linkedin facebook linkedin facebook nod32

Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda veb saytning o‘rni

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2016-09-15

Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda veb saytning o‘rni

Oliy Majlisning IX sessiyasida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilinib, unda O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimov qator vazifalarni belgilab berdilar. Bu vazifalarga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta’minlash hamda ta’limning moddiy-texnik bazasini yangi o‘quv adabiyotlari, zamonaviy jihozlar va jumladan, kompyuter texnikasi bilan ta’minlashni keltirish mumkin. Bu dasturda ta’lim jarayoniga o‘quv-uslubiy majmualar hamda didaktik va axborot texnologiyalarini joriy etish muammosi qo‘yilgan, shuningdek umumiy o‘rta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini yaratish asosiy vazifalar qatorida keltirilgan.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimi to‘g‘risida o‘quv jarayonining moddiy-texnika bazasi va sifatli o‘quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar hamda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qo‘llanmalarning etarli darajada emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu munosabat bilan barcha o‘quv muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida o‘quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o‘quv tizimidagi yangiliklar va yutuqlarni o‘rganish va ularni o‘zimizda tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan mamlakatlar qatorida Respublikamizda ham zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Fan va ta’limning barcha sohalariga infokommunikatsion texnologiyalarni keng miqyosda qo‘llash, yuqori malakali dasturchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish, xalqaro axborot tizimlarini joriy etish, shu jumladan, Internetni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 9 ta farmon va qarorlari, 18 ta hukumat qarorlari va 45 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining farmoni va qarorlarini keltiramiz: 1997 yil 27 iyulda Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-1823-sonli farmoni, 2002-yil 30-maydaKompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi PF – 3080 sonli farmoni, 2005 yil 2 iyunda “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli qarori, 2005 yil 8 iyulda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qarori, 2005 yil 28 sentyabrda “O‘zbekiston respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-191-sonli qarori, 2007 yil 3 aprelda “O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-614-sonli qarori, 2012 yil 21 martda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730-sonli qarori, 2013 yil 20 sentyabrda “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2042-sonli qarori, 2013 yil 25 sentyabda Milliy geografik axborot tizimini tashkil etish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-2045-sonli qarorlari bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish imkonini berdi.
Ta’lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlangan o‘quv adabiyotlar, ovozli variantlar va video ishlanmalar orqali olinadi. Elektron darslik esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, yangi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, ixtiyoriy fanlar bo‘yicha yaratiladi.
Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, uning oldida o‘zining sohasiga tegishli hodisa va voqealarni bilib turishi bilan birga,bilim saviyasini ham doimiy ravishda oshirib borishini davr talab etmoqda.
Bu quyidagilardan iborat:
1. Jamiyat va fanning global rivojlanishining o‘sish darajasi;
2. Ilmiy, uslubiy va boshqa turdagi materiallarning chop etish suratining o‘sishi va ilmiy izlanishlarning murakkablashib rivojlanib borishi.
3. Ma’lumki dunyoda ilmiy izlanishlar bo‘yicha axborotlar doim o‘sib, ularni tahlil qilish jarayoni tobora murakkablashib bormoqda.

Hozirgi kompyuter asosidagi telekommunikatsion aloqa orqali ya’ni veb saytda an’anaviy o‘qitish uslubidan foydalanib yuqori saviyada o‘quvchilarga bilim berish va har-xil ko‘rinishdagi o‘quv materiallarni va video ishlanmalarni etkazib berish imkoniyati mavjud.
Internetda sayt yaratish ijobiy axborotni tarqatishdagi vaqtni tejaydi va moliyaviy to‘siqlarni yo‘qotadi. Ta’lim olish tizimining samaradorligi oshadi va o‘qitish tezlashadi.
Bugungi kunda internetda salbiy axborotlar ko‘lami kengayib bormoqda, yosh avlodni axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, ularning hayot yo‘llarini to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan va jamiyat talablariga javob beradigan axborotga to‘la bo‘lgan veb saytlar ko‘lamini kengaytirishimiz maqsadga muvoffiqdir.
Yuqoridagilarni hisobga olib mamlakatimizda barkamol avlodni komil shaxs sifatida shakllantirishda axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz.
Birinchidan, ijobiy axborotga to‘la bo‘lgan veb saytlarni ko‘paytirish uchun har chorakda rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish (o‘qituvchi va talaba veb sayti).
Ikkinchidan, har bir soha nominatsiyalarini quyi, o‘rta va yuqori pog‘onalarda ishlab chiqishni amalga oshirish muhimdir.
Uchinchidan, interaktiv xizmatlar ko‘lamini kengaytirilganligi va www.uz saytdan o‘tganligi va reytingini nazoratini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
To‘rtinchidan, mobil aloqa asosida global tarmoqdan ta’lim oluvchilarning ko‘lami kengayganligini hisobga olib, veb saytni mobil aloqa vositalariga mosligi va yuklanish (tezlikni) darajasini hisobga olish.
Beshinchidan, yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida turli xil mafkuraviy tahdidlarning oldini olish zarur bo‘lib, buning uchun ularning dunyoqarashida zamonaviy axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish lozimdir.
Xulosa qilib aytganda, XXI asr fan texnika asrida o‘sib kelayotgan yosh avlodni voyaga etkazishda oilada, maktabda, kasb-hunar kollej va akademik litseylarida hamda oliy o‘quv bilim maskanlarida ularga chuqur bilim berish va odob-axloq qoidalarini ham birga olib borish bugungi kunda zamon talabi hisoblanadi. Buning uchun mamlakatimizda shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, faqatgina buni amalga oshirish yoshlarimizning dunyoqarashining qanchalik shakllanganligi bilan bog‘liqdir.

288 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений