linkedin facebook linkedin facebook nod32

Trubada laminar oqimning turbulent oqimga aylanishi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-12-08

Trubada laminar oqimning turbulent oqimga aylanishi

Real suyuqlik oqimi ko‘pincha laminar (qatlamli) oqimlar harakatidan keskin farq qiladi. Ular shunday o‘ziga xos xususiyatga ega ekanki, u turbulent deb ataladi. Real suyuqliklarning turbalar, kanallar va chegaraviy qatlamlardagi oqimlarida Reynolds soni ortib borishi bilan laminar oqim formasining turbulent oqimga aylanishi yaqqol kuzatiladi. Laminar oqim turbulent oqimga bunday o‘tishi ba’zan uni turbulentlikning paydo bo‘lishi deb ham atashadi, gidrodinamika sohasida fundamental ahamiyatga ega. Dastlab bunday o‘tish to‘g‘ri truba va kanallardagi oqimlarni kuzatishda aniqlangan. O‘zgarmas ko‘ndalang kesimga ega bo‘lgan silliq devorli to‘g‘ri trubada suyuqlikning har bir zarrachasi to‘g‘ri chiziqli traektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Yopishqoqlik mavjud bo‘lganligi sababli, suyuqlikning devorga yaqin joylashgan zarrachalari uzoqda joylashgan zarrachalarga nisbatan sekin harakatlana boshlaydi. Oqim tartiblangan holda bir-biriga nisbatan siljuvchi qatlamlar (qatlamli yoki laminar oqim) sifatida harakatlanadi. Ammo, kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, Reynolds sonining katta qiymatlarida oqim tartiblanmagan holatga kelib qoladi. Oqimda kuchli aralashish kuzatiladi, uni trubadagi oqimda oqimga bo‘yalgan suyuqlikni kiritish orqali osongina kuzatish mumkin. Bu eksprement dastlab O. Reynolds tomonidan o‘tkazilgan oqimga kiritilgan bo‘yoqli suyuqlik oqim laminar bo‘lganda qat’iy chegaralangan chiziqlar bo‘ylab harakatlanadi va oqim turbulentlikka aylanishi bilan suyuqlik bo‘yog‘i truba bo‘ylab tarqalib ketadi va trubadagi oqimni to‘liq bo‘yaydi. Bu shuni ko‘rsatadiki, turbulent oqimda truba o‘qi bo‘ylab harakatlanayotgan asosiy oqimga, ko‘ndalang harakat paydo bo‘ladi, ya’ni truba o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan harakat vujudga keladi. Ana shu ko‘ndalang harakat oqimda aralashib ketishiga olib keladi. Aynan bitta oqim uchun Reynolds Re=(ρUL)/μ-Reynolds soni, ρ-zichlik, U-asosiy oqimning maksimal tezligi, L-tekis kanalning yarim uzinligi, μ-kinematik yopishqoqlik sonining aynan bitta qiymatidan boshlab, laminar oqim turbulent oqimga aylanadi. Reynolds sonining ana shu qiymati kritik Reynolds soni deb ataladi. O‘z navbatida, Re>Rekrlaminar va Re<Rekrturbulent oqim bo‘ladi.

4790 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений