linkedin facebook linkedin facebook nod32

Ta’limda elektron darslikdan foydalanish usuli

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-09-22

Ta’limda elektron darslikdan foydalanish usuli

Bugungi kunda kompyuterni o‘rganish favqulodda holat emas, balki bu taraqqiyot va davr talabidir. Insoniyat zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanib boradi. Zamonning shakllanishi esa taraqqiyotga bog‘liq, taraqqiyotni o‘zgartirish esa bizning qo‘limizda.
Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, uning oldida o‘zining sohasiga tegishli hodisa va voqealarni bilib turishi bilan birga bilim saviyasini ham doimiy ravishda oshirib borishini davr talab etmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar qatorida O‘zbekiston Respublikasida ham zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Fan va ta’limning barcha sohalariga infokommunikatsion texnologiyalarni keng miqyosda qo‘llash, yuqori malakali dasturchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish, xalqaro axborot tizimlarini joriy etish, shu jumladan, Internetni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 9 ta farmon va qarorlari, 18 ta hukumat qarorlari va 45 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining farmoni va qarorlarini keltiramiz: 1997 yil 27 iyulda Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1823-sonli farmoni, 2002-yil 30-maydaKompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi PF – 3080 sonli farmoni, 2005 yil 2 iyunda “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli qarori, 2005 yil 8 iyulda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qarori, 2005 yil 28 sentyabrda “O‘zbekiston respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-191-sonli qarori, 2007 yil 3 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-614-sonli qarori, 2012 yil 21 martda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730-sonli qarori, 2013 yil 20 sentyabrda “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2042-sonli qarori, 2013 yil 25 sentyabda Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2045-sonli qarorlari bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish imkonini berdi.
Ta’lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlangan o‘quv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishlanmalar orqali olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, ixtiyoriy fanlar bo‘yicha yaratiladi.
Elektron darslik – bu davlat ta’lim standarti asosida mutaxassislik va yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning alohida bo‘limlariga oid nashrlar, namunaviy va ishchi o‘quv dasturi, shuningdek, mashqlar va masalalar to‘plami bo‘yicha video ishlanmalar, turli sxemalar, atlaslar, tajriba ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar, testlar va boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin [1-2].
Rasmiy asnoda olib boriladigan elektron darslik bo‘yicha barcha materiallar birinchi navbatda mavjud standartlarga mos bo‘lishi lozim. Elektron darslik mazmuni esa u taqdim etiladigan dasturiy muhitga nisbatan neytral bo‘lib, materialni joylashtirish, bayon qilish, muayyan konsepsiyalarga tayanish o‘quv adabiyotining muallifi ixtiyorida bo‘ladi [3].
Elektron darslik internetda sayt yaratishga oid bilimlarni berishga mo‘ljallangan. “PHP tili” fani bo‘yicha bakalavriyat va magistratura tizimida taxsil olayotgan talabalarni elektron darslik yordamida o‘qitish tizimi amalga oshirilmoqda. Elektron darslikda mos tizim bo‘yicha strukturaviy va tashkiliy-me’yoriy ishlanmalar haqida bayon qilinadi. PHP va MySql da sayt yaratishga bag‘ishlangan elektron darslik 6 ta qismdan tashkil topgan.
Birinchi qism. PHP da nazariya bo‘limi 9 ta mavzudan iborat bo‘lib, har bir mavzu uchun ovoz varianti mavjud va amaliy ishlar video darslikda aniq ko‘rsatilgan.

1. PHP dasturlash tili. 
2. PHP da GET va POST o`zgaruvchilar.
3. Phpda ma’lumotlar tiplari.
4. Php da arifmetik operatorlar.
5. PHP da tanlash operatorlari.
6. Tanlash operatorlari switch.
7. While sikl operatori.
8. Takrorlanuvchi for operatori.
9. PHP da massivlar.

 Vedio darsga o`tish belgisi.
 Mavzu bo`yicha ovoz kiritilgan.

Amaliy ishlar har bir mavzu uchun video ishlanma aniq ko`rsatilgan.

 Mavzuga qaytish tugmasi.
 Vedio ni ekranda kattalashtirish va kichiklashtirish belgisi.

Ikkinchi qism. PHP va MySql nazariya bo‘limi 9 ta mavzudan iborat bo‘lib, har bir mavzu uchun ovoz varianti mavjud va amaliy ishlar video darslikda aniq ko‘rsatilgan.
1. Mysql da baza bilan ishlash.
2. Mysql da bazaga ma’lumotlarni qo`shish.
3. Update bazada ma’lumotni yangilash.
4. Delete ma’lumotni bazadan o`chirish.
5. Date va include ichki joylashgan funksiyalar.
6. PHP da funktsiyalar.
7. O‘zgaruvchilarning ko‘rinish sohasi.
8. Php da rekursiya tushunchasi.
9. Php da fayllar bilan ishlash.
Amaliy ishlarning har bir mavzusi uchun video ishlanma aniq ko‘rsatilgan.

Uchinchi qism. Sayt yaratish bo‘limi 9 ta mavzudan iborat bo‘lib, har bir mavzu uchun ovoz varianti mavjud va amaliy ishlar video darslikda aniq ko‘rsatilgan.
1. Index.php faylini yaratish usuli.
2. Vedio_kurs.phpfaylini yaratish usuli.
3. Muallif.php faylini yaratish usuli.
4. Bo`glanish.php faylini yaratish usuli.
5. Chap tomonli menyu hosil qilish.
6. Cat_qarang.php faylini yaratish usuli.
7. Matnga_qarang.php faylini yaratish usuli.
8. Izlashga_qarang.php faylini yaratish usuli.
9. Arxiv.php faylini yaratish usuli.

To‘rtinchi qism. Admin bo‘limi saytga ma’lumot kiritish bo‘limi bo‘lib, 11 ta mavzudan iborat. Har bir mavzu uchun ovoz varianti mavjud va amaliy ishlar video darslikda aniq ko‘rsatilgan.
1. Admin faylni yaratib bazaga ma’lumot qo`shish, tahrirlash va o`chrish.
2. Yuqori menyuni tahrirlash bo`limini admin panelini yaratish usuli.
3. Chap menyuni ma’lumot qo`shish bo`limining admin panelini yaratish usuli.
4. Chap menyuni ma’lumotni tahrirlash bo`limini admin panelini yaratish usuli.
5. Chap menyuni ma’lumotni o`chirish bo`limini admin panelini yaratish usuli.
6. Cat menyuni ma’lumot qo`shish bo`limining admin panelini yaratish usuli.
7. Cat menyuni ma’lumotni tahrirlash bo`limini admin panelini yaratish usuli.
8. Cat menyuni ma’lumotni o`chirish bo`limini admin panelini yaratish usuli.
9. Data jadvalga ma’lumot qo`shish bo`limining admin panelini yaratish usuli.
10. Data jadvalga ma’lumotni tahrirlash bo`limini admin panelini yaratish usuli.
11. Data jadvaldagi ma’lumotni o`chirish bo`limini admin panelini yaratish usuli.

Beshinchi qism. Veb saytni ishga tushirish. Sayt tayyorlash va uni veb serverga ishga tushirish bo‘limi 3 ta mavzudan iborat bo‘lib, har bir mavzu uchun ovoz varianti mavjud va amaliy ishlar video darslikda aniq ko‘rsatilgan.
1. Web sayt yaratish uchun Denwer dasturini o'rnatish.
2. Web sayt yaratish uchun Open Serverni o`rnatish.
3. Hostingni va domenni ishga tushirish.
Har bir mavzu uchun ovoz varianti mavjud va amaliy ishlar video darslikda aniq ko‘rsatilgan.

Oltinchi qism. Veb saytni yaratish uchun dasturlar majmuasi keltirilgan. Dasturlarni o‘rnatib veb saytni tayyorlashi va uni ishga tushirishi mumkin. 
Elektron darslik yordamida Internetda o‘qituvchi-o‘quvchi o‘zining shaxsiy sayti yaratadi. Elektron darslik yordamida tajriba sifatida www.7m.uz - Termiz shahar 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sayti, www.14maktab.uz-Termiz tumani 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sayti va www.nnst.uz - Nodavlat-notijorat Surxondaryo tarix markazi veb saytlari tayyorlangan.

Internetda sayt yaratish ijobiy axborotni tarqatishdagi vaqtni tejaydi va moliyaviy to‘siqlarni yo‘qotadi. Ta’lim olish tizimining samaradorligi oshadi va o‘qitish tezlashadi.

6837 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений