linkedin facebook linkedin facebook nod32

Internet xizmati rivojining holati va kelajagi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2017-08-11

Internet xizmati rivojining holati va kelajagi

Bugungi kunda kompyuter texnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylandi. Internet orqali axborot asta-sekin insonlar hayotiga kirib, axborotga sayoxat qilishda chegara tushunchasi yo‘qolib ketmoqda. Ya’ni, faol ish yurituvchini internet global tarmog‘isiz, intellektual ishchini esa ish joyida kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter texnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o‘quv dargohlarida, davlat muassasalarida behad ahamiyat kasb etmoqda.

Hozirgi vaqtda har bir tashkilot qaysi soxada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o‘z faoliyatida internetdan foydalanish zarur-ligiga katta etibor qaratmoqda. Internetga axborotni joylashtirish uchun uning ekrandagi ko‘rinishi qulay bo‘lishi, ya’ni Web-sahifasiga e’tibor berish zarur, chunki Web-saytga foydalanuvchini jalb qilish uchun axborot har tomonlama qiziqarli bo‘lishi kerak. Ishlab chiqaruvchi sayt orqali o‘z mahsulotini taqdim etishga, loyihachi o‘z loyihasini, ixtirochi esa o‘z ixtirosini namoyish etishga, insonlar izlagan mavzusidagi axborotni sayt orqali qidirib topishga imkoniyat tug‘iladi.

Kun sayin fan-texnika jadal rivojlanib borayotgan bir davrda yangi, raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlash ularni zamon talabiga mos zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan holda o‘qitish talab qilinmoqda. Albatta o‘z ishining samarasiga erishmoqchi, ya’ni o‘z oldiga kelajakda malakali, bilimli mutaxasislarni etkazib berishni maqsad qilib qo‘ygan har qanday pedagog bunday zamonaviy texnologiyalardan foydalanmasdan faoliyatini olib borsa, qo‘yilgan maqsadga to‘laqonli erisha olmaydi.

Axboror–kompyuter texnologiyasi muhitida innovatsiya jarayoni juda yuqori sur’atlar bilan o‘sayotgani odatiy holga aylanib bormoqda. Ayniqsa, bu internet global tarmog‘i uchun harakterlidir. Hozir internet nafaqat behisob hajmdagi axborotga ega bo‘lgan global kompyuter tarmog‘i hisoblanishi bilan birga behisob odamlar uchun prinsipial yangi muloqot qilish muxitiga aylanib bormoqda. Internet gorizontal usul, deb atalishi mumkin bo‘lgan yangi insoniy muloqot usulini kashf etmoqda. U paydo bo‘lgunga qadar muloqot va axborot tarqalishi asosan vertikal tarzda bo‘lgan.

Masalan, muallif kitob yozadi, o‘quvchilar uni o‘qiydi, radio va televideniya eshittirish va ko‘rsatuv uzatadi–tamoshabin va tinglovchilar uni ko‘radi va tinglaydi, gazeta yangiliklar nashr qiladi–obunachilar uni o‘qiydi va h.k. Unga talab juda yuqori bo‘lsada, teskari aloqa umuman yo‘q edi. Gazetalarga yuboriladigan xatlar, radio va teleko‘rsatuvlardagi talab va mulohazalar yuqoridagi fikrimizga guvohlik berib turibdi. Aniq bir kitob o‘quvchilari o‘rtasida, aniq uzatuv tinglovchilari o‘rtasida axborot almashuvi amaliy tomondan amalga oshishi qiyin edi. Internet esa, son–sanoqsiz iste’molchilar davrasi uchun axborot tarqalishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ular osongina muhokamaga kirishishlari mumkin bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda internet global tarmog‘i gorizontal axborot muloqot uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. Hukumat bilan fuqarolar o‘rtasida, oxirgilari birinchilar bilan teskari bog‘lanish imkoniyatlariga ega. Internetni bizning turmushimizga keng miqyosda tatbiq etishda hech qanaqa tashkilot bo‘lmaydi. Tarmoq huddi hodisa kabi mustaqil rivojlanib boraveradi, butun insoniyat uning dvigateli hisoblanadi. Hozir internetning asosiy g‘oyasi–bu axborotlarni erkin ravishda tarqatish va odamlar o‘rtasida aloqa tiklashdir. Bu odamlar, xalqlar mamlakatlar o‘rtasidagi diniy, ideologik va har xil to‘siqlarni olib tashlashdagi eng samarali yo‘ldir. Internet texnologik jarayondagi eng axamiyatli demokratik ish vositalardan biri hisoblanadi.

Internet paydo bo‘lishi bilan axborot aksariyat dunyo odamlarining potensial imkoniyatiga aylanib bormoqda. Telegraf, telefon, radio, televideniya va kompyuter texnikalar chambarchas bog‘langan holda barcha global kommunikatsiyalar yagona butunlikda integrallashadi. Bu erda gap axborotni tarqatish mexanizmi, odamlarni birlashtirish, masofa, vaqt, davlat va ko‘plab shunga o‘xshash chegaralar mavjudligidan qat’iy nazar ularning o‘zaro muloqotda bo‘lishlari to‘g‘risida ketmoqda. Internet behisob miqdordagi axborotlarga ega bo‘lgan holda, iste’molchilarga katta axborot xizmat spektrini taqdim etadi. Uni shartli ravishda ikki kategoriyaga bo‘lish mumkin: tarmoq abonetlari aro axborot almashuvi; axborotni qidirish va tarmoq ma’lumotlar bazasidan foydalanish.

Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyusion o‘zgarishlar bo‘ladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Kelajakda internet xizmatlari xuddi instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish, odamlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, marketing, biznes, dam olish va boshqalar.

Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tezkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar.

Ular global tarmoqni o‘zlarining xususiy intellektual imkoniyatlariga qo‘shimchadek qaraydilar.

Hozirgi vaqtdagi axborot asrida, unga bo‘ladigan talab va talabgorlar sonining to‘xtovsiz oshib borishini anglatada. Tabiiyki, ishonchli va operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab bo‘lmaydi, inson faoliyatining xohlagan soxasida qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun barchamiz har xil internet xizmatlaridan potensial foydalanuvchi bo‘lib boramiz.

741 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений