linkedin facebook linkedin facebook nod32

Simulyatorlar bilan ishlash

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2017-11-20

Simulyatorlar bilan ishlash

O‘quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan o‘quv-o‘rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o‘quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang‘ich ta’limdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qo‘llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real ob’ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativa ekanligidadir. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror bir fizik jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o‘z-o‘zidan nafaqat katta miqdorda mablag‘lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug‘dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag‘lar talab etmasligi ma’lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak bo‘lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidadir. Ba’zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug‘diradi, masalan, yadro fizikasiga oid bo‘lgan hodisalarni o‘rganish. Bunday tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar uchun hayotiga xavf ham tug‘diradi.
Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o‘rgangan bilimlarini virtual bo‘lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadbiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo‘shadilar. Bundan tashqari o‘sha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o‘z xissalarini qo‘shishlari mumkin. Bu o‘z o‘rnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa o‘z navbatida talabalarda o‘qish va tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.

Tabiiy fanlar yo‘nalishida 2001 yildagi Nobel mukofotining laureati K. Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET saytida har xil mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java va Macromedia flash dasturlarida yaratilgan.

1-rasm. PhET dasturining umumiy ko‘rinishi.

PhET saytida taqdim etilayotgan modellar Open Sourse bo‘lib, xohlagan foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq bo‘lib ular fizika, matematika, kimyo fanlariga oid namoyish tajribalarini o‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega. Bu PhET dasturi O‘zbekiston davlat ta’lim standartlariga va o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi.
PhET dasturini http://phet.colorado.edu saytidan ko‘chirib olishingiz mumkin.
PhET dasturidagi modellardan fizika, matematika, ximiya va biologiya fanlaridan dars mashg‘ulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda keng foydalanish mumkin.
Xususan fizika faniiga oid 90 dan ortiq modellar mavjud;
Biologiya faniga oid 10 dan ortiq modellar mavjud;
Matematika faniga oid 7 ta model mavjud;
Ximiya faniga oid 20 dan ortiq modellar mavjud.
Dasturda keltirilgan modellarni faqat ingiliz tilida emas. Balki 50 dan ortiq tilga tarjimalarini topish mumkin, xususan o‘zbek tilida 1 ta model tarjima qilingan. Agar siz dasturda keltirilgan modellarni o‘zbek tiliga tarjima qilishni hoxlasangiz, xech qanday qiyinchiliksiz bu niyatingizni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun dasturning rasmiy saytida “Translated Sims” bandi mavjud bo‘lib, u erga kirib maxsus qaydnomani tuldirgan holda tegishli modelni tanlab o‘zbek tiliga tarjima qilishingiz mumkin.

PhET dasturida har xil fanlar kesimidagi modellarning ko‘rinishini qo‘yidagi rasmda ko‘rishingiz mumkin:

2-rasm. PHET dasturida mavjud modellarning ko‘rinishi

3-rasm. PHET dasturining “Elektr va magnitezm” bo‘limiga oid modellar

4-rasm. PHET dasturida mavjud modellarning ko‘rinishi

PHET dasturining rasmiy http://phet.colorado.edu saytining “O‘qituvchilar uchun” bandida har bir model uchun metodik ko‘rsatmalar (virutal laboratoriya ishlari, namoyish tajribalari va boshq.) keltirilgan. O‘qituvchi xech qanday qiyinchiliksiz qo‘yidagi qidiruv filьtri orqali (5-rasm) mavzuga oid dars ishlanasini yoki metodik ko‘rsatmalarni, ta’lim turi kesimida pdf yoki doc formatlarida ko‘chirib olishi mumkin.

Crocodile Clips Ltd simulyatorlaribilan ishlash.
Crocodile Clips Ltd o‘zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida (home licence) o‘qituvchi va o‘quvchilar (talabalar) bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi.
SHuni ta’kidlab o‘tamizki, hozirda Crocodile kompaniyasi dasturiy ta’minotlarini Yenka nomi bilan takomillashtirilgan holda yaratildi. Hozirda bu dasturlar Yenka nomi bilan chiqmoqda, lekin dasturlarning ishlashi Crocodile dagidan farq qilmaydi.
Keling, endi shu dasturiy ta’minotlar bilan tanishib chiqsak.
Fizika fanida Crocodile Physics dastur muhitidan foydalanish.
Crocodile Physics dasturi xaqida.
Crocodile Physics dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu kuchli dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonida 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Dastur fizikaning barcha bo‘limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.

6-rasm. Crocodile Physics dastur muhitining ishchi stoli

7-rasm. Crocodile Physics dastur muhitida yaratilgan model.

Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari: Fizik hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur, 50 dan ortiq qadamma - qadam o‘rgatuvchi darslar, 150 dan ortiq fizikaning bo‘limlariga oid tayyor modellar, fizik jarayonlarni kompьyuterda modelashtirish imkoniyati, mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, Er sharoitida o‘tkazish qiyin bo‘lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o‘rtasidagi grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish mumkin.
Crocodile Technology dasturiy haqida
Bu dasturdan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, litsey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o‘qituvchilari «Elektr», “Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlarida qo‘shimcha pedagogik dastariy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.

8-rasm.

Dastur elektron konstruktor bo‘lib, u monitor ekranida elektr sxemalarini yig‘ish jarayonini xuddi haqiqiy tajribadagi singari imitatsiya qilish, elektr kattaliklarni mulьtimetrda (3 o‘lchovli), ampermetr va volьtmetrlarda o‘lchash imkoniyatini beradi.

9-rasm.

Masalan, dasturda:
Mikroprotsessorlarni dasturlash va robototexnikaga oid modellarning 3D ko‘rinishda simulyasiyalashtirish mumkin.
Konstruktor detallarining tasviri va o‘lchov asboblarining sxematik va haqiqiy ko‘rinishda berilgan;
Qarshilikdan oqib o‘tayotgan tok quvvatining qiymati berilgan nominaldan ortib ketsa, qarshilik (portlab) kuyadi, bu esa ekranda uning rangi o‘zgarib qoraygan detalь ko‘rinishiga o‘tishi bilan ko‘rsatiladi;
Lampochka va elektr isitgich asboblari quvvatning nominal qiymatida yorqinlashadi, agar ulardagi quvvat ishchi qiymatidan ortib ketsa kuyadi va bu asbob ekranda qorayib qoladi. Xuddi shuningdek ekranda boshqa detallardagi fizikaviy kattaliklarning o‘zgarishi imitatsiya qilinadi;
Ko‘pgina jarayonlar va ularning natijalari tovushli effektlar orqali ifodalanadi. Bularning barchasi, talaba o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolarini ko‘rishi, muvaffaqiyatsiz bajarilgan tajribaning sabablarini aniqlashni o‘rganishi va elektr sxemalarini tajribani haqiqiy qurilmalarda bajarishdan oldin tahlil qilish ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini beradi.

Bu dastur, kasbi kim bo‘lishidan qat’i nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o‘rgatadi.
Dastur imkoniyatlari juda keng bo‘lib, undan amaliy mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar echishda) ayniqsa, virtual laboratoriya ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.
Crocodile Chemistry dasturi haqida.
Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleev jadvalida mavjud barcha elementlarning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda kimyoviy reaksiyalar ruy berish vaqtida reaksiyaga qatnashayotgan molekulalarning boshqa molekulaga aylanish jarayonini (molekulyar darajada) kuzatish iloji yo‘q. Lekin, bu dastur orqali kimyoviy moddani boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishish jarayonida molekulalarning dinamikasini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Bu dastur orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni o‘tkazish va, eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.

Bu dasturdan o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlarida kimyo fanini o‘qitishda keng foydalanish mumkin.

10-rasm.

Dastur orqali ixtiyoriy shakldagi idishlardan foydalanib, turli reaktivlarni o‘zaro aralashtirib kimyoviy reaksiyani ko‘zatish mumkin. Kimyoviy reaksiya vaqtida reaktivlarning rangi, moddalar ulushini, kimyoviy reaksiya formulalarni maxsus oynada ko‘rish imkoniyati dasturning kuchli pedagogik qurol sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Crocodile Chemistry dasturining bunday imkoniyatlari kimyo fanini o‘qitishda inqilobiy o‘zgarishga sabab bo‘ldi.

11-rasm. Crocodile Chemistry dastur muhitida yaratilgan kimyoviy reaksiya jarayoni.

Crocodile ICT dasturi haqida.

Crocodile ICT dasturi, Evropa mamlakatlarida Informatika fanini o‘qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo‘limini o‘quvchiga aniqroq etkazib berish mumkin.

13-rasm.

Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l keladigan Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin.

14-rasm.

Bundan tashqari, blok sxemalarda biror bir shart bajarilganda odam personajlariga 30 dan ortiq harakat turlarini (salta olish, qarsak chalish, o‘ngga yoki chapga harakatlanishi, ularning yuzlarida emotsional o‘zgarishlarni, ma’lum bir so‘zlarni gapirishlari va hakazo) bajartirish mumkin. Dasturning bunday imkoniyati o‘quvchining (talabaning) darsdan zerikishining, e’tibori pasayishining oldini oladi. Bu esa ma’lum ma’noda ta’lim samaradorligiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Xush bu dasturlarni qaerdan qanday qilib olish mumkin?
Buning uchun siz quyidagi ko‘rsatmalarni bajaring.

1. Internet brauzerga http://www.yenka.com saytini tering.
2. http://www.yenka.com sayti orqali Ruyhatdan o‘ting
3. Ro‘yhatdan o‘tganingizdan keyin o‘quv muassasalari uchun uy sharoitida foydalanish bepul hisoblanadi. Bunda siz uchun maxsus kod beriladi.
4. Saytning Downloads bandidan (http://yenka.com/file/YK/3.0.1/Yenka_3_0_1_Setup.exe) 61 M hajmdagi dasturni kompyuteringizga ko‘chirib oling.
5. Ruyhatdan o‘tganingizdan keyin berilgan kodni terib, dasturni ishga tushiring

Shuningdek, Crocodile Clips Ltd umuman litsenziya talab qilmaydigan (Free software) dasturlari ham mavjud. Bu dasturlar Crocodile Science Player va Crocodile ICT Player hisoblanadi. Bu dasturlarni http://www.crocodile-clips.com/en/Downloads/ murojatidan ko‘chirib olishingiz mumkin.

940 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений