linkedin facebook linkedin facebook nod32

Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi?

Muallif: Qudrat.uz

Qo`shilgan sana: 2017-02-16

Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi?

Sizni quyidagi savollar o’ylantirayotgan bo’lsa kerak:
1) Dasturlash bilan shug’ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak?
2) Qaysi dasturlash tilini o’rgansam ekan?
3) Faqat Universitetda o’qigan talabalar dasturchi bo'lishadimi?
4) va boshqa savollar…
Keling bu savollarga qo’ldan kelganicha javob izlaylik.

1) Dasturlash bilan shug’ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak?

Dasturlash bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan inson matematika va mantiq (logika) fanlaridan ma’lum bir ilmga ega bolishi kerak. Chunki biror sonning foizini hisoblay olmagan, yoki chiziqli tenglamani yechishni bilmagan, kasrga maxraj tenglashni bilmagan odamdan dasturchi chiqmaydi.
Bu masalaga “Siz dasturchi bo'la olasizmi?” maqolasida yana to’xtalamiz.
Bundan tashqari kompyuter bilimlariga ega bo’lishi kerak. Windows, MS Office dasturlarini bilishi kerak. Chunki kompyuterda yaxshi ishlashni bilmagan inson qanday qilib kompyuter foydalanuvchilari uchun kerakli dastur tuzishi mumkin?

2) Qaysi dasturlash tilini o’rgansam ekan?

Bu savolga aniq bir javob berish qiyin. Chunki talab va taklif, maqsad va imkoniyatdan kelib chiqqan holda u yoki bu dasturlash tilini tanlash mumkin. Zamonaviy dasturlash tillarining o’ziga yarasha afzallik va kamchiliklari mavjud.
Agar Siz biror qurilmaga driver yozmoqchi bo’lsangiz, yoki qurilmalar bilan ishlaydigan dastur tuzmoqchi bo’lsangiz C dasturlash tilini tanlashlik tavsiya qilinadi.
Web saytlar ishlab chiqish uchun PHP & MySql tavsiya etiladi.
Bank tizimi kabi katta xajmdagi va yuqori hafsizlikni talab qilinadigan tizimlarda Java va Oracle tavsiya etiladi. Mobil telefonlarga dastur tuzishda ham Java yetakchilik qiladi.
.NET texnologiyasi uchun dastur tuzishlikda C# tavsiya etiladi. Chunki bu dasturlash tili aynan .NET uchun ishlab chiqilgan.
Agar Windows amaliyot tizimi uchun dastur tuzmoqchi bo’lsangiz, visual dasturlash tillaridan birini tanlashingiz kerak bo’ladi.
Hozirgi kundagi eng mashhur visual dasturlash tillariga quyidagilarni kiritish mumkin: Microsoft C#, Visual C++, Visual Basic, Borland C++ Builder, Delphi
Agar buyurtmachi biror dasturlash tilida dastur tuzishlikni talab qilmasa, Siz o’zingiz xohlagan dasturlash tilida dastur tuzishingiz mumkin. Chunki ba’zi hollarda buyurtmachini faqat natija qiziqtiradi. Siz qaysi dasturlash tilida dastur tuzishingizni buyurtmachiga umuman qizig’i yo’q.
Qaysi dasturlash tilini tanlasangiz ham, shu tilni professional darajada o’rganing. Keyin boshqa dasturlash tillarini o’rganishingiz oson bo’ladi. Bir dasturlash tilini mukammal darajada (yetarlicha) o’rganmasdan turib boshqasiga o’tish bu adashishdir. O’rgangan tilingiz bo’yicha kamida bitta tayyor dastur tuzing. Tuzgan dasturingiz qaysidir bir sohaning muammosini hal qilsin. Hayotda kimlardir u dasturdan foydalansin. Shundagina Siz qaysidir dasturlash tilini o’rgandim, yoki bilaman deyishingiz mumkin. Keyin boshqa dasturlash tiliga o’tsangiz bo’ladi.
Bir dasturlash tilini mukammal bilgan dasturchiga, boshqa bir dasturlash tilini o’rganish qiyin bo’lmaydi.
Siz yashab turgan muhitda, Siz mukammal darajada o’rganishingiz mumkin bo’lgan dasturlash tilini o’rganishingiz, Siz uchun eng to’g’ri yo’l

3) Faqat Universitetda o’qigan talabalar dasturchi bo'lishadimi?

Yo’q. Dasturchi bo’lish uchun albatta Universitetda o’qish shart emas. “Nahotki?” deb xayron bo’layotgan bo’lsangiz kerak. Xayron bo’lmang. Siz kollej talabasi yoki Universitetda dasturlash yo'nalishida emas, boshqa yo'nalishda o'qiyotgan bo'lishingiz mumkin. Lekin mustaqil ravishda dasturlashni o'rganishingiz mumkin. Maqolani o'qishda davom etsangiz, qanday qilib dasturlashni mustaqil ravishda professional darajada o'rganishni bilib olasiz.
Universitetda dasturlash yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalardan 100 tasidan ko’pi bilan 20 - 25 ta yaxshi dasturchi chiqadi. (Maqolada faqat o’zbek guruhlari haqida gap ketadi)
Buning bir necha sabablari bor. Ba'zi talabalar dasturchi bo'lishni xohlashmaydi. Diplom olish uchun o'qishayotganini aytishadi.
Ba’zi talabalar universitetda o’rgatilayotgan fan va mavzular bilan chegaralanib qolishadi. Laboratoriya va mustaqil ishlarni bajarishadi. Xatto qizil diplom ham olishadi. Lekin ertaga hayotda ular o’rgangan bilimlar juda kamlik qiladi.

Dunyodagi eng boy odamlar

Bu maqolada siz bilan dunyodagi eng boy odamlar haqida suhbatlashsak va ularning faoliyatiga ozgina nazar solsak.
“Forbs” jurnali har yili dunyodagi eng boy 500 ta odamni ro’yxatini e’lon qiladi. Shularning eng boy beshtasi quyidagilar: (2009 yil)
1) Bill Geyts – Microsoft firmasining asoschisi, dunyodagi eng boy odam hisoblanadi. Uning sarmoyasi 52,8 milliard dollarni tashkil qiladi.
2) “Forbs” jurnali mashhur moliyachi va investr Uorren Baffetni, dunyodagi eng boy odamlar ro’yxatida 2 – o’rinda turishligini e’lon qildi. Uning sarmoyasi 35 milliard dollarni tashkil qiladi.
3) Uchinchi o’rinni aka – uka Karl va Teo egallaydi. Ular germaniyada arzon maxsulotlar do’konining tarmoq strukturasini ishlab chiqishgan. ( Aldi stores). 90 yil davomida aka ukalar birga yashashdi, ishlashdi. Ular hisob raqamlarini umumiy deb e’lon qilishdi. Xamma narsani birgalikda boshqarishdi. Nima uchun shunday qilayotganliklari haqida intervyu berishdan bosh tortishdi. Ular ko’p yillardan buyon bir shaxs sifatida qaraladigan bo’lishgan. Ularning sarmoyasi 26,8 milliard dollarni tashkil qiladi.
4) Microsoft firmasi asoschilaridan yana biri bo’lmish Pol Allen 4 – o’rinni egalladi. Uning sarmoyasi 25,3 milliard dollarni tashkil qiladi.
5) Beshinchi o’rinni Oracle kompamiyasi asoschisi Ellison Lourens egalladi. Ellison Lourens programma mahsulotlari bozorida Bill Geytsning asosiy raqobatchisi hisoblanadi. Uning sarmoyasi 23,5 milliard dollarni tashkil qiladi.
E’tibor beradigan bo’lsak, dunyodagi eng boy 5 ta odamdan 3 tasining ish faoliyati programma va programma mahsulotlarini ishlab chiqishga bog’liq.
Ular Bill Geyts, Pol Allen Microsoft firmasi asoschilari va Elloson Lourens Oracle kompamiyasi asoschisi.
Xo’sh, bu shaxslarning katta boylikka erishishlarining sababi nimada?
Katta boylikka ega bo’lish sirlaridan biri, bu ideal ish bilan shug’ullanishdir.

Ideal ish nima ekanligi haqida keyingi maqolada gaplashamiz.

Ideal ish nima?

Ideal ishga 2 xil ta’rif berish mumkin.
1 – Biror ishni shu darajada maromiga etkazib qilish kerakki, hech qanday kamchilikka yo’l qo’yilmasin. Bajarilgan ishda hech qanday kamchilik kuzatilmasin.
2 – Ideal ish shuki, bir marta qilish bilan uzoq vaqt, yillar davomida daromad olinsin.
Ko’pchilik insonlar birinchi turdagi ta’rifga asosan ish qilmoqchi bo’lishadi. Ya’ni qilayotgan ishlarini hech qanday kamchiliksiz, mukammal, ideal holda bo’lishi uchun harakat qilishadi. Lekin har qanday ishni 100% mukammal, ideal holda ishlash inson bolasi qo’lidan kelmaydigan ishdir.
To’g’ri, har qanday ishni imkoniyat darajasida mukammal qilishga harakat qilish kerak. Lekin bu 100% degani emas.
Ishbilarmon, tadbirkor insonlar 2 – ta’rif asosida ish yuritishadi.
Ishning 2 xil turi bor. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan daromat keltiruvchi ish.
Misol uchun Ne’mat, biror korxonada ishlaydi. Ma’lum miqdorda oylik oladi. Ba’zan rag’batlantirish yoki yordam puli olib turadi. Bu ish, chiziqli daromad keltiruvchi ishga misol bo’ladi.
Nimadir ish qilasiz ( bir oy ishlaysiz ) – pulga ega bo’lasiz (oylik olasiz). Yana nimadir qilasiz, shu ishingizga yarasha haq olasiz. Ko’pchilik insonlar shu tarzda ishlashadi. Oladigan maoshi orqali kun kechirishadi. Agar ishlaridan ajrab qolishsa daromadsiz qolishadi. Ishsiz qancha yashashingiz mumkin?
Boshqacha bo’lishi mumkinmi?
ALBATTA.
Chiziqli bo’lmagan daromad keltiruvchi ish orqali buni amalga oshirish mumkin.

ISHNI BIR MARTA QILISH ORQALI UZOQ VAQT, YILLAR DAVOMIDA DAROMAD OLISHINGIZ MUMKIN!

Yoki butun umr daromat olishingiz ham mumkin.
Chiziqlli bo’lmagan daromad keltiruvchi ishga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin.
Djoan Rouling Garry Potter romanini yozdi va butun urmlik daromadga ega bo’ldi. Bu kitob 60 dan ortiq tillarga tarjima qilindi. 250 million nusxada sotildi. Sunday Times gazetasining ma’lumotiga qaraganda, 2004 yil Djoan Rouling Buyuk Britaniyadagi eng boy ayol. Uning sarmoyasi 545 million funt sterling.
Bill Geyts Windows sistemasini ishlab chiqdi va bugungacha Windows sistemasini sotish orqali daromad oladi.
“Ishtaxalar karnayku, bu bolani Bill Geyts bo’lgilari kelib qolibdimi?” – deyayotgan bo’lsangiz ajab emas.
Yo’q unday emas. Yer yuzida ming – minglab programmistlar bor. Ular Bill Geytsdan boy bo’lmasalarda, o’z ishlariga yarasha nasibalarini olishdi va olishmoqda. Men Bill Geyts xammaga mashhur bo’lganligi uchun misol tariqasida keltirdim.
Nima ish qilish mumkinligi haqida keyinroq gaplashamiz.
Eng asosiysi, siz ideal ish nimaligini tushunib oldingizmi?

Bu ish shunday ishki, bir marta qilish bilan uzoq vaqt, yillar davomida daromad olishga ega bo’lasiz.
YOKI BUTUN UMR DAROMAD OLISHINGIZ MUMKIN.
Aynan chiziqli bo’lmagan ishga va chiziqli bo’lmagan daromadga harakat qilish kerak. Chiziqli daromat keltiradigan ishga sarf qilingan vaqtni, chiziqli bo’lmagan daromat keltiruvchi ishga sarflash orqali, chiziqli daromatdan bir necha barobar ko’p daromatga ega bo’lish mumkin. Bu KATTA BOYLIKKA ega bo’lish sirlaridan biridir.

Men, aynan chiziqli bo’lmagan daromad keltiruvchi ish bilan shug’ullanishni sizga taklif qilaman!!!

Aynan chiziqli bo’lmagan daromad keltiruvchi ish qilishni sizga o’rgatmoqchiman!!!

Bu ishni hamma qilishi mumkin.

Tuzgan programmangizga mualliflik huquqini olish jarayonida, sizdan ma’lumotingiz, qayerda o’qiganligingiz so’ralmaydi.
Ya’ni hech qayerda o’qimagan odam xam, mustaqil dasturlashni o’rganib, tuzgan dasturiga mualliflik qilish huquqiga ega.
Yana Bill Geytsdan misol olishimiz mumkin. U 1973 yil Garvard universitetiga o’qishga kiradi. 2 yildan keyin ya’ni 1975 yil universitetni tashlab ketadi va dastur ishlab chiqish bilan shug’ullana boshlaydi.
Qolgan gaplar o’zingizga ma’lum. Hozirgi kunda Bill Geyts boshchiligida ishlab chiqilgan Windows amaliyot tizimi yer yuzidgi 92% shaxsiy kompyuterlarda foydalaniladi.
Garvard universiteti ma’muriyati “Endi Bill Geytsga diplom bermasak uyat bo’ladi” deb hulosaga keldi shekilli. 2007 yil iyun oyidan boshlab Bill Geyts Garvard universiteti bitiruvchisi deb qarala boshlandi.
Qancha – qancha professorlar, akademiklar qilmagan ishni, universitetni oxirigacha tugatmagan, dasturchi degan diplomga ham ega bo’lmagan Bill Geyts amalgam oshirdi.
Siz Bill Geyts bo’lishingiz shart emas, lekin ideal ish qilishingiz mumkin.
Siz qanday ideal ish qilishingiz mumkinligi haqida keyingi maqolalarda gaplashamiz. Hozircha Siz maqolalarni o'qishda davom eting.
Siz dasturchi bo’la olasizmi?
Assalomu alaykum bo’lajak dasturchi!
Bu maqolada “Dasturlash asoslari multimediali dastur o`quv dasturidan kimlar foydalanishi mumkin?” Yoki “Kimlar Qudrat Abdurahimov metodikasidan foydalangan holda dasturchi bo`lishi mumkin?” degan savolga javob beramiz.
Hozir men sizlarga 10 ta savol beraman. Shu savollarga bergan javobingiz asosida, “Sizga dasturlashni o’rgata olamanmi?” yoki “Dasturlashni o’rganish uchun boshqa ustozga murojaat qilishingiz kerakmi?” degan savollarga javob beramiz.
Quyidagi masalalarni hech qanday hisoblash vositalarisiz va hech kimdan yordam so’ramagan holda ishlab chiqing. (Kalkulyator yoki excel dan foydalanmang)
Qo’lingizga qog’oz – ruchka oling. Quyidagi 10 ta masalani ishlab chiqing. Masalalarni yechib bo’lganingizdan keyin natijani taxlil qilamiz.
1. 100 sonining 13 foizini aniqlang.
2. 50 sonining 25 foizini aniqlang.
3. To’g’ri burchakli uchburchakning gepatenuzasi c=5 va kateti b=3 berilgan. Uchburchakning ikkinchi katetini toping. ( a = ? )

C2=a2+b2
4. Hisoblang:
3-(-12/4)
5. Kvadrat tenglamaning ildizlarini toping

X2-6x+5=0

6. Ifodani hisoblang:
1-1/3=
7. Ifodani hisoblang:
?+1/3=

8. Uchburchakning ikkita tomoni a=2, b=3 va ular orasidagi burchak 300 berilgan. Uchburchakning yuzini aniqlang. S=1/2*a*b*sin300

9. Dehqonni bo’risi, karami va echkisi bor. Dehqon ularni daryoning bir qirg’ogidan ikkinchi qirg’og’iga olib o’tishi kerak. Daryo bo’yidagi qayiq, bir vaqtning o’zida dehqon bilan faqat bitta narsani ko’tarish imkoniyatiga ega. Dehqon daryoning narigi qirg’og’iga narsalariga xech qanday zarar yetkazmasdan qanday olib o’tishi mumkin?
Agar dehqon bo’rini birinchi olib o’tadigan bo’lsa, qaytib kelguncha echki karamni yeb qo’yadi.
Agar dehqon karamni birinchi olib o’tadigan bo’lsa, qaytib kelguncha bo’ri echkini yeb qo’yadi.
Bu vaziyatda dehqon nima qilishi mumkin?
10. Sut sotuvchi Sobirjon aka katta sut tashuvchi mashinada sut sotadi. Bir kuni shoshgandan sut litrni o’lchovchi xamma idishlarini olib chiqishni unutibdi. Faqat 5 va 8 litrlik idishni olib chiqibdi. Sobirjon aka 5 va 8 litrlik idishlar yordamida 4 litrni qanday o’lchashi mumkin?
Masalalarni yechib bo'lganingizdan keyin natijalarni taxlil qilamiz.
DIQQAT: Masalalarani oddiy ekan deb tashlab ketmang, ishlab chiqing. Chunki bu oddiy masalalar ko'p narsani hal qiladi.

Siz dasturchi bo’la olasizmi? Masalalar taxlili

Siz bilan "A’zambek Karimov metodidan foydalangan holda kimlar dasturlashni o'rganishi mumkin?" - degan savolga javob izlayapmiz.
"Siz dasturchi bo'la olasizmi?" maqolasida sizga 10 ta savol berilgan edi. Bu maqolada shu savollar yechimi bilan Sizning javoblaringizni solishtiramiz.
Agar masalalarni yechmagan bo'lsangiz, oldin "Siz dasturchi bo'la olasizmi?" maqolasidagi masalalarni yechib chiqing.
Javoblar:
1. 100 sonining 13 foiz, 13 ga teng
2. 50 sonining 25 foizi, 12,5 ga teng
3. Uchburchakning ikkinchi kateti 4 ga teng
4. Masala yechimi:

5. Tenglama ildizlari (1, 5)
6. Masala yechimi:

7. Masala yechimi:

8. Masala yechimi:

9. Dehqon, bo’ri, echki, karam masalasi
1. echkini olib o’tadi
2. bo’rini olib o’tadi va qaytishda echkini olib qaytadi
3. karamni olib o’tadi
4. echkini olib o’tadi
10. 5 va 8 litrlik idish orqali 4 litr o’lchash masalasi
5 litrlik idishni A, 8 litrlik idishni B deb belgilab olamiz

HARAKAT

NATIJA

1. A idish to’ldirilsiz

A=5; B=0

2. A ni B ga quyilsin

A=0; B=5

3. A idish to’ldirilsiz

A=5; B=5

4. A ni B ga quyilsin

A=2; B=8

5. B idish bo’shatlsin. ( mashinaga )

A=2; B=0

6. A ni B ga quyilsin

A=0; B=2

7. A idish to’ldirilsiz

A=5; B=2

8. A ni B ga quyilsin

A=0; B=7

9. A idish to’ldirilsiz

A=5; B=7

10. A ni B ga quyilsin

A=4; B=8

A = 4

Nechta savolga to`g`ri javob berganingizni sanang.
Sizda quyidagi holatlardan biri bo`lgan bo`lishi mumkin:
1. Agar SIZ masalalar oddiy ekan deb, masalalarni ishlamagan bo`lsangiz. Yoki masalalarni ishlashda kalkulaytordan foydalangan bo`lsangiz. Yoki kimdandir yordam so`ragan holda masalalarni ishlab chiqqan bo`lsangiz. O`zingizga dasturlashni o`rgatadigan boshqa ustoz topishingizga to`g`ri keladi. Chunki SIZ bilan, Sizga yo`l boshchi bo`lishi kerak bo`lgan ushbu dastur psixologiyasi mos kelmayapti.
2. Agar SIZ 5 ta va 5 dan kam savolga to`g`ri javob bergan bo`lsangiz, o`zingizga dasturlashni o`rgatadigan boshqa ustoz topishingizga to`g`ri keladi. Chunki muammo sizda emas, balki menda. Sizga dasturlashni o`rgatish meni imkoniyatimdan tashqari ish. Yoki kamida yuqoridagi kabi masalalarni a’lo darajada o`rganing. Keyin ushbu dasturdan foydalanib DASTURCHI bo`lishingiz mumkin.
3. Agar SIZ 10 ta savoldan kamida 7 tasiga, mayli 6 tasiga to`g`ri javob bergan bo`lsangiz, “Dasturlash asoslari” dastur dasturidan foydalangan holda dasturlashni o`rganishingiz mumkin. Ya’ni o`z ustingizda yaxshilab ishlasangiz sizdan DASTURCHI chiqadi.
4. 8, 9, 10 ta savolga to`g`ri javob bergan bo`lsangiz, Siz hech ikkilanmasdan dasturlash bilan shug`ullansangiz bo`ladi. Sizga o`rgatiladigan ma’lumotlarni a’lo darajada o`zlashtiring. DASTURCHI bo`lishingizga mana biz kafil.

3577 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений