinishidagi ma’lumotlarni kerakli tezlik va aniqlik bilan uzatishdan iboratdir. Bu masalaning echimi, uzatish va modulyasiyaning har-xil usullardan foydalangan holda topish mumkin. Usullardan kerakli bir qator omillar bilan aniqlanadiki, ulardan eng muhimi – aloqa kanalining turi, shovqinlarning tavsilotlari va uzatish tezligidir. Modem analog signallarini kompyuter tizimlarida qo‘llaniladigan doimiy tok impulslari raqamli signallariga aylantiradi. Bu jarayonga modulyasiya deb ataladi. Modulyasiya va modemlar aloqa kanali telefon signallarini raqamli holga aylantirish uchun zarurdir. Demodulyasiya jarayoni esa modulyasiyaga teskari jarayondir. Hosil bo‘lgan signalni boshqa tomondan qaraganda modem barcha uzatilgan axborot analog signalini qabul qiladi va boshlang‘ich raqamli signalga aylantiradi. Tabiiyki, juft holda ishlaydigan modemlarni normal ish faoliyati uchun modulyasiya/demodulyasiyani bir xil operatsiyani amalga oshirishi lozim, agar bunady bo‘lmasa ular o‘rtasidagi uzatilgan axborot buziladi.

ISDN adapterlari

Global tarmoqqa ulanishning ISDN turi ko‘p joylarda DSL va kabel televideniesiga almashtirilgan, lekin yirik shaharlardan tashqarida global tarmoqqa ulanishning zamonaviy texnologiyalari taklif etilmagan hududlarda hozirgacha uchrab turadi. ISDN tarmoqlari kompyuterga ulanish uchun terminal adpater (terminal adapter – TA) deb nomlanuvchi uskunaga o‘xshash raqamli modem ishlatilishini talab etadi. ISDN TA tahminan yuqori sifatli asinxron va sinxron modem narxiga yaqin narxda mavjud, lekin ulardan imkoniyatllari yuqoriroq (masalan, 128 yoki 512 kb/s). TA raqamli signalni raqamli telefon liniyasi orqali yuborishga moslashgan protokolga aylantiradi. TAga odatda standart telefon yoki modemni raqamli tarmoqda ishlatish uchun ulashingiz mumkin. Ko‘p ISDN apparat uskunalarini yagona mis tarmoqqa ulanadi (telefon xizmati uchun uyga yoki ofisga keltirilgan o‘zaro o‘ralgan bir yoki ikki juft mis simlarga o‘xshash simlar), lekin kompyuter uchun alohida va analog telefon uchun alohida kanallarga ega bo‘lish mumkin. Siz bir vaqtni o‘zida ham raqamli, ham ma’lumot liniyalari yoki ikkita raqamli liniyalar yoki ikkita analog liniya barobar ishlatishingiz mumkin.

Kabel televideniesi modemlari

Ko‘p joylarda kabel televideniesi provayderlari uy egalari va firmalarga raqamli hizmat turlarini ham taklif etadilar. Kabel modem kabel xizmatida mavjud uzatish yoki qabul qilish oqimi chastotalari (kanallari) dan foydalanib ulanadi. Uzatish oqimi chastotasi tashqaridagi signal ustiga chastota spektri (uzluksiz oradiq) bo‘lgan ma’lumot, tovush va telesignallarni ulaydi. Qabul qilish oqimi chastotasi qaytgan signal va o‘zgaradigan boshqa signallar tovush va kamayuvchi telesignal oqimlaridan foydalanandi. Misol uchun, bir provayder uzatish yo‘nalishida 10Mbit/s va qabul qilish yo‘nalishida 50 Mbit/s tezlikda ma’lumot uzatishni ta’minlaydigan xizmat taklif etadi. Boshqa provayder esa ham yuborish, ham qabul qilish yo‘nalishlariga 10 Mbit/s tezlik taklif etadi. Biroq kabel modemlari yuqori tezliklarda ishlay olishiga qaramasdan yagona modemga ega bo‘lgan foydalanuvchi uchun aslida o‘tkazish imkoniyati 256 kbit/s oraliqda tahminan qabul uchun 6 Mbit/s va yuborish uchun 1 – 6 gacha Mbit/s tezlikka ega bo‘ladi. Haqiqatdan ham tezlik bir vaqtning o‘zida Sizning nechta qo‘shningiz kabel modemlarini ishlatayotganiga qisman bog‘liq. Bu kabel konsentratoriga ulangan abonentlar guruhini ulagan kabelning bir bo‘lagi maksimal 343 Mbit/s (Shimoliy Amerikada) yoki 445 Mbit/s (Evropada) ma’lumotni o‘tkaza olishiga bog‘liq.

DSL modemlari va routerlari

YAna bir yuqori tezlikli raqamli ma’lumot tarmoqlari xizmati sifatida juda keng tarqalgan Raqamli ulanish liniyasi (Digital Subscriber Line – DSL) ko‘rib chiqilishi mumkin. DSL – ko‘p uylar va korxonalargacha olib borilgan telefon xizmati uchun mo‘ljallangan mis simlar orqali ishlay oladigan raqamli texnologiyadir (zamonaviy DSL shakllari optik tolali telefon tarmoqlarda ham ishlaydi).
ADSLning eng muhim va foydali jihati shundaki, bunday Internet xizmatidan ham huddi «Dial Up»dagi kabi xonadon yoki idoradagi telefon simi orqali foydalanish mumkin. Ya’ni, tayyor aloqa kanali mavjud. Buning ustiga bunday simli telefon tarmog‘i nafaqat shahar yoki qishloqlarni, balki butun dunyoni qamrab olgan. ADSLdan foydalanish uchun kompyuterga maxsus modem o‘rnatiladi, modem esa oddiy telefon tarmog‘iga ulanadi. Telefon simining ikkinchi tarafi bizga telefon xizmatini ko‘rsatadigan stansiya(ATS) ga ulangan. O‘sha stansiyaga ham huddi kompyuterga o‘rnatilgani kabi maxsus modem o‘rnatiladi, tamom. Keyin istalgan provayderning yuqori tezlikdagi Internet xizmatidan foydalanishimiz mumkin. Ba’zi provayderlar mijozlarni yo‘qotmaslik uchun ularga faqat mana shu provayder uchun dasturlangan modemlarni sotishadi. ADSL-modemlar huddi «Dial Up» modemiga o‘xshab yoki alohida tashqi qurilma bo‘ladi, yoki ona paltadagi slotga joylashtiriladigan sxema ko‘rinishida bo‘ladi.

Hozirgi kunda Internet xizmatiga to‘lovlar nimaga qarab belgilanadi? Albatta uzatilgan va qabul qilingan axborotning hajmiga qarab. Kompyuter va provayder orasida ikki tomonlama axborot almashinuvi mavjud bo‘ladi. Odatda kompyuterdan provayderga jo‘natiladigan axborot hajmi provayderdan foydalanuvchiga jo‘natiladigan axborot hajmidan ancha kam bo‘ladi. Mana shuni bilgan olimlar bu Internetni shunday tashkillashtirdilarki, natijada foydalanuvchidan uzatiladigan axborotning tezligi kichik, foydalanuvchi qabul qiladigan axborotning tezligi katta bo‘ladi. Shuning uchun ham, ya’ni uzatish/qabul qilish tezliklarining har xil bo‘lgani tufayli bu Internet texnologiyasi «asimmetrik» deyiladi (Asymmetric DSL). ADSL-ulanishning tezligi nafaqat modem turiga, balki ularni o‘zarobog‘lab turuvchi telefon tarmog‘idagi simning turi va sifatiga bog‘liq. Odatdagi telefon simlarining ko‘ndalang kesim yuzasi 0,5 mm2 bo‘ladi. Bu ADSL-ulanish uchun etarli.

Lekin, agar simning ko‘ndalang kesim yuzasi kattaroq bo‘lsa, aloqaning sifati va tezligi yuqoriroq bo‘ladi. Yana bir jihati borki, foydalanuvchining kompyuteridan telefon stansiyasigacha bo‘lgan masofa (modemlar orasidagi masofa, telefon simining uzunligi) ortib borgani sari ADSL-ulanishning tezligi pasayib boraveradi. ADSL-ulanishning tezkor bo‘lishidan tashqari, yana ba’zi afzalliklari mavjud. Birinchisi, kompyuter va modemni yoqishimiz bilan Internet ulanadi,kerak bo‘lganda foydalanuvchi logini va parol so‘ralishi mumkin. Shuningdek, bunday Internetdan foydalanayotganimizda parallel ravishda telefonda ham gaplashish mumkin bo‘ladi. Telefondagi ovozli axborot va Internet axborotlari bir-biriga aralashib ketmaydi va deyarli bir-biriga halaqit bermaydi. Quyidagi jadvalda ADSL va «Dial Up» ulanishlar ba’zi parametrlarga ko‘ra solishtirilgan:

 

ADSL

«Dial Up»

Telefon liniyasi

Har doim bo‘sh, gaplashish mumkin

Internetdan foydalaniyotganda band bo‘ladi, gaplashib bo‘lmaydi

Internetga ulanish

Tezkor aloqa, aloqa qo‘ng‘iroqsiz o‘rnatiladi

Provayderga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘sh bo‘lsagina ulanadi

Aloqa mustahkamligi

Uzilib qolishlar deyarli nolga teng

Uzilib qolishlar tez-tez ro‘y beradi

Tezlik

8000 Kb/s gacha

56 Kb/s gacha

Media xizmatlar, video, musiqa, o‘yinlar

Mumkin va tez, to‘liq hajmda

Tezlikning kamligi tufayli to‘liq hajmda olib bo‘lmaydi

Demak, shunday xulosaga kelish mumkinki, ADSL-ulanish «Dial Up»ga qaraganda ancha ustun turadi. O‘zbekistondagi internet-provayderlarning barchasi bunday turdagi Internet xizmatlarini ko‘rsata oladi.ADSL-ulanish ko‘rsatilishining dastlabki muddatida narx ancha yuqori bo‘lgan. Bugungi kundagi kuchli raqobat sababli Internet xizmatining narxi oddiy foydalanuvchi uchun qimmatlik qilmaydi. ADSL-ulanishdan katta tashkilot va idoralarda foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Masalan, oddiy bir maktabni olaylik. Maktabda telefon mavjud. Demak,katta tezlikdagi ADSL-ulanish orqali Internetga ulansa bo‘ladi. Har oy uchun, masalan, 3Gb, 5Gb, 10Gb hajmdagi paketlardan biri (trafik) sotib olinadi. Maktabga o‘rnatilgan modemning bir tarafi provayderga ulanadi. Ikkinchi tarafi esa kompyuterga. Qulayligi shundagi, modem orqali kelayotgan yaxlit Internet tarmog‘ini nafaqat bitta, balki bir nechta (4 ta, 8 ta, 16 ta, 32 ta…) kompyuterga taqsimlash mumkin, masalan, informatika xonasidagi kompyuterlarga. Aytibo‘tish kerakki, umumiy tarmoqdagi tezlik katta bo‘lsa ham, alohida kompyuterlaragi Internet tezligi mos ravishda pasayib boraveradi. Endi, ma’lum turdagi axborot (fayl) ni internetdan ko‘chirib olish uchun ketadigan vaqtlarni ko‘rib o‘tamiz.

Fayl turi

ADSL Ko‘chirib olish vaqti

«Dial Up»Ko‘chirib olish vaqti

Katta fotografiya (1 Mb)

8 sekund

4 daqiqa

mp3 musiqa (5 Mb)

40 sekund

20 daqiqa

Videoklip (30 Mb)

4 daqiqa

2 soat

To‘liq videofilьm (800 Mb)

1 soatu20 daqiqa

bir necha sutka

Ofis hujjatlari (1,5 Mb)

12 sekund

6 daqiqa

Jadvaldagi raqamlar ko‘rsatmoqdagi, ADSL-ulanish har jabhada ustun ekan. Uning eng asosiy jihati – bu tizimni o‘rnatishuchun alohida sim, kabel, radiokanal o‘rnatish shart emasligidir. Bu esa, uning tannarxini ancha arzonlashtiradi.

846 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений