linkedin facebook linkedin facebook nod32

Web–sayt yaratish va o‘rganish muammosini faollashtirish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2017-08-11

Web–sayt yaratish va o‘rganish muammosini faollashtirish

Iqtisodiyotni globallashtirish sharoitida axborot madad istagan darajadagi tashkiliy xo‘jalik faoliyatining unumli rivojlanishiga, aholining axborotlashtirilganligi, farovonligini o‘sishiga va odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yaxshilanishiga ko‘maklashuvchi muhim elementlardan biriga aylanib bormoqda. Bunday yutuqlar keng ko‘lamli WWW tarmog‘i va unga joylashgan Web–saytlarning doimo ishlab turishi evaziga erishiladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda har bir tashkilot yoki har bir shaxs, qaerda ishlashidan qat’iy nazar, internetda o‘z joyini yaratish zarurligini tushunmoqda. Chunki bu usul natijasida butun dunyoga o‘zi to‘g‘risida, o‘zining ish faoliyati to‘g‘risida gapirish va internetning bepoyon resurslaridan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

Axborotni Internetda joylash uchun, yuqorida aytilganidek, uni ekranda aks ettirish uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda, ya’ni Web–sahifa ko‘rinishida taqdim etish zarur, chunki bu sahifada joylashtirishni xohlagan foydalanuvchi axboroti har tomonlama bo‘lishi va u ko‘p hollarda Web–saytda joylashishi mumkin.

Aql bilan yaratilgan sayt, qoida bo‘yicha, axborot yagona bus-butun hisoblanadi va joylanajak axborot mohiyatiga qarab alohida kriteriya va standartlarga ega bo‘ladi, ko‘plab tashkilot va muassasalar, xususiy foydalanuvchilar uchun o‘zlarining tashkilot va shaxsiy ish faoliyatlarida Web –texnologiyani va uning elementlarini tadbiq etish bo‘yicha ko‘plab har xil muammolarga duch kelinadi. Bu Web–saytlar internet serverlarida joylashguncha, nashr qilinguncha Web–texnologiya va dizayn asoslaridan yuqori va chuqur bilim talab qiluvchi, ko‘pqirrali va professional–intellektual ishdir.

Bu muammolar zamonaviy Web–texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar etarlicha bo‘lgandagina echiladi. Shuning uchun Web–sahifa yaratish va uni o‘rganish jarayoni, shu berilgan yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun uchun juda muhim va faol hisoblanadi. Bu mutaxassislik kuchli va kelajagi porloq professiya, u hozir ham, kelajakda ham hamisha, o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

Boshqa tomondan Web–saytlarni yaratish va o‘rganish muammosining faolligi va muhimligini quyidagi sabablar bilan asoslash mumkin:

taqdim qilinayotgan internet servis xizmatlari muhitini ko‘p miqdorda kengayishi va ulardan foydalanishning osonligi bilan;

tarmoq Web–texnologiya, ularning resurslari va imkoniyatlarini hamma joyda tarqatish bilan;

istagan darajali axborotlarga bo‘layotgan talablarning o‘sib borishi bilan;

tashkilot va xususiy shaxslarning o‘zlari va o‘z ish faoliyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni internetda joylash uchun intilishlarning o‘sishi bilan;

tarmoq ma’lumotlar bazasidagi global masshtabdagi har xil maqsaddagi axborotlarga e’tibor qaratish bilan;

har mamlakat, millat va fan odamlarining o‘zaro muloqot va tushunishlarga bo‘lgan intilishi bilan;

Web–texnologiyaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarning etishmasligi bilan.

Shunday qilib, internet xizmatlaridan ikkita xizmat spektriga alohida e’tibor berish kerak, ya’ni tarmoq abonentlararo axborot almashuvi va axborot qidirish va tarmoq berilganlar bazasidan foydalanish. Xizmat taraqqiyotining samarasi to‘g‘risida gap ketganda barchamiz har xil Internet xizmatlaridan potensial foydalanuvchiga aylanib qolishimizni ta’kidlash zarur.

Internetda axborotlarni ifodalash taqdim qilinadigan axborot xiliga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni shaxsiy yoki unga katta bo‘lmagan firma va tashkilotlar; davlat tasarrufidagi Web –saytlar; ta’lim va moliya strukturalari; ilmiy markaz va kutubxonalar; xayr–exson uyushmalari; tijorat uyushma saytlari; kontent–saytlar axborotlarini taqdim etish. Ayniqsa, saytning birinchi sahifa jihoziga alohida e’tibor qaratish kerak.

Web–saytni yaratish va uni o‘rganish muammolarining ko‘plab sabablariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: internet xizmatining kengligi; xizmatdan foydalanishning oddiyligi; Web–texnologiyalarni tarqatishdagi qulaylik; real vaqt masshtabida axborotlarga bo‘lgan talablar; tashkilot va xususiy shaxslarning o‘zlari to‘g‘risidagi axborotlarni internetga joylashtirishga intilishi; tarmoq ma’lumotlar bazasida global mashstabdagi ixtiyoriy ma’lumotlarni to‘plash; Web–texnologiya bo‘yicha mutaxassislarning etishmasligi.

1937 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений