linkedin facebook linkedin facebook nod32

Innavatsiyani ta’limda qo`llash

Muallif: Misirov A.

Qo`shilgan sana: 2017-05-22

Innavatsiyani ta’limda qo`llash

Mustaqillik yillarida ta`lim-tarbiya sifati va samaradorligini zamon talablari darajasiga ko`tarish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi. Ta`lim ustuvorligi, ta`lim mazmuni va tuzilishi o`zgarmoqda, yangi standartlar joriy etilmoqda, ta`lim sifati rivojlanishning yangi, yanada yuqori bosqichiga ko`tarilmoqda. Davlatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`biri bilan aytganda, «Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari» uchun mustaqillik yillarida xalq ta`limi tizimida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda, shaxsga yo`naltirilgan ta`lim strategiyasi amalga oshirilmoqda, ta`lim tizimida innavatsion faollikning jadallashuvi kuzatilmoqda. Bugungi kunda ilm-fan, texnika va axborot kommunikatsion texnalogiyalar, ishlab chiqarish sohalarining tez sur`atlarda jadallik bilan rivojlanishini ta`lim tizimi xodimlaridan ta`lim tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko`tarish, bunda innavatsion texnologiyalardan samarali foydalanishni talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa o`qituvchilar zimmasiga yanada yuksak ma`suliyat va vazifalarni yuklaydi. Umumiy o`rta ta`lim muassasalari ta`lim jarayoniga innovatsiyalarni tatbiq etish o`qituvchilarning innovatsion faoliyatidan boshlanadi. Chunki o`qituvchi ta`lim va tarbiya jarayonining yetakchisi, tashkilotchisi bo`lib, uning innovatsion madaniyati, tashabbuskorligi, ijodiy faolligi, innavatorlikka bo`lgan intilishi ta`lim tizimini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. «Innovatsiya» so`zi lotin tilidagi «inovatis» (in-ichiga, novus-yangi, yangilik) so`zidan olingan bo`lib, tarjima qilganda «yangilik kiritish, ijobiy o`zgarish, yangilanish» degan ma`nolarni anglatadi. Innovatsiyalar ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan, biron bir sohada aniq maqsadga qaratilgan hamda amaliy tatbiq etishga yo`naltirilgan yuqori samaradorlikka ega yangilik hisoblanadi. Pedagogik innovatsiya deyilganda samarali natijaga erishish maqsadida ta`lim tarbiya jarayoniga yangiliklar, ijobiy o`zgarishlar kiritish tushuniladi. Pedogogik innovatsiyalar ilmiy maktablarda, ta`lim amaliyotida hamda olim va pedagoklarning ijodiy faoliyati natijasida vujudga keladi. Innovatsiya har tomonlama puxta rejalashtirilgan, o`quv jarayoniga maqsadli kiritilayotgan yangi ta`limiy amaliyot (yangi tartib, uslub, metod, metadologiya, texnologiya va boshqalar) hisoblanadi. Innovatsiyaning o`ziga xos xususiyati quyidagilar hisoblanadi: - innovatsiyalar doimo dolzarb muammoning yangi yechimini o`z ichiga oladi; - ulardan foydalanish yangi sifatli natijalarni olish imkonini beradi; - innovatsiyalarni tatbiq etish tizimdagi barcha komponentlarning sifatiy o`zgarishlariga olib keladi.

Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning takidlaganidek biz ta`lim va tarbiya tizimining barcha bo`g`inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o`zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilishimiz zarur.

Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur`atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta`lim tizimi xodimlaridan ta`lim tarbiya sifatini mazmun jihatdan yangi bosqichga ko`tarishni talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa o`qituvchilar zimmasiga yanada yuksak ma`suliyat va vazifalarni yuklaydi.

Ta`lim tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o`quvchilarni Vatanimizni sevadigan, o`z bilimi va iste`dodiga suyanadigan hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil ravishda puxta bilim oladigan, O`zbekistonning qudratli davlat bo`lishiga o`z hissasini qo`shadigan, har tomonlama barkamol, sog`lom qilib tarbiyalashdan iborat. Mazkur vazifalar eng avvalo samarali darslar orqali amalga oshiriladi.

Taraqqiyot o`z shiddati bilan hayot tizimga kirib kelayotgan bir paytda murakkab texnika va texnologiyalar farzandlarimiz ongu-shuuridan ham mustahkam o`rin egallamoqda. Bunday vaziyatda o`quvchiga biror yangi bilim berish, uni o`qish va izlanishga o`rgatish uchun o`qituvchidan juda katta mahorat talab qilinmoqda. Tabiiyki, bu jarayon kasbini sevgan ardoqlagan, o`zini hurmat qilgan har bir pedagogni izlanishga, yangidan yangi pedagogik usul va uslublar, texnologiyalarni o`rganishga, kashf qilishga undamoqda.

1391 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений